Z ibodullayev


-rasm.  Bosh  miya  katta  yarim  sharlarining  o ‘choqli  zararlanishlarida



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

12-rasm.  Bosh  miya  katta  yarim  sharlarining  o ‘choqli  zararlanishlarida 
kuzatiladigan  neyropsixologik  simptomlar  (chap  yarim  shar):
  1  —  agraflya;
2  —  m otor  afaziya;  3  —  sensor  afaziya;  4  —  amnestik  afaziya;  5  —  akal- 
kuliya;  6  —  aleksiya.
m uloqot  ta ’sirida  rivojlansa,  yozm a  nutq  ongli  ravishda  o ‘rganish 
mobaynida shakllanadi. A w aliga bola biror so‘zni yozish uchun har 
bir harfning tovushini ajratadi,  o'sh a harfning tuzilishini ko‘z oldiga 
keltiradi,  yozadi va eslab  qoladi.  Yozish jarayoni bolaning  miyasiga 
singgan sayin yozishni ongli tarzda boshqarish zarur bo‘lmay qoladi 
va yozish borgan sayin avtomatlashib boradi va go‘yoki «beixtiyoriy» 
jarayonga aylanadi.  Buning natijasida xatning tuzilishi ham, bolaning 
husnixati ham   o ‘zgaradi.
Yozma  nutqning  talaffuz  etilmasligi  emas,  balki  fikrlanishi  uni 
og‘zaki nutqdan ajratib turadigan asosiy jarayondir. Yozma nutqning 
o'ziga xos xususiyatlari  bor.  Y ozm a nutq og'zaki  nutqqa qaraganda 
ixtiyoriyroqdir.  Agar tovush  og‘zaki  nutqda avtomatlashgan  b o ‘lsa, 
odam  yozishni o ‘rganayotganda o ‘sha tovushni maydalab,  analiz va 
sintez qilib yozadi.  Yozma nutq  aniq maqsadga yo‘naltirilgan ongli
www.ziyouz.com kutubxonasi


jarayondir. Yozma nutqni o ‘zlashtirish uchun asosiy ahamiyatga ega 
bo'lgan  narsa  — bu  mustaqil  nutqni  egallash va  anglashdir.
Og'zaki  nutq,  odatda,  gapirish  funksiyasini  bajaradi,  m asalan, 
suhbat  paytida.  Yozma  nutq  —  yozish  orqali  fikrni  bayon  qilish, 
yozish  orqali  boshqalar bilan  m uloqotda  b o'lish  vazifasini  o ‘taydi. 
Agar  yozma  nutq  mexanizm larini  tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  yozish 
jarayoninining  birinchi  va  asosiy  tarkibi  —  bu  so‘zning  tovushini 
tahlil  qilish,  ya’ni  so‘z  tovushlaridan  alohida  fonem alarni  ajrata 
olish demakdir;  ikkinchidan, so'zdan ajratib olingan har bir tovush- 
ning  harfmi tanish  operatsiyasini  amalga  oshirish;  uchinchidan  esa 
h a r  bir  harfning  optik  tasaw uri  grafikasini  yaratish  demakdir.
So‘zlarni  tahlil  qilish,  akustik  va  kinestetik  afferentatsiyalarga 
asoslanib tovushlarni ajratib olish va aniqlashtirishdan tashqari,  har 
bir so‘zda qaysi  tovushni  qanday tartibda joylashtirish  ham  m uhim  
ahamiyat kasb etadi. Bu esa o ‘z vaqtida tovushlarni qisqa vaqtli xotirada 
saqlashni talab qiladi.  Faqat m ana shu jarayonlar amalga oshgandan 
keyingina so‘zdan ajratib olingan va aniqlangan tovush yozilayotgan 
harfga  aylantirilishi  mumkin.  Bu  murakkab jarayonda  ko‘ruv  ana- 
lizatorlari  ham da  fazoviy  m unosabatlarni  idrok  qilish  ham   m uhim  
ahamiyatga ega.
Yozma nutq quyidagi bosqichlarni o ‘tadi:  1) yozish uchun niyat- 
ning  paydo  bo‘lishi;  2)  nim a  haqida  yozish;  3)  qanday  yozish;
4)  tovushni  harfga  aylantirish;  5)  yozish jarayonini  boshqarish  bos- 
qichi.  Yozayotgan  paytda  tovushni  harfga  aylantirish,  o'qiyotgan 
paytda harfni tovushga aylantirish  murakkab psixofiziologik jarayon­
lar  hosilasidir.
Yozish  jarayoni  akustik,  optik,  kinestetik,  kinetik,  proprio- 
reseptiv  analizatorlarning  birgalikda  ishlashi  hisobiga  kechadigan 
jarayondir.  Tovushlarni  analiz  qilish  esa  akustik  va  kinestetik  a n a ­
lizatorlarning birgalikdagi ishlashi hisobiga amalga oshiriladi. Tovush­
larni  harflarga  aylantirish  akustik,  kinestetik,  optik  analizatorlar 
hisobiga,  harflarni yozish esa optik,  fazoviy va harakat analizatorlari 
hisobiga  amalga  oshiriladi.  D em ak,  yozishning  buzilishi  miyaning 
peshona bo'lagi, uning mediobazal sohalari,  chakka,  pastki pariyetal 
va ensa sohasining oldingi qismlari zararlanganda kuzatiladi.
Shunday  qilib,  yozm a  nutq  bosh  miyaning  um um iy  funksiyasi 
b o ‘lib,  u  nutq  markazlari  zararlanganda  buziladi.  Yozishni  faqat 
n u tq  funksiyasiga yoki faqat harakat yoki k o ‘ruv sistemasining vazi- 
fasiga kiritib bo‘lmaydi. Yozish murakkab neyropsixologik jarayondir.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish