Z ibodullayev


shaxsiy hayotidagi m uam m olam i ham



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

shaxsiy hayotidagi m uam m olam i ham  
Abu Ali ibn  Sino
so ‘zlatib, bemorlarda psixologik katar- 
980— 1037-yillar
www.ziyouz.com kutubxonasi


sisni  (ruhiy  poklanish)  yuzaga  keltirgan.  Birorta  ham   siri  qolmay, 
barcha  dardini  so‘zlagan  bem or  ruhan  ancha  yengillashib,  ba’zi 
hollarda butunlay tuzalib  ham   ketgan.
Ibn Sino kasalliklarning bir-biriga o'xshash bo'lishiga qaramasdan, 
har bir bem orni  davolashda ularni  diqqat  bilan  o ‘rganish,  oilasi  va 
yashash sharoiti bilan tanishish o ‘ta muhimligini uqtirgan.  Bu bilan 
u  hozirgi  davrda  psixogigiyena  deb  ataluvchi  fanga  asos  solgan.  U 
psixoprofilaktika masalalari bilan ham shug‘ullangan.  Kasalliklarning 
oldini olishda tarbiyaning ahamiyatini o ‘z asarlarida ko‘rsatib o ‘tgan. 
«Tarbiya  erta  bolalik  davridan  boshlanishi  kerak»,  degan  edi  Ibn 
Sino.  Bolani  qo‘rqoq,  g‘am gin  yoki juda  erka  qilib  o ‘stirmaslikni 
uqtirib o ‘tgan.  O ta-ona bola nim ani xohlayotganini doimo sezishi va 
o ‘sha  narsani  bolaga  yetkazib  berishga  harakat  qilishi,  yomon 
narsalardan esa yiroqlashtirishlari zarurligini uqtirgan.  Bu qoidalarga 
rioya  qilish  bolaning  zehnini  o ‘tkir,  tanasini  sog‘lom   o ‘stirishini 
ta ’kidlab  o'tgan.
Ibn  Sino  kasalliklarning  kelib  chiqishida  asab  tizimining  katta 
ahamiyati borligini ta ’kidlagan.  G ‘azab, qo‘rquv, qattiq siqilishlar orga- 
nizmni holsizlantirib qo‘yadi va turli kasalliklarga moyil qiladi, degan.
Buni quyidagi tajriba orqali isbotlab bergan.  Ibn Sino bitta qo‘yni 
oddiy sharoitda,  ikkinchisini  esa  qafasda  saqlab,  ikkalasini  ham  bir 
xil  boqqan.  Qafasdagi  qo‘yning  atrofida  bo‘ri  aylanib  yurgan.  Bir- 
ikki  kundan so‘ng atrofida b o ‘ri aylanib yurgan  qafasdagi  qo‘y yem 
yemay  qo‘yadi  va  holdan  toyib  o ‘ladi.  Ibn  Sino  qo‘yning  o'limiga 
ruhiy  zo ‘riqish  va  buning  natijasida  organizmning  holdan  toyishi 
sabab  bo‘lgan,  deb  xulosa  chiqargan.
Ibn  Sinoning organizm faoliyatini boshqarishda asab  tizimining 
aham iyati  haqidagi  ta ’lim oti  Yevropa  olimlari  tom onidan  XX  asr 
boshlarida yaratilgan  nervizm ta ’limotiga juda o'xshab ketadi.
Ibn  Sino  tom ir  urishining  asab  tizimi  faoliyatiga  bog‘liqligini 
ko‘p  tajribalarda  isbotlab  bergan.  U   ko‘pgina  kasalliklarni  tom ir 
urishiga qarab  aniqlagan.  Ibn  Sino  nafaqat turli  kasalliklarda tom ir 
urishining  o ‘ziga  xos  xususiyatlarini  o ‘rgangan,  balki  turli  hissiy 
zo‘riqishlarda va asab  kasalliklarida tom ir urishining o ‘zgarishlarini 
bayon  qilgan.
Ibn  Sino  deontologiya  m uam m olariga  bag‘ishlab  ham   ko‘p 
risolalar  bitgan.  U ning  «Kasallikni  emas,  kasalni  davola»,  degan 
iborasi davolashda bem orning shaxsiga e’tiborni qaratish lozimligini 
ilgari suradi.  Ibn Sino G ippokratning temperament haqidagi ta’limo-
www.ziyouz.com kutubxonasi


tini chuqur o ‘rganib shunday xulosaga keladi: barcha hayotiy muhim 
jarayonlarda ikkita qaram a-qarshi hodisalar,  ya’ni  «qaynoq-sovuq» 
va  «quruq-п а т »   barobar bo'lishi  kerak.  Agar u lar orasida nom uta- 
nosiblik  boshlansa,  mizoj  aziyat  chekadi va kasalliklar boshlanadi.
Ibn  Sino  «har  bir  odam   m a ’lum  mizojga  taalluqli  va  bem orni 
davolayotganda bunga albatta  e ’tibor qilish  kerak»,  deb yozadi.  Ibn 
Sino kasalliklarning rivojlanishida ruhiy omillarga katta e ’tibor qara- 
tib,  kasallikning  har  kimda  h ar  xil  kechishini  uqtirib  o ‘tgan  va  bu 
holat bemorning mizojiga,  oilaviy sharoitiga, qaysi ijtimoiy tabaqaga 
mansubligiga va qolaversa, uni kim davolayotganligiga bog'liq degan.
Shu  yerda  «mizoj»  tushunchasi  haqida  batafsil  to ‘xtalib  o ‘tsak. 
C hunki tem peram ent va mizoj tushunchalari bir-biriga yaqin tursa- 
da, bu so‘zlar sinonim emas.  «Mizoj» tushunchasini Xitoy, Yunonis- 
ton va Sharq olimlari ishlarida ko‘p uchratish mumkin.  Mizoj deganda 
issiqlik,  sovuqlik, quruqlik va h o ‘llik omillari ko‘zda tutilgan.  U ndan 
tashqari  «rutubatlar» degan tushuncha ham  mavjud.  R utubatlar de­
ganda  organizmdagi to ‘rt xil  suyuqlik — qon,  safro  (jigar o ‘ti),  sav- 
do  (qora o ‘t) va flegma (shilliq suyuqlik) ko'zda tutilgan.  Rutubatlar 
(gumoral) tushunchasini yunon hakimlari o ‘ylab topishgan. Bu tushun- 
chagaasoslanib  G ippokrat  rutubatlar  nazariyasini yaratdi vaodam - 
larni to ‘rt toifaga ajratdi, ya’ni tem peram ent haqida ta ’limot yaratdi.
Uzoq  tarixga  ega  «mizoj»  tushunchasi  qadim da to ‘rtta unsur — 
yer,  havo,  suv  va  olov  bilan  bog‘lab  ham   tushuntirilgan.  Barcha 
jonzotlar,  shu  jum ladan,  odam   ham   ana  shu  unsurlardan  tashkil 
topgan  deyilgan.  H ar bir  unsurning  o ‘z  xususiyati  bor  deyilgan  va 
o ‘sha xususiyatlar «mizoj»  deb atalgan va bundan kelib chiqib «issiq 
mizoj»,  «sovuq mizoj» tushunchalari paydo bo‘lgan. Tanadagi issiqlik 
va sovuqlik orasidagi muvozanat buzilsa,  kasallik rivojlanadi, tabib- 
ning  vazifasi  shu  muvozanatni  tiklashdan  iborat,  deb  aytilgan.  Ibn 
Sino  ham   mizoj  tushunchasini  unsurlar bilan  bog‘lagan  va  mizojni 
unsurlardan  kelib  chiqqan  xususiyat  deb  bilgan.
Mizoj  va  rutubatlar nazariyasi,  ayniqsa,  Sharq tibbiyotida uzoq 
vaqt  hukm   surdi.  Tarixchi  olim   A.A.Qodirovning  (2001)  fikricha, 
bu vaziyat kasalliklar sababini eksperimental yo'llar bilan o ‘rganishni 
orqaga surib yubordi. Yevropa olimlari esa, bu nazariyalaming istiqbol- 
siz  ekanligini payqab,  XVII  asrdayoq undan voz kechdilar va tibbi- 
yotda tajriba usulini qo‘llab,  katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.  Sharq 
tibbiyoti esa, boshqa aniq fanlar (fizika, matematika singari)dan orqa- 
da  qolib  ketdi.  G ‘arb  olimlari  aniq  fanlar yutuqlaridan  foydalanib,
www.ziyouz.com kutubxonasi


I

Ibn Sino ishlarini aynan tajriba yo‘li bilan isbotlab,  katta yutuqlarga
erishdilar.  Ibn  Sino  ba’zi  odam larning  beixtiyor  o ‘zlarida  kasallik 
belgilarini  paydo  qilishini va  undan  aziyat  chekib  yurishlarini  aytib 
o ‘tganligi  G ‘arb olimlarida katta  qiziqish  uyg'otgan.
Hozirgi zam onda nevrozlarning ayrim turlari mutafakkir aytgan 
shaklda  rivojlanadi.  Ibn  Sino  shunday  degan  edi:  «Barcha  ruhiy 
kuchlarning  manbai  va  ta ’sir  qiladigan  joyi  asabdir,  uni  ortiqcha 
zo‘riqtirish turli kasalliklarga olib  keladi.  Bosh miya markazlari butun 
organizm  faoliyatini va ruhiy faoliyatni boshqaradi».
Ibn  Sino  risolalarida  asab  markazlari  ichki  a ’zolardan  maxsus 
asab  tolalari  orqali  m a’lum ot  olib  turishi  va  ularning  faoliyatini 
boshqarishi haqidagi m a’lum otlami uchratish mumkin.  Ibn Sinoning 
tana  va  ruhiyatning  yagonaligi  haqidagi  qarashlari  hozirgi  kunda 
zamonaviy tibbiyot yutuqlari tufayli  to ‘la tasdiqlanib,  psixosomatik 
tibbiyot  deb  ataluvchi  fanga  asos  soldi.
Ib n   Sino  xotiraning  buzilishi  bosh  m iyaning  orqa  qismi, 
tafakkurning buzilishi miyaning o ‘rta qismi, idrokning buzilishi miya 
qorinchalarining  zararlanishi  bilan  bog‘liq,  deb  fikr  yuritgan.  U 
depressiya,  epilepsiya,  ongning  buzilishlari,  gallutsinatsiyalar, 
alahsirash,  tafakkur va xotira buzilishlari haqida ko‘p yozgan hamda 
ularning turlarini  o'rgangan.
Sharqlik  yana  bir  buyuk  allom a  Ismoil  Juijoniy  (1080—1141) 
ham bizga katta meros qoldirib ketdi.  U Xorazmda yashab ijod qilgan 
va  tibbiyotga  oid  bir  qancha  asarlar  yozib  qoldirgan.  U lardan  eng 
m ashhurlari  «Ibn  Sino  haqida  so‘z»,  «Xorazmshoh  xazinasi»  va 
«Xastaliklami aniqlash usullari»dir.  Bu asarlar ichida «Xorazmshoh 
xazinasi» Juijoniyga katta shuhrat keltirdi.  Tarixchilar bu asarni Ibn 
Sinoning  «Tib  qonunlari»  asariga  mohiyatan  yaqin  q o ‘yganlar.  Bu 
kitob  10  qismdan  iborat b o ‘lib,  unda tibbiyot  va  bem orlar psixolo- 
giyasiga  bag'ishlangan  bir qancha  fikrlar bayon  qilingan.
Ismoil Jurjoniy va shu kabi boshqa tabiblar  (Iloqiy,  Masixiy,  A1 
Karvakiy  Xazoraspiy,  Chag‘miniy)  hayoti  bilan  yurtimiz  tibbiyot 
tarixini  o ‘rganishga  katta  hissa  qo'shgan  olim,  jarroh  O tanazar 
Abdullayev (1931 — 1990) qiziqqan va ularning tibbiy faoliyati haqida 
o'zining xolisona fikrlarini yozib  qoldirgan.
Qadimgi  Sharqda ilm-fan va tibbiyot gurkirab rivojlangan boMsa, 
Yevropa mamlakatlarida fanda tuig‘unlik hukmron edi. Yevropa fanidagi 
turg‘unlik  ayniqsa,  V-XV asrlarga  to ‘g ‘ri  kelgan  (deyarli  ming yil). 
XVI  asrdan  boshlab,  Yevropada  aniq  fanlar  rivojlana  boshladi  va
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish