70
Darsning noan’anaviy shakllaridan biri ko‘rik-konkurs darsidir. Bunda sinf (guruh)
o‘quvchilari 3-4 tadan guruhlarga bo‘linib, mavzuni musaqil o‘zlashtirib darsni o‘zlari bayon
qiladilar. Darsning bu turi musobaqa shaklida o‘tkazilgani uchun har bir o‘quvchi unga sidqidildan
atsoydil tayyorgarlik ko‘rishga intiladi. Baholashda ham guruhdagi barcha o‘quvchilar ishtirok
etadilar. Bunda darsning mazmuni, metodik ta’minoti, materialni tushuntirishni o‘ziga xosligiga
alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarni guruhchalarga bo‘linib ishlashlari esa ularni jamoada
hamkorlik bilan ishlashga, o‘zaro yordam berishga o‘rgatadi.
Muammoli o‘qitish bunyodkor va ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasiz o‘qituvchidan tubdan
farq qiluvchi tomonlari quyidagilardan iborat: Tajribasi bo‘lmagan o‘qituvchilar darsda
o‘quvchilarga asosan bilimlarni tayyor holda beradilar. Bunday o‘qituvchilar darsda ko‘proq o‘quv
materialini o‘qituvchi tushuntirishidan yoki darslikdan o‘quvchilarning yod olishiga harakat
qiladilar. Ba’zi o‘qituvchilar esa "hammabop" kombinatsiyalishgan darsga o‘ta berilib ketadilar va
bir xil andoza bo‘yicha ishlaydilar. Albatta, bu o‘qitishdagi muammoni izlab topish va muammoli
vaziyatlar yaratishdan oson. Ba’zi o‘qituvchilar esa rivojlantiruvchi ta’lim mohiyatini to‘la-to‘kis
tushunib eta olmaydilar. Ular etarli daraja didaktik va umumpedagogik ma’lumotlarga ega
emaslar. Natijada muammoli o‘qitishni joriy etishda muvaffakiyatsizlikka uchraydilar.
M. I. Maxmutov ta’kidlaganidek, hozirgi zamon o‘qituvchilari uchun muammoli metodni
joriy etish qiyinchilik tug‘diradi, chunki «o‘quv datsurlari va darsliklar» an’anaviy pedagogik
tafakkur asosida, eskirib qolgan didaktika va metodikaga asoslangan. O‘quv materialini bayon
etish mantig‘i esa uni batafsil (ipidan-ignasigacha) tushuntirishni talab qiladi va o‘quvchilarning
mustaqil ijodiy faoliyatlariga deyarli e’tibor berilmaydi.
Mohir o‘quvchilar, o‘z ishining ustalari uchun esa o‘quvchilar bilan demokratik uslubda
muloqot qilish va o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlarini rivojlantiruvchi muammoli metodlar
sistemasini qo‘llash xarakterlidir. Ular bilimlarni o‘zlashtirishni barcha bosqichlarida muammoli
vaziyat yaratishga erishadilar. Ular o‘quvchilarning formula va qonunlarni, son-sanoqsiz raqamlar
va ismlarni, yuzlab qoida va ta’riflarni soxta yod olishlarini, ularning xotiralarini hayotda kerak
bo‘lmaydigan narsalar bilan to‘ldirib band qilishni qoralaydilar.
Mohir o‘qituvchi dars o‘tish metodikasini doimo takomillashtirib boradi. Muammoni
qo‘yar ekan o‘quvchini uni hal qilishidagi ichki ziddiyatlarni, ovoz chiqarib mulohaza yuritadi,
o‘z fikrlarini bayon qiladi va ularni muhokamaga qo‘yadi. Sodir bo‘ladigan e’tirozlarni oldindan
bartaraf qiladi, haqiqatni tajribada (uni namoyish qilib yoki olimlar o‘tkazgan tajribalar asosida)
isbotlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar oldida ilmiy tafakko‘r yuritish yo`llarini namoyish qiladi.
O‘quvchilarni ilmiy izlanish yordamida haqiqat tomon yo`llaydi, ularni bunda ishtirokchi
bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Bunyodkor o‘qituvchilar muammoli o‘qitishga alohida e’tibor beradilar. Masalan, V. F.
SHatalov o‘quvchilarga juda ko‘p masalalar echtiradi va nazariy bilimlarni amalda qo‘llash
malakalarini shakllantiradi. Agar o‘qituvchining tushuntirishi, qo‘llaniladigan tayanch signallar,
sxemalar va konspektlar ularni xotiralarini rivojlantirsa, masalalar echish esa ularning tafakkurini
o‘tsiradi, matematik mantiqiy fikrlash esa musaqil faoliyatda tarkib toptiriladi. O‘quvchilarning
ijodiy tafakkurini rivojlantirishda tayanch signallar tuzish, "ochiq fikrlar darslari", olimpiadada
ishtirok etishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bunyodkor o‘qituvchilar fikricha muammoli o‘qitish o‘quvchilarning darsdagi faolligini,
ularni erkin fikrlashlarini ta’minlaydi. Ilg‘or o‘qituvchilar o‘quv materialini bloklar bo‘yicha
berish, umumiylikdan xususiylikka, qonunlardan xodisalarga tomon yo`nalishga asoslangan
printsiplardan oqilona foydalanadilar. SHunday qilib, bunyodkor o‘qituvchilar muammoli vaziyat
amaliyotini yangi bir pog‘onaga ko‘taradilar. Ularning tajribalari zamonaviy darsga yondashishi,
uni tashqil etishni yangicha tushunishga asos yaratdi. Bu bevosita muammoli rivojlantiruvchi
o‘qitishga bevosita bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: