Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

Kasbiy-pedagogik bilimdonlik  pedagogik voqelikni  izchil  idrok eta bilish va unda  izchil 
harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantig‘ining yaxlitligicha 
va  butun tuzilmasi  bilan  birgalikda ko‘ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari  va 
yo‘nalishlarini 
tushunish 
imkoniyatini 
ta’minlaydi, 
maqsadga 
muvofiq 
faoliyatni 
konstruksiyalashni osonlashtiradi. 
Bilimdonlik o‘qituvchi uchun o‘ta muhim bo‘lgan uchta holat bilan bog‘langan zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi: 

 
odamlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishda, madaniy muloqotda bo‘lish; 

 
fani  sohasi  bo‘yicha  axborotlarni  qabul  qila  bilish  va  uni  o‘qitish  mazmuniga  moslab 
qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydalana olish; 

 
o‘quv axborotlarini boshqalarga bera olish. 
Bilimdonlik  faqat faoliyat  jarayonida  va  faqat konkret kasb doirasida namoyon  bo‘ladi  va 
baholanadi. 
Pedagogik  muhitda  o‘qituvchi  faoliyatini  baholashda,  odatda,  «pedagogik  madaniyat» 
termini qo‘llanadi. 
Pedagogik madaniyat kasbiy faoliyatning individual mazmuni bilan bog‘lanadi. 
Pedagogik bilimdonlik o‘qituvchining yuksak natijalarga erishishini ta’minlaydi. 
Pedagogik madaniyat faoliyat va munosabatlarga estetik shakl beradi. 
Pedagogik faoliyat pedagogik madaniyat tushunchasi tahlili omili bo‘lib xizmat qiladi. 
 2.O‘quvchilarning bilim olish     jarayonining  samaradorligini oshirish/ 
Dars  jarayonida  o‘quvchilar  bilim  faoliyatini  boshqarish  bir  necha  omillarga  bog‘liq. 
Ularning eng asosiylaridan biri o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtira olishdir. Olimlar ta’kidlaganidek, 
faqat  qiziqishgina  psixik  jarayonlar  va  ularning  idrok,  diqqat,  xotira,  tafakkur  va  iroda  kabi 
funktsiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Ta’lim-tarbiya  jarayonida  o‘quvchining  bilishga  oid  qiziqishlari  ko‘p  qirrali  qiyofalarda 
namoyon  bo‘ladi:  o‘quvchini  harakatchan  va  qiziquvchanligi,  o‘quvchining  ayrim  o‘quv 
faoliyatiga  shuningdek,  umuman  o‘qishga  bo‘lgan  motivlari,  o‘quvchi  shaxsining  o‘ziga  xos 
belgilari va uning yo`nalishini qaror topishi ana shular jumlasidandir.  
O‘quvchi  yosh davriga  xos tabiiy  faolligi, biror bir aqliy qiziqish  bilan qamrab olinmasa, 
uni  qaysi  tomon  boshlab  ketishini  oldindan  aytish  qiyin.  SHuning  uchun  ham  K.  D.  Ushinskiy 
"zo‘rlash  va  majburlashga  asoslangan  o‘qitish"  o‘quvchining  aqliy  rivojlanishiga  hech  qanday 
ta’sir  ko‘rsatmasligini  alohida  ta’kidlab  o‘tgan  edi.  SHuni  ta’kidlash  lozimki,  qiziqishlar  va 
motivlar o‘quvchilar o‘quv faoliyatlarining shakllanish darajasiga qarab shaxsning shakllantiruvchi 
(o‘quvchining nazariy fikri, o‘qish faoliyatini o‘quvchi shaxsi uchun ahamiyati) dastlabki omillar 
bilan o‘zaro murakkab munosabatlarda namoyon bo‘ladi.  
Xo‘sh,  o‘quvchilarning  o‘qishga  (bilishga)  bo‘lgan  qiziqishlarini  shakllantirish  shartlari 
qanday?  Mohir  o‘qituvchi  ularni  darsda  o‘quvchilarda  shakllantirish  uchun  nima  qilishi  kerak? 
O‘quv faoliyatini faollashtirish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarni doimo rivojlantirib borish uchun 
nima qilish kerak? 
Mohir  o‘qituvchi  o‘quvchilarda  o‘qishga  bo‘lgan  qiziqishlarni  shakllantirish  va  doimo 
rivojlantirib borish uchun quyidagilarga amal qilishi muhimdir: 
1. O‘quvchilarni bilishga intilishini, fanga umuman olganda aqliy mehnatga qiziqishlarini 
rivojlantirish o‘quv jarayonini shunday tashqil etilishini ta’minlaydiki, unda o‘quvchi faol harakat 
qiladi, musaqil izlanish va yangi omillarni "kashf etish"ga, muammoli vaziyatlarni o‘zi hal etishga 
intiladi.  
2.  O‘quv  faoliyati  boshqa  faoliyatlar  kabi  faqat  turlicha  bo‘lgandagina,  qiziqarli  bo‘ladi. 
Bir xil usulda axborot berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi.  
3.  Fanga  bo‘lgan  qiziqishni  shakllantirishda  bu  fanni  va  uning  ayrim  qismlarini 
o‘rganishning  zarurligi,  muhimligi  va  maqsadga  muvofiqligini  o‘quvchilarga  anglatish  juda 
zarurdir.  


69 
 
4.  O‘tilayotgan  material  oldingi  material  bilan  qanchalik  ko‘proq  bog‘lab  tushuntirilsa,  u 
o‘quvchilarga  shunchalik  qiziqarliroq  tuyuladi.  O‘quv    materialini  o‘quvchilarni  qiziqtiradigan 
narsalar bilan bog‘lab tushuntirish ham, ularni darsga qiziqtirishda muhim rol o‘ynaydi.  
5.  O‘rtacha  qiyinlikdagi  o‘quv  materiali  ham  o‘quvchilarda  qiziqish  uyg‘otmaydi.  O‘quv 
materiali bir oz qiyinroq, lekin o‘quvchilar kuchi etadigan bo‘lishi kerak.  
6.  O‘quvchilar  bajargan  ishlarni  tez-tez  tekshirish  ham  ularni  fanga  bo‘lgan  qiziqishini 
uyg‘otadi.  
7. O‘quv materialining aniqligi, hissiyotga boyligi, o‘qituvchining zavqlanib gapirishi ham 
o‘quvchiga, uni fanga bo‘lgan qiziqishini ortishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.  
      
Ilg‘or  o‘qituvchilar  o‘qitish  metodlarini  tanlashga  alohida  e’tibor  beradilar. 
O‘quvchilarning  frontal,  differentsiyalashgan  va  yakka  tartibdagi  faoliyatlilarining  umumiy 
jihatlari ko‘proq  bo‘lsada, ularni tashqil etish o‘qituvchidan o‘ziga xos ijodiy yondoshishni talab 
qiladi.  O‘quvchilik  faoliyatining  ob’ektini  tarkibi  va  o‘ziga  xosligi  uning  har  bir  aniq  vaziyatga 
ijodiy  yondoshishini  taqozo  qiladi.  Agar  butun  sinf,  guruh  va  alohida  shaxsga  nisbatan  bir  xil 
metod bilan ta’sir ko‘rsatilar ekan, unda tarbiyasi ham, ijodiy yondoshish ham barbod bo‘ladi.  
Ayrim  hollarda  o‘qishga  qiziqtiruvchi  metodlardan,  boshqa  hollarda  esa  burch  va 
javobgarlikni  his  etishni  rag‘batlantiruvchi  metodlarga  ko‘proq  e’tibor  berish  tavsiya  etiladi. 
Tajribali o‘qituvchilar o‘tilayotgan  mavzuni  xalq  xo‘jaligi  masalalarini  hal etishdagi ahamiyatiga 
oid  qiziqarli  misollar  keltiradilar,  didaktik  o‘yinlardan,  o‘quvchilar  faolligini  rag‘batlantiruvchi 
turli  usullardan  foydalanadilar.  Lekin  o‘quvchi  faoliyatida  hamma  narsani  ravshan  va  qiziqarli 
holda  tasavvur  etish  qiyin.  SHuning  uchun  ham  o‘qituvchi  o‘quvchilarda  paydo  bo‘ladigan 
qiyinchiliklarni engish uchun o‘ziga iroda va qat’iylikni ham tarkib topshirishi zarur.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish