SH.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi. SHalva Aleksandrovich Amonashvili
taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik
pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o‘qitishning ajoyib metodikasini ishlab
chiqdi va hayotga tatbiq etdi.
SH.A. Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi,
rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmoq;
bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq;
boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
67
keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;
ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq.
SH.A. Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va
metodik usullardan foydalandi:
insonparvarlik;
shaxsiy yondashuv;
muloqot mahorati;
oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati;
o‘quv faoliyati.
SH.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega.
Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u
beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o‘z-o‘zini baholash.
O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi
Bu texnologiyani Viktor Fedorovich SHatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U
o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.
V.F. SHatalovning maqsad-mo‘ljali:
bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;
har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish;
o‘qitishni tezlashtirish.
Tamoyillar:
ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori
darajasi, katta bloklarda o‘rganish, faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi,
mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;
shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;
insonparvarlik;
zo‘rlab o‘qitmaslik;
o‘quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan
boxabarlik, tuzatish (yo‘lga solish), o‘sish, yutuqlarga istiqbolni ochish;
o‘qitish va tarbiyani bog‘lash.
V.F. SHatalov metodining o‘ziga xosligi:
materiallar katta hajmda kiritiladi;
materiallar bloklar bo‘yicha joylashtiriladi;
o‘quv materiali tayanch sxema – konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
V.F.SHatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki
fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi.
Tayanch signal o‘zaro uzviy bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va h.o) bo‘lib,
qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.
Tayanch konspekt - o‘quv materiallari o‘zaro bog‘langan usullarining butun qismlari
sifatida faktlar, tushunchalar, g‘oyalar tizimi o‘rnida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali
konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko‘rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
V.F.SHatalovning xizmatlari shundaki, u mashg‘ulotlarda etarli darajada va barchaning
faolligini ta’minlovchi o‘quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi.
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
Pedagogik bilimdonlik deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar
(normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik
bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta’lim va
tarbiya ishida insoniyat to‘plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish qobiliyatini ko‘zda
tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq
usullari va shakllarini egallashi lozim bo‘ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko‘rsatkichi bu insonga, shaxsga yo‘nalganlikdir.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |