Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov


 Moliyaviy bozor va bunda tijorat banklarining roli



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

5.2. Moliyaviy bozor va bunda tijorat banklarining roli 
Har qanday jamiyatda moliyaviy bozor faoliyati bo‘lishligi 
uchun yana bir muhim shart-sharoit mavjud bo‘lishi lozim. Ushbu 
shart-sharoit, moliya bozori ishtirokchilarini va moliyaviy 
vositachilarni iqtisodiy ma’lumot (axborot) bilan ta’minlan-
ganligini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, jamiyatda iqtisodiy 
axborotlar erkin, ochiq, oydin matbuotda e’lon qilinmog‘i lozim. 


114 
Boshqacha qilib aytganda, moliya bozoridagi har bir ishtirokchi va 
har bir moliyaviy vositachi bir xil iqtisodiy va axborot muxitiga 
ega bo‘lmog‘i kerak. Ushbu bozorda munosabatlarni tartibga solib 
turuvchi qonun-qoidalar ham barcha ishtirokchilar uchun bir xil 
bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasida “Fond birjasi va 
qimmatli qog‘ozlar” haqida qonun 1994-yilda qabul qilingan.
Shu qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasida hozirgi 
kunda qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanib, shakllanib bormoqda. 
Respublikada qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdisiga ixtisoslashgan 
“Toshkent” fond birjasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi banklari Markaziy bank tomonidan 
beriladigan umumiy litsenziya asosida qimmatbaho qog‘ozlar 
bank operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-
oktabrdagi 
«Banklarning 
kapitallashuv 
darajasini 
oshirish 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2420-sonli 
Qaroriga muvofiq, 2016-yil davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat 
milliy bankining ustav kapitaliga 75,0 mlrd. so‘m, «Agrobank» 
ATB ustav kapitaliga 50,0 mlrd. so‘m, «Mikrokreditbank» ATB 
ustav kapitaliga 25 mlrd. so‘m va «Qishloq qurilish bank» ATB 
ustav kapitaliga 25 mlrd. so‘mlik mablag‘larning joylashtirilishi 
ta’minlandi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2015-yil 21-dekabrdagi «Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy 
investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi PQ-2454-sonli Qarori talablaridan kelib chiqqan 
holda tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalining 15 
foizidan kam bo‘lmagan qismini xorijiy investorlarga sotish 
yuzasidan o‘tgan davr mobaynida zaruriy chora-tadbirlar amalga 
oshirildi.
Xususan, ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Markaziy 
bankning «Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsen-
ziyalash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomiga tegishli o‘zgartirishlar 
kiritildi.
Bugungi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 12 ta 


115 
tijorat banklarining («KDB Bank O‘zbekiston» AJ, «O‘T-bank» 
AJ, CHEKI «Savdogarbank ATB, CHEKI «Hamkorbank» ATB, 
«Ipak Yo‘li banki» AITB, «Asia Alliance Bank» ATB, «Orient 
Finans» XATB, «Madad Invest Bank» XATB, «Ravnaq-bank» 
XATB, «Kapitalbank» ATB, «Trastbank» XAB va «Invest 
Finance Bank» ATB) ustav kapitaliga Osiyo taraqqiyot banki, 
Xalqaro moliya korporatsiyasi, Koreya taraqqiyot banki, 
Gollandiya rivojlanish va taraqqiyot tashkiloti kabi moliyaviy 
tashkilotlar hamda boshqa xorijiy investorlarning ulushlari jalb 
yetildi .
Banklar quyidagi shartlar bajarilgan holda qimmatbaho 
qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin: 
a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek ushbu 
korxonaning boshqa qimmatbaho qog‘ozlariga qo‘yilmasining 
miqdori 1- darajali bank regulyativ kapitalining 15% oshmasligi 
kerak. 
b) bankning barcha elementlar ustav kapitaliga va boshqa 
qimmatbaho qog‘ozlariga qilgan investitsiyalari miqdori 1-darajali 
bank regulyativ kapitalning 15%idan oshmasligi kerak. 
v) oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatbaho-qog‘ozlariga 
qilingan bank qo‘yilmasi miqdori 1-darajali bank regulyativ 
kapitalining 25% idan olinishi kerak. 
Bank ist’emol korxona (moliyaviy institutlar miqdori) ustav 
kapitaliga 20% idan ortig‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita 
egalik qilishi mumkin yemas. 
Umaman olganda, banklarning foyda operatsiyalariga quyida-
gilar kirishi mumkn: 
1. qimmatbaho qog‘ozlarga asosan kreditlar (lombard). 
2. qimmatbaho qog‘ozlarni o‘z portfeli uchun sotib olish 
(investitsiya). 
3. yangi chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlarni birlamchi 
taqsimlash (jamlashtirish); 
4. Mijozning topshirig‘iga ko‘ra qimmatbaho qog‘ozlarni 
sotib olish va saqlash (qimmatbaho kog‘ozlar ikkilamchi 
muomalasiga xizmat ko‘rsatish). 


116 
Bank brokerlik operatsiyasi 
a) Banklarning o‘zlarining mijozlari topshirig‘iga ko‘ra 
komission operatsiyalarni amalga oshiruvchi masalan (o‘zlari 
nomidan mijoz uisobidan qimmatbauo qog‘ozlar sotib olish 
operatsiyalari amalga oshirishlari mumkin. 
b) banklar amaliyotning kelishuvi asosida qimmatbaho 
qog‘ozlarni chiqarishni tashkil etishi mumkin. 
v) 3-shaxs nomidan (foydasiga) qimmatbaho qog‘ozlarni 
joylashtirishni kafolotini olishi mumkin. Qimmatbaho qog‘ozlar 
saqlash yoki ularni hisoblash olib borish huquqi depozitlar 
operatsiyalari. 
O‘zbekiston tijorat banklarining ushbu bozorda xarakat qilish 
salohiyati qimmatbaho qog‘ozlar bozorining boshqa institutlari-
nikiga nisbatan katta. Hozirgi bosqichda bu qonuniydir. Jahon 
tajribasi ko‘rsatishicha, iqtisodiy taraqqiyot jarayoni qimmatli 
qogozlar bozorida bankdan tashqari moliya institutlari qatnashuvi 
ulushining ortib borishiga olib kelmoqda, buning natijasida tijorat 
banklari ulushi kamayib bormoqda (qimmatli qog‘ozlar bozori 
subyektlari o‘rtasida raqobatchilik mavjud bo‘lgan vaqtda). 
Hozirgi vaqtda qimmatli qogozlarning quyidagi besh turi 
O‘zbekiston fond bozorining obyektlari bo‘lib koldi: xususiylash-
tirilgan 
korxonalar 
aksiyalari, 
davlat 
qisqa 
muddatli 
obligatsiyalari, davlat 12 foizli ichki zayomi, tijorat banklari va 
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning diskont Veksellari, 
tijorat banklarning depozit sertifikatlari va depozit obligatsiyalari. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, tijorat 
banklariga qimmatli qog‘ozlar aksiyalari, obligatsiyalar, depozit 
va jamg‘arma sertifikatlari, Veksellar, shunindek, hosila qimmatli 
qogozlar (fyucherslar va opsionlar) kabi turlarini chiqarishga 
ruxsat beriladi. Muayyan moliyaviy vosita uning emitent uchun 
ham, xaridor uchun ham qulay va foydaligi hisobga olingan holda, 
tanlab olinadi. Bank qimmatli qog‘ozining nobank muassasi 
tomonidan chiqarilgan qogozdan farqi, tijorat banki faoliyatining 
davlat organlari tomonidan nisbatan to‘liqroq tartibga solinishidan 
iborat. Tijorat banki o‘z faoliyatida unga balans likvidligi va 


117 
kapitalning yetarlilik darajasini pasaytirtirishga yo‘l qo‘ymaydigan 
bir qancha majburiy normativlarga amal qiladi. 
O‘zbekistonda tijorat banklarining emission faoliyati va ayrim 
turdagi qimmatli qog‘ozlari muomalasi «Banklar va bank 
to‘g‘risida qonun» «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‘g‘risida qonun», shuningdek, «Tijorat banklariga qimmatbaho 
qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha 
tavsiyalar» bilan tartibga solinadi. 
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan bog‘liq faoliyat tartibga 
solinishi tijorat banklari uchun emissiya prospektini chiqarish, uni 
ro‘yhati belgilab quyilganligi ta’minlanadi. Ushbu tartib O‘zbekis-
ton Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogozlar va 
fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan. 
Banklar uchun yemissiya prospektlaridagi ma’lumotlar ro‘yxatla-
rini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank 
bilan kelishilgan holda belgilaydi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish