17.3. Abortdan keyin kuzatiladigan ruhiy o‘zgarishlar
Statistik m a’lum otlargako‘ra, deyarli harbeshinchi homiladorlik
bola tushirish bilan yakunlanadi va ular homiladorlikning dastlabki
davrida kuzatiladi. Bola tushirish u yoki bu ko‘rinishda ruhiyatning
buzilishi bilan kechadi. Ayniqsa, birinchi hom iladorlikda bo‘lajak
farzanddan judo b o ‘lish og‘ir depressiv holatlarni yuzaga keltirishi
m um kin. Ayol motamsaro vaziyatga tushib qoladi, ko‘p yig'laydi,
jizzaki b o ‘lib qoladi, ishtahasi pasayadi, ishga qo‘li bormaydi, uyqusi
buziladi, bolasini tushlarida ko‘radi. Bola nobud b o ‘lganiga o ‘zini
aybdordek sezadi.
Bir m arta bola tushirgan ayollarning b a’zilarida turli kasalliklar
sababli yana va yana bola tushirishlar kuzatiladi. Bunday hollarda
oilaga darz ketishi mum kin. Erkak va ayol vrachm a-vrach qatnay
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshlashadi, bola tushirish sabablarini izlashadi. Bu tabiiy, albatta.
Ginekologlarning m alumotlariga ko‘ra, bola tushirishning 50 % ga
yaqini jinsiy a ’zolar infeksiyalari bilan bog‘liqdir, albatta, bu yerda
venerik kasalliklar alohida o ‘rin tutadi. Birinchi bola tushirishdan
keyingi homiladan ham ajralib qolmaslik uchun ayol doimo xavotirda
yashaydi, hadeb ginekologga qatnayveradi, uning ko'rsatm alarini
so'zsiz bajarib borishga intiladi, y a’ni reaktiv nevroz yuzaga keladi.
Bu yerda, albatta, ayol bilan psixologik suhbat o ‘tkazish ju d a o ‘rin-
lidir. Chunki doimiy xavotir va q o ‘rquv ham ba’zi hollarda bola
rivojlanishiga ta ’sir qilishi va to ‘satdan bola tushishi bilan tugashi
mumkin. Shuning uchun ham hom ilador ayol kishi uchun ruhiy
tinchlik yaratish, oila a’zolari orasida sog'lom psixologik m uhitning
bo'lishi, tinch uyqu bola tushirishlarning oldini olishi va sog'lom
farzandning dunyoga kelishini ta ’minlab beradi. Ba’zan esa an ti
depressantlar tavsiya qilishga to ‘g ‘ri keladi.
17.4. Hayz buzilishlarida ayollar psixologiyasi
Ayollarda o ‘tkir va surunkali ruhiy siqilishlar aksariyat hollarda,
hayz buzilishlariga olib keladi. So‘nggi yillarda qizlarda hayz ko‘rish-
ning barvaqt kelishiga e ’tibor qaratilm oqda va bu vaziyatni hayot
tarzining gurkirab o ‘zgarib kelayotgani, ruhiy va jism oniy rivojlanish
orasida nomutanosiblik bilan bogMashadi. Psixologlar qizlarda seksual
faollikning erta shakllanishiga ochiq m atbuotda va internetda intim
hayotga bog‘liq m a’lum otlarning ko‘payib borayotgani ham sabab
bo'layotganiga katta urg‘u berishadi.
Hayz ko‘rishning buzilishlari ichida amenoreya alohida o ‘rin kasb
etadi. Amenoreyaga oid dastlabki m a’lum otlar va uning ruhiyatga
bog'liqligi ikkinchi jahon urushi davrida aniqlangan. U rush davrida
hayoti xavf ostida qolgan ayollarda hayz kelishning uzoq vaqtga
yo'qolishi kuzatilganligi yozib qoldirilgan. Shu davrda mutaxassislar
am enoreyani ginekologik kasalliklar sababli em as, balki ruhiy
buzilishlar va xavotir sababli kelib chiqishini bir necha ayollarda
kuzatishgan. Turmushga chiqqan va eri urushga ketib halok boMgan
ayollarda ham amenoreya kuzatilishi ushbu holatning ruhiyat buzilishi
bilan bog‘liqligini ko'rsatgan.
Stress asri deb atalmish XXI asrda esa am enoreya eng k o ‘p
uchraydigan patologik holatlardan biridir. Ayniqsa, oiladagi doim iy
janjallar, farzand bo‘lmasligi, ishdagi kelishmovchiliklar hayz keli-
www.ziyouz.com kutubxonasi
shining buzilishiga sababchi bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha,
ayniqsa, xavotir bilan kechuvchi ruhiy-hissiy buzilishlar ameno-
reyaga olib kelishi mumkin. Demak, amenoreya - nevrozning bir
klinik ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |