Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Tibbiyot psixologiyasi  quyidagi  asosiy masalalarni  o ‘rganadi:  1) 
bem or va tibbiyot xodim ining shaxsi,  ular orasidagi o'zaro munosa- 
batlarni;  2) psixoprofilaktika, psixogigiyena va deontologiya m uam - 
molarini;  3)  shifokor  siri va  etikasini;  4)  yosh  bilan  bog‘liq tibbiy- 
psixologik m uam m olarni;  5) sezgi va idrok,  diqqat va xotira,  shaxs, 
xulq-atvor,  tem peram ent,  stress,  hissiyot, tafakkur,  ong va ularning 
xususiyatlarini;  6)psixologik tekshirish usullarini.
Shuningdek,  ushbu  fan  psixogen va organik  kasalliklarda kuza­
tiladigan psixologik o ‘zgarishlarning etiologiyasi, klinikasi va diagnos- 
tikasini o ‘rganib,  davolash choralarini ishlab chiqadi. Tibbiy psixolo- 
giyaning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  bu  psixosomatik  sindromlarni 
o‘rganishdir.
Tibbiyot psixologiyasini boshqa tibbiyot fanlaridan ajratib o ‘rga- 
nish  xato  bo‘lur  edi.  H ar  qanday  kasallik  asosiy  davolash  chora- 
laridan  tashqari,  bem orga  ruhiy  ta’sir  qilishni  ham   taqozo  etadi. 
M asalan,  operatsiyaga  tayyorlanayotgan  bem orni  jarroh  yaxshi 
so‘zlar bilan  tinchlantiradi,  operatsiyaning  muvaffaqiyatli  o‘tishiga 
ishontiradi, operatsiyadan keyin sog‘ayib oyoqqa turib ketishiga unda 
ishonch  uyg‘otadi.  Operatsiyadan  keyin  ham   bem or bilan  suhbat- 
lashish  asosan,  uning  ruhini  ko'tarishga,  asabini  tinchlashtirishga 
yo‘naltirilgan b o ‘ladi.  Bu ish bilan albatta, jarrohning o‘zi va boshqa 
tibbiyot  xodim lari  shug:ullanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


H om ilador  ayolning  tug‘ish  paytidagi  ruhiy  holati,  ayniqsa, 
e’tiborni  talab qiladi.  Qo'rquvdan  toMg‘oqning qaytib ketish  hollari 
ham ko‘p  uchraydi.  Tug‘ayotgan ayoldagi qo'rquvni  uni shirin  so‘z 
bilan tinchlantirib, yo‘qotish mumkin. Yoki teri-tanosil kasalliklarini 
olaylik.  Q attiq  asabiy  zo'riqishdan  keyin  terida  paydo  bo‘ladigan 
qichimalarni  kuchli  gormonal  surtm alarni  ishlatib  ham   yo‘qotish 
qiyin  yoki  mumkin  emas.  Lekin  platseboterapiya  va  psixoterapiya 
usullarini  qoMlab  bemorni  oylab,  b a ’zan  yillab  davom  etayotgan 
qichima dardidan xalos etish  mumkin.
M a’lumki,  qattiq  hissiy  zo‘riqishdan  keyin  qand  kasalligi,  xafa­
qon kasalligi,  miokard infarkti,  insult  kabi og‘ir kasalliklar rivojlanadi. 
Hatto  oshqozon-ichak  yara  kasalligi,  qon  kasalliklari  b a’zan  ruhiy 
zo‘riqishlardan  keyin paydo  boMadi.  O dam  organizmida sodir boMa- 
digan  har qanday  kasalliklarda  ruhiy ta ’sir albatta  ishtirok  etadi.  Bu 
esa har bir vrachning psixologiyani mukammal egallashini talab qiladi.
Bemorning  ruhiyati  sog‘lom   odam nikidan  farq  qiladi.  H ar kim 
betoblikka  turlicha  m unosabatda  boMadi.  Kimdir  qattiq  siqiladi  va 
o ‘z  ahvolini  o ‘zi  ogMrlashtiradi,  boshqa  birov  tuzalishdan  um idini 
uzib, taqdirga tan beradi, uchinchisi esa sog‘ayib ketishiga um id bog‘- 
laydi.  Bu,  albatta,  bemorning  tem peram entiga  ham   k o ‘p jihatdan 
bogMiq.  Demak,  bemorni  davolashga  kirishayotgan  har  bir  vrach 
uning  qaysi  temperamentga  (xolerik,  sangvinik,  melanxolik,  fleg- 
matik)  taalluqli  ekanligiga  ham   e ’tibor  qaratishi  lozim.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish