Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

simptomlar bilan ke­
chuvchi ipoxondrik nevroz.
 Olib borilgan davolash choralari individual 
psixoterapiya bilan birgalikda o‘tkaziladi va bem or tuzalib ketadi.
Bundan  xulosa  shuki,  odam ning  psixologiyasini  boshqarish 
mum kin,  biroq  norm al  kechayotgan  fiziologik jarayonlarga  sun’iy 
yo‘l  bilan  ta ’sir  qilmagan  m a’qul.  Siydik  chiqarish  sistemasining 
asab  tom ondan  m ukam m al  boshqarilishining  shakllanishi  ikki-uch 
yoshlardan keyin  boshlanadi.
«Urologik» bem orlar juda  ko‘p tibbiy tekshiruvlardan o ‘tishadi, 
har xil doktorlarda b o ‘lishadi,  doimo davolanishning yangi usullarini 
izlashadi va o ‘zlarida q o ‘llab ko‘rishadi.  Bu doimiy tashvishlar albatta 
jinsiy quwatsizlikka olib keladi.  Bemorlarda na davolanishga, na oilasiga 
va  na  hayotga  qiziqish  qoladi  (bu  haqda  biz  «Jinsiy buzilishlar»,ga 
bag'ishlangan bobda so‘z yuritamiz).
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, bolalarda uchraydigan enurezning 
65-80  foizi  bosh  miya  p o ‘stloq  disfunksiyasi  hisobiga  rivojlanadi. 
Mutaxassislarning fikricha,  diurezning buzilishi affektiv buzilishlarda 
yuzaga  keladigan  siydik  pufagi  qo‘zg‘aluvchanligining  oshishi  yoki 
pasayishi hisobiga kuzatiladi.  Tagiga siyib qo‘yadigan bolalar, odatda, 
o ‘ta  injiq,  tinib-tinchim aydigan,  yig‘loqi  va  ko‘p  tush  ko'radigan 
b o ‘lishadi.  U lar  shu  qadar  rang-barang  tushlar  ko'radiki,  xuddi 
kattalarga o ‘xshab, tushining mazmunini ota-onasiga berilib so‘zlab 
berishadi.  Bu  belgilar  nevroz  alomatlari  b o ‘lib,  uning  sabablarini 
aniqlash  va  o ‘z vaqtida  davolash  zarur.
Funksional polidipsiyalar  (ko‘p  suyuqlik ichish)  vapoliuriyalar 
(ko‘p  siyish)  asab  buzilishlarida  ko‘p  uchrab  turadigan  sim ptom - 
lardir.  Bunday bem orlar kuniga 5 1 va undan ham ko‘p suv ichishadi. 
U lar  doimo  chanqab  yurishdan  va  suv  ichganda  qoniqmaslikdan 
shikoyat qilishadi. Tabiiyki, bunday paytlarda qandsiz diabet haqida 
fikr  paydo  bo'ladi.  Shunday bo‘lsa-da,  bem or ichgan  suv va  ajralib 
chiqqan  siydik  m iqdori,  uning  hissiy  holatiga juda  bog‘liq  bo'ladi. 
H atto  sog‘lom  odam larda ham   ortiqcha  hissiy zo‘riqishlar paytida,
www.ziyouz.com kutubxonasi


masalan  abituriyentlar,  talabalar  im tih o n   paytida,  ilm iy  xodim  
dissertatsiya  him oya  qilayotgan  paytida,  ikkita  kishi  bir-biri  bilan 
urush-janjal  qilayotgan  paytida  og‘zi  qurib  suv  ichgisi  keladi  va 
tez-tez  hojatga  qatnaydi.  Ularning  terisi  k o ‘p  suv  ichishiga  qara- 
masdan  quruq boMadi  (tumbochkasi h a r xil  kremlarga boy b o ‘ladi), 
qon  bosimi  past  bo'ladi,  boshi  tez-tez  og‘riydigan  b o ‘ladi,  biror 
ish  qilishsa,  tez  charchab  qolishadi.  K o ‘p  suv  ichganliklari  tufayli, 
organizmda  elektrolitlar  almashinuvi  buziladi  va  battar  chanqab, 
suv ichgisi kelaveradi.  Buning  natijasida albatta qandsiz diabet  diag- 
nozini  inkor  qilish  uchun  laborator  tekshiruvlar  o ‘tkazishga  to ‘g ‘ri 
keladi.
Buyrakning konsentratsiya qobiliyati buzilmaganligi,  siydikning 
nisbiy  zichligi  1010  dan  yuqori  ekanligi,  bem orda  kuzatilayotgan 
o ‘zgarishlarning nevrotik (psixogen) tabiatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Qandsiz  diabetda  poliuriya  birlam chi,  polidipsiya  esa  ikkilam chi 
ekanligini  unutm aslik  kerak,  chunki  poliuriya  plazm aning  quyuq- 
lashuviga  sababchi  bo‘ladi;  siydikning  nisbiy  zichligi  qotgan  non 
yeganda ham  1007—1010 dan oshmaydi;  suyuqlik ichishni kam aytir- 
ganda,  hattoki,  butunlay  to'xtatganda  ham   poliuriya  yo‘qolm aydi. 
Shunday sinov usuli bor,  bunda bem orga  6—8  soat  ichida b ir necha 
bor  suvsizlantirilgan  non  beriladi.  Agar  buning  natijasida  diurez 
keskin  pasaysa,  siydikning  nisbiy  zichligi  1012  dan  oshsa,  bem or 
tana og‘irligini  ko‘p  yo'qotm asa va  uning  um um iy ahvoli  qoniqarli 
holda  saqlanib  qolsa,  demak,  unda  qandsiz  diabet  yo‘q.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish