Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet17/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

Sikxiylik (sanskrit tilida «shogird» degan ma’noni anglatadi). 
Sikxiylik  dini  XVI  asrda  Hindistonda  vujudga  kelgan.  Bu 
dinning  asoschisi  –  guru  (ya’ni  ustoz)  –  kshatriya  kastasidan 
chiqqan Nanak (1469–1539) hisoblanadi.
Sikxiylik diniga Panjobda guru Nanak tomonidan asos solinib, 
unga ergashganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan. 
«Sikxiylik» (Sikxizm) atamasi ham shu so‘zdan olingan.
Nanakning vafotidan keyin uning ta’limotini 9 ta guru rivoj-
lantirgan. Xususan, to‘qqizinchi  guru Govind Singx (1675–1708) 
bu ishda muhim rol o‘ynagan.
Sikxiylik  talqinida  hinduiylikdagi  Braxma,  Vishnu,  Shiva 
va  islomdagi  Alloh  bir  ilohiyotda  mujassam  bo‘ladi.  U  nirgun 
(«sifatlardan xoli») va sagun («sifatlar egasi») deb talqin qilinadi. 
Uning asosiy holati nirgun bo‘lib, bu holat har qanday sifatlardan 
xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u 
o‘z xohishi bilan sagun holatiga o‘tadi.
Sikxiylik  ta’limotiga  ko‘ra,  ilohiyot  –  Yaratuvchi,  Saqlovchi, 
Vayron  qiluvchi  (Braxma,  Vishnu,  Shivalardek)  sifatlarni  o‘zida 
mujassam  qiladi.  U  qudratli  va  hukmdordir.  Uning  tomonidan 
yaratilgan dunyo esa o‘zgaruvchan va foniy. Ilohiyot esa – abadiy. 
U  azalda  ham,  hozirda  ham,  kelajakda  ham  mustaqil  ravishda 
mavjud.  Azaliylik,  vaqtdan  tashqarida  bo‘lish,  tug‘ilmaganlik, 


26
o‘lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini anglatadi. 


Xudoga  bo‘lgan  muhabbat,  ishonch,  sadoqat  yo‘lini  tutgan  har 
bir  inson  Unga  yetishishi  va  U  bilan  birlashib  ketishi  mumkin. 
Xudoga ibodat qilish, sikxiylik ta’limoti bo‘yicha, aslo dunyoviy 
hayotdan  uzilishni,  rohiblik  yo‘lini  tutishni  anglatmaydi, 
aksincha,  hayotda  faollikni,  to‘la  mehnatni  va  oiladagi  o‘z 
vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to‘la amal qilish 
pirovard  natijada  tug‘ilishlar  zanjirining  uzilishiga  va  insonning 
xudo  bilan  birlashib  ketishiga  olib  keladi.  Har  kim  xudo  bilan 
bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin.
Sikxiylik  Hindiston  xalqi  diniy  tafakkurining  bir  bosqichi 
sifatida  kuchli  islohotchilik  harakatlari  zaminida  yuzaga 
keldi.  Bu  harakat  Ramanand,  Gorakxnatx,  Chaytanyax,  Kabir 
va  Vallabxacharya  nomlari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  butun  XVI 
asrni  o‘z  ichiga  oldi.  Bu  davrda  hinduiylik  kabi  sikxiylikka 
ham  islomning  ta’siri  kuchli  bo‘ldi.  Nanak  ham  Kabir  kabi 
hinduiylikni  butparastlikdan  tozalab,  islomga  yaqinlashtirishga 
harakat  qildi.  Tadqiqotchilarning  fikricha,  sikxlar  bir  Xudoga 
e’tiqod  qiladilar.  Bu  din  boshqa  iloh  va  butlarga  ibodat  qilishni, 
hinduiylikning  yirik  ziyoratgohlariga  borishni,  folbinlik  va 
sehr-joduga  ishonishni  taqiqlaydi  hamda  tug‘ilish  va  o‘lim  bilan 
bog‘liq  poklash  marosimlarini  tan  olmaydi.  Sikxiylik  ijtimoiy 
tizim  sifatida  kasta  tabaqalanishini  inkor  etadi  va  bu  yo‘l  bilan 
braxmanlarning  tug‘ilish,  o‘lim  va  nikoh  marosimlaridagi 
rahbarlik mavqeiga barham beradi.
Sikxiylik  ta’limoti  uning  muqaddas  kitobi  «Grantx  Sohib» 
(Janob  Kitob)da  bayon  qilingan.  Bu  kitob  asosi  guru  (ustoz)
ning  pand-nasihatlari,  hayoti  haqidagi  lavhalardan  iborat 
bo‘lib,  sikxiylik  ta’limotining  manbai  va  ibodat  obyekti  ham 
hisoblanadi.  Sikxlar  jamoasi  hozirgi  kunda  ham  Hindistonda 
kuchli ta’sirga ega.

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish