Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet16/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

Jayniylik.  Jayniylik  miloddan  avvalgi  VI  asrda  Hindistonda 
vujudga  kelgan.  Bu  dinning  asoschisi  kshatriylar  kastasidan 
chiqqan afsonaviy Vardxamana Maxavira (Jina ham deyilganligi 
sababli, jaynizm nomi ana shu so‘zdan kelib chiqqan) hisoblanadi. 
Jayniylik  Hindistonda  kastachilik  tuzumiga  qarshi  bo‘lgan. 
Rivoyatlarga  ko‘ra  jayniylik  ta’limoti  asrlar  osha  24  ta  ustoz-
payg‘ambar orqali yetib kelgan, ularning eng so‘nggisi Jina edi.
Jayniylik  ta’limotining  asosiy  g‘oyasi  deyarli  barcha  hind 
dinlari  uchun  umumiy  bo‘lgan  karmalar  va  nirvana  haqidagi 
ta’limot hisoblanadi. Nirvanaga erishgan inson qayta tug‘ilishdan 
ozod  bo‘ladi.  Bunga  esa  faqat  tarkidunyo  qilganlargina  erishadi, 
xolos.  Shuning  uchun  mazkur  ta’limotda  tarkidunyochilikka 
alohida  e’tibor  beriladi.  Inson  dunyoda  o‘zining  barcha 
ehtiroslaridan  voz  kechgach,  o‘z  nafsini  tiyishi,  o‘z-o‘zini 
yengishi – yangi karma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada 
karmaning  kuchi  yemirilib,  uning  ruhi  kishanlardan  ozod 
bo‘ladi.  Kishining  karmasi  qanchalar  zaiflashsa,  uning  ichki 
dunyosi  shuncha  boyib  boradi.  Bu  jarayon  ruhning  to‘la  ozod 
bo‘lgunigacha  davom  etadi.  Nihoyat,  ruhning  butunlay  ozod 
bo‘lishi – nirvana holati yuz beradi.
Jayniylikda  dunyoviy  kishidan  ham,  tarkidunyo  qilgan 
rohibdan  ham  ma’lum  axloqiy  qoidalarni  bajarish  talab  qilinadi. 
Chunki  hayotning  maqsadi  ruhni  yomon  karmadan  saqlash, 
yangi  karmaning  yuzaga  kelishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  borini 
ham  asta-sekin  yo‘q  qilib  yuborishdan  iborat.  Buning  uchun 
dunyoviy  odam  besh  narsaga  amal  qilishi  kerak:  birinchisi  – 
zarar  yetkazmaslik  (axinsa),  ikkinchisi  –  rost  so‘zlash  (satya), 
uchinchisi  –  o‘g‘irlik  qilmaslik  (asteya),  to‘rtinchisi  –  zino 
qilmaslik  (braxmacharya),  beshinchisi  –  tamagirlik  qilmaslik 
(aparigraxa).  Mana  shular  insonning  axloqiy  mezonini  tashkil 
qiladi.
Jayniylikda  ikki  asosiy  yo‘nalish  bo‘lib,  birinchisi  – 
digambarlar («moviy kiyim kiyganlar») deyiladi. Ular hayotning 


25
barcha  lazzatlaridan  voz  kechishgan.  Ikkinchi  yo‘nalish  – 


shvetambarlar  yoki  svetambarlar  («oq  kiyim  kiyganlar») 
deb  atalgan.  Ular  ushbu  din  aqidalari  yozilgan  eski  matnlarni 
tiklash,  ularga  qonun  tusini  berish  kerak  deb  hisoblaydilar. 
Bu  yo‘nalish  tarafdorlari  hayotning  barcha  lazzatlaridan  voz 
kechmaydilar.
Jayniylik dinining talablari qattiq bo‘lgani tufayli ham bu din 
Hindistonda keng tarqalmagan. Hozirgi kunda dunyoda bir yarim 
milliondan  ortiq  jayniylar  mavjud.  Ular,  asosan,  Hindistonning 
Rajputan,  Gujarot  va  bir  qator  janubiy  mintaqalari,  Madxya, 
Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar.

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish