Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Nazorat  uchun  savollar
1. Jarrohlik kasbi uchun psixologiya fani naqadar m uhim ?
2.  Bemorni operatsiyaga tayyorlashda nimalarga e ’tibor qaratm oq 
kerak?
3.  Jarroh,  ham shira  va  bem or  orasida  ziddiyatli  m unosabatlar 
qanday yuzaga kelishi mumkin?
4.  O'zingiz  guvoh  boMgan  vaziyatlar  haqida  so‘zlab  bering  va 
muhokama qiling.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vrach  —  faylasufdir,  axir  tibbiyot  va 
donolik orasida katta farq yo‘q-ku.
Gippokrat
XVII  BOB.  AKUSHERLIKDA VA  GINEKOLOGIK 
KASALLIKLARDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI
17.1.  Tug‘ruqdan  keyin  kuzatiladigan  ruhiy  o ‘zgarishlar
B a’zi  ayollarda  tu q q a n d a n   keyin  tu rli-tu m a n   ruhiy-hissiy 
buzilishlar kuzatiladi.  Atrofdagilarning  yaxshi  munosabatidan  q at’i 
nazar, tuqqan ayolning kayfiyati keskin o'zgarishi mumkin. Ayniqsa, 
sababsiz  jizzakilik,  tez  xafa  b o ‘lish,  yig‘loqilik,  vahima,  uyquning 
buzilishi  kabi  belgilar  ko‘p  kuzatiladi  va  ular  hech  qanday  tibbiy- 
psixologik  yordamsiz  o ‘tib  ketishi  mumkin.  Bu  holatlar  ayniqsa, 
birinchi  bor  tuqqan  ayollarda  ko‘proq  kuzatiladi  va  ko‘pincha, 
c h arc h o q   bilan   n am o y o n   b o ‘ladi.  B unday  vaziyatlarda  u m r 
yo‘ldoshining,  ota-onasining va boshqa yaqinlarning  katta e ’tibori, 
m ehr-oqibati  ushbu  ruhiy  o ‘zgarishlarni  tezroq  bartaraf  qilishga 
yordam beradi.
B a’zi  mutaxassislarning  fikricha,  tug‘ruqdan  keyingi  bunday 
ruhiy o ‘zgarishlar 10-15  % ayollarda kuzatiladi va odatda, biroygacha 
davom  etishi  mumkin.  Biroq  ham m a  vaqt  ham  bu  statistika  to ‘Iiq 
deb aytib b o ‘lmaydi,  chunki  aksariyat hollarda psixologga murojaat 
qilinmaydi va  bunday buzilishlarning hisobi  olib  borilmaydi.  Shuni 
alohida  ta ’kidlash  lozimki,  tuqqan  ayolning  atrofida  salbiy  muhit 
yaratilsa,  ruhiy o ‘zgarishlar chuqurlashib,  ruhiy-hissiy buzilishlarga 
o'tishi  mumkin  (masalan depressiyalarga).
Ruhiy-hissiy buzilishlar ichida  tug‘riqdan  keyingi  depressiyalar 
alohida o ‘rin kasb etadi va bu yerda albatta, psixolog yordami kerak 
bo'ladi.  Ayolning  o ‘zi  bu  holatdan  chiqib  keta  olmasligi  mumkin. 
Tug‘ruq bilan bog‘liq b o ‘lgan depressiyalar,  ayniqsa, bola o ‘lik yoki 
biror  bir  kamchilik  bilan  tug‘ilgan  vaziyatlarda  ko‘p  kuzatiladi. 
Bola tirik tug‘ilgan holatlarda kuzatiladigan depressiyalarning asosiy 
belgilaridan  biri  o ‘z  bolasiga  va  eriga  qiziqishining  m utlaqo 
yo‘qolishidir.  Bunday  holatlarda  bolani  emizishga  berish  uchun 
yaqinlari  va  shifokorlar  b a ’zan  soatlab  yolvorib  o ‘tirishadi.  Bolasi 
yig‘lab yotgan  holatlarda uni q o ‘liga olmaydi,  qo‘liga berishsa ham  
qaytarib  beradi,  o ‘zi  ham   yig‘layveradi. xBa’zan  esa  ko‘ziga  yig‘i
www.ziyouz.com kutubxonasi


kelmaydi,  bolasiga  yoki  atrofdagilarga  teskari  o ‘girilib  yotib  oladi. 
Kechalari  uxlamay chiqadi.
K o‘p  holatlarda depressiyalar q o ‘rquv,  xavotir va  turli  darajada 
ifodalangan vegetativ va somatik buzilishlar bilan nam oyon  bo'ladi. 
Ayniqsa,  niqoblangan depressiyaning tuqqandan  keyin  yuzaga kelishi 
vrachlar uchun ham katta diagnostik mushkulliklar tug‘diradi. Awalgi 
boblarda aytib o ‘tilganidek,  niqoblangan depressiya bu turli somatik 
kasalliklar yoki sindrom lar ko‘rinishida nam oyon  bo'luvchi  depres- 
siyadir.  Shuning uchun ham niqoblangan depressiyani to ‘g‘ri aniqlash 
ham  tibbiy,  ham   psixologik  tekshirishlarni  talab  qiladi.  O datda, 
niqoblangan  depressiyada  som atik  buzilishlar  subyektiv  b o ‘lib, 
obyektiv  tekshiruvlarda  tasdiqlanm aydi.
Tug‘ruqdan  keyin  kuzatiladigan  ruhiy  buzilishlar  va  xavotirli- 
depressiv  belgilarni  davolashda  antidepressantlardan  keng  foydala- 
niladi.  Bular  fevarin,  zoloft,  portal,  gelarikum,  am itrip tilin   va 
shular  kabi  boshqa  dorivor  vositalardir.  Biroq  ruhiy  buzilishlarni 
ushbu  dorivor  vositalar  bilan  davolashda  ularni  em izuvchi  ayolga 
m one’lik qiluvchi tom onlarini, go‘dakka nojo‘ya ta ’sirlarini va ruhiy 
buzilishning  og‘irlik  darajasini  e ’tiborga  olish  lozim.  Fluoksetin 
(prozak),  zoloft va si pramillarni  eksperim entda ham,  klinik  am ali- 
yotda  ham  teratogen  ta ’siri  aniqlanm agan.  Ushbu  dorilar  hom ila- 
dor va tuqqan ayollarga depressiv buzilishlarda tavsiya etilishi m um ­
kin  (Stove  Z .N .,  1995  г.;  Stove  Z .N .,  N em eroff S.V.,  1996  г.).
T ug‘ru q d an   keyin  rivojlanishi  m um kin  b o ‘lgan  h a v o tirli- 
depressiv buzilishlarning oldini  olish o ‘ta  muhimdir.  B uning uchun 
hom ilador  ayollam i  psixolog  ko‘rigidan  o ‘tkazish  zarur.  Bu  usul 
rivojlangan xorij davlatlarida bir necha o ‘n yillar oldin yo‘Iga qo‘yilgan. 
Chunki endi rivojlanib kelayotgan depressiyaning yashirin belgilarini 
faqat  psixolog  aniqlay  oladi  va  ularni  o ‘z  vaqtida  kam  miqdordagi 
antidepressantlar  yoki  anksiolitiklar  bilan  bartaraf qilish  m um kin.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish