16.2. Bemorni operatsiyaga tayyorlash
Bemorni operatsiyaga tayyorlash murakkab jarayondir, chunki
asabi o ‘ta m ustahkam odam ham operatsiyadan hayiqishi mumkin.
Bemorni operatsiyaga nafaqat tibbiy ko‘rsatmalarni e’tiborga olgan
holda, balki psixologik nuqtai nazardan ham tayyorlash zarur. “ H am -
masi yaxshi b o ‘ladi, q o ‘rqm ang” degan an ’anaviy iboralar bem orni
ham m a vaqt ham qoniqtiraverm aydi. Jarroh dastlab bem ordagi
qo‘rquvni b artaraf qilishga harakat qilishi lozim, operatsiyaga va
o ‘ziga ishonch tug‘dira olishi kerak. Ayniqsa, bu so'zlar jarrohlik
kasbini egallab, endigina amaliyotga kirib kelayotgan yoshlar uchun
o ‘ta zarur. Boshqa kasblardan farqli o ‘laroq, jarrohning obro‘-e ’tibori
uning muvaffaqiyatli o'tkazgan operatsiyalariga proporsional tarzda
bog‘liqdir. Y oshlar hali uncha ko‘p operatsiyalar qilmagan b o ‘ladi
www.ziyouz.com kutubxonasi
va tabiiyki, u tanilishi va o ‘z m ahoratini ko'rsatishi uchun bem or
bilan ishlashi kerak. Yuqori darajada professional jarroh darajasiga
yetish uchun yosh jarrohlar bunday operatsiyalarni ko‘plab baja-
rishlari lozim. D em ak, jarrohlik operatsiyalarini ko‘plab bajarishlari
uchun ular bem orlar bilan ishlashlariga, o ‘zlarida ishonch tug‘dirish
uchun uzoq vaqt bem or bilan m uloqotda b o ‘lishlariga to ‘g‘ri keladi.
Barcha m ashhur jarrohlar shu yo'lni o ‘tgan. H ali yuqorida aytib
o ‘tganimizdek, yoshi ulug‘ va bir nechta operatsiyalarni m uvaf
faqiyatli bajargan jarro h larn i, od atd a, bem oriarning o ‘zi hech
qanday psixologik tayyorlov suhbatisiz tanlashadi.
O peratsiyadan oldin bem orlarda turli xil psixovegetativ va
psixosomatik belgilar kuzatilishi mumkin. Bular uyqu buzilishi, bosh
aylanishi, yom on tushlar ko‘rish, ko‘p terlash, titrash, taxikardiya,
arterial qon bosimning o'ynab turishi, o ‘lim q o ‘rquvi, ich ketish,
tez — tez siyish va boshqalar. M a’lum ki, operatsiyaga m o n e‘lik
qiluvchi holatlarni aniqlash uchun bem orlar boshqa mutaxassislarga,
masalan, terapevtlarga ko‘rsatiladi, turli xil laborator va diagnostik
tekshiruvlardan o ‘tkaziladi. Ba’zan bem orlar terapevtlardan qanday-
dir bir um id bilan “ Bu bem orga operatsiya m um kin em as, u n i
dori-darm onlar bilan davolanglar” degan so'zlarni eshitgisi keladi.
H atto operatsiyadan oldin yaqinlari bilan vidolashib qo'yadigan,
yaqinlariga vasiyatlar beradigan holatlar ham uchrab turadi. Bemorni
operatsiyaga psixologik nuqtai nazardan tayyorlashda nafaqat operatsiya
qiluvchi jarroh , balki boshqa tibbiy xodim lar ham , y a’ni palata
vrachi, ham shira (ayniqsa, operatsiyada ishtirok etuvchi) ham faol
ishtirok etishlari zarur. B a’zan b em o r u n i operatsiya qiluvchi
jarrohning gaplariga emas, balki palata vrachi va hamshiraning so'zlariga
ko'proq ishongisi keladi, uni operatsiya qiluvchi vrach haqidagi
gap-so‘zlarga quloq tutadi. Shifokorlar orasidagi o ‘zaro ishonch va
etika prinsiplari bu yerda katta aham iyatga ega,
chunki doim o
operatsiyalarda ishtirok etib yuruvchi hamshira bemorni uni operatsiya
qiluvchi jarrohdan voz kechtira olishi mum kin.
Operatsiyadan voz kechish sabablari tu rli-tum an d ir va ko‘pin-
cha, rejali operatsiyalarga taalluqli. Ularning b a’zilari haqida to'xtalib
ham o ‘tdik. Bular: yaqin kishisining xuddi shunday tarzda o ‘tkazilgan
operatsiyadan o ‘lganligi yoki nogiron bo‘lib qolganligi, yaqinlarining
operatsiya qildirmaslik haqidagi talabi, narkozdan qo‘rqish, jarro h
va bem or orasidagi nosog‘lom psixologik vaziyat yoki tushuntirish
ishlarining yetarli darajada olib borilmaganligi, qarilik davri, bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
n ech a bor operatsiya o 'tk azg an bem orlar, isteriya yoki ruhiy
kasalliklar.
Jarrohlikda psixologiya fani naqadar ahamiyatli ekanligi bilan
tanishib chiqdik. Ba’zan psixogen buzilishlarni davolashda jarrohlik
usullaridan ham foydalaniladi. H attoki, gipnoz yordamida ham
davolab bo‘lmaydigan b a ’zi chuqur psixogen buzilishlarni davo
lashda, jarrohlik operatsiyalariga murojaat qilishga to ‘g‘ri keladi.
Toshkent viloyatida b o ‘lib o ‘tgan bir voqea bunga yaqqol misol
boMa oladi. Yoqea yoz kunlarining birida ro‘y beradi. Bir ayol insomniya
diagnozi bilan nevropatologda davolanib yuradi. U kechalari uxlay
olm ay chiqardi. Keyingi gal borganida, vrach unga kuchliroq ta ’sir
qiluvchi uxlatuvchi dori buyuradi. Bemor dorini ichsa-da hech uyqusi
kelavermaydi. Uyqusi qochgan bu ayol tunda to ‘lin oyning yorugMda
pastqam uyining derazasidan tashqariga qarab o ‘tiradi. Derazaning
tagidan kichik bir ariqcha oqib o ‘tardi. U ariqchada sakrab o ‘ynab
yurgan baqalarga tikilib qarab o ‘tirib, xayolga ketadi: “Buncha kichik
boMmasa bular, uxlab yotganimda ichimga kirib ketishsa, nima
qilam an” deb, choyshabni ustiga yopib uxlab qoladi. Tush ko‘radi.
Tushida kichikroq bir baqa derazadan u yotgan karovat ustiga sakrab
chiqib, bem orning og'ziga kirib ketadi. Bem or qo‘rqib, uyg‘onib
ketadi va birdan derazaga qaraydi. Tong endi otayotgan boMadi.
Quyosh nuri tusha boshlagan deraza tokchasida 2-3 ta baqa sakrab
yurganiga ko‘zi tushadi. Bemorda qattiq kekirik paydo boMadi va u
baqaning sayraganiga o ‘xshab eshitiladi. Kekirik tez-tez takrorlana-
veradi. Hovliga chiqadi va vodoprovod jo ‘mragini ochib og'zini chayib
tashlaydi, qusishga harakat qiladi, qusa olmaydi. Bir kosa iliq suvni
toMdirib ichadi va yana natijasiz qusishga harakat qiladi. Kekirik
kuchayib boraveradi va tez-tez kuzatila boshlaydi. Bu ayolning eri
olamdan o‘tgan boMib, voyaga yetgan bitta qizi bilan yashardi. Qo‘rqib
ketib, qizini uyg‘otadi va unga “M en uxlab yotganimda, baqa yutib
yubordim shekilli, u oshqozonim da turibdi” deb yigMab yuboradi.
Qizi uni tinchlantirishga harakat qiladi, balki tush ko'rgandirsiz,
deydi. “Yo‘q, tushim boMganida bilardim, men aniq bilaman, baqa
og‘zim dan kirib ketgandan keyin uyg'onib ketdim, bu tushim emas,
uyg‘onganimdan keyin deraza tokchalarida baqalar o‘ynab yuruvdi” ■
deydi. Qizining “ Oyijon, ba’zan odam ning tushini o'ngidan ajratish
qiyin boMadi-ku, siz tush ko ‘rgansiz” , deyishiga qaram asdan,
doktorga boram iz, deb turib oladi. U lar erta saharda bir tanish
doktorning uyiga borishadi va boMgan voqeani aytib berishadi. Bemor
www.ziyouz.com kutubxonasi
tinm ay kekirardi. D oktor uni tekshirm asdan kulib: “ Baqani yutib
bo‘lmaydi, u tom oqdan o'tm aydi, baqa hech qachon odam ning
og‘zidan uning ichiga kira olm aydi” deydi. Bemor doktordan norozi
bo‘lib, uning yonidan chiqib ketadi. Bem or qizi bilan birgalikda
boshqa vrachlarga qatnay boshlashadi. Bemor barcha tekshirishlardan
o ‘tadi. U ni nevropatolog, psixiatr, jarroh, terapevt, rentgenologlar
tekshirishadi. Tabiblarga borib davolanadi. Ularning deyarli ham masi
bir xil gapni gapirishardi: “ Baqa odam ning ichiga kira olm aydi, siz
yom on tush k o ‘rgansiz” . Bem orning tinchi buziladi, u nim a yesa,
qusib tashlayveradi, kekirish sira qolmaydi. Bem or shu ahvolda bir
oy qiynalib yuradi, ozib ketadi. “ Baqa qolgan bo ‘lsa ham u o'lib
b o ‘lgan, organizm dan chiqib ketgan” deb ishontirishga h arakat
qilishadi, baribir foydasi b o ‘lmaydi. U jarrohdan operatsiya qilib,
baqani olib tashlashni talab qila boshlaydi. Qayerga va qaysi doktorga
uchrasa, oshqozonini operatsiya qilib, baqani olib tashlashni talab
qilaveradi. “U m ening oshqozonim da yashab yuribdi, u hali o ‘l-
magan, ichimni kemirayapti” deb yig‘layveradi. Axiyri uni professorga
ko‘rsatishadi. Professor bo ‘lib o ‘tgan barcha voqealarni batafsil
o ‘rganib chiqadi, bem orni toMa tekshiradi va bem orga ja rro h bilan
maslahatlashib uning qom ini operatsiya qilib, ochib ko 'rish ni va’da
qiladi. Agar haqiqatan ham u yerda baqa yashayotgan b o ‘lsa, uni
olib tashlash kerak, deydi. Bem orni jarrohlik b o ‘limiga yotqizishib,
operatsiyaga tayyorlashadi. Professor “oshqozondan baqani olib
tashlash” operatsiyasi bilan bog‘liq bo'lgan barcha m uolajalarni
butunlay sir saqlashni operatsiyani o ‘tkazuvchi jarrohga va hamshiraga
tayinlaydi. Bem or operatsiya xonasiga olib kiriladi va u narkotik dori
ta ’sirida uxlatiladi. Operatsiyadan oldin kichikroq bir baqa topib
kelinadi va u yopilib-ochiladigan idishga joylanadi. O peratsiyaning
barcha qonun-qoidalariga amal qilingan holda bemorning qorin terisi,
teri osti yog* qatlam i kesiladi va qayta tikib qo‘yiladi. O peratsiyada
bor yo‘g‘i uchta odam , ya’ni jarroh, ham shira va professor ishtirok
etishadi. Professor ham shiraga bem or ko‘zini ochgan zahoti baqa
solingan idishni ochib yuborishni buyuradi. Bem or ko'zini ochadi,
hamshira baqa solingan idishni ochib yuboradi. Baqa bemorning ustidan
bir-ikki sakrab pastga tushib ketadi. Professor “ Siz to ‘g‘ri aytgan
ekansiz, baqa haqiqatan ham qattiq uxlab yotganigizda, ichingizga
kirib ketgan ekan, lekin u shuncha kun ichingizda o ‘lmay yashaganiga
hayronm an” deydi. Jarroh ham “ M en bunaqa operatsiyani birinchi
m arta qilishim ” deydi. Xullas, bem or butunlay tuzalib ketadi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
kekirish yo'qoladi, ishtahasi ochiladi, uyqusi ham tiklanadi. Jarrohga
4-5 kun qatnab, operatsiya bo‘lgan joylarini davolatadi, qornida
faqat kesilgandan yengil chandiq qoladi, xolos.
O radan bir yil o'tadi. Bir kuni bozorda “baqa yutib yuborgan
ayol” qizi bilan aylanib yurib, hamshirani uchratib qoladi. Hamshira
uni zo ‘rg‘a taniydi, kasallikdan qiynalib, aw al ozib ketgan bu ayol
endi semirib, tanib b o ‘lmaydigan darajada o ‘zgarib ketgan edi. U lar
qadrdon dugonalardek uzoq vaqt suhbat qurishadi, uni operatsiya
qilib og‘ir va uyatli darddan xolos qilgan doktorlarga salom aytib
q o ‘yishni so‘raydi. Suhbat orasida “ Menga o ‘xshab baqa yutib
yuborgan ayollar kelishayaptimi” deb so'raydi kulib. Hamshiraning
xayolidan “barcha haqiqatni aytib bersamm ikan, oradan bir yil
o ‘tdi-k u, baribir bem o r tuzalib ketdi-ku” degan fikr o ‘tadi va
b o ‘lib o ‘tgan voqealarni aytib beradi. Shunday qilib, ham shira
shifokor etikasiga m utlaqo zid bo‘lgan ishga qo ‘l uradi. Barcha
haqiqatni o ‘z qulog‘i bilan uni operatsiya qilishda ishtirok etgan
ham shiradan eshitgan ayol ruhiy karaxt holatga tushib qoladi, ya’ni
u tik turgan joyida bir nuqtaga tikilib qotib qoladi. Psixiatriyada bu
holat stupor deb ataladi. Deontologiyada bunday holatlar yatropatiya
deb ham ataladi, ya’ni shifokorning noto‘g‘ri xatti-harakatlari sababli
bem orda rivojlangan turli xil kasalliklar yoki sindromlar. K atta
qiyinchiliklardan endi qutulgan ayol uchun bir-biriga zid b o ‘lgan
bu m a’Ium otlar ulkan bir ruhiy jarohat edi. Hamshira qo'rqib,
voqea joyidan ketib qoladi. Ayolni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga
joylashadi. Bem or suv ichmay, ovqat yemay qo‘yadi. U ni zond
orqali ovqatlantirish ham juda qiyin kechadi va u tez orada kaxeksiya
holatiga tushib qoladi va vafot etadi. Hamshira esa qamaladi.
Demak, haqiqatan ham ruh va tana yagonadir. Ushbu va boshqa
boblarda keltirilgan m ateriallar qadimdan bahs va munozaralarga
sababchi b o ‘lib kelayotgan bu iboraning to ‘g ‘riligini yana bir bor
tasdiqlaydi. B em orn i davolayotgan shifokor yuqori d arajada
m a’suliyatli bo‘lishi va har bir so‘zni o ‘ylab gapirishi kerak. M ashhur
terapevt va deontolog olim E.Y. Qosimov ta ’biri bilan aytganda,
shifokor — bu “vrach” so'zining sinonimi emas, u keng m a’noli
atam adir,
“shifokor” deganda, bemorga shifo berishda ishtirok
etuvchi barcha tibbiyot xodimlari, ya’ni vrachlar, ham shiralar va
kichik tibbiy ham shiralar (sanitarkalar) tushuniladi. H ar bir shifokor
deontologiya va etika prinsiplariga qat’iyan am al qilishlari lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |