. ,
4 Ereksiya
Parasimpatik qismi:
Sakral segment
(S2.3.4)
Genitaliyadan
'
keluvchi
j v ^ 't s d c t i l
‘ l
stimullar
33-rasm. Ereksiya va eyakulatsiyaning boshqarilish mexanizmlari.
digan jinsiy aloqada, eyakulatsiya bilan tashqariga ko‘p miqdorda
prostata sekreti chiqariladi va uning juda oz miqdori qonga so'riladi.
Sekretning qonga tushishining kamayishi, urug 'd o n faoliyatini
oshiradi, uning gormonlari esa libidoni kuchaytiradi. Aksincha, jinsiy
aloqa qancha kam amalga oshirilsa, unga bo‘lgan talab yanada kamayib
boraveradi, chunki prostataning sekreti qonga katta miqdorda tushadi
va urug‘donning faoliyatini pasaytiradi. M abodo, 50 dan oshgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
erkakda jinsiy mayl kuchaysa, bu, odatda, prostata adenom asi bilan
bog‘liq bo ‘ladi, chunki adenom a bezning faoliyatini pasaytiradi.
Jinsiy gorm onlar sekretor funksiyani boshqarishda katta aham i-
yatga ega bo‘lsa-da, libido, ereksiya va eyakulatsiya kastratsiya qilingan
erkak va ayollarning deyarli 50 foizida u yoki bu darajada saqlanib
qoladi. Lekin faqat balog‘atga yetgandan keyin qilingan kastratsiyada
jinsiy fimksiya saqlanib qolishi mumkin. Bitta urug'donning xaltachasiga
tushmay qolishi yoki yallig'lanishi ham jinsiy qobiliyatni pasay-
tirmaydi.
Ayollarda libidoni nafaqat ayollar, balki erkaklar gorm oni ham
kuchaytiradi. Ayollarning jinsiy mayli buyrak usti bezining po'stloq
hujayralarida ishlab chiqariladigan androgenlarga, ya’ni erkaklar
jinsiy gormonlariga ham bog‘liq. Shuning uchun ham tuxum donlarni
olib tashlash, odatda libidoning yo'qolishiga sabab bo‘lmaydi, buyrak
usti bezlari faoliyatining susayishi esa ayollarda libidoni pasaytiradi.
Erkaklar jinsiy gorm onlari ayollarda erotik tusdagi his-tuyg‘ular
uyg‘otadi, organizmga faollashtiruvchi ta ’sir ko‘rsatadi, erogen soha-
larning sezgirligini oshiradi. Bundan farqli o'laroq, erkaklarga yubo-
rilgan ayollar gorm oni erkaklik funksiyasini pasaytiradi.
Ammo jinsiy qo ‘zg‘alish nafaqat gorm onlar ta ’siri ostida, balki
miyaga erogen sohalardan keluvchi signallar orqali h am paydo
bo ‘ladi. Eng sezgir erogen sohalar — erkaklarda penisning kallasi va
uning asosi, kam roq sezgir soha moyak xaltasi b o ‘lsa, ayollarda
kuchli erogen soha — bu klitor, keyin kichik lablar, undan keyin esa
qinning kirish joyidir. Aksariyat ayollarda ko‘krak bezining uchi ham
kuchli erogen soha hisoblanadi va un i ta ’sirlantirib, orgazm ni
chaqirishi mumkin. Lekin ko‘krak bezining uchi va qinning orqa qismi
sezgirligi sust rivojlangan ayollar ham kuzatiladi.
G inekologlarning m a’lum otlariga k o ‘ra, 86 foiz ayol qiniga
kirgizilgan narsalarning hajmini aytib bera olmaydi, 95 foizi esa
qinning bachadonga yaqin joyida na bosimni sezadi, na ch o ‘zilishni.
Biroq, aksariyat ayollar jinsiy aloqa paytida qinning tubida paydo
bo‘ladigan to ‘lqinlarni sezishadi. Lekin koitus (jinsiy aloqa) paytida
kuzatiladigan orgazm olatning qin devorlariga ishqalanishidan hosil
b o ‘ladigan im pulslar hisobiga paydo b o ‘ladi, deb qaraladi. Jinsiy
aloqadan keyin orgazm kuzatilmasa, klitorni qo‘l bilan ta ’sirlantirish
yo‘li bilan ham orgazmni chaqirish m um kin. Bu holat, odatda,
vaginal orgazmdan ko‘ra, klitor orgazmi kuchli rivojlangan ayollarda
kuzatiladi. Lekin orgazm kelishini faqat tananing m a’lum bir erogen
www.ziyouz.com kutubxonasi
sohalari bilan uzviy bog‘lash xato bo‘lur edi. Vaholanki, orgazm
kelishida jinsiy qovushish paytida kuzatiladigan boshqa (o ‘pishish,
quchoqlashib yotish, erkalash) omillar ham m uhim ahamiyatga
ega. Shuningdek, orgazm ning qaysi usulda va qachon kelishi, ayol
kishining birinchi bor erkak kishi bilan jinsiy yaqinlikni qanday
boshlaganiga ham bog‘liq.
Jinsiy q o ‘zg‘alish shartli reflektor q o ‘zg‘atuvchilar (ko‘rish,
eshitish, hid bilish va h.k.) ta’siri ostida ham yuzaga keladi. Lekin, u
har kimda har xil rivojlangan bo‘ladi: birov eshitib, boshqa birov
ko‘rib, o ‘zida jinsiy qo‘zg‘alish hosil qilishi mumkin. Bu ayniqsa,
o ‘spirinlarda kuchli rivojlangan bo‘ladi. U lar yalang'och ayollar
suratini, erotik filmlarni ko‘rib, kuchli ta ’sirlanishi va bu ta ’sirlanish
orgazm darajasigacha yetishi mumkin. Biroq, ayollarda erkaklarning
yalang‘och surati erotik qo‘zg‘alishni chaqiravermaydi. Ba’zan tashqi
t a ’sirlar jinsiy hirsni susaytirishi yoki to'xtatib qo'yishi mumkin
(m asalan, hadeb erotik filmlar ko‘raverish). Erotik fantaziyalarga
berilish erkaklarda jinsiy q o ‘zg‘alishga sababchi b o ‘lsa, odatda,
ayollarga bu kam ta ’sir qiladi. Jinsiy aloqa boshlanayotgan paytda,
erkaklar ayollarga qaraganda, kuchliroq qo‘zg‘aladilar. Shuning uchun
ham erkaklarda b a’zan jinsiy aloqa boshlanmasdan turib, eyakulatsiya
kuzatiladi. Lekin tez jinsiy qo‘zg‘alish jinsiy mizojga ham bog‘liq.
Jinsiy qo‘zg‘alishlarda ayollarda ham, erkaklarda ham jinsiy a’zolar
qon bilan to'lishadi. Buning natijasida erkaklarda olat ancha kat-
talashadi, ya’ni ereksiya paydo bo‘ladi; ayollarda esa kichik labda va
klitordagiperem iya yuzaga keladi. Ayollarda jinsiy a ’zo bezlaridan
chiqqan suyuq sekret qinni namlashtiradi va bu bilan qinga olatning
kirishini osonlashtiradi. Friksiya paytida (lotinchadan frictio —
ishqalanish) jinsiy a ’zolarda joylashgan periferik nerv tolalarida juda
ko‘p yoqimli qo‘zg‘alishlar paydo bo‘ladi va jinsiy aloqa oxirida
erkaklarda sperma otilib chiqadi, ya’ni eyakulatsiya sodir bo'ladi,
ayollarda bartolini bezlaridan va bachadonning b o ‘yin sohasida
joylashgan bezlardan suyuq sekret qin bo‘shlig‘iga tashlanadi. Bu
paytda qin to ‘lqinsim on qisqara boshlaydi, bachadon qinga tom on
biroz tushadi va servikal kanaldan uncha ko‘p b o ‘lmagan sekretni
qinga yo‘naltiradi. Bunda bachadon tubining bir m arom da to ‘l-
qinsim on qisqarishi qindagi sperm ani bachadonga so'radi. Bu
jarayonlarning ham m asi urug‘lanishni, ya’ni hom ilador b o ‘lishni
osonlashtiradi. U rug‘lanish orgazm bo‘lmasa ham kuzatilaveradi.
Eyakulatsiyadan keyin erkaklar jinsiy a ’zolarida ham , ayollarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham taranglashish pasayadi, giperem iya ham tezda orqaga qayta
boshlaydi, ereksiya yo'qoladi. Eyakulatsiya barvaqt boshlanib ketsa,
uni to'xtatish qiyin bo‘ladi. Jinsiy aloqa paytida erkaklarda eyakulatsiya
orgazm bilan tugaydi, ayollarda jinsiy aloqa hamma vaqt ham orgazm
bilan tugayvermaydi. Orgazm, ya’ni o ‘ta yoqimli tuyg'uning paydo
bo‘lishi, jinsiy aloqadan keyin erkaklarda bor-yo‘g‘i bir necha soniya
davom etsa, ayollarda bu jarayon biroz cho‘ziladi. Orgazm paytida
kuchli vegetativ o ‘zgarishlar kuzatiladi: yurak urishi tezlashadi (150
gacha), arterial qon bosim ko‘tariladi (200/100 m m .sim .ust.gacha).
Bunday vegetativ o ‘zgarishlar faqat jinsiy aloqadan keyin kelgan
orgazm paytida emas, seksual tasaw urlardan keyingi orgazm da ham
kuzatilishi mumkin.
Zigmund Freyd orgazmning ikki xil turini farq qilgan: qin va
klitor orgazmlari. Birinchisi — olatni qinga chuqur kirgizganda ro ‘y
bersa, ikkinchisi — klitorni t a ’sirlantirganda kuzatiladi. Aytib
o‘tganimizdek, ba’zi ayollarda qin orgazmi, boshqalarida esa klitor
orgazmi kuchli rivojlangan bo‘ladi. B a’zi mualliflar alohida vaginal
orgazm borligiga shubha bilan qarashadi, chunki olatni qinga chuqur
kirgizib chiqazayotgan paytda bir yo‘la klitor, kichik lablar, qinning
o ‘zi va tashqi jinsiy a’zolar birgalikda ta ’sirlanadi. Shuningdek, ayol
tanasining turli qismlarida kuchli taktil sezgi paydo bo‘ladi. Bunda
erkak bilan qo‘shilganlik tufayli paydo bo'lgan ruhiy qo‘zg‘alish ham
katta ahamiyatga ega. SogMom ayollar so‘rov qilinganda, ularning 20
foizi klitor orgazmini, 36 foizi vaginal orgazmni his qilgan bo‘Isa,
44 foizi esa orgazm nimadan paydo boMishini aniq aytib bera olm a-
gan. Lekin bu ko‘rsatkich juda nisbiydir va har xil so'rovlarda o ‘zga-
rib turadi. Shuning uchun bu masalaga individual yondashish.zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |