1 –GURUH
Quyidagi vaziyatni tahlil qiling
Dars bormoqda. Bir o‘quvchi yozuv taxtasi oldida javob berayotgan edi. Bir necha
noaniqliklarga yo‘l qo‘ydi. O‘qituvchi: «Kim to‘laroq javob beradi?»-deb so‘raganda o‘quvchilar
jim o‘tiraverdilar. Shunda bir o‘quvchi birdaniga: «Men javob beraman.»-deb qo‘l ko‘tardi. Shu
payt guruhda ajoyib vaziyat ro‘y berdi: «Tezda qo‘lingni tushir. A’lochi bo‘lib o‘rtoqlaringni
sotmoqchimisan?»-deb atrofdan pichirlash boshlandi. O‘quvchi qo‘lini darrov tushirdi. O‘qituvchi
so‘raganda qaysarlik qilib javob bermadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |