Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet24/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

«AVESTO»
gUMATA 
EZgU FIKR
gUKTA 
EZgU SO‘Z
gVARSHTA 
EZgU AMAL
Ikkinchisi, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan 
joyi  Xorazm  hisoblanadi.  Ko‘pchilik  manbashunoslar  ikkinchi 
fikrni  yoqlaydilar.  Xorazm  birinchi  bo‘lib  zardushtiylikning 
muqaddas  olovi  Ozarxurra  yoqilgan  va  shu  dinda  eng  buyuk 
xudo  hisoblangan  Ahuramazdaning  Zardusht  bilan  bog‘langan 
joyi hisoblanadi.


34
«Avesto»da  Zardusht  tug‘ilgan  va  o‘z  faoliyatini  boshlagan 


yurt  haqida  ham  ma’lumot  beriladi.  Aytilishicha,  «Bu 
mamlakatning  ko‘p  sonli  lashkarlarini  botir  sarkardalar 
boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go‘zal, 
chorvachilik  uchun  barcha  narsa  muhayyo,  suvga  mo‘l,  chuqur 
ko‘llari,  keng  qirg‘oqli  va  kema  yurar  daryolari  o‘z  to‘lqinlarini 
Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava 
(sug‘dlar  yashaydigan  yurt),  Xvarizm  (Xorazm)  mamlakatlari 
tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz,  «Keng  qirg‘oqli,  kema  yurar  daryolar»  bu  Amu 
va Sirdaryo bo‘lib, «Avesto» tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta 
Osiyodagi ikki daryo qirg‘oqlarida joylashgan.
Shunga  asoslanib,  olimlar  Zardushtning  vatani,  zardush-
tiylikning  ilk  makoni  va  «Avesto»ning  kelib  chiqish  joyi  deb 
Xorazm, tarqalish yo‘nalishi Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriya degan 
fikrni beradilar.
Zardushtiylik  ta’limotining  asosi  olam  qarama-qarshiliklar 
kurashi  asosiga  qurilgan.  Yaxshilik  va  yomonlik,  yorug‘lik  va 
qorong‘ulik, hayot va o‘lim o‘rtasida abadiy kurash davom etadi. 
Barcha  yaxshiliklarni  Ahuramazda  va  barcha  yomonliklarni 
Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi.
Ahuramazda  insonlarga  ezgu  ishlarni  bayon  yetib,  ularga 
amal  qilishni  buyuradi,  yomon  ishlarni  bayon  yetib  ulardan 
saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda  imon  uchta  narsaga  asoslanadi:  ezgu  fikr, 
ezgu  so‘z,  ezgu  amal.  Har  bir  zardushtiy  kuniga  besh  marta 
yuvinib,  poklanib,  quyoshga  qarab  uni  olqishlab  sig‘inishi  shart 
bo‘lgan.
Zardushtiylik  ibodatxonalarida  doimiy  ravishda  olov  yonib 
turadi.  Ularda  dunyodagi  to‘rt  unsur  –  suv,  olov,  yer  va  havo 
ulug‘lanadi.
Zardushtiylik  dafn  marosimi  o‘ziga  xos  bo‘lib,  o‘lganlar 
bir  necha  past,  baland  «sukut  minoralari»  –  dahmalarga  soli-


35
nadi,  u  yerda  murdalarning  go‘shtlarini  qushlar  yeb,  suyak-


larini  tozalaydi.  Go‘shtdan  tozalangan  suyaklar  maxsus  so-
pol  idishlarga  solinib  minora  o‘rtasidagi  quduqqa  sochib 
yubo riladi.  Bunda  «halol»  bilan  «harom»ning  bir-biriga 
yaqinlashmasligiga erishiladi.
Eronda sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida Zardushtiylik 
rasmiy davlat diniga aylangan. Bu davrda uning muqaddas kitobi 
«Avesto»  ruhoniylar  tomonidan  qayta  yig‘ilib,  kitob  shakliga 
keltirilgan.  «Videvdat»  qismiga  o‘zgartirishlar  kiritilib,  qayta 
ishlangan.
Borliq qarama-qarshiliklardan 
tashkil topgan bo‘lib, u 
abadiylik xususiyatiga ega
Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi 
kurash oxir-oqibatda 
ezgulikning g‘alabasi bilan 
yakunlanadi
Ezgulik va yovuzlik kuchlari 
o‘rtasidagi kurashning yakuni 
odamlarning qaysi tomonni 
tanlashiga bog‘liq. 
Ezgulikning g‘alabasiga ishonch
Odamlarning yashashdan 
maqsadi dunyoda yaxshilikka 
xizmat qilishdir
Odamlar moddiy dunyodagi 
axloqiy amaliyoti uchun narigi 
dunyoda javobgardir
G‘ayritabiiy kuchlar dunyosida 
ham ezgulik va yovuzlik 
o‘rtasidagi kurash boradi
Tabiat va uning muqaddas 
unsurlarini ifloslantirish 
gunoh hisoblanadi
Din talablariga amal qilib 
yashagan kishida yovuzlik 
yengilib ilohiy podshohlik 
vujudga keltirilganidan keyin 
abadiy rohat-farog‘atga erishadi

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish