110
Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangicha tashkil qilinishiga
zamin yaratadi. Bunday ta’limda o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari
yordamida o‘qituvchilarning yangicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish talab qilinadi.
Masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda dastlab:
- kurslarning maqsadi;
- maqsadga erishish yo‘llari;
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim.
O‘qituvchi kadrlar pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida masofaviy malaka
oshirishlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, tinglovchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalana olish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
«Ta’limda axborot texnologiyalari» kursi U.Sh.Begimqulov tomonidan taklif etilgan hamda
mazmun va me’yor jihatidan mukammal ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘qituvchilarning pedagogik
mahoratlarini hozirgi zamon talablari asosida takomillashtiradi.
Shuningdek, kursning maqsadi – o‘qituvchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari, kasbiy
faoliyat va axborot jamiyati uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar va dasturiy ta’minot borasidagi
bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi, zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim
jarayonida, shuningdek, kasbiy faoliyatlarida har qanday muammolarni echishda qo‘llashni
o‘rganadilar. Dastlab o‘qituvchilar boshlang‘ich tayyorgarlik darajasida quyidagi talablarni
o‘zlashtiradilar:
matn muharririning asosiy obyektlari va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallarni
bilishi;
matnni tahrirlash va formatlash uchun matn muharririni qo‘llay olishi;
grafik axborotlarni taqdim etishning rastr va vektor usullarini o‘rinli qo‘llay olishi;
grafik muharrirning asosiy obyektlari va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallarni
bilishi;
tasvirni yaratish va tahrirlash uchun grafik muharrirni qo‘llay olishi;
elektron jadvallarning imkoniyat va vazifalarini tushungan holda ishlata olishi;
diagrammalar yaratishni bilishi;
elektron jadvallarni masalalar echishda qo‘llashi;
ma’lumotlar bazasining imkoniyati va vazifalarini tavsiflashi;
ma’lumotlar bazasining turlarini tavsiflashi;
ma’lumotlar bazasining asosiy obyektlari va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan
amallarni bilishi;
oddiy ma’lumotlar bazasini yarata olishi;
yozuvlarni saralash va qidirishni amalga oshirishi.
Kursning modul tuzilishini quyidagilardan iborat etib belgilash mumkin:
1-modul. Ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari.
2-modul. Pedagogik dasturiy vositalar.
3-modul. Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari.
4-modul. O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari.
Bunda o‘qituvchilar o‘z pedagogik mahoratlarini quyidagi modullar mazmunini
o‘zlashtirgan holda boyitib boradilar:
Do'stlaringiz bilan baham: