Mustaqil ishlarni va talabalar bilimini tekshirish -Talabalarning bilimini tekshirish ya`ni aniqlash, yangi materialni mustahkamlash vaqtida, o’tilgan o’quv materiallarini o’zlashtirish, mehnat usullarini egallash va mustaqil mehnat topshiriqlarini, grafik ishlarini va uy topshiriqlarini bajarishlari jarayonida talabalarning bilimlari tekshiriladi va unga ball qo’yiladi.
CHizmalar va sxemalarni o’qish va tuzishni o’rganish-Kasb ta`limi fakultetini ko’pchilik fanlari texnikaviy asoslarga ega bo’lganligi sababli chizmalarni o’qish, sxemalarni tuzish muhim axamiyat kasb etadi.
Talabalarga chizmalarni o’qish va tuzishni o’rgatish uchun ularda grafik bilim elementlari bilan tanishishlari chizmalarni o’qishni o’rgatishdan boshlanadi. Mashg’ulotlarda texnologik xujjatlar sifatida texnik rasmlar, eskizlar va ish chizmalaridan foydalanildi.
Sxemalarni o’qish: mashinaning nomi, vazifasi va qaerda qo’llanishini aniqlash; uning ish jarayonini tushuntirish; mashina qo’llanmasini o’qib chiqish va detallarning vaziyati, xarakatni uzatish usullari hamda ketma-ketligini aniqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |