Abdominal og‘riqlar. Qorin sohasidagi og‘riqlar xuddi bosh va
yurak sohasidagi og‘riqlar kabi dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Bu sindrom bilan bemorlar, odatda, tez-tez doktorlarga murojaat
qilib turishadi (terapevtdan tortib, to onkologgacha). Bolalarda qorin
sohasida psixogen xususiyatga ega bo‘lgan o ‘tib ketuvchi og‘riqlar 2
foizni, kattalarda 40 foizni tashkil qilarkan (Silverberg М ., 2002).
R.B.Teylorning (2002) m a’lumotiga ko‘ra, tez yordam b o ‘limiga
olib kelingan bem orlarning kamida 20 tadan bittasi qorin sohasidagi
og‘riqlardan shikoyat qilarkan. Shunisi e ’tiborliki, bu bemorlarning
41 foiziga «qorin sohasida sababi aniqlanmagan og‘riq» deb yakuniy
tashxis qo‘yilarkan. Moskva klinikalarining birida qilingan ilmiy tahlil
shuni ko'rsatganki, «appenditsit» tashxisi bilan operasiya qilingan-
larning har uchtasidan bittasida, olib tashlangan o ‘simta gistologik
tekshiruvdan o ‘tkazilganda, normal holatda bo‘lgan. Rossiyadagi
vegetativ patologiya markazida o'tkazilgan tekshiruvlarga muvofiq,
qorin sohasidagi og‘riqlar sababli qo‘yilgan «ganglionevrit», «solya-
rit» kabi tashxislar keyinchalik noto‘g‘ri b o ‘lib chiqib, bem orlarda
og'riqlar affektiv buzilishlar natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Psixogen abdom inalgiyalarni M.I.Astvatsaturov (1934) umumiy
psixogen giperesteziyaning bir turi, bu impulslar ongdaaks etmasa-
da, og‘riq shaklidaqabul qilinadi, degan.Umumiy psixogen giperes-
teziyaga glossalgiyalar (glossodiniya) yaqqol misol b o ‘la oladi:
bem orlar tilida paydo bo‘ladigan, gohida chidab bo‘lmas darajada
kuchli bo'lgan og‘riqlardan shikoyat qilishadi. Ularning jig‘ildoni va
qizilo'ngachi ju d a sezgir bo‘ladi: tez-tez kekirish natijasida oshqo-
zondagi kislotali m oddalarning yuqoriga ko'tarilib turishi bem or
larning jig‘iga tegib, ovqat yeyishdan bosh tortishgacha olib keladi.
Bunday b em orlar sal issiq choyni, issiqroq ovqatni ham icha
olmaydilar; chunki bu darrov ularning jig‘ildonini «qaynatadi» va
ko'krak sohasida qattiq og‘riq paydo qiladi, shuning uchun ular
doim o suyuqliklarni iliq holatda qabul qilishadi. H ar qanday tashqi
www.ziyouz.com kutubxonasi
va ichki ta ’sirlarga ortiqcha e ’tibor qilaveradigan bu bem orlar o ‘ta
injiq b o ‘lib qolishadi: «Е xudoyim-yey, bu qanaqasi, nega m en
boshqalarga o ‘xshab ishtaha bilan ovqat tan o w u l qila olm aym an,
qornim doim o to ‘q yuradi, och iq m ay m an , bir tish lam n o n n i
og‘zimga solsam ham qornim shishib ketadi, og‘riy boshlaydi» deb
yig‘i qilishadi. Shuning uchun bu bem orlarda ovqatlanish vaqti keldi
deguncha q o ‘rquv boshlanadi, ularga birov ovqat yeng deyishi
shart emas, soatga qarab ham «tushlik payti bo'ldi, m ening esa
ishtaham yo‘q, ana yanajig‘ildonim qaynay boshladi, ovqat yem asam
o ‘lib qolaman-ku» deb aziyat chekishadi. Och yurish natijasida h ar
ikki-uch soatda oshqozon-ichak sistemasining peristaltikasi kuchayib,
qorin sohasida og'riqlar paydo qiladi va borib-borib bu holat tez-
tez takrorlanadigan bo‘lib qoladi. M ana shundan keyin bem orda
qattiq azoblar boshlanadi, u ovqat yem aganim dan «yara kasaliga»
duchor bo‘ldim deb jarrohlarga murojaat qila boshlaydi, zo n dlar
yutib, oshqozonini bir necha marta tekshirtiradi ham. Bemorni birinchi
bor tekshirganda: «Sizda yara yo‘q, b or-yo‘g‘i oshqozon shilliq qa-
vatida ozgina o'zgarishlar bor, bunaqa o'zgarish hozir kim da y o ‘q
deysiz» deb doktorning tinchlantirishiga qaram asdan, u «men rejim
bilan ovqatlanmayapman, bunaqada oshqozonim yara b o ‘lib qolishi
hech gap emas, meni yana tekshirib ko‘ring» deb iltimos qiladi.
Zond yutish ular uchun o'lim bilan barobar b o ‘lsa-da, b a ’zi b e
morlar aytganidan qolmaydi. Bitta bem or qornini uch m arta o p e
ratsiya qildirgan va hech narsa topishm agach, boshqa bir jarrohning
maslahatiga binoan ovqat yaxshi o ‘tishi uchun maxsus ballon yor
damida qizilo'ngachi «kengaytirilgan».
A bdom inal og‘riqlar, ayniqsa, hissiy z o ‘riqishlardan keyin,
kayfiyat buzuq paytlarda va asosan kunning ikkinchi yarm ida p ay
do b o ‘ladi. B a’zan og‘riqlarning aniq bir soatlarda boshlanishi
e ’tiborga loyiq. M asalan, ertalab bem orlar o'zlarini yaxshi his qilib
turishadi, kechga borib qorinda og‘riqlar paydo b o ‘ladi yoki buning
aksi kuzatiladi. Parhyez saqlash ularning ahvolini battar og‘irlash-
tiradi, ya’ni ular faqat parhyezni buzib qo‘ymaslik, ovqat vaqtiga
amal qilish, parhyez uchun zarur b o ‘lgan m asalliqlarni qanday
topish haqida o ‘ylab yurishadi. Asabning bunday zo'riqib ishlashini
albatta ular ko‘tara olm aydilar va parhyezni ham buzib yuborishadi
va hatto, biroz yengil ham tortishadi. N atijada ular tibbiyotdan
bezib, yangi antiqa usullar bilan davolaydigan «doktorlarni», tabib-
larni izlay boshlashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Siydik ajratish sistemasida kuzatiladigan psixogen (nevrogen) buzi
lishlar bilan nevropatolog yoki psixonevrologga murojaat qilish juda
kam uchraydi. Bunday bemorlar, ko‘pincha, «piyelonefrit», «glo-
merulonefrit», «buyrak tosh kasalligi» «sistalgiya», «sistit», «uretrit»
diagnozlari bilan nefrolog yoki urologlarda davolanib yurishadi. Shu
narsaga e’tibor qaratish lozimki, bu diagnozlar davolash mobaynida
bir necha bor o ‘zgarib turadi. Nihoyat, bu kasallarga hamma urologik
simptomlami o ‘zida mujassamlashtirgan umumiy diagnoz — «nevrogen
siydik pufagi» qo'yiladi. AfTektiv buzilishlarda siydik yo‘llarida turli
belgilarning paydo b o ‘lishi niqoblangan depressiyaning klinik
ko‘rinishJaridan biri bo‘lishi mumkin. Tez-tez hojatxonaga qatnash,
shunda ham siyganidan qoniqmay chiqish va yana hojatxonaga qaytib
kirish, xuddi siydik pufagi to ‘la bo‘shalmagandek bo'lishi, qornining
pastki qismida og'riq sezish holatlari asab tizimining funksional
buzilishlari uchun xosdir. Siydik ajralib chiqishining nevrotik buzilish
lari ikki xil variantda kechishi mumkin: tez-tez siygisi kelishi va
siyishning ushlanib qolishi. Qattiq kulganda, aksirganda, yo‘tal
paytida, og‘ir narsa ko‘targanda ozgina siyib yuborish yoki soatlab
siydik tutilishlari niqoblangan depressiya uchun juda xosdir.
Tez-tez siyish (pollakiuriya) ko‘pchilik urologik kasalliklar (sistit,
uretrit, prostatit) uchun ham , niqoblangan depressiyalar uchun
ham xos bo‘lganligi uchun, bu bemorlar zarur bo‘lgan tekshiruvlar
ni to ‘la o ‘tishlari lozim. Ikkala holatda ham sovuq joyda ko‘p turib
qolish, sho'r, achchiq va nordon narsalarni va spirtli ichimliklarni
(ayniqsa pivoni) iste’mol qilish, qattiq siqilish siyishning tezlashuviga
olib keladi. Erkaklarda, ayniqsa, jinsiy aloqadan keyin ana shunday
vaziyat yuzaga keladi. Biroz rivojlangan affektiv buzilishlarda uchraydi-
gan dizuriya transportda, katta majlislar bo‘layotgan paytda, o ‘zi
biror narsani ko‘pchilik oldida o ‘qib berayotgan paytda namoyon
bo'ladi. N atijadaulardaipoxondrik sindrom rivojlanadi: bunday be
m orlar butun bir fikrini va diqqatini siydik pufagiga qaratishadi,
sharmanda bo‘lib qolishdan qo‘rqishadi. Tabiiyki, bu vaziyat bemorning
asabiga putur yetkazadi va kasallik belgilarini yanada kuchaytiradi.
Bunday bemorlar mabodo begona ayol bilan jinsiy yaqinlik qilsa,
o ‘zida bo‘layotgan barcha belgilarni hali tasdiqlanmagan venerik kasal
lik bilan bog‘laydi. Xotiniga yaqinlasha olmaydi, doim xavotirda yashay-
di va xiyonat qilganini bildirib qo‘yadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalik davndan boshlab ortiqcha talablar qo‘yib tarbiyalash,
uydan tashqariga chiqarmaslik, o ‘rtoqlari bilan o ‘ynagani q o ‘y-
maslik, keyinchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishi m um kin. Chunki
insonning ruhiy rivojlanishi tarbiyaga va uni o ‘rab turgan atrofdagi
dunyoga ko‘p bog'liq. Shu masalada B.D.Karvasarskiy (1990) qiziq
bir misolni keltiradi. Ilmiy tekshirish institutlarining birida ishlaydigan
37 yoshga kirgan K. ismli ilmiy xodim jam oat joylaridagi hojatxonaga
siya olmasligidan shikoyat qiladi. Bu narsa uni 17 yoshligidan buyon
bezovta qilsa-da, 20 yil m o bay n id a u y alg an id an bu «aybini»
doktorlarga aytmasdan va, tabiiyki davolanmasdan kelgan. Bemorning
hayot anam nezidan shu narsa m a ’lum boMadiki, u onasining qattiq
nazoratida o ‘sgan. U ni onasi k o ‘ch ad a bolalar bilan o ‘ynagani
qo'ym as, um um iy hojatxonalardan foydalanishni q a t’iyan m an
qilgan edi; «chunki u yerga ham m a boradi, ularning kasali senga
yuqishi mumkin» deb uqtirgan. Bola «domda» yashaganligi uchun u
xohlaydimi yo‘qmi, ishtoniga «yuborib» qo'ym asin deb, onasi uni
doim o tuvakka o ‘tqazgan, yoniga esa o ‘yinchoqlarini qo‘ygan. Bola
ham o ‘ynab, ham tuvakda «jasorat» k o ‘rsatib o ‘tirgan. Bola nafaqat
tuvakda o ‘ynab o ‘tirgan, hatto onasi uning yonida o ‘tirib ertaklar
aytib bergan, kuylagan, odob haqida tarbiya bergan. Shunday qilib,
har bir odam ning o ‘zi bajarishi zarur b o ‘lgan bu m uhim fiziologik
jarayon, «ozoda» yuradigan ona tom onidan boshqarilgan. Bola tuvakda
uzoq vaqt o ‘tirib qolar va onasi kelib olm aguncha turm asdi. Onasi
tuvakda axlat yoki siydikni ko‘rm asa, bolani yana o ‘tqazib q o ‘ya-
vergan. Bola ba’zan ishtoniga siyib qo‘ysa, onasidan rosa dakki yegan.
Bu aybni qilib q o ‘ymaslik uchun bola doim o qo'rqib xavotirda
yashagan. M abodo ona-bola m ehmonga ketishmoqchi bo‘lishsa, bola
albatta o ‘z uyida hojatxonaga kirib chiqishi, m ehm onda esa siygisi
kelsa ham iloji boricha kutib turishi va faqat uyga qaytgandagina
hojatxonaga borishi ona tom ondan aniq belgilab q o ‘yilgan. Bular-
ning oqibatida bola atrofdagi narsalardan jirkanadigan va nozik tabiat
b o ‘lib o ‘sadi.
Siydik yo‘llaridagi funksional buzilishlarning kelib chiqishida
bem orning jinsiy rivojlanishi ham alohida o ‘rin tutadi. Bem or 16
yoshida bir qiz bilan jinsiy yaqinlik qilishga urinadi, lekin jinsiy
aloqa qila olmaydi, chunki darrov pollutsiya ro ‘y beradi. Bu yangi
alomatdan u juda qo‘rqib ketadi va tez kunlarda ichi qotib hojatxonada
k o ‘p o'tirib qolsa, siydik yo'lid an shilliq narsa chiqa boshlaganini
ko'radi. Sperm ani «yo'qotishdan» q o ‘rqib, siyish jarayonini iloji
www.ziyouz.com kutubxonasi
boricha to ‘xtatishga intiladi. Agar aw al jam oat hojatxonalarida
odam lar bor joyda siyishdan o ‘zini tiyadigan bo‘lsa (chunki siyayot-
ganda ereksiya ham kuzatilgan), keyinchalik atrofda oyoq ovozi eshitilsa
ham siya olmaydigan bo‘lib qoladi. Keyinchalik institutni tugatadi,
aspiranturaga kiradi, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Uylanadi,
3 ta bolalik bo'ladi. Jinsiy aloqalar qisqa davom etganligi sababli
qoniqmaydi. Urologda uch yil natijasiz davolanadi. Psixonevrolog ko‘-
rib quyidagi diagnozni qo‘yadi: psevdourologik
Do'stlaringiz bilan baham: |