Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

17.5.  Hayz  oldi  sindromi
Hayz kelishidan oldin ruhiy-asabiy, vegetativ, endokrin va somatik 
buzilishlar  kuzatilishi  mumkin.  Ushbu  buzilishlar  umumiy  vegeto- 
nevroz  ko‘rinishida  namoyon  bo‘lib,  ba’zi  mutaxassislar tomonidan 
hayz  kelishi  bilan  bog‘lanmay  qoladi.  Demak,  hayz  oldi  sindromi 
deb  atalmish  affektiv  buzilishlar mavjudligini  vrachlar  doimo  yodda 
tutishi lozim.  Ushbu belgilar hayz  kelgandan  so‘ng yoki tugagandan 
keyin  o ‘tib  ketadi.  Nevrotik  belgilarga  boy  hayz  oldi  sindromi  ayol 
kishining ish faoliyatiga,  o ‘qishiga va shu kabi faol  hayot tarzini talab 
qiluvchi vaziyatlarga salbiy ta ’sir ko‘rsatishi mumkin.  Bunday paytlarda 
u o‘qishga yoki ishga borgisi kelmaydi, uy yumushlarini tashlab qo‘yadi, 
um um iy  holsizlik  kuzatiladi,  apatiyaga  tushadi,  hech  kim  bilan 
gaplashmay uyda yotgisi keladi.  Ba’zan vrachlar e’tiboridan ham chetda 
qoladigan  bu  holat  oila  a ’zolari  tomonidan  noto‘g‘ri  qabul  qilinishi 
va turli xil majoralarga sababchi boiishi mumkin.
Hayz oldi sindromida yashirish  ruhiy-hissiy buzilishlar qo‘zg‘ashi 
mumkin.  Masalan,  depressiyaga  moyil  ayollarda  depressiya,  bosh 
og‘riqqa  moyillarda  bosh  og‘rig‘i,  yurak  qon-tom ir  kasalliklariga 
moyillarda kardialgiyalar, oshqozon-ichak sistemasi kasalliklariga moyil 
ayollarda psixosomatik  buzilishlar kuzatilishi  mumkin.  Bosh  og‘riq 
bilan  keladigan sindrom larda hayz migreni alohida o ‘rin kasb etadi. 
Bunda hayz yaqinlashgan sayin migren xurujlari kuchayib kelaveradi, 
hayz  tugagandan  so'ng  o ‘tib  ketadi.  Shuningdek,  o ‘z -o ‘zidan yig‘- 
lash,  fikrlarning  chalg‘ib  ketishi,  parishonxotirlik,  xavotir,  uyqu­
chanlik,  kardiofobiya,  ko‘krak  uchida  og'riqlar,  elektrolitlar  alma- 
shinuvining  buzilishi  hisobiga  oyoq-qo‘lning  shishishi,  qabziyat, 
bo‘g‘imlarda og‘riqlar va boshqa psixosomatik buzilishlar kuzatiladi. 
Hayz  oldi  sindromi  faqat  m onosim ptom lar  bilan  ham  nam oyon 
bo'lishi  mumkin,  m asalan,  bosh  aylanishi  sindromi  bilan.  Buning 
asl  sababi  neyroregulator  buzilishdir,  buni  b a ’zan  shifokorlar 
kamqonlik bilan  ham  bog‘lashadi.
T o‘g‘ri yig‘ilgan anam nez va bemorning shikoyatlari xronologiyasi 
hayz  oldi  sindrom ini  aniqlashni  osonlashtiradi.  Yuqorida  ko'rsatib
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘tilgan  sindrom lar  hayz  kelishidan  5-6  kun  oldin  kuchayib,  hayz 
boshlanishi bilan keskin kam aya boshlaydi yoki butunlay yo'qoladi. 
Aynan  m ana shu holat hayz  oldi  sindrom ini  to ‘g‘ri  aniqlashga yor- 
dam beradi.
17.6.  Klimakterik davrda  psixologik  o ‘zgarishlar
Sog'lom   ayol  organizm ida  reproduktiv  sistema  7-8  yoshdan 
boshlab  faoliyat  ko‘rsata  boshlaydi  va  60-65  yoshga  yetganda,  o ‘z 
faoliyatini to ‘xtatadi.  Reproduktiv sistemada sodir bo‘ladigan orqaga 
qaytuvchi  o'zgarishlar  kliniaks  nom ini  olgan.  Buning  natijasida, 
aw al  hom ilador bo‘lish,  keyin  esa  hayz  ko‘rish  faoliyati  to ‘xtaydi. 
Bu davr  10 yilgacha, ba’zan undan ham  ortiq davom etishi  mumkin.
K lim akterik  davr  -  fiziologik jarayonlardan  iborat  davr b o ‘lib, 
organizmning  reproduktiv sistem asida involutsion jarayonlar ustun- 
lik qiladi.
Bu  davrda  aw al  h om ilador  b o ‘lish,  keyin  esa  hayz  ko'rish 
to'xtaydi.  Bu jarayonni quyidagi davrlarga aj'ratishadi:
•  premenopauza— 45 yoshdan m enopauza boshlangunga qadar 
davr;
•  perimenopauza—  prem enopauza  davri  bilan  m enopauzadan 
keyingi  ikki  yil;
•  menopauza—  so‘nggi  hayz;
•  postmenopauzal  davr—  m enopauzadan  keyin  boshlanadi  va 
umrning oxirigacha davom etadi.
Prem enopauzal  davrning fiziologik  kechishida tuxum don  funk- 
siyasining  sekin-asta  pasayishi  kuzatiladi,  bu  jarayonning  klinik 
manzarasi  m enopauzaning  boshlanganligidan  dalolat  berib  turadi. 
Reproduktiv  sistemaning  postm enopauzal  davrida  involutiv  o ‘zga- 
rishlar estrogenlar miqdorining keskin  kamayishi  hisobiga kechadi.
M enopauza fiziologik jarayon b o ‘lib,  ichki a ’zolar va sistem alar 
faoliyatiga  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatm asdan  nam oyon  bo‘lishi  m um kin. 
M enopauzadan  keyin  ichki  a ’zo  va  to ‘qim alarda  o ‘ziga  xos  qarish 
jarayoni  boshlanadi,  ayniqsa,  endokrin  bezlarda,  jinsiy  a ’zolarda 
hujayralar hajmining kichrayishi kuzatiladi.  Estrogenlar m iqdorining 
yetishmasligi  sababli  osteoporoz  rivojlansa,  progesteron  m iqdori 
yetishmasligi  ichki  a ’zo  v a t o ‘q im alardagiperplastik jaray o n larn i 
jadallashtirishi  m um kin  va  shu  sababli,  bachadon  yoki  sut  bezlari 
o ‘smasi  rivojlanishi  m um kin.  O rganizm da  estrogenlar  va  proges-
www.ziyouz.com kutubxonasi


teronlar  miqdorining  yetarli  darajada  bo'lishi  kayfiyatning  yuqori 
darajada  bo'lishiga  ham   yordam   beradi.  Shuning  uchun  ham   bu 
gormonlarning yetishmovchiligi ruhiyat va hissiyotning turli darajada 
ifodalangan buzilishlariga,  ayniqsa, xavotirli depressiyalarga sababchi 
b o ‘ladi.
Klim akterik  davrning  fiziologik  kechishiga  bir  qancha  omillar 
o ‘z  ta ’sirini  ko'rsatadi,  ya’ni  homiladorlik  va  tug‘ish  davrlarining 
sog‘lom tarzda kechishi,  ratsional tarzda ovqatlanish, jismoniy faollik, 
zararli  odatlar  (ichish,  chekish)  ning  yo‘qligi,  m ehnat  va  dam 
olishni to ‘g ‘ri tashkil etish va h.k.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish