Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

17-rasm  (a):
 a  —  faqat 
o ‘zbekcha so'zlardan iborat 
qator.
17-rasm  (v):  Ebbingauz 
usuli  bo'yicha  sog'lom 
odamlarda  10  ta  so'zdan 
iborat  qatorni yod olish 
va  qayta  esga  tushirish: 
v  —  faqat  ruscha 
so'zlardan  iborat  qator. 
Abssissa o ‘qi bo'yicha 
tajriba ketm a-ketligini 
ko'rsatuvchi  raqamlar; 
ordinata bo'yicha yodga 
tushirilgan  s o ‘zlar  soni.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xotira bosh miyaning um um iy funksiyasi bo‘lib, uni ta ’minlashda 
deyarli barcha analizatorlar va miyaning barcha tuzulmalari  ishtirok 
etadi. Tadqiqotchi olimlar fikricha,  insonning asab tizimida sekundiga 
3  mlrdga  yaqin  impulslar paydo  bo'lib  turadi,  shulardan  2  mlrd.ga 
yaqini miyaga ko‘ruv analizatorlari orqali tushadi. Xotira mexanizmlari 
haqida juda ko‘p ta ’limotlar mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasi 
xotira  mexanizmlarining  sirlarini  to ‘la-to‘kis  ochib  bera  olmaydi. 
H ozirgi  kunda  nuklein  kislotalarning  irsiy  axborotni  saqlashda  va 
irsiy belgilami uzatishda tutgan o ‘rni beqiyosligi tasdiqlangan. Ayniqsa 
R N K   xotira jarayonida  bevosita  ishtirok  etadi,  uni  ayrim  olimlar 
spetsifik  proteinlar  ko‘rinishidagi  nevronal  tuzilm alar  ichida  o ‘r- 
nashgan  deb  hisoblaydilar. Tadqiqotchilar  fikrigako‘ra,  lipopro- 
teinlar  «xotira  moddasi»  sanaladi.  Olimlar  ana  shu  moddalarning 
mitoxondriyalarda, yadrochada va hujayraning boshqa bo'limlarida 
kuzatiluvchi fizik-kimyoviy xossalarini o ‘rganib,  neyrondan keluvchi 
axborotga  birinchi  navbatda  mitoxondriya  ribonukleotidlari  javob 
berishini isbotlashgan.  M a’lumot qabul qilingandan so'ng neyronlarda 
turli  xil  kimyoviy  o ‘zgarislilar  sodir  bo'ladi,  ya’ni  hujayra  yadrosi 
biologik  faol  b o ‘lgan  m oddalarni  sitoplazm aga  otib  chiqaradi. 
Shunday  qilib,  neyron  axborotni  qabul  qilar  ekan,  shu  zahotiyoq, 
uni  qayta  ishlab  chiqadi.  Olim lar  fikricha,  qabul  qilinayotgan  har 
qanday axborot sof kimyoviy jarayonlar hisobiga emas,  balki  hujayra 
yadrosi xromosomalari ayrim sohalari konfiguratsiyasining o‘zgarishi 
hisobiga esda qoladi.  Hozirgi vaqtda ilm-fan xotirani gistokimyoviy va 
genetik  tadqiq  etish  darajasiga  yetdi.  Bu  yo‘nalish  istiqbolli  yo‘na- 
lishlardan biridir.
Taniqli  neyroxirurg  U .Penfild  (1959)  miya  p o ‘stlog‘ini  maxsus 
elektrodlar  bilan  ta ’sirlantirib,  xotira  mexanizmlarini  va  uning  pa- 
tologiyasini o ‘rgangan va qiziq m a’lumotlar to‘plagan. Tajriba paytida 
bem or  aw al  bo‘lib  o'tgan,  lekin  unutib  yuborgan  voqealar  haqi­
da gapirgan va bular keyinchalik to ‘g‘ri bo‘lib chiqqan.  Shuningdek, 
miya  p o ‘stlog‘ining  muayyan  sohasiga  elektr  bilan  ta ’sir  ettirgan- 
da, bem orning xotirasida bir zam onlar cherkovga borgani tiklangan. 
A na shu soha takroran ta ’sirlantirilganda, yana xuddi shunday eslash 
paydo  bo'lgan.  X otira  izlarining  ana  shunday  faollashuvi  miya 
p o ‘stlog‘ining o ‘ng yoki chap chakka sohasi ta ’sirlantirilganda sodir 
bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu tadqiqotlar natijasida bosh  miyaning chakka bo‘limlari xotira 
jarayonining asosini tashkil qiladi,  degan fikr kelib chiqmasligi kerak, 
albatta.  Bosh miya katta yarim sharlari p o ‘stlog‘ining ko‘pgina soha­
lari xotira jarayonida ishtirok etadi. A.R. Luriyaning (1959—1973) xoti- 
rani o ‘rganish bo‘yicha  neyropsixologik tajribalari buni isbotlab ber­
gan.  Shuningdek,  hayvonlarda chakka bo‘lakchasi olib tashlanganda, 
xotira buzilishlari  ro‘y bermagan,  ular o ‘rgatishga qobiliyatli bo‘lgan.
Bosh  miyaning chap va o ‘ng yarim  sharlarining xotira va boshqa 
psixologik  jarayonlarda  ishtirokini  alohida  o ‘rganish  m aqsadida, 
Kaliforniya  texnologik  institutida  m ushuklarda  qiziqarli  bir  tajriba 
o ‘tkazilgan (R.  Sperri,  1964).  M ushuklarda ham ko‘ruv impulslarini 
o ‘tkazuvchi  xiazmaning  ichki  tolalari  kesishgan  bo‘ladi  va  buning 
natijasida  bir  ko'zdan  tushuvchi  im pulslar  bosh  miyaning  ikkala 
yarim shariga ham  uzatiladi  (18-rasm, 
А,  В,  V).
  Shuning uchun ham 
bitta  k o ‘zni  bog‘lab  qo‘yib,  ikkinchi  ko‘z  orqali  uzatilgan  impuls
в

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish