Z ibodullayev


G)  terida  kuzatiladigan  o ‘zgarishlar



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

G)  terida  kuzatiladigan  o ‘zgarishlar:
  terining  qurishi;
•  tirnoqlar  sinishi;
•  soch  tushishi;
•  ajinlar  paydo  bo'lishi.
D)  endokrin  buzilishlar:
  semirish;
•  osteoporoz;
•  qandli  diabet;
•  qalqonsim on  bez  faoliyati  buzilishlari;
•  m astopatiya;
•  bo‘g‘im lar  va  mushaklardagi  og‘riqlar.
Klimakterik  sindrom   uchun  o ‘ta  xos  b o ‘lgan  belgi  (90-95  %)  - 
bu qizib ketishning yog‘ilib kelishidir.  Bir kunda bir necha m arotaba 
kuzatiladigan bu simptomning davomiyligi  1-2 daqiqadir.  Tananing 
yuqori  qismi,  ayniqsa,  yuz va boshga  qizib  ketish to ‘satdan  yog‘ilib 
keladi va  darrov o ‘tib  ketadi.  Bu  paytda bem orni  kuchli  ter bosadi, 
terisi qizib ketadi, yurak urishi tezligini ba’zan sanab bo‘lmay qoladi, 
ya’ni u bir daqiqada  150 dan oshib ketishi mumkin.  Kuchli taxikardiya 
bilan  birgalikda  arterial  qon  bosim   ham   oshib  ketadi.  X afaqon 
kasalligi bor bem orlarda arterial  q on bosim 200/100  m m .sim .ust. va 
undan yuqorigacha k o ‘tarilishi  m um kin.  Ozgina  ruhiy siqilish  ham  
bu  xurujni  yuzaga  keltirishi  m um kin.  Klimakterik  sindrom da  qizib
www.ziyouz.com kutubxonasi


ketishning yog‘ilib kelishi simptomi gipotalamusning term o regulator 
faoliyati  buzilish  bilan  tushuntiriladi.  Ba’zan  klimakterik  xurujni 
stenokardiya  xuruji  bilan  farqlashga  to ‘g‘ri  keladi,  chunki  yurak 
sohasida  og‘riqlar ham  kuzatiladi.  Klimakterik  sindromda  kardial- 
giyaning  kuzatilishi  kardiomiotsitlarda  moddalar  almashinuvining 
buzilishi  va  simpatik  irritatsiyaning  kuchayishi  bilan  bog‘liq  deb 
hisoblanadi.  Odatda,  klimakterik  sindrom  mavjud  yurak  ishemik 
kasalligini kuchaytiradi.
M enopauzadan  keyin  organizm ning  im munologik  qarshiligi 
pasayishi  sababli,  mavjud  surunkali  kasalliklar  qo‘zg‘ashi  mumkin. 
Bem orning  yuqori  nafas  yo‘llarida  o ‘tkir  respirator  infeksiyalarga 
o'xshash  holatlar  tez-tez  kuzatiladi.  Ular  sal  sovuqqa  ham  tez-tez 
“sham ollab”  qolishlari  mum kin.  Shuningdek,  surunkali  bronxit, 
vazom ator  rinit,  konyunktivit,  stomatit,  laringit,  astma  va  shu  kabi 
boshqa allergik kasalliklar,  teri  kasalliklari qo‘zg‘aladi.  Klimakterik 
sindrom da  esterogenlar  m iqdorining  pasayishi  ichki  a ’zo  va  siste- 
m alarning  turli  patologik holatlarga  chidamliligini  pasaytiradi,  ular 
tashqi  va  ichki  ta ’sirotlarga  sezgir  bo‘lib  qoladi.  Natijada,  ichki 
a ’zolar  sohasida,  ayniqsa,  X ed-Zaharin  sohalarida  achishtiruvchi 
og‘riqlar  paydo  bo‘ladi.
M enopauzadan  keyin jinsiy va  siydik  ajratish  a ’zolari  to ‘qima- 
larida  atrofik  jarayonlar  davom  etadi  va  bunday  jarayonlar  ham 
estrogenlar miqdorining pasayishi bilan bog‘liqdir.  Bachadon va sut 
bezlarida  o'sm aga  o ‘xshash  holatlarning  paydo  bo'lishi,  buyrak  va 
bachadon  sohasida  og‘riqlar,  siydikning  achishib  chiqishi,  tez-tez 
siyish,  (ayniqsa,  tunda) va  libidoning so'nishi klimakterik sindrom- 
ning barcha turlarida kuzatiladi.  Esterogenlar yetishmovchiligi nafaqat 
jinsiy a ’zolar faoliyatiga,  balki boshqa to ‘qimalarga ham  jiddiy salbiy 
ta ’sir k o ‘rsatadi.  Shuning uchun ham  teri quriy boshlaydi va yupqa- 
lashadi,  ajinlar paydo bo'ladi, tirnoqlar m o'rtlashadi,  soch to ‘kiladi.
Klimakterik sindrom da ruhiyat va hissiyotning buzilishlari turli- 
tum an b o ‘lib, ular bem orning temperam entiga,  oilada va jamiyatda 
tutgan  o ‘rniga,  yillar  m obaynida  shakllanib  qolgan  xulq-atvoriga, 
asab kasalliklari va ruhiy buzilishlar mavjudligiga bog‘liq.  Klimakterik 
sindrom   xurujlaridan  keyin  b a ’zi bemorlarda depressiya,  xavotir va 
apatiya alomatlari kuzatilsa, boshqa birlarida agressiv holat kuzatiladi. 
Bu  holatlar,  albatta,  yig‘loqilik,  qo‘rquv  va  uyqu  buzilishlari  bilan 
nam oyon  bo‘ladi.  U lar  h ar  xil  hidlarga,  yorug‘likka,  tovushlarga 
sezgir  b o ‘lib  qolishadi,  bu  narsalar  ularni  asabiylashtiradi.  Bemor
www.ziyouz.com kutubxonasi


klimakterik xurujlardan keyin ortiqcha shovqin-suronlardan qochib, 
tinch va qorong'i xonada dam olishga intiladi.
Kechishi.  Klim akterik  sindrom ning  kechishi,  asosan,  uning 
qachon  va  qanday  boshlanganligiga,  kasallik  darajasiga  va  albatta, 
yo‘ldosh kasalliklarning mavjudligiga bog‘liq. Ayniqsa,  asab sistemasi 
kasalliklari,  yurak-qon tom ir kasalliklari,  surunkali  infeksiyalar kli­
makterik sindromning kechishiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi,  uning uzoq 
vaqt  davom  etishiga  va  asoratlar bilan  kechishiga  sababchi  bo'ladi. 
Shu  bilan  birga,  klimakterik  sindrom   ham   somatik  kasalliklarning 
kechishini og‘irlashtiradi.  M a’lumotlarga ko‘ra, klimakterik sindrom­
ning  deyarli  yarmi  turli  xil  asoratlar  bilan  kechadi.  Bu  asoratlar 
ateroskleroz  va yurak  ishemik  kasalligining  zo‘rayishi,  gipertonik 
xurujlarning qo‘zishi,  oshqozon-ichak faoliyatining buzilishlari bilan 
namoyon bo‘ladi.  Oshqozon-ichak faoliyatining buzilishlari anorek- 
siya,  og‘riqlar,  meteorizm va  diareya bilan  nam oyon  b o ‘ladi.
Klimakterik sindrom kechishi darajasiga qarab, yengil,  o ‘rtach a 
va  og‘ir  turlari  farq  qilinadi.  U larni  farqlash,  asosan,  klimakterik 
xurujlarning soniga qarab belgilanadi. Agar qizib ketishning yog‘ilib 
kelishi xuruji kuniga  10 martagacha kuzatilsa-yengil,  10-20 martagacha 
k u zatilsa-o ‘r ta c h a ,  u n d an   k o ‘p  k u z a tilsa -o g ‘ir   k ech ish i  deb 
yuritiladi.  Klimakterik  sindrom ning  yengil  kechishi  deyarli  20  %, 
o ‘rta darajada kechishi 30  % va og‘ir kechishi  50  %  ni tashkil qiladi. 
Albatta, turli mualliflarning m a’lumotlari bir-biridan biroz farq qiladi, 
ammo deyarli aksariyat m a’lum otlarda klimakterik sindrom ning har 
ikkinchi bem orda og‘ir kechishi ta ’kidlanadi.
Klimakterik sindrom ning yengil kechishida bem orning um um iy 
ahvoli  qoniqarli,  somatik  buzilishlar  kam  kuzatiladi,  biroq  uning 
jismoniy va aqliy m ehnat faoliyati biroz susaygan bo'ladi.  Sindrom ­
ning o‘rtacha turida neyrovegetativ,  somatik va endokrin buzilishlar 
kuchliroq  ifodalangan  b o ‘ladi.  B em orda  bosh  og‘riqlari,  bosh 
aylanishi,  yurak urishlari,  uyqu va xotira buzilishlari,  tananing turli 
joyida og‘riqlar, oshqozon-ichak faoliyati buzilishlari kabi simptomlar 
aniqlanadi.  Sanab  o ‘tilgan  ushbu  barcha  belgilar  kuchli  darajada 
ifodalangan  xavotirli-depressiya  buzilishlar  bilan  kechadi.  Bular 
bemorning  m ehnat va yashash  faoliyatini  keskin  pasaytiradi.
K lim akterik  sindrom ning  og‘ir  kechishida  xu ru jlar  sonidan 
tashqari,  kuchli  ifodalangan  va  asoratlar  bilan  kechuvchi  somatik 
buzilishlaming ham  o ‘rni katta.  Kasallikning og‘ir turida bemorlarga 
uy sharoitida bir kunda bir necha bor tez tibbiy yordam   ko‘rsatishga
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  aksariyat  bem orlarni  shifoxonaga joylashga  to ‘g‘ri  keladi.  Ular 
ko‘pincha  paroksizmal  taxikardiya,  arterial  gipertoniya  va  yurak 
ishemik  kasalligi  xurujlari  diagnozlari  bilan  kardiologiya  boMimiga 
yotqiziladi.  Odatda,  klimakterik  sindrom  qancha  erta  boshlansa, 
shuncha og‘ir kechadi va uzoq davom etadi,  masalan 40-45 yoshgacha 
kuzatilgan  m enopauzalarda  kasallik  shunday  kechadi.  Albatta,  bu 
davr  m ehnat  faoliyati  davri  bo ‘lganligi  sababli  ham   kasallikning 
og‘ir  kechishi  bem orlarni  ishga  umuman  layoqatsiz  qilib  qo‘yadi. 
X urujlar  sonining  ko‘pligidan  esa  bemorning  yaqinlaridan  bittasi 
uni  parvarish  qilish  uchun  uyda  qolishga  majbur b o ‘ladi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish