19-rasm. Talamusga qon
quyilgan bemorning
kompyuter tomografiyasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
N .P . B extereva (1965) o d am m iyasiga o ltin d an tayyorlangan
elektrodlam i chuqur joylashtirib, xotira m uam m osiga do ir bir qator
qiziqarli qonuniyatlarini o ch ib bergan . T ajrib alard a k o ‘rsatib
berilishicha, odamning miyasi m a ’lum bir vaqt ichida faqat bitta,
m uayyan faoliyat bilan m ashg‘ul b o ‘ladi. K o‘pgina tajribalarga
asoslanib, p o ‘stloq osti tuzilm alarining xotirada axborotni ushlab
turishida talamusning ventral yadrosi, oq shar va dum li yadro ishti-
roki aniqlangan.
U m um an olganda, xotira m exanizm larini o'rganishga doir turli
xil nazariyalar va yondashuvlar mavjud, lekin ular yetarli darajada
mukammal emas.
4.6. Eslab qolish
Eslab qolish xotiraning birinchi bosqichidir. Eslab qolish ixtiyor-
siz va ixtiyoriy bo'ladi. Kundalik kuzatuvlar va maxsus tajribalaming
ko'rsatishicha, axborotning zarurligini anglagan odam larda eslab
qolish durustroq bo‘ladi. M aterialni tushunib olish eslab qolish
uchun yanada katta ahamiyat kasb etadi. Tushunarsiz yoki yaxshi
tushunilmagan materialni eslab qolish m ushkulroq va aksincha, aniq
misollar bilan keltirilgan m aterialni puxta egallash va eslab qolish
oson bo'ladi. Masalan, kerakli m aterialni odam keraksiz materialga
qaraganda 9 marotaba yaxshiroq eslab qolar ekan. 0 ‘qitishjarayonida
o ‘quvchilar diqqati o ‘rgatilayotgan materialga dalillar bilan qaratilsa,
eslab qolish yanada yaxshiroq boMadi. Bu usuldan, ayniqsa, nazariy
ilmlarni o ‘qitishda unumli foydalanish m um kin. M asalan, biron-
bir klinik masala yetarlicha tushunarli b o ‘lmasa, uni eslab qolish
mushkul, albatta. Biroq, bu masalani o ‘rganish m obaynida talabalar
bevosita ishtirok etishsa va tushunib borishsa, u yaxshi eslab qolinadi.
Eslab qolish o ‘rganilayotgan narsaning naqadar qiziqarli yoki
zarurligiga ham bog'liq. Qiziqarli yoki qiziqarsiz kitobni o ‘qib bunga
iqror bo'lish mumkin. Shuningdek, odam da muayyan his-tuyg‘ulaiga
sabab bo‘ladigan voqealar osonroq esda qolishini yuqorida aytib
o ‘tgan edik. Juda ham kuchli hayajonga keltiruvchi voqealar esa,
ko‘pincha, butun um r esda saqlanib qoladi.
M a’lumki, eslab qolish turli xil analizatorlar orqali am alga oshi
riladi. Materialni idrok etishda qatnashuvchi retseptorlar va analiza
torlar nechog‘lik ko‘p bo‘lsa, eslab qolish shunchalik soz bo‘ladi.
Haqiqatan ham , qandaydir tibbiy m oslam aning tuzilishini va ishlash
www.ziyouz.com kutubxonasi
uslubini yaxshi eslab qolish uchun u haqda eshitish (eshituv analiza-
torlari) chizm alar va m odellarni ko‘rib chiqish (ko‘ruv analiza-
torlari), uning qismlarini yigMsh va ajratish (kinestetik sezgi) ishtirok
etish kerak. M aktablarda ko'rgazm ali o'qitish maqsadi ham ana shu
mexanizmlarga asoslangan bo‘ladi.
Konspekt yozishni to ‘g‘ri tashkil etish eslab qolishning muhim
shartlaridan biridir. F aqat to ‘g‘ri yozilgan konspekt m atni yaxshi
eslab qolinadi. Konspekt yozganda kitobdan m atnni anglamasdan
turib daftarga qisqartirgan holda ko‘chirib qo'yish, materialni eslab
qolishda qiyinchilik tug‘diradi. Kitobdagi materialni xotirada olib qolish
uchun uni bir yoki bir necha m arta o ‘qib chiqish o ‘ta foydalidir.
M aterialni yaxshi tushunib olgandan keyin konspekt qilinsa,
uning m azm uni yaxshi eslab qolinadi va xotirada uzoq saqlanadi.
M aterialni qayta-qayta o'qish ham uni esda olib qolish uchun katta
aham iyat kasb etadi. M aterialni qayta-qayta o ‘qish orasidagi vaqt
materialni o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Tajriba paytida
sinaluvchilardan m atnni to ‘la eslab qolishi uchun har yarim soatda,
har ikki soatda va bir kunda bir marta qayta o'qish talab qilingan.
Aniqlanishicha, m atnni h ar yarim soatda qayta o'qishda uni esda
olib qolish uchun 11 m arta takrorlash, orada ikki soat tanaffus qilib
o'qilsa - 7 m arta, kuniga faqat bir marta o'qilsa, atigi 4 marta
takrorlash kerak bo‘lar ekan. Bundan xulosa shuki, m atnni esda
yaxshi olib qolish uchun takrorlash orasidagi vaqt uzoqroq boMishi
maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda o ‘qitish muassasalarida berilgan materialni yaxshi
eslab qolish ustida ko‘p tadqiqotlar olib borilmoqda. Chunki yaxshi
eslab qolingan m aterialni tushunish oson boMadi. Buning uchun
ko'pgina o 'quv m askanlarida, ayniqsa, institut va universitetlarda
yangi pedagogik texnologiyalar keng joriy qilinmoqda. Bu yerda
Konfutsiyning quyidagi so'zlarini keltirish ta ’birga joizdir: «Men
eshitam an-u, unutib qo'yam an, men ko‘ram an-u, eslab qolaman,
m en ishlab bajaram an-u, tushunib olaman!». Bu so'zlam i ilmiy
tahlil qiladigan boMsak, bu faylasufning naqadar haq ekanligiga
iqror boMamiz. Chunki, birinchi holatda, ya’ni eshitganda miyaga
axborot faqat eshituv analizatorlari orqali uzatiladi. Eshituv bilan
bogMiq boMgan xotira esa odam da juda sust rivojlangan. U ndan
birm uncha yaxshi rivojlangan xotira bu ko‘ruv xotirasidir. Lekin
biror-bir m aterial ustida faol ishlansa, ya’ni o'quvchi o'qisa, boshqa
o'quvchi bilan m unozara qilsa, o ‘z qoMi bilan m atnda berilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
m a’Iumotlar ustida ishlasa va turli xil «o‘yin» mashg‘ulotlarini o ‘t-
kazsa, material uzoq vaqt esda saqlanib qoladi.
Shu yerda m aktab va in stitutlarda keng jo riy qilingan test
imtihonlari haqida to ‘xtalib o ‘tish zarur. Test savollarmi yodlash
talaba uchun, ko‘pincha, qisqa m uddatli xotira sifatida o ‘tib ketadi.
Test javoblarining miyada qisqa fursatda saqlanib qolishining asl sababi
uning im tihon o'tgandan keyin miyadan o ‘chirilishidir. Agar test
savollariga m antiqan yondashilsa va har bir savol ustida talaba fikran
ishlasa, uning javobi uzoq m uddat esda qoladi.
Quyidagi jadvalda eslab qolish va yodga tushira olish layoqati
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |