I bob. TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI FANINING VAZIFALARI
VA QISQACHA TARIXI. MIYA VA RUH
MUAMMOLARI
1.1. Fan haqida tushuncha
Tibbiyot psixologiyasi tom m a’noda bemorning psixologiyasini
o'rganuvchi fandir. Lekin bu ta ’rif uning barcha imkoniyatlarini
qamrab ololmaydi, albatta. Chunki u sog‘lom kishilarda kasallik keltirib
chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillami ham o ‘rganadi, ularning
sabablarini izlaydi.
Tibbiyot psixologiyasi chegara bilmas, keng qamrovli fandir. U
uzoq tarixga ega bo'lib, o'zining rivojlanish bosqichida bir nechta
davrlarni bosib o ‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |