Z ibodullayev


  Bola  ruhiyati  shakllanishining  asosiy  bosqichlari



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

1.3.  Bola  ruhiyati  shakllanishining  asosiy  bosqichlari
Bolalik  davridagi  har  qanday  kasallik  asab  faoliyatining  q o ‘z- 
g'alish va tormozlanish jarayonlarini o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun 
bolaning ruhiy salomatligini saqlash choralari onaning hom iladorlik 
davridan boshlab olib borilishi  kerak.  H om ilador ayol  asab tizimiga 
salbiy ta ’sir ko‘rsatuvchi  om illardan  o ‘zini  saqlay  olsa,  ruhan  tetik
www.ziyouz.com kutubxonasi


bola tug'adi.  H om ilador ayolga  ruhiy sog'lom  muhit yaratib  berish, 
ruhan tetik bola dunyoga kelishiga zamin yaratadi.  Shu masalaga oid 
bir misol  keltiramiz.  Uyida yolg‘iz qolgan  homilador ayol zerikkani- 
dan faqat pianinoda o'ziga yoqqan bitta  kuyni  chalar ekan.  Bola tu- 
g ‘ilganidan  keyin  xuddi  shu  kuy  chalinsagina  tinch  uxlar  ekan.  Bu 
o ‘ziga xos fenom en hanuzgacha ilmiy tom ondan tasdiqlangani yo‘q.
Xo‘sh,  qanday  davrlarni  jiddiy  davrlar  deyish  mumkin?
Funksional  sistemalar  shakllanadigan  davrlarni  rivojlanishning 
jiddiy davrlari  deb atash  mumkin.  Evolutsion  nevrologiya uchun bu 
davrlarni  o ‘rganish  va  aniqlash  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi, 
vaholanki,  rivojlanishning  m ana  shu  davrida  hali  shakllanmagan 
funksiya juda sust va tez shikastlanadigan bo‘ladi.  Bu davrda yuzaga 
kelish ehtim oli  bo‘lgan  nuqsonning  oldini  olish  uchun  katta  imko- 
niyatlar  mavjud.
Rivojlanishning jiddiy davrini o ‘rganish uchun nutqning shaklla- 
nish jarayonini misol qilib olish  mumkin.  M a’lumki,  nutqni egallab 
olish  qobiliyati  vaqt  nuqtai  nazaridan  chegaralangan.  Inson  hayo- 
tining dastlabki davrlarida nutqni ta ’minlab beruvchi jarayon boshqa 
yordam chi  m exanizm lar  bilan  mustahkamlanib  borilmasa,  nutq 
funksiyasi so'nadi.  Masalan, vaqtida aniqlanmagan tug‘ma karlik nutq 
rivojlanishiga  katta salbiy ta ’sir ko'rsatadi.  Bunda  nutqni  ta ’minlab 
beruvchi sistema bola bir yoshga to ‘lmasdan buziladi.  Bunday bolaning 
keyinchalik og‘zaki nutqqa qobiliyati yo‘qolib,  faqat im o-ishoralam i 
tushunadi va  im o-ishoralar bilan  maqsadini  atrofdagilarga tushun- 
tiradi,  xolos.  Agar  og‘zaki  nutq  4—5  yoshlarga  qadar  tiklanmasa, 
nutqning keyinchalik rivojlanishi katta shubha ostida qoladi.  Shubha 
yo'qki,  boshqa  funksional  sistemalar  shakllanishi  jarayonida  ham  
jiddiy  davrlar  mavjud  bo'lib,  biron-bir tashqi  yoki  ichki  salbiy ta ’sir 
ostida  sistemalararo  aloqa xuddi  shu davrda uzilib  ketishi mumkin. 
Bunga qattiq q o ‘rquvdan keyin bolada nutqning birdan yo'qolishini 
misol qilsa bo‘ladi.
Jiddiy davrlarni tahlil qilish ko'pgina cheklanishlarning mohiyatini 
ochib beradi.  Shaxsning shakllanishi bolalik davridan boshlanadi.  Ota- 
onaning yom on kayfiyati bolada aks etmasligi kerak.  Bosiqlik,  meh- 
ribonlik,  talabchanlik,  aql  bilan  to ‘g‘ri  munosabat  o'rnatish  bola­
da  asab-ruhiy  buzilishlarning  oldini  oladi.  Kattalarning jahldorligi, 
bo‘lar-bo‘lmasga  bolani  koyish,  bolada  asab-ruhiy  funksiyalaming 
rivojlanishiga  salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


N utq rivojlanishida ruhiy funksiyalarning bir m arom da rivojlan- 
ganligi katta ahamiyat kasb etadi.  Bolada yozma nutq markazlarining 
sust rivojlanganligi so‘zlarni to ‘g‘ri yozishni o'rgatishda qiyinchiliklar 
tug‘dirsa,  og'zaki  nutqning  yetishmovchiligi  o ‘qish  va  sanashning 
buzilishiga sababchi bo‘ladi.  Q o‘lida qalam ni to ‘g‘ri ushlay olmaslik 
esa chiroyli yozish va chizishni o'rganishga xalaqit beradi.
Shunday  qilib,  miya  tuzilm alarining  bir  m arom da  rivojlanishi 
organizmning sinxron rivojlanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi.  Shuning 
uchun individual  rivojlanishning jiddiy davrlarida kuzatiladigan har 
qanday asab-ruhiy kasallik o ‘z vaqtida aniqlanib,  unga davo qilinishi 
g‘oyat  muhim masala hisoblanadi.
Endi  eng  murakkab  m uam m olardan  biri  bo'lm ish  bolalarda 
uchraydigan  giperaktiv  sindrom   haqida so‘z  yuritamiz.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish