Biogen
XVI BOB. JARROHLIK KASALLIKLARII)A BEMORLAR
PSIXOLOGIYASI
16.1. Jarroh va bemor orasidagi psixologik
munosabatlar
Tibbiyotda jarrohlik amaliyoti alohida o ‘rin tutadi. Xalq orasida
“agar bem or dori-darm onlar bilan tuzalmasa, uni operatsiya qilib,
jarrohlar tuzatishadi” degan fikr yuradi. Terapevtik amaliyotlarga
qaraganda, jarro h lik am aliyoti aksariyat bem orlar va ularning
yaqinlari uchun katta bir psixologik sinov hamdir. Demak, tibbiyot-
ning boshqa yo‘nalishlaridagi kabi jarrohlik amaliyotida ham psixologik
yordamning ahamiyati juda yuqori. Buni jarrohlik kasbini tanlayotgan
har bir talaba anglab yetishi zarur.
Tibbiy psixologiyadan m a’ruza tugashiga biroz qolganda “Savollar
borm i?” deb talabalarga murojaat qildim. Yaxshi o ‘qiydigan bir
talaba qo‘l ko‘tarib, “ Ustoz, men xirurg b o ‘lm oqchim an, otam
ham xirurg, operatsiyalarga qatnashib yuram an, yaxshi xirurglar
navbatchiligiga kelam an, xirurg bo‘laman, deb institutga kirdim.
Axir operatsiya buyurilgan bem or bilan xirurg suhbatlashib o ‘tir-
maydi-ku. Albatta, yaxshi psixologik suhbat o ‘tkazish mumkin, biroq
operatsiya yomon chiqsa, suhbatning nima keragi bor? Muvaffaqiyatli
operatsiyaning o ‘zi har qanday psixologik suhbatdan ustun-ku. Shunga
Siz nim a deysiz?” - deb so‘radi. Bu savol o'rinli. Chunki, jarroh va
bem or uchun muvaffaqiyatli o ‘tgan operatsiya har qanday psixologik
suhbatdan yuqori. Lekin afsuski, ko‘pchilik vrachlar psixologning
asosiy vazifasi bem orlar bilan suhbatlashib, ularni tinchlantirish
deb bilishadi. Suhbat — bu psixodiagnostika va psixoterapiyaning bir
uslubi va albatta, psixologiyada uning aham iyati beqiyos. Biroq,
psixologiya — inson tasaw uri darajasiga ham sig'maydigan beqiyos
imkoniyatlarga va o ‘zining turli usullariga ega b o ‘lgan fan.
Psixologiyaning im koniyatlari cheksiz! Talabaning savoliga
quyidagi voqea tafsilotlari javob bersa kerak. M eni jarrohlik bo‘limiga
nevropatolog konsultatsiyasi kerak, deb chaqirib qolishdi. Bem or
yotgan palataga kirsam , professor bir qancha vrachlar, talabalar va
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘qituvchilar bilan m en konsultatsiya qilishim kerak bo'lgan bem orni
tekshira boshlagan ekan. M en professor ko‘rigi tugashini kutib turdim.
Bemorni operatsiya qilgan yosh vrach kasallik tarixnom asini o ‘qib
beryapti. V rach o ‘z navbatchiligi paytida bem orni “o ‘tk ir app en -
ditsit” diagnozi asosida zudlik bilan operatsiya qilgan. O peratsiya
mahalliy og'riqsizlantirish orqali qilingan. Operatsiya muvaffaqiyatli
o'tgan. O peratsiyadan keyin bem or ertalabgacha yotib uxlagan.
Ertalab soat o 'n lard a “operatsiya boMgan joyim kuchli o g 'riy ap ti”
deb palata vrachini chaqirgan. Vrach kirib qarasa, bem or oyoqlarini
bukib, yonboshlab yotib olgan. Vrach operatsiya qilingan joyni tek-
shirgan va u yerda hech qanday asoratlarni ko‘rmagan va ham shiraga
tinchlantiruvchi ukol qilishni buyurgan. Bem or ukoldan keyin uxlab
qolgan, biroq uyg‘ongandan keyin “yana og‘riyapti, operatsiya
qilingan joyda tam pon yoki boshqa narsa qolgan bo'lsa kerak” deb
yig'layvergan. K echgayaqin og‘riq kuchaygan, bem or g‘ujanak b o ‘lib
yotib olgan, ta n a harorati ham 38 gradusga ko‘tarilgan. B em or
tinchlantiruvchi ukoldan voz kechgan. Operatsiya qilingan joyda vrach
biror narsani unutib qoldirgan deb, vrachlami qayta operatsiyaga un-
dagan. 0 ‘sha kuni kechqurun bem orni boshqa bir yoshi katta jarroh ,
fan nomzodi operatsiya qiladi. Ikkinchi operatsiyani qilgan ushbu
jarroh ham bem orni ko‘rishda ishtirok qilayotgan edi. U operatsiya
haqida m a’lum ot berdi. Operatsiya joyi ikkinchi bor ochilganda, u
yerda hech qanday narsa unutilib qolinm agani va birinchi o p e ra t
siya haqiqatan ham muvaffaqiyatli o'tgan in i aytadi. Biroq, shunday
bo‘lsa-da, m ana bugun, ya’ni dastlabki operatsiyaning 4 -k u n i ham
og‘riq to ‘xtamayotganini, aksincha, kuchayganini va shuning uch u n
nevropatolog chaqirishganini professorga aytishdi. Professor ikkala
xirurgni ham tinglab bem oiga yuzlandi. U g‘ujanak bo'lib yotib olgan
va ko‘zlarida qo ‘rquv bor edi. Karovatning bosh qismida bem orning
qizi ham suhbatga q o ‘shildi va onasining kechasi bir nech a b o r
og‘riqdan uyg‘onganini, og‘riq qoldiruvchi ukollardan voz kechga-
nini aytdi. Professor bem ordan “ nim a uchun og'riq qoldiruvchi do-
rilardan voz kechayapsiz, axir og‘riq qolsa, o ‘zingizga yaxsh i-k u ”
degan savolga bem or “axir appenditsitda og‘riq qoldiruvchi dori
qilsa bo‘lmaydi, u yorilib, yiringlar qoringa o ‘tib ketadi” deyishadi-
ku dedi. Talabalardan bittasi suhbatga aralashib, operatsiyadan oldin
og'riqsizlantiruvchi ukollar qilinm aydi, operatsiyadan keyin esa
mumkin, dedi. Professor bem or bilan bahslashib o'tirm asd an , uni
tekshira boshladi. B em or g ‘ujanak b o ‘lib olgan, qornini ochib,
www.ziyouz.com kutubxonasi
tekshirishga va hattoki, tanasiga qo‘l tegizishga qo ‘ymasdi. Bemor
gap bilan chalg‘iganda, og‘riqqa e ’tibor qilmas, operatsiya haqida
so‘z ketganda, og‘riqdan ingrardi. Professor “endi siz oyoqlaringizni
sekin asta yozib yuboring, shunday qilsangiz, aksincha, og‘riq
kam ayadi” dedi. B em or sekin qo'rqib, oyoqlarini uzatdi. “Endi
ko‘ylakni ko‘taring” dedi doktor. Bemor “lekin qornimga tegmay-
siz” , deb ko‘ylagini sekin ko'tardi va qo‘rquv bilan doktorga qaradi.
Operatsiya qilingan joy bint bilan yopib qo ‘yilgan va leykoplastir
bilan yopishtirilgan edi. D oktor “endi bu b in tn i olamiz, m en
operatsiyalar qanday o ‘tkazilganini ko'rishim kerak” dedi. Biroz
urinishlardan so‘ng bem or ko‘ndirildi. Professor operatsiya bo'lgan
joyni ko‘rib, ikkala operatsiya ham muvaffaqiyatli o'tganiga yana bir
bor ishonch hosil qildi. Biroq bem or ham on og‘riqqa shikoyat qilar
va operatsiya b o ‘lgan joyda xuddi bir narsa tugundek tiqilib turibdi,
deb yig‘lardi. Y aziyatdan chiqish kerak edi. Professor bem orni
ko'ndirib, operatsiya b o ‘lgan joyni tekshira boshladi va kesilgan
joyning atrofini ataylab birdan bosib yubordi. Bem or dod-voy solib,
baqirib yubordi va yana oyoqlarini g‘ujanak qilib oldi. Professor “ana
xolos” deb operatsiya qilgan xirurglarga yuzlandi. U “operatsiyalar
yaxshi o ‘tgan, biroq bem or g‘ujanak bo‘lib yotaverganidan, operatsiya
o ‘rnidagi nervlar tugilib qolgan, operatsiyadan keyin oyoqlarni
cho'zib yotish kerak edi. Nega shuni bemorga aytmadinglar, ana endi
kesilgan nervlar bitish o ‘rniga tugilib qolgan” , deb doktorlarni
koyigandek bo'ldi. Ba’zi doktorlar professor nim a demoqchi ekanligini
anglab yetishgan b o ‘lsa, boshqa birlari nima uchun u “ nervlar tugilib
qolgan” , deb aytayotganidan hayron bo‘lib qarab turishardi. Bem or
esa birdan ziyrak tortib, “endi nima b o ‘ladi” , deb xavotir bilan
professorga qaradi. Professor birinchi operatsiya qilgan doktorga
yuzlanib, “5 gram m li shpritsga novokain tortib keling” dedi. “ Endi
o ‘sha “nervlar tugilib” qolgan joyga novokain yuboramiz va tugunni
yozib y u b o ram iz” , dedi va bem orga qarab, “ endi chidaysiz,
novokain yuborayotganim da og‘riq yana kuchayadi, keyin siz
oyoqlaringizni og‘risayam, bukib-ocha boshlaysiz va ana shundan
keyin tugilgan nerv ochilib ketadi va og‘riq 10 minutga yetmasdan
to ‘xtaydi” dedi. B em or qo‘rqa-pisa, yuzida xavotir bilan oyoqlarini
yozdi va o ‘zi qornini ochdi. Professor operatsiya qilingan joyni spirt
bilan tozalab, chandiqning ikki chetiga shpritsni tiqib, zudlik bilan
novokain yubordi. Bem or dodlab yubordi. Professor “aytdim-ku
sizga, og‘riydi deb, qani endi aytganimni qiling, tez-tez oyoq-
www.ziyouz.com kutubxonasi
laringizni bukib-yozing ana shunda nervlar yozilib og‘riq kam aya
boshlaydi, aks holda, yana 3-operatsiyani qilib, o ‘sha uzilgan nerv-
larni bir-biriga ulashga to ‘g‘ri keladi” dedi. Bem or shoshib-pishib
professorning keskin tarzda berilgan buyruqlarini bajara boshladi.
“ Endi o'tirib oling” , dedi u. “Qani tez-tez bo'ling” deb, bem orni
shoshirdi. B em or biroz qiynalib b o ‘lsa-da, o ‘tirib oldi. “ Endi
o ‘rningizdan turib yuring” , deb topshiriq berildi. Deyarli 5 kundan
buyon turib yurmayotgan va faqat og‘riqqa shikoyat qilib yotgan
bem or biroz ishonchsizlik bilan bo‘lsa-da o ‘rnidan turib yurdi. Endi
bemor og‘riq sezmayotgan va o ‘zida yo‘q xursand edi. Bem or palatada
yura boshladi, bem or ko‘rigida ishtirok etayotganlar ikkiga boMinib,
unga yo‘l berishdi. Professorning k o ‘zi menga tushdi. “ Iye, nev-
rop ato log im iz ham shu yerda e k a n la r-k u , bu b em o rg a en d i
nevropatologning keragi yo‘q. M ana, o ‘zimiz davolab q o ‘ydik” ,
dedi hazillashib. Professor operatsiya qilgan vrachga boqib, “bu
bemorni bugunoq uyga yuborsangizlar bo'ladi, endi u sog‘“ dedi.
Deyarli yarim soat oldin og'riqdan hatto oyog'ini ham ochib-yoza
olm ayotgan b em o r professor to m o n id an ju da ustom onlik bilan
o ‘tkazilgan psixoterapiya va platseboterapiyadan keyin darddan xa-
los bo‘ldi. U endi uyga ketish mumkinligi haqidagi yangilikdan xur
sand bo'lib, o ‘zi yotgan o ‘rnini taxlab, qiziga topshiriqlar berib,
ketish taraddudiga tushib qoldi.
Professor yonidagi shogirdlari va talabalar bilan boshqa palata-
lardagi b e m o rla rn i ko‘rgani ch iq ib k etd i. M en b e m o r b ilan
suhbatlasha boshladim. Suhbat orasida m a’lum boMdiki, bem orning
yonida parvarish qilib o'tirgan 24 yashar qizi “o 'tk ir appen ditsit”
diagnozi bilan uch marta operatsiya b o ‘lgan va ikkala holatda ham
operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqqan: birinchi gal vrach tam po nn i
unutib qoldirgan va u ikkinchi operatsiyada olib tashlangan, operatsiya
qilingan joy yiringlab ketib, “appendoektom iya asorati, chegara-
langan peritonit” diagnozi bilan uch inchi bor operatsiya qilingan.
Barcha voqealar onasining ko‘z oldida b o ‘lib o ‘tgan. B em or 20
kundan ortiqroq jarrohlik b o ‘limida qolib ketgan va shu vaqt m o-
baynida bem orning yonida doim o onasi b o ‘lgan. U chta operatsiya 3
ta vrach tom onidan amalga oshirilgan. Dastlabki operatsiyani qilgan
vrach bem orni 3 kunda uyga chiqarib yuborishni va’da qilgan. Biroq
vaziyat og‘ir tus olgan. Ushbu vaziyat b utun bir oilada katta ruhiy
jarohat qoldirgan. Onasi “qizim endi tuzalm aydi, nogiron b o ‘lib
qoladi”, deb q o ‘rqib yurgan. C hunki 20 kun ichida qizi ju d a ozib
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham ketgan. Lekin bem or qiynalib bo‘lsa-da, tuzalgan. O radan 2
yil o ‘tm ay, Toshkentda o ‘qib yurgan talaba o ‘g‘lini qizi bilan birga
ko‘rgani kelgan onaning o ‘zi appenditsit b o ‘lib qoladi va vaziyat
yuqorida ko'rsatilganidek keskin tus oladi.
Professor ishlatgan usulni bemorni operatsiya qilgan ikkala xirurg
ham ishlatishi m um kin edi. Biroq ular bu usulni qo‘llashmadi yoki
bilishmadi. Bu oddiy bir appenditsit bilan b o ‘lgan voqea, biroq
jarroh lik am aliyotida b ir qancha murakkab holatlar mavjudki,
ularning aksariyati psixologik yondashuvni talab qiladi. D em ak,
jarrohlik operatsiyalari muvaffaqiyatli o'tishi uchun har bir jarroh
nafaqat o ‘z kasbining yetuk mutaxassisi, balki yetuk psixolog ham
boMishi kerak.
Jarrohlik kasbida shoshilinch operatsiyalarning ko‘pligi, vaqtning
tig'izligi, jarrohlik b o ‘limi shifokorlari bilan bem orlar orasida o ‘zga-
cha psixologik m uhitning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Yana
shuni ta ’kidlash lozimki, tibbiyotning boshqa yo‘nalishlariga qara-
ganda, jarrohlikda bemorlardan faollik emas, aksincha, ehtiyotkorlik
va kam harakat talab qilinadi. Jarrohlik kasbining o ‘ziga xosligi —
tez qaror qabul qilib, zudlik bilan uni amalga oshirishdir, agar
rejali operatsiyalar e ’tiborga olinmaganda. Ba’zan bunday paytlarda
bem or bilan jarroh orasida qandaydir bir psixologik vaziyat yuzaga
kelishi mumkin. Bem or belgilangan operatsiyadan voz kechishi yoki
boMmasa, operatsiya tafsilotlarini yoritib beruvchi boshqa bir jarrohni
tanlashi mumkin. Biroq shuni tan olish lozimki, operatsiyani m u
vaffaqiyatli bajaradigan va katta obro‘-e’tiborga ega bo'lgan jarrohdan
bem or har qanday vaziyatda ham voz kechmasligi mumkin, hatto
u qo‘pol bo‘lsa ham.
Jarrohlik operatsiyalarining o ‘zi ham bem or psixologiyasiga,
uning his-tuyg‘ulariga turlicha ta ’sir qiladi. Chunki tirik organizmda
ruh va tan a yagona bir sistemadir. O peratsiyadan keyin ruhiy
m uvozanatning salbiy yoki ijobiy tomonga qarab o'zgarishi, albatta,
operatsiyaning natijasiga bog‘liq. Operatsiya muvaffaqiyatli bajarilsa,
o p eratsiy ad an o ld in g i q o ‘rquvlar, xavotir va o ‘zaro tu sh u n -
movchiliklar darrov barham topadi. Agar operatsiya muvaffaqiyatsiz
bajarilsa, operatsiyadan oldingi gumon, xavotir va shu kabi tushun-
movchiliklar jarroh uchun yomon tus olishi mumkin, ba’zan katta
janjalga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun ham aksariyat G ‘arb
davlatlarida operatsiyaning barcha tafsilotlari, ustunliklari va asoratlari
bem orning yaqin qarindoshlariga va bem orning o ‘ziga tushuntirib
www.ziyouz.com kutubxonasi
beriladi, albatta deontologiyavaetikaprinsiplarini saqlagan holda.
Y a’ni bem or va uning qarindoshlari sir saqlanishi shart bo‘lm agan
vaziyatlardan voqif bo‘lishadi. Bu, albatta, yaxshi. Chunki saqlanishi
shart bo'lm agan sir-sanoatlar bem or va lining qarindoshlarida jarroh
va u o‘tkazayotgan operatsiya haqida katta gumon paydo qilishi mumkin.
Bu gum on operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqqan taqdirda, jarrohni
yom on vaziyatda qoldirishi va ikki o ‘rtada sudlashuvlar boshlanib
ketishi mumkin.
Agar operatsiyalar biror bir a ’zoni yoki uning bir qismini olib
tashlash bilan yakunlansa, operatsiya muvaffaqiyatli chiqqan taqdirda
ham bem or ruhiyati buzilishi mumkin. C hunki bem or ushbu o p e
ratsiya sababli aw algi kasbida ishlay olmasligi yoki to'laqonli hayot-
ga qayta olmasligi mumkin. Albatta, bunday paytlarda jarroh ushbu
operatsiyani qilmasa, boshqa asoratlar yuzaga kelishi mum kinligini,
endi bundan keyin jarrohlik m uam m olaridan xolos b o ‘lganligini,
sog‘lig‘iga e ’tibor qilib yurishini bemorga tushuntirib, uni tinchlan-
tirishi lozim.
Mutaxassislar fikricha, jarrohlik kasalliklariga duchor bo'lgan be
morlarning 30 foizida, ba’zi m a’lumotlarga ko‘ra, 70 foizida u yoki
bu ko‘rinishda ruhiy buzilishlar kuzatiladi, ayniqsa, ipoxondriya
ko‘rinishida. U lar jarrohdan kasalligini sinchkovlik bilan tekshirilishini,
bir nechta vrachlar ishtirokida konsilium o ‘tkazilishini talab qilishadi.
B a’zilari esa boshqa bir jarro h lar bilan m aslahatlashib yuradi,
operatsiya shartm i-yo‘qmi deb, o ‘zi taniydigan vrachlardan so‘raydi.
Boshqa bir bem orlar esa o ‘zini qiynab yurgan kasalidan operatsiya
orqali birato'la qutilish istagida jarrohlarga m urojaat qilishadi.
Ko‘pincha, bunday holatlar isteriyaga duchor bo'lgan bem orlarda
kuzatiladi. U lar o ‘zlarini qiynab yurgan buqoqni yoki b o ‘lm asa,
qorin sohasidagi doimiy og‘riqni bira to ‘la operatsiya qilib davolatsam,
deb o ‘ylashadi. H aqiqatan ham tonzilloektom iya, strum ektom iya,
xoletsistoektom iya, appendoektom iya kabi operatsiyalar b em o r
xohishiga qarab (albatta, tibbiy ko‘rsatm alam i e ’tiborga olgan holda)
o'tkazilib turadi. M asalan, sog‘lom odam lar “og‘ir appenditsit b o ‘lib
qolsam nima bo'ladi, yaxshisi sog‘ paytim da ko‘richakdan qutulib
qo‘ya qolay” deb o'zlari ongli ravishda operatsiya qildirishadi. Bunday
holatlar, ayniqsa, yaqinlari to ‘satdan appenditsit b o ‘lib, operatsiya
stoliga tushib qolgan odamlarda kuzatiladi. 0 ‘zining ham shu holatga
tushib qolishidan qo‘rqib, jarrohga murojaat qiladi. Appendoektomiya
operatsiyasi uncha murakkab bo‘lmaganligi sababli, b a’zan ja rro h -
www.ziyouz.com kutubxonasi
larning o ‘zi uni bem orning qarindoshlariga tavsiya qilishadi. Bu bir
tom ondan to ‘g ‘ridir ham. Chunki o'tkir appenditsit b a’zi hollarda
peritonit asoratini beradi yoki diagnoz o ‘z vaqtida aniqlanm ay,
ko‘richak yorilib ketadi. Bu esa hayot uchun havflidir. Yaqin bir
tanishim “flegmonoz appenditsit” diagnozi bilan zudlik bilan tunda
operatsiya qilingandi.
O peratsiyadan keyin jarroh bem orning
yaqinlariga kasallik peritonitga o ‘tishiga oz qolganligini aytadi. Uning
ahvolidan qo‘rqqan akasi o ‘z xohishi va vrach tavsiyasiga ko‘ra,
ko‘richagini oldirib tashlatadi.
Giyohvand moddani bir marta bo‘lsa-da qabul qilish va tanasidagi
kuchli og'riqlardan qutulish uchun b a’zi narkom anlar jarrohlik
operatsiyasiga ham tayyor turishadi. Giyohvand moddalarni va spirtli
ichimliklarni ko‘p iste’mol qiluvchilarda ham da ruhiy bem orlarda
o ‘tkir jarrohlik kasalliklari kuzatilsa, bu vrachlar uchun katta tash-
vishlar tug‘diradi. Ayniqsa, bolalarda oligofreniya, imbetsil holatlar
va boshqa tug 'm a nuqsonlar, qariyalarda esa involutsion psixozlar,
demensiyalar jarrohlar uchun bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga
keltirishi mumkin. U larning xulq-atvoridagi patologik o'zgarishlar
diagnozni to ‘g‘ri aniqlashga to ‘sqinlik qiladi, ular operatsiyadan
keyin vrach tavsiyalariga to ‘la am al qila olishmaydi va buning
natijasida, operatsiya qilingan joylar ochilib ketishi, qon ketishi
kabi bem or hayoti uchun xavfli vaziyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday bemorlar operatsiyadan oldin ham, keyin ham psixonevrolog
yoki psixiatr nazoratiga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |