1.2. Tibbiyot psixologiyasining qisqacha tarixi
Odamzot paydo boMibdiki, turli kasalliklarga qarshi kurashib
kelgan. Bemor odamni darddan xalos qilish uchun turli usullar
o ‘ylab topishgan. Qadimda bem orlarni davolashda giyohlarni ko‘p
qoMlashganini tarixiy manbalardan yaxshi bilamiz, lekin ruhiy ta ’sir
o'tkazish yoMi bilan davolash qachon qoMlanila boshlanganligi bizga
noma’lum. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgacha nomi m a’lum
boMgan deyarli barcha tabiblar bem orlarni davolashda ruhiy usullarni
ko‘p qoMlashgan. Ularning aksariyati birinchi tabib — organizmning
o'zi va aynan organizm har qanday kasallikka qarshi kurashishi kerak,
bizning vazifamiz unga yordam berishdir, deyishgan.
Qadimgi davr adabiyotiga nazar tashlaydigan boMsak, tibbiyot,
falsafa va psixologiya fanlarining chambarchas bogManib ketganligining
guvohi boMamiz. M iloddan ilgari yashab o ‘tgan deyarli barcha
www.ziyouz.com kutubxonasi
faylasuflar tibbiyot va psixologiyaga oid o ‘z fikrlarini yozib qol-
dirishgan, chunki ular ruhiy kuchlarning m anbaini inson miyasi
bilan bogMashgan.
Qadimgi Xorazm hududida miloddan ilgari VI asrda bitilgan
zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» da tibbiyot va psixolo
giyaga oid muhim m a’lum otlar keltirilgan. «Avesto» uch kitobdan
iborat bo‘lib, uning birinchi kitobi «Vendidat»da tibbiyotga oid
m a ’lum otlar berilgan. U nda jism oniy va ruhiy poklanish haqidagi
qonunlar majmuasi keltirilgan. «Avesto» kitobida biz ko‘rish, eshitish,
hid bilish va ta’m bilish markazlari miyada joylashgan, degan fikrlar-
ni uchratamiz. Kitobda hayot markazi suyak iligida joylashgan deyil-
gan. Shuningdek, kitobda odam anatomiyasi va fiziologiyasiga oid
juda qiziqarli m a’lum otlar keltirilgan. Inson salomatligini saqlash
yo‘llari yoritilgan.
«Avesto» kitobida nafaqat ruhiy tushkunlik, balki jismoniy zo‘ri-
qish ham kasallikka olib kelishi aytilgan. Kasalliklarni davolashda
jarrohlik va ruhiy tinchlantirish davolashning asosiy usullaridan biri,
deb ko'rsatilgan. «Avesto»da gigiyena, profilaktika, toza yurish,
yom on narsalarga yaqinlashmaslik, toza havoda sayr qilish, sifatli
ovqatlar tanovul qilish va toza ichimlik suvi ichish haqida ham ko‘p
m a’lum otlar keltirilgan. Kitobda yoshlar jism oniy va ruhiy baquwat
bo‘lishi uchun to ‘yib ovqatlanishi, yetarli darajada ovqatlanmaydigan
xalq kam quw at boMishi ko'rsatilgan.
Miya va ruh orasidagi munosabatlarga oid qarashlari bilan mash-
hur boMgan tibbiyot fanining otasi Gippokrat (Buqrot) (miloddan
aw algi 460—377-yillar) asarlari bugungi kungacha yetib kelgan. U
odam anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur o ‘rgandi, bosh miyaning
tuzilishi bilan qiziqdi. G ippokrat odamlar xulq-atvorini kasalliklar
kechishiga bogMab o ‘rgandi va temperament haqida ta ’limot yaratdi.
G ippokrat odam tem peram entini to ‘rt tipga ajratdi: 1) sangvinik —
harakatchan, xushchaqchaq, irodali odam, ularning organizmida
qon ustunlik qiladi; 2) xolerik — tez jahli chiqib ketadigan, hissiyotga
beriluvchan odam, ularda jigar o ‘ti ustunlik qiladi; 3) flegmatik —
bosiq, kam harakatchan va sust odam, ularning organizmida flegma
(shilliq, xilt) ustun turadi; 4) melanxolik — o ‘z kuchiga ishonmaydi-
gan, doimo tushkun, tang ahvolda yuradigan, qiyinchiliklardan qo‘rqa-
digan odam. Ularning qonida melanoza (savdo, qora o‘t) ustunlik qiladi.
G ippokratning fikricha, sangviniklar kasallikka kam chalinadilar,
xoleriklar va melanxoliklar kasallikka moyil kishilardir. G ippokrat
www.ziyouz.com kutubxonasi
G ippokrat
M iloddan aw algi
460—377-yillar
kasalliklarning kechishi va bem orning
tuzalishi uning tem peram entiga bog‘liq
degan. Bu ta ’limot keyinchalik barcha
olimlarda qiziqish uyg‘otdi. Hozirgi kun
da yetakchi psixologlar va vrachlar be
morlarni davolashda bemorning tem pe-
ramentiga alohida e’tibor berishadi.
Gippokratning tibbiyot oldidagi yana
bir buyuk xizmati uning vrach qasam -
yodini yaratganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |