I .2-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tilga о‘qitish ishlarini tashkil qilish
Kar bolalarni tilga o‘rgatish zamonaviy tizimining mazmuni va o‘ziga xosligini tushunish uchun madaniyat evalyusiyasining ma’lum bir bosqichlarida surdopedagogika fanini tarixiy rivojlanish yo‘llarini tahlil qilish katta o‘rin tutadi. Surdopedagogik g‘oyalarining tomirlari chuqur tarixga borib taqaladi. Qadim zamonlarda hamda uyg‘onish davrida ham olimlarning va amaliyotchilarning karlarni ona tiliga o‘qitish maqsadidagi fikrlari falsafa, tibbiyot, tabiiy fanlar, psixologiya, fiziologiya, tilshunoslik va boshqa fanlar asosida shakllangan. Har qanday tarixiy bosqichda surdopedagogik yangi ilmiy g‘oyalarni rivojlanishiga va ommalashishiga ayni mamlakatdagi umum ilmiy iqlim ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Insonning o‘zligi haqidagi tassavvurlari almashuvi bilan bir qatorda kar odamlar, ularni o‘qitish tizimiga munosabat ham o‘zgara borgan. XVIII asrgacha insonga «Xudoning in’omi» sifatiga qaralganligi bois odamlarga «Xudoning ishlariga aralashish!»ga yo‘l qo‘yilmasdi. Shuning uchun qadim zamonlarda karlarga befarq yoki yovuz munosabatlarda bo‘lishgan. Ko‘pincha tug‘ma karlarni inkvizitsiya gulxanlarida yoqishganlar. XVIII asr oxirlarida inson haqida «Xudo inson» ta’limotini yuzaga kelishi ham karlarning yashash va faoliyat ko‘rsatish ahvolini og‘irlashtirdi. Chunki ular eshitish va nutqidagi nuqsonlari sababli bu yuqori darajaga erisha olmaganlar. Ma’lumki, «Xudo insoni» falsafasiga sig‘inuvchi fashistlar tuzumida karlar «Past tabaqa» sifatida yo‘q qilingan.Agnostitsizm falsafasi surdopedagogika rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu falsafa g‘oyalari kar soqovlarning bilish imkoniyatlariga va aqliy kuchiga ishonmaslikka targ‘ib qilar edi, kar soqovlar tabiati va uning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishga tusqinlik qilardi10.
Surdopedagogika sohasini takomillashuvida umumiy pedagogika, tilshunoslik, psixofiziologiya fanidagi ijobiy yutuqlar katta ahamiyat kasb etgan. Rossiyada ham I.G.Cherneshevskiy. N.A Dobrolyubov, N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.M.Gretyanov, A.A.Pogibni, I.M.Sechenovlarning insonparvarlik g‘oyalari ta’sirida karlarni tarbiyalash va o‘rgatish usullarini ishlab chiqarishdagi analogik yutuqlari belgilangan.Shunday qilib, surdopedagogika va uning tarkibiga kiruvchi ona tiliga o‘rgatish uslubiyatining rivojlanish yo‘llari faqat har bir tarixiy davrdagi umuminsoniy qadriyatlarning tahlili orqali to‘g‘ri tushunilishi mumkin. Bu bilimlarning zamonaviy holatini esa tarixdagi tilga o‘qitish tizimlarini o‘rganish, ularning yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish orqali tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.
Henry Walter Edward Klopping Language understanding of deaf students under three auditory-visual stimulus conditions –– The University of Arizona, Arizona USA , 2012. 56-57 p.
20
Surdopedagogikada kar bolalarni ona tiliga o‘rgatishga uslubiy yondashishlar yakka o‘qitish davrida ham (XVIII asr oxirigacha) va yirik pedagogik tizimlar mavjud davrda ham quyidagi ko‘rsatkichlar asosida olib borilganligi haqida ma’lumotlar mavjud:
Kar bolalarni tarbiyalash va o‘qitish umumiy tizimida nutqqa qanday o‘rin ajratilgan;
Ona tili bo‘yicha ishning qanday bosqichi kar o‘quvchilarning e’tibor markazida bo‘lgan;
Ona tiliga o‘rgatishda nutqning qanday shakllari qo‘llanilgan, bu jarayonda nutq shakllarining qay biri asosiy o‘rinda bo‘lgan.
Ona tiliga o‘qitishda qanday usullar qo‘llanilgan, ular vositasida tarbiyalanuvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishda qanday natijalarga erishilgan;
Kar o‘quvchilarning eshitish faoliyatining buzilish darajalari hisobga olinganmi va bunga bog‘liq holda ona tiliga o‘qitishda differensial yondashuv amalga oshirilganmi;
O‘tmishda faoliyati yakka o‘qitish davriga taaluqli bo‘lgan surdopedagoglarni
(Ponse, X. Bonnet, D. Bulver va boshqalar) tajribalarini o‘rganish, o‘sha davrlardayoq surdopedagogik fikrlarni asosiy rivojlanish qirralari belgilanganligi va ular keyinchalik har xil pedagogik tizimlar asosiga yetgan deb fikr yuritishga imkon beradi. Deyarli barcha pedagoglarda chegaralanganlik, diniy va milliy urflar va taasurotlarga qaramay yangilik ko‘rtaklari yetilgan, bu kar soqovlarni o‘qitishda va tarbiyalashda nutq katta rol o‘ynashini anglashga olib kelgan va samarali baholangan.
Har bir pedagogik tizim faqatgina nazariy asos va undan kelib chiquvchi o‘qitishdan iborat bo‘libgina qolmasdan, o‘z ichiga o‘qitish shart-sharoitlarini va shakllarini tashkil qilishni ham oladi. Surdopedagogikaning barcha ma’lum bo‘lgan tizimlaridan birinchi bosqichi ta’limning turli bosqichlariga ajratilgan maxsus o‘qitish uchun berilgan barcha materiallar bosqichlararo taqsimlangan va izchillik bilan bosqichma-bosqich tuzishni murakkablashgan, hajmi ortgan. Bir bosqich ma’lum nutqiy qo‘nikmalarni hosil qilishni talab qilsa, keyingi bosqich undanda murakkabroq nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. O‘qitishning izchil va bosqichma-bosqichligi bolaga o‘qitishning faqatgina asoslarini egallashga yoki maktab o‘qitish kursining to‘liq o‘tish imkoniyatini berar edi. Oxirgisi faqat aqliy qobiliyat, oilada tarbiyalanish sharoiti, eshitishni buzilishi sabab va vaqti bilan bog‘lanibgina qolmasdan, o‘quvchi oilasini moddiy axvoliga ham bog‘liq edi, chunki o‘qitish moddiy mablag‘ga bog‘liq bo‘lgan. Shu bois, qadimda o‘qitishning davomiyligi barcha karlar uchun bir xil bo‘lmagan11.
Zamonaviy karlar maktabi o‘quvchilarining asosiy qismi uchun 12 yillik ta’lim tashkil qilib, bu ta’lim jarayoni o‘rta maktabning 8 yillik ta’lim dasturini o‘z ichiga
Henry Walter Edward Klopping Language understanding of deaf students under three auditory-visual stimulus conditions –– The University of Arizona, Arizona USA , 2012.-34-35.р.
21
oladi. O‘qitish jarayoni bosqichliligiga umumiy bilim hajmi va unga xos nutqiy rivojlanish darajasidan tashqari bolaning yosh davrlariga xos psixologik imkoniyatlari omili ham ta’sir qiladi. Tilni o‘zlashtirish va nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishning ba’zi talablari faqat katta yoshdagi o‘quvchilar ixtiyoriy jarayonlarni ma’lum darajasidagi rivojidagina bajara olishsa, ba’zilari esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan bajariladi. O‘qitishni alohida bosqichlarga bo‘lishning uchinchi omili – kar bolalarni nutqning har xil shakl va turlarini o‘zlashtira olishining real imkoniyatlaridir. Mazkur omil o‘qitishning har bir bosqichida o‘zlashtira olish, qabul qilish va ishlata olish qiyin-osonlik darajasini e’tiborga olgan holda nutq shakl larini har xil birikmalar tarzida o‘qitib borishni hamda bu shakl va turlardan yetakchisini, ko‘makchisini belgilashga ta’sir qiladi.
Ona tilini o‘qitishda tizimlilik ko‘p darajada tilning tabiatiga ham bog‘liq. Tilning ba’zi munosabatlari, qonuniyatlari, aloqalari o‘qitishdan avval hayotda o‘zlashtirilgan bo‘lib, amaliyotda murakkablashtiriladi. Til tizimining boshqa xususiyatlari maxsus kuzatuvni, tahlilni, umumlashtirishni talab etadi va qandaydir amaliy asos zaminida o‘qitilishi lozim. Ularning murakkabroq turlari keyingi bosqichda tanishtiriladi. Masalan, sintagmatik munosabatlar ko‘proq tilga taaluqli bo‘lsa, paragmatik munosabatlar ko‘proq til tizimiga xosdir. Ularni bir bosqichda o‘zlashtira olish mumkin emas. Shuning uchun tilning tizimli tashkillashtirishni to‘liq uzlashtirish faqatgina maktab o‘quv kursining barcha bosqichlarida o‘qitishdagina amalga oshirilishi mumkin.
Tizimlilik yoki bosqichma-bosqichlilik kabi tilga o‘qitishni tashkilllashtirishni tomonlari karlar maktabida didaktik, psixofizik va lingvistik omillar tomonidan aniqlanadi. Vazifani bajarishning o‘zgarmas sharti-bir bosqichdan keyingichiga o‘tishdagi uzviylikdir. Kar bolalarni maktabda o‘qitish kursi to‘rt asosiy bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich tayyorlov sinfi bo‘lib, u maktabga tayyorlovdan o‘tmagan bolalar uchun mo‘ljallangan. Bu davr bolani bir yoshdan 4-5 yoshgacha davom etadi. Bunda katta e’tibor ko‘pchilik kar bolalarni maxsus maktabgacha tarbiya muassasalariga qatnashi muddatiga va har bir bolani tarbiyalashning konkret shart-sharoitlariga qaratiladi. O‘qitishning ikkinchi bosqichi – boshlang‘ich sinflar bo‘lib, ularda 7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qitiladi. Uchinchi bosqich – o‘rta sinflar bo‘lib, kar bolalar maktabining V-VII sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda 11-13 yoshdagi bolalar o‘qitiladi. To‘rtinchi bosqich – katta sinflar bo‘lib, karlar maktabining 8-12 sinflarini qamrab oladi. Mazkur bosqichda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qitiladi.
Ushbu bosqichlar bir-biridan vazifalari, o‘quv fanlari majmuasi o‘quvchilarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarning asosiy yo‘nalishlari bilan farqlanadi. Tayyorlov bosqichining asosiy vazifasi bolalarga muloqot uchun zarur nutqiy materialni qisqa vaqt ichida o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. Birlamchi aloqa o‘rnatish va nutqda orttirilgan tajribani bilish faoliyatini natijalarini aks ettirish uchun zarur undov, so‘roq va gaplar shaklidagi nutqiy material tilga o‘qitishning mazmunini tashkil qiladi. Nutqiy rivojlanish masalalarini kompleks tarzda hal qiluvchi o‘quv fani dasturida uch qismga ajratilib ko‘rsatilgan:
22
Og‘zaki nutqga o‘rgatish;
Bundan tashqari nutqiy malakalarni rivojlantirish predmet-amaliy o‘qitish mashg‘ulotlarida, eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuzga o‘rgatish mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Nutqiy qobiliyatni rivojlantirish, nutqiy faoliyat turlarini shakllantirish, tilning tizimli tuzilishini aks ettiruvchi til qonuniyatlari – bolalarga tushuntirish kabi kar bolalar nutqini rivojlantirish yo‘nalishlaridan biriga katta e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |