Bilimlarni og‘zaki usul bilan tekshirish metodi asosan ikki qismdan: birinchisi, tekshirish
savollari va vazifalari, ikkinchisi esa, qo‘yilgan savol va vazifalarga javoblar hamda talablardan
tashkil topadi. Bunda savol va topshiriqlarning mazmunini belgilashda, o‘rganilayotgan o‘quv
materiali mazmuni bilan ilgari o‘tilgan materiallar mazmuni orasidagi bog‘lanishni tahlil qilish,
o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda esa yetakchi bilimlarni ajratish zarur bo‘ladi.
Savol va berilgan topshiriqlarning sifati o‘quvchilarning aqliy faoliyatlarining xarakteriga
bog‘liq bo‘lganidan, ular o‘quvchilarning xotirasini faollashtirish, fikrlash (solishtirish,
umumlashtirish, yaxlitlash va hokazo) va nutqini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |