Z ibodullayev


Psixogen  anoreksiya  va  shu  bilan  bog‘Iiq  b o‘Igan  boshqa



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Psixogen  anoreksiya  va  shu  bilan  bog‘Iiq  b o‘Igan  boshqa 
simptomlar.  Psixogen anoreksiya atamasi  1868 yili W.  Gull tom onidan 
taklif qilingan.  Ishtahaning kayfiyatga g'oyat bog'liqligi shubhasizdir. 
«Kecha ovqatni ishtaha bilan tanow ul qiluvdim»,  «bugun kayfiyatim 
buzildi, hech  narsa yegim  kelmayapti»  kabi iboralarni tez-tez eshitib 
turamiz.  Statistik  m a ’lum otlarga  ko‘ra,  melanxoliyalar  va  siklo- 
timiyalarda anoreksiya 40 foiz bemorlarda kuzatilarkan.  Ishtahaning 
pasayishi bem orlarda ta ’m va  hid bilishning  buzilishi  bilan  kechadi 
(«bu ovqatning um um an  mazasini sezmayapman,  hidi ham yomon»). 
Agar  bem or  o ‘ziga  yoqm agan  ovqatni  yesa  (u  sifatli  b o ‘lishidan 
qat’i  nazar),  ko‘ngli  aynib,  qusadi,  hattoki  ichi  ketadi.  M abodo 
ich  ketishi  to'x tam asa  va  bemorga  «ovqatdan  zaharlanish»  yoki 
«dizenteriya» tashxisi q o ‘yilsa, unda yuqorida qayd qilingan belgilar 
uzoq  vaqt  davom  etadi.
B a’zan  bem orlarda  ishtahaning  kuchayib  ketishi  (bulim iya) 
kuzatiladi.  Som atik  depressiyaga  uchragan  bem orlar  b a ’zan  shu 
darajada ovqatni ko‘p iste’mol qilishadiki,  u la rsh u n d a ham to ‘yish- 
maydi.  Bir o ‘tirishda bir buxanka non, bir lagan osh va uch choynak 
choy ichib to'ym agan bemorning guvohi bo'lganmiz.  U «oshqozonim
www.ziyouz.com kutubxonasi


cho‘zilib ketgan bo‘lsa kerak» deb, terapevt va jarrohlarga maslahatga 
boradi,  paraklinik va laboratortekshirishlardan o'tadi.  Bemorda orga- 
nik kasallik aniqlanmaydi va u psixonevrologga maslahatga yuboriladi.
Bem ordagi  bu  holat  kuchli  oilaviy  m ojarodan  keyin  kelib 
chiqqan (um r yo‘ldoshi unga xiyonat qilgan).  Ba’zi hollarda psixogen 
simptomlar  bilan  tashqi  salbiy  ta ’sir  orasida  mantiqiy  bog‘lanishni 
kuzatish  mum kin.  M asalan,  bem orning  rafiqasini  o ‘zi  bilan  birga 
choyxonadagi  ulfatdoshi  «yoMdan»  urgan.
Bulimiya va polifagiya (ko‘p suyuqlik ichish) mexanizmini to ‘yish 
hissining yo'qolishi bilan  tushuntirish  mumkin.Bu markazlar  g ip o - 
talamusda joylashgan bo'lib,  u yerdagi maxsus neyronlar «oshqozon 
ovqatga  toMganligi»  to ‘g‘risidagi  m a’lumotni  olmaguncha  bem or 
o‘zini to'ygandek his qilmaydi.  Ipoxondriya va depressiv sindromlarda 
aynan  m ana  shu  murakkab  mexanizm  buziladi.  Qanday  qilib  biz 
och bo‘]ganligimizni sezamiz? Organizmdagi ovqat resurslari kamay- 
ganda,  dastlab  qonda qand  miqdori kamayadi va darrov bu haqdagi 
signal gipotalamusdajoylashgan  maxsus retseptorlargaborib tushadi. 
Bosh  miya buning asosida «ovqatlanish  kerak»  degan qarorni  qabul 
qiladi. Xo‘sh,  bu topshiriq bajarilmasa,  nim abo'ladi?  G ipotalam us 
yadrolari  och  qolganligimiz  to ‘g‘risidagi  signallarni  m a’lum  vaqt- 
gacha qabul qiladi  (masalan yarim soat, bir soat).  Undan keyin miya 
«organizmni  asrash  to ‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi»,  ya’ni  birinchi 
bo'lib jigar  va  mushaklarda  to ‘planib  yotgan  glikogen  parchalanib 
glukoza, suv va energiyaga aylanadi.  Glukoza esa qonga tushib, ochlik 
hissini kamaytiradi yoki yo‘qotadi.  Shuning uchun ham biroz kutsak, 
ochlik hissi o ‘tib  ketadi.
Nevrozga chalingan bemorlarning aksariyati shirinlikka (ayniqsa 
shokoladga,  chunki uning tarkibida asabni tetiklashtiruvchi moddalar 
ko‘p  bo ‘ladi),  muzqaymoqqa  va  shirin  ta ’mli  ichimliklar  (fanta  va 
sprayt)ga o ‘ch b o ‘lishadi.  Tarkibida uglevodi bor oziq-ovqatlar och- 
likni tez qondiradi,  shuning uchun ham  b a’zi bemorlar (sog‘  odam - 
lar ham ),  odatda  ovqatlangandan  keyin  shirinlik iste’mol  qilishadi.
Vaqtida  tartib  bilan  ovqatlanish  nafaqat  oshqozon-ichak  kasal- 
liklarining,  balki  asab  buzilishlarining  ham   oldini  oladi.
Ipoxondrik  nevrozlarda  tez-tez  uchrab  turadigan yana bir belgi 
— bu ko‘ngil aynish va qusishdir.  Hissiy qo‘zg‘aluvchan bem orlarda 
bu sim ptom larni  keltirib  chiqarish juda osondir.  Juda ko‘p hollarda 
ko‘ngil  aynish,  qusish  va  jig‘ildon  qaynashi  birgalikda  uchraydi. 
Atrofdagi ham m a narsalar: oziq-ovqatlar, iflos kiyim kiygan odamlar,
www.ziyouz.com kutubxonasi


chang va  iflos  ko‘chalar ham  bunday bem orlarda  ko‘ngil  aynish  va 
qusishga sababchi bo‘ladi.  Bunday bemorlarni ko'pchilik «injiq» odam 
deb  ham   atashadi. Hozirgi  gipodinam iyavahissiy  zo ‘riqish  asrida 
bem orlarda  bu  shikoyatlarning  ko‘payganligi  «yalqov  oshqozon 
sindromi»  atamasini  taklif qilishgacha  olib  keldi  va  televideniyeda 
bunga qarshi dorilar ham reklama qilina boshlandi.  Psixogen ko‘ngil 
aynish ovqat bilan  bog'liq  b o ‘lmasligi,  qusgandan  keyin  qolmasligi, 
og'izda doimo achchiq ta ’m bo'lishi va yegan ovqatning oshqozonga 
tushmay tom og‘ida tiqilib turishi bilan  tavsiflanadi.  Parhyez,  odatda, 
yordam bermaydi.
Psixosomatik  buzilishlarning  yana  bir  turi  qabziyatdir.  G astro- 
enterologlarning fikriga ko‘ra,  qabziyatdan  shikoyat qiluvchi bem or­
larning  56  foizida  ichak  kasalliklari  topilm aydi.  Bunday  bem orlar 
psixonevrolog tom onidan tekshirilganda,  ulardaipoxondriya,  depres­
siya  va  isteriya  belgilari  topiladi.  N evrozlarga  chalingan  bem orlar 
aksariyatining haftasiga zo‘rg‘a bir marta ichi keladi. Asab buzilishlarida 
qabziyat  sabablarini  turlicha  tushuntirish  mum kin: 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish