PEDAGOGIK LOYIHALASH (PL) – yaratilayotgan modelni dastlabki va yakuniy ko‘rinishda ishlab chiqish va uni amaliy qo‘llash darajasiga etkazishdan iborat. Pedagogik faoliyatda loyihalash ob’ektlari sifatida pedagogik jarayon, pedagogik – vaziyat, pedagogik – tizim, bo‘lishi mumkin.
PL quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
Ob’ekt haqidagi ilmiy asoslangan tasavvurga maksimal yaqinlashtirish uchun uni nima qilish kerakligi haqida umumiy tasavvurlarni izlash. Loyihaviy model pedagogik faoliyatning yangilangan qismi qanday bo‘lishi lozimligini, mazkur faoliyatni yaxshilashni ta’minlash omillari haqida bilimlarni o‘zida mujassam etadi;
Eskirgan samarasiz modellar o‘rniga taqdim etiladigan yangiliklarni modellashtirish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan pedagogik xulosalar namunalarini izlash;
Pedagogik tizimning yangilangan bir bo‘lagining innavatsion modelini yasash;
YAngilikni amaliyotga joriy etish algoritmini qurish.
Rivojlanish -miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishi, o‘sish.
TANQIDIY FIKRLASH – berilgan fikrlar doirasidan chetga chiqadigan fikrlarning mavjudligi; mavzuda yangi o‘lchovlarni ko‘rish; muammolarni izlash va echish; shuningdek, dalillangan yozuv yoki munozara shaklida ifodalanadigan fikrlar o‘rtasidagi tafovut.
TARBIYA – keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlaydi.
Tarbiyalashning tor ma’nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta’sirida ijtimoiy amaliyotning har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni. Tarbiyalash ijtimoiylashtirishning asosiy halqasi bo‘lib, u o‘qitish bilan uzviy ravishda bog‘liqdir hamda ta’lim tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
TARBIYA – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va nazariy muloqotidir.
TA’LIM – shaxsning jismoniy va ma’naviy kamol topish jarayoni uning ongli ravishda ayrim ibratli faoliyatlarga yo‘nalishi va tarixan maydonga kelib, ijtimoiy namuna bo‘lishga har tomonlama barkamollikka intilish jarayoni tushuniladi. Ta’lim butun jamiyat va shaxslar hayotining ajralmas jihati sifatida namoyon bo‘ladi.
TA’LIM – bu ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’limning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. SHuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini ham bajaradi.
Trening - tahsil oluvchi faoliyatiga mo‘ljallangan ta’lim shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar orqali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. U ta’lim beruvchi tomonidan o‘qitishni emas, balki tahsil oluvchi tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi.
TEXNOLOGIYA – bu ma’lum bir muayyan maqsadga yoki maqsadlar tizimiga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgan yaratuvchilik (paydo etish jarayoni) faoliyatiga aytiladi yoki boshqacha aytganda texnologiya deganda manbalardagi (ob’ektlardagi) sifat o‘zgarishlarga olib keluvchi jarayonga aytiladi.