Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

Tayanch tushunchalar: Til, nutq faoliyati, tovushdiksiya,ritmika,nutq texnikasi, nafas. 
 
1. Nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. 
Tabiat  kuchlarini  bilish  va  egallashda,  juda  qisqa  vaqt  maboynida  g‘oyat  katta 
muvaffaqiyatlarga  erishuvchi  odamning  hamma  boshqa  jonzotlar,  hayvonlardan  farqli  tomoni 
ularda tilning mavjudligidir. o‘zining ongi-tili va nutqi bilan inson hamma narsadan ustun turadi.  
Til  jamiyat  taraqqiyotini  ta’minlovchi  kuch  va  millatning  mavjudligini  ko‘rsatuvchi 
belgilardan biridir.  
Barcha rivojlangan davlatlarda bo‘lganidek, bizda ham o‘z milliy tilimizni rivojlantirishga 
katta  e’tibor  berilmokda.  o‘zbek  tili  bizda  davlat  tili  deb  e’lon  qilintan  va  hozirda    bunga  amal 
qilinmoqda.  
Til aloqa vositasi yoki qurolidir, nutq esa aloqa jarayonining o‘zagidir.  
Nutq  faoliyati  -  odam  tomonidan  ijtimoiy  -  tarixiy  tajribani  o‘zlashtirish  va  avlodlarga 
berish  yoki  kommunikatsiya  o‘rnatish  yoki  o‘z  harakatlarini  rivojlantirish  maqsadida  tildan 
foydalanish jarayonidir.  
Nutq  qanchalik  chiroyli,  mazmundor  bo‘lsa  kishilarni  o‘ziga  shunchalik  jalb  etadi.  Bu 
masalaga  kishilar  qadimdan  qiziqib  kelishgan.  qadimgi  YUnoniston  va  Rimda  nutq 


61 
 
madaniyatining  nazariy  asoslari  yaratilgan.  Notiqlik  san’at  darajasiga  ko‘tarilgan.  Ularda  etO‘q 
inson  bo‘lish  uchun  notiqlik  san’atini  egallashlari  shart  bo‘lgan.  335  yilda  Aristotelning 
"Ritorika"si  yaratiladi.  Sitseronning  "Notiq  haqida",  "Notiq"  asarlari,  Mark  Fabiy  Kvintilianning 
"Notiq tayyorlash to‘g‘risida" asari ham notiqlik san’ati haqidadir.  
SHarqda,  jumladan  Movarounnahrda  ham  va’zxonlikka  katta  e’tibor  berilgan.  Va’zxonlik 
notiqlik  san’atining  o‘sib  borishi  bilan  nutq  oldiga  qo‘yilgan  talablar  ham  mO‘qammallashib 
boradi. Buyuk allomalar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Maxmud qoshg‘ariy, Zamaxshariy, Kaykovus 
va boshqalar tilga, mantiqshunoslik va notiqlikka oid asarlar yaratdilar.  
Kaykovus o‘zining "Qobusnoma" asarida farzandini yoqimli, muloyim, o‘rinli so‘zlashga, 
behuda  gapirmaslikka  undaydi.  "Xalq  oldida  gapirganda  so‘zing  go‘zal  bo‘lsin,  bu  so‘zni  xalq 
qabo‘l  qilsin.  Xaloyiq  sening  so‘z  bilan  baland  darajaga  erishganingni  bilsin,  chunki  kishining 
martabasini  so‘z  orqali  biladilar...",  deb  yozadi  alloma.  U  yana  notiq  xalq  tilini,  uning  fikri  va 
ruhiyatini bilishi kerak deydi.  
YUsuf hos Xojibning "Qutadg‘u bilig" asarida ham til odobi va notiqlik madaniyati haqida 
juda qimmatli fikrlar bayon etiladi. U qisqa so‘zlash, so‘zlarga iloji boricha ko‘proq ma’no yuklash 
haqida  gapiradi.  Til  insonning  qadr-qimmatini  oshiradi  yoki  shu  til  orqali  inson  yuz  tuban  ham 
pastga ketishi mumkin deydi adib.  
Omonlik tilasang agar sen o‘zing, 
Tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing. 
qizil til qilar qisqa yoshli seni, 
Omonlik tilasang avvayla uni. 
Alisher  Navoiy  turkiy  tilda  go‘zal  nutq  to‘zish  bayroqdoridir.  U  o‘z  ijodi  bilan  o‘zbek 
adabiy  tiliga  asos  soldi.  Bu  tilning  boyliklarini  namoyon  etdi.  Navoiyning  "Muhokamatul  - 
lug‘atayn",  "Mahbubo‘l-qulub",  "Nazmul  javohir"  asarlari  o‘zbek  tilida  nutq  to‘zishning  go‘zal 
namunalari  bo‘lishi  bilan  birga  uning  yuksalishiga  ham  katta  hissa  qo‘shdi.  "Mahbubo‘l  qulub" 
asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq madaniyati haqida muhim fikrlar beriladi.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish