Z ibodullayev


  Esda  saqlash  va  qayta  esga  tushirish



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

4.7.  Esda  saqlash  va  qayta  esga  tushirish
Xotira  «ombori»  ixtiyoriy va  ixtiyorsiz  eslab  qolish  zaxirasi  bilan 
mudom  toMib  boradi.  Keyinchalik ana shu  materiallar esda saqlanib 
qoladi.  Esda saqlanib qolgan m a’lumotlar m a’lum darajada o ‘zgarishga 
uchraydi.  K o'pgina  obyektlar  va  voqealar  esa  uzoq  vaqt  va  hatto, 
um r bo'yi xotirada  qoladi.  Aytib o ‘tganimizdek,  eslab qolish  unutish 
bilan  uzviy  bogMiqdir.  A xborotlarning  esdan  ko'tarilishi  m a’lum 
darajada foydalidir,  chunki u  xotirani  keraksiz m a’lum otlardan xalos 
etadi. Aytaylik, kishi o ‘z majburiyatlarini unutib yuborsa, bu shubhasiz, 
uning ishga boMgan munosabatini bildiradi. Ayni vaqtda ruhan sogMom 
kishi muhim va unga yoqadigan voqyea haqida xabar olib,  uni unutib 
yuborishini  tasaw ur  etish  qiyin,  albatta.  Xuddi  shu  sababga  ko‘ra 
bizni  qiziqtirgan  odam lam ing  ism i-sharifi  osongina  esda  qoladi, 
qiziqish  boMmagan taqdirda  bu  ismlarni  eslab qolish ju d a  qiyindir.
Qayta esga tushirish asosida miyada saqlanib qolgan xotira izlarining 
faollashuvi  yotadi.  SogMom  odam da  konkret  sharoitda  unga  zarur 
bo‘lgan axborot yodda tiklanadi.  qolgan m a’lumotlar xotira zaxirasida
www.ziyouz.com kutubxonasi


to'planib yotadi va zarur paytda qayta tiklanadi. Yaxshi eslab qolingan 
m a’Iumotlar yodda tez tiklanadi.  Qayta esga tushirish organizmning 
umumiy holatiga va insonning ruhiy salomatligiga ham bog‘liq.
Ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  eslab  qolish  kabi  esga  tushirishning  ham 
ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  turlari  farq  qilinadi.  Ixtiyoriy  esga  tushirish 
insonning  ish  faoliyatida  m uhim   ahamiyatga  ega.  Ixtiyoriy  esga 
tushirish  insonning  irodasiga,  fikrlash qobiliyatiga va ruhiy salom at­
ligiga ko‘p bog‘liq.  Ixtiyorsiz esga tushirish insonning xohishiga bog‘liq 
bo‘lmagan  holda xotirada qolgan izlarning qayta  tiklanishidir.
Endi unutish mexanizmlari bilan tanishib chiqamiz.  Unutish xotira 
jarayonlari bilan bog‘langan bo‘ladi.  Odam nega unutadi?  «Unutish» 
atamasi  ilmiy  atam a  hisoblanmaydi,  chunki  bu  so‘z  axborot  xotira- 
dan  o ‘chgan  degan  m a’noni  beradi.  Axborot  xotirada  awalgidek 
saqlanishi mumkin, uni odam bir qator sabablarga ko‘ra eslay olmaydi. 
Shu  bois  «unutish»  atamasi  psixologiyada  ikkita  hodisani  anglatadi: 
axborotning xotiradan o'chishi va xotiradan axborotni topa bilmaslik. 
Masalan,  vrach biron-bir dorini bir necha yil  mobaynida bemorlarga 
tavsiya qilib keldi va bu dorining dozasi unga yod bo'lib qolgan.  Endi 
vrach bu dorining o ‘rniga boshqa bir yangi dorini tavsiya qilib boshladi 
va buning oqibatida awalgi dorining dozasini unutib yubordi.  Xotirada 
yangi axborot go‘yoki eski axborotdan «bo'shab» qolgan joyni egalladi. 
Bu  unutishning  birinchi  sababi.  Bu  axborot  yana  qayta  tiklanishi 
mumkin,  masalan,  meditatsiya va trans holatlarida.
Hozirgi  kunda  olim lar  bolalarda  uzoq  muddatli  xotira  qaysi 
yoshdan boshlab  ishlay boshlashini aniq aytib berishga qiynaladilar. 
Faraz  qilinishicha,  bu  jaray o n   2-2,5  yoshdan  boshlanadi.  Bu 
yoshgacha  b o ‘lgan  ham m a  narsalar  xotiradan  o ‘char  ekan  yoki 
um um an soxta xotiralarda saqlanar ekan.
Xotira jarayonida fikrlash bevosita ishtirok etadi.  Vrach bemorni 
tekshira turib uning shikoyatlarini eshitadi, kasallik anamnezini yig‘adi. 
Kasallikning xos belgilarini aniqlashda adashib qolmaslik uchun aw al 
ko‘rgan  kasalliklari bilan fikran solishtiradi.  Bu holat vrachga kasal­
likning asl  mohiyatini  topib  olishda yordam beradi.  Vrach bemorga 
yordam chi savollar berib,  kasallik to ‘g‘risida o'ziga zarur m a’lumot - 
larni yig‘ib oladi.  Chunki vrachning fikri to ‘g‘ri diagnozni aniqlashga 
qaratilgan bo‘ladi. Vrach bemorning kasali haqida m a’lumot to ‘plagan 
sayin  ko‘p ziddiyatlarga duch kelishi mumkin.  U ning miyasida turli 
diagnozlar  paydo  bo‘ladi  va  nihoyat  ularning  bittasida  to'xtaladi. 
Biz  bu  misol  bilan  xotira  jarayoni  qanday  qilib  fikrlash  jarayoni
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan  cham baras bog‘Ianib  ketganligini  k o ‘rsatdik.  Bu  holat  m a ’lu­
m otlarni eslab qolishda va esga tushirishda m uhim  ahamiyatga ega.
4.8.  X otira  patologiyasi
Organizmda kechadigan turli xil kasalliklar xotira buzilishiga olib 
kelishi  mumkin.  Ayniqsa,  asab sistemasining  kasalliklarida va  ruhiy 
xastaliklarda xotiraning buzilishi ko‘p  kuzatiladi.  Serebral ateroskle- 
roz, Alsgeymer kasalligi,  toksik ensefalopatiyalar,  surunkali alkogo- 
lizm,  xurujlar  bilan  kechuvchi  gipertoniya kasalligi  v a b ir  qator 
degenerativ kasalliklarda xotira buzilishlari ko‘p kuzatiladi.  U m um an 
olganda,  bosh  miyadagi  integrativ jarayonlarga  salbiy ta ’sir  ko‘rsa- 
tuvchi har qanday kasallik xotiraning buzilishiga olib kelishi  mumkin. 
B unda,  ayniqsa,  eslab  qolish  keskin  pasayadi.
Xotira buzilishlari ichida konfabulatsiyalar (soxta xotiralar) alohida 
o ‘rin tutadi.  Bunda bem or o ‘zi kechirm agan voqealarni  real shaxsiy 
h a y o td a  kechirgandek  eslaydi,  m asalan,  b o sh q a  o d am larn in g  
tajribasini.  Bu  holat  peshona  sohasi  zararlanganda  va  og‘ir  ruhiy 
kasalliklarda ko‘p uchraydi.  Quyidagi  misol bunga yaqqol dalil b o ‘la 
oladi.  Bosh miyaning oldingi arteriyasi sohasiga qon quyilgan bemorda 
konfabulatsiyaning  yaqqol  belgilari  nam oyon  bo'ladi.  Bem ordan 
kecha  nim alar  qildingiz  deb  so‘ralganda,  u  shunday  deb  javob 
beradi:  «Men kecha doktorga bordim, u yerda menga ukollar qilishdi, 
keyin bitta tanishimnikida m ehm on bo'ldim ,  u  m eni uyga olib kelib 
qo'ydi va hokazo». Aslida esa bemor uyidan  hech qayoqqa chiqmagan, 
chunki kasalligi sababli chiqa olmaydi ham.  U  bem or yana yemagan 
ovqatini  yedim  deydi  yoki  yegan  b o ‘lsa-da,  yana  ovqat  olib  keling 
deb  so‘raydi va to'yganini  bilmaydi.
Xotira buzilishining eng ko‘p uchraydigan turi — bu amneziyadir. 
Xotiraning  yo‘qolishiga  amneziya  deyiladi.  U ning  quyidagi  turlari 
b o ‘ladi. Anterograd amneziya — bem or kasallik  rivojlangan  paytdan 
boshlab,  hech  nimani  eslay olmaydi.  R etrograd  amneziya  — bem or 
kasallikdan  oldin  boMgan  h am m a  v o q ealarn i  u n u tib   q o 'y ad i. 
C hunonchi, bem or avtomashina halokatida kalla suyagi  shikastlan- 
ganidan  halokat  haqida  ham ,  unga  sabab  bo'lgan  safar  to ‘g ‘risida 
ham  hech nimani eslay olmaydi.  U o ‘z turar joyini,  qayerda ishlashini 
va  kasbini  ham  unutib yuboradi.  U  uylanganini  esda  tutgan  b o ‘lsa- 
da,  lekin xotini kimligini,  bolalarining nechtaligini va ularning ismla- 
rini  aytib bera olmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bemor o ‘tgan hayotiga bog‘liq m a’noli m a’lumotlarni keltirishda 
juda  qiynaladi.  Halokatdan  keyin  biroz  vaqt  o'tgach,  yuz  bergan 
voqealarni birin-ketin eslay boshlaydi.  Qattiq bosh miya jarohatidan 
keyin xotirasi um um an yo‘qolganlar ham bo‘ladi.  Bunday paytlarda 
xotirani  gipn o z  yo‘li  bilan  qayta  tiklash  mumkin.
Retrograd  amneziyaga  uchragan  bem orlar  «o‘tmishsiz  odam- 
lar»dir.  Bu  mavzu  badiiy  adabiyotlarda va  kinofilmlarda  o ‘z  aksini 
topgan.  Retrograd va anterograd  amneziyalarning birgalikda  kuza- 
tilishiga anteroretrograd amneziya deb ataladi. Xotiraning patologik 
tarzda  kuchayishiga gipermneziya  deyiladi va bu  holat  asosan  ruhiy 
kasalliklarda,  ayniqsa,  shizofreniya  kasalida  ko‘p  uchraydi.
Xotira  buzilishining  yana  bir  turi  bu  psevdoreminissensiyadir. 
Bunda bem or xotirasidagi axborotning unutilgan joyini oldin bo‘lib 
o ‘tgan  hodisalar  bilan  to'ldiradi.  M asalan,  shifoxonada  b ir  necha 
kundan  beri  davolanayotgan  bem or men  kecha  konsertga  tushdim 
deydi.  H aqiqatan ham bem or konsertga tushgan,  lekin boshqa vaqt. 
Psevdoreminissensiya  ham   soxta  xotiradir.  B a’zan  ruhiy  sog‘lom 
kishilarda  ham   xuddi  shunga  o ‘xshash  voqealar  ro‘y  berib  turadi, 
ya’ni  odam ning o ‘ngidagi kechinm alar va tushida  ko‘rgan voqealar 
orasida aniq-ravshan chegara o ‘chib ketadi.  Bunda tushdagi voqealar 
haqiqatda  ro‘y  bergan  voqeadek,  odam  ongida  to ‘laligicha  yoki 
qisman singib qoladi yoki real voqealar tushda ko‘rgandek tuyuladi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish