Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet18/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

Konfutsiylik.  Konfutsiylik  dastlab  falsafiy  g‘oya  sifatida 
maydonga  kelgan.  Uning  asoschisi  Konfutsiy  (Kun  Szi) 


27
miloddan  avvalgi  551-yilda  tug‘ilib,  mil.  av.  479-yili  vafot 


etgan.  Konfutsiy  otasidan  erta  ajragan  va  onasi  qo‘lida 
tarbiyalangan.  Onasi  ham  ko‘p  o‘tmay  dunyodan  o‘tgan. 
Konfutsiy  ta’lim  olib,  ilm  o‘rgangach,  19  yoshida  uylanadi. 
Birinchi  marta  u  omborchi  vazifasiga  ishga  tayinlanadi, 
yoshlarga  ta’lim  berishga  kirishadi.  Yangi  ustozning  ong 
haqidagi  fikrlari,  chuqur  ma’noli  so‘zlari  mamlakat  bo‘ylab 
keng  tarqaladi.  Konfutsiyning  3000  ga  yaqin  shogirdlari 
orasida  72  eng  ko‘zga  ko‘ringan  izdoshlari  mamlakatning 
obro‘li  xonadonlaridan  bo‘lib,  shu  bilan  bir  qatorda 
kambag‘al,  oddiy  kishilardan  ham  iborat  bo‘lgan.  Konfutsiy 
maktabi  qadimgi  Xitoyda  asta-sekin  katta  ta’sir  doirasiga 
ega  bo‘lib  bordi.  Uning  ko‘plab  shogirdlari  qadimgi  Xitoy 
podshohliklarida  e’tiborli  mansablarni  egallashdi.  Konfutsiy 
yoshlar  tarbiyachisi  va  ustozi  sifatida  keng  shuhrat  qozonib, 
ilk Xitoy ma’rifatparvari nomiga sazovor bo‘ldi.
Konfutsiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa o‘z zamonasining 
kamchiliklari va ayb-u nuqsonlari edi.
Oddiy  xalqning  nochorligi,  amaldorlarning  zolimligi, 
hukm dorlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  ziddiyatlar,  qadimgi  ma’naviy 
an’ana  va  qadriyatlardan  uzoqlashish  –  bularning  hammasi 
Konfutsiy  keskin  tanqidiy  qarashlarining  yuzaga  kelishiga 
turtki  bo‘ldi.  Uning  fikrlari  jamoatchilik  tomonidan  qabul 
qilinishi  uchun  hamma  e’tirof  etgan  obro‘ga  sazovor  bo‘lishi 
kerak  edi.  Konfutsiy  xuddi  ana  shu  obro‘ni  uzoq  o‘tmishning 
yarim  afsonaviy  obrazlaridan  topdi.  Konfutsiy  vafotidan  bir 
necha  asr  o‘tgach,  uning  o‘zi  orzu  qilganidek,  podshohlar 
dono, amaldorlar fidoyi, xalq esa farovon bo‘lgan paytda uning 
ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib ulgurdi.
Konfutsiy komil inson (Szyun-szi) haqidagi g‘oyasini yaratdi. 
Szyun-szi  yuksak  ma’naviyatli  inson  –  ikki  asosiy  xususiyatga 
ega  bo‘lishi  kerak:  insoniylik  va  mas’uliyat  (ajdodlar  oldidagi 
qarzni)ni  his  qilish.  Komil  inson,  eng  avvalo,  ishonchli  va 


28
fidoyi  bo‘lishi  kerak.  U  o‘zini  ayamasdan  o‘z  ishonchiga,  o‘z 


hukmdoriga, o‘z otasi va barcha o‘zidan kattalarga xizmat qilishi 
lozim. Bunday inson doimo kamolot sari intiladi.
Konfutsiylikda markaziy o‘rinda axloqiy masalalar turadi.
Diniy  masalalar,  aqidalarga  konfutsiylik  ancha  sovuqqon 
munosabatda  bo‘lgan.  Konfutsiyning  o‘zi  qadimgi  Xitoyda 
keng  tarqalgan  turli  ruhlarga  bo‘lgan  ishonch  masalasiga 
shubhali  munosabatda  bo‘lgan.  «Lunyuy»  (Konfutsiyning 
falsafiy  fikrlari  va  suhbatlari  majmuasi,  u  konfutsiychilikning 
asosiy  manbasi)da  keltirilishicha,  Konfutsiy  g‘ayritabiiy 
narsalar  va  ruhlar  to‘g‘risida  gapirishni  yoqtirmagan. 
Shuningdek, u taqdir, inson umri, o‘lim haqida so‘z yuritishdan 
qochgan.  Undan  «o‘lim  nima?»  –  deb  so‘raganlarida,  u:  «Biz 
tiriklik  nima  ekanligini  bilmaymiz-u,  o‘lim  nima  ekanligini 
qayerdan bila olar edik», – deb javob bergan ekan.
Biroq  o‘sha  davrda  qadimdan  davom  etib  kelayotgan  diniy 
qadriyatlar,  urf-odatlarga  Konfutsiy  ehtirom  bilan  munosabatda 
bo‘lgan.
Konfutsiyning yana bir asosiy ta’limoti – «Syao» ta’limotidir. 
Syao  ta’limotiga  ko‘ra  inson  o‘z  ota-onasiga  munosib  bo‘lishi 
haqidagi  g‘oyani  o‘zida  mujassamlashtirgan.  Konfutsiy  fikricha, 
inson uchun «Syao»dan muhimroq narsa yo‘q.
«Syao»  ta’limotining  «Li  qonunlari»ga  ko‘ra  farzand  ota-
ona  hayotlik  chog‘ida  mutlaqo  ularning  ixtiyorida  bo‘lgan.  To 
ular dunyodan o‘tgunicha o‘ziga-o‘zi egalik qilishga haqli emas. 
Agar  ota-onasi  vafot  etadigan  bo‘lsa,  farzand  qanday  ish  bilan 
mashg‘ul  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  qanday  lavozimni  egallagan 
bo‘lmasin,  barcha  ishini  tashlab  3  yil  davomida  aza  tutishi 
shart. Konfutsiylikning «Syao» ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy 
madaniyati, axloqiy normalariga katta ta’sir o‘tkazib keldi.
Konfutsiylik  juda  tez  muvaffaqiyatga  erishmadi.  Konfutsiy-
ning  o‘zi  esa,  zamondoshlari  tomonidan  tan  olinmay  vafot  etdi. 
Uning shogirdlariga ham oson bo‘lmadi.


29
Xan sulolasi davriga kelib, (mil. av. III–II asrlar) konfutsiylik 


davlat  mafkurasi  darajasiga  ko‘tarildi.  Xan  podshohlari 
Konfutsiy  ta’limotini  to‘liq  qabul  qilmagan  bo‘lsa-da,  uning 
salohiyati, jamiyatdagi mavqeini e’tirof qilgan holda undan davlat 
boshqaruvida foydalandilar.
Konfutsiy  o‘zi  yashab  ijod  etgan  joy  Suyfuda  vafot 
etganidan  keyin  uning  qabri  yaqinida  bir  ibodatxona  qurdilar. 
Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan 
uning  barcha  tabarruk  narsalari,  unga  taalluqli  ashyolar 
–  yozgan  asarlari,  musiqa  asboblari,  ro‘zg‘or  anjomlari, 
aravasi  va  boshqa  narsalari  keltirib  qo‘yildi.  Bu  maskan  Xan 
sulolasi  davriga  kelib  butun  mamlakat  miqyosidagi  muqaddas 
ziyoratgohga  aylandi.  Mil.  av.  195-yilda  birinchi  Xan  podshohi 
Lyu Ban shaxsan o‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab «tay-
lyao»  (Xitoyda  eng  oliy  qurbonlik  –  qo‘y,  ho‘kiz  va  cho‘chqa) 
qurbonligini  keltiradi.  Shundan  so‘ng  Konfutsiy  nomi  Xitoyda 
ilohiylashtirildi  va  unga  atab  muntazam  qoidalar  asosida 
qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi.
X–XIII asrlarga kelib, Sun sulolasi davrida unga imperatorlik 
unvoni,  otasiga  esa  knyazlik  unvoni  berildi.  Keyinroq  Yuan 
va  Min  sulolalari  (XIII–XIV  asrlar)  davrida  unga  yana  ham 
yuksakroq  unvon  –  «Eng  haqiqiy  donishmand»,  «Millatlarning 
ulug‘ ustozi» unvonlariga sazovor bo‘ldi.
Konfutsiy nomi o‘rta asrlarda Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning 
timsoli podshohlar boshidagi tojlarda o‘z aksini topdi.

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish