4 -ja d va l
Psixogen artralgiya va bo‘g‘irnlaming yallig‘lanish kasalliklari
solishtirma diagnozi (Y.D.Topolyanskiy, M.V.Strukovskaya, 2001)
Sim ptom lar
(sin drom lar)
P sixogen
poliartralgiya
B od k asalligi
R evm atoid
artrit
1
2
3
4
Artralgiyalar
A ffek tiv b u zilish -
larda p aydo b o ‘-
ladi yo k i k u ch a-
yad i, y a ’ni kay-
fiyatga b o g ‘liq
b o'lad i
K a sa llik n in g
o ‘tkir
b o sq ic h id a
k uchayad i
D o im o erta
rivojlanadi
O g ‘riq n in g
xususiyati
K o ‘chib yu ru vch i
x u su siyatga ega,
k echasi yok i
tunda paydo
b o ‘ladi, y e n g il
jism o n iy ish d an
k ey in p a sayad i
O g ‘riq harakat
paytida
kuchayad i, ob -
havoga b o g ‘Iiq
b o ‘ladi
Ertalab o g ‘riq
k u ch li b o ‘lib,
b o ‘g ‘im Iarni
q im irlatgan i
q o ‘y m a y d i,
k ech g a borib
e s a p a sayad i
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
2
3
4
A rtralgiya-
ning
jo y la sh u v i
/
Barcha b o ‘g ‘im-
larda (shu jum -
ladan umurtqa
p o g ‘onasida
ham)
Y irik sim m et-
rik jo ylash gan
b o ‘g ‘imlarda
(tizza va to-
v o n b o ‘g ‘im-
larida)
Q o ‘l v a o yoq -
larning sim -
m etrik j o y
la sh g a n k ich ik
b o ‘g ‘imlari
B o ‘g ‘im -
ninr o r g a
nik zararla
n ish
b elgilari
B o'lm ayd i
K asallikning
o ‘tkir davrida
kuchli
rivojlangan
b o ‘ladi
B o ‘g ‘im lar de-
fo rm a tsiy a si,
an k ilo z, atrof
dagi m ushaklar
atrofiyasi
R en gtgeno-
logik
o ‘zgarishlar
Kuzatilm aydi
Sust
rivojlangan
O steoporoz;
b o ‘g ‘im yori-
g ‘in in g tora-
y ish i v a y u za -
sin in g p ato
lo g ik o ‘z-
garishi
Y urakn in g
organ ik
zararlanish
b elgilari
X o s em as
R evm okardit,
yurak illati va
yurak
y etish m o v ch i-
ligi belgilari
Odatda x os
em as; yen gil
m iokardit, pe-
rikardit b e lg i
lari b o ‘ lishi
m um kin
Q o n n in g
laborator
k o ‘rsatkich-
lari
X o s em as
N e y tr o fil ley-
k otsitoz;
E C H R o sh i-
sh i; g ip erfib -
rin o g en e-
m iya; A SL O
A S K titrlari-
n in g oshishi, S
— reaktiv
o q siln in g
paydo b o ‘lishi
0 ‘tkir davrida
n eytrofil
leyk otsitoz,
E C H R n in g va
fib r in o g e n n in g
osh ish i, S —
reaktiv o q s il
n in g p ayd o
b o ‘lishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
2
3
4
K a sa llik -
ning
k e ch ish i
Q isq a y o k i u zo q
vaq t davom etu v-
chi va ruhiy
z o ‘riqishlarda
k uchayu vch i,
sed ativ d orilar-
dan k ey in q olu v-
chi o g ‘riqlar
K u z va bahor
oylarid a
q o ‘z g ‘alu vch i;
k ech ish i
d a volash
natijalarira
b o g ‘liq
F a slg a b o g ‘liq
boMmagan h ol
da z o ‘rayib bo-
ru vch i, p atolo-
g ik ja ra y o n -
n in g y a n g i
b o ‘g ‘im larga
o ‘tishi
Y alligM a-
n ish g a qar-
sh i dori-
darm onlar-
nin g ta ’siri
T a ’siri kam
3 -4 kundan
k ey in ah vol
y ax sh ila n a
b oshlayd i
Ijob iy natija
beradi
P sixoterapiy
aning ta ’siri
Juda katta
0 ‘tkir davrida
deyarli y o r
dam berm aydi
K am yordam
beradi
10.3.4. Psixogen astma
Psixogen astm a o ‘tkir va surunkali siqilishlardan keyin ku
zatiladigan xurujsimon kechuvchi nafas b o ‘g ‘ilishidir. 0 ‘tkir stress
va hissiy zo'riqishlardan so‘ng nafas yetishmovchiligi, b o ‘g‘ilish
kabi holatlar nevrozga chalingan bemorlarda ko‘p uchraydi. Psixogen
b o ‘g‘ilish uchun o ‘ta xos b o ‘lgan sim ptom lardan biri, nafas chi-
qarishdan ko'ra, nafas olishning qiyinligidir; u la r «to‘yib nafas
ololmasliklariga, havo o'pkasining oxirigacha yetib bormasligiga»
shikoyat qilishadi. Bu holat keyinchalik surunkali tus olishi m um kin
va bemorda xuddi astma kasalligiga o ‘xshash xurujlar kuzatila boshlaydi.
X o‘sh, psixogen astma haqiqiy astm adan nimasi bilan farq qiladi?
Psixogen bo‘g‘ilishlar tom oqning qurib qolishi, qichishi, ko‘krakning
siqilishi, nafas yo'llarining torayishi kabi turli xil belgilar bilan
kechadi. Psixogen bo‘g‘ilishlar uchun tik turganda bem alol nafas
olish, yotganda esa b o ‘g‘ilish jud a xosdir. Shu narsaga aham iyatni
qaratish lozimki, b o ‘g ‘ilish chalqanchasiga yotganda paydo bo'ladi,
chap va o‘ng tomonga qarab yotganda kuzatilmaydi. Barcha psixogen
www.ziyouz.com kutubxonasi
buzilishlar singari psixogen b o ‘g‘ilishlar ham ko‘pincha, kechasi
va tunda kuzatiladi. Bizning nazoratda turgan bir bemor «tunda doimo
bo‘g‘ilib uyg'onib ketsam, chalqancha yotgan bo'lam an, shuning
uchun uxlam oqchi bo‘lsam, yonboshlab, devorga suyanib yotib
olaman», degan edi.
Xuddi affektiv-nevrotik buzilishlarning boshqa simptomlari kabi
nafas olishning buzilishlari ham unga e ’tibor ortiqcha qaratilganda
kuzatiladi. Professor V .F.Zelenin talabalarga m a’ruza o'qiyotgan
paytida, ulardan nafas olishini nazorat qilib turishlarini buyurgan.
Ikki-uch daqiqadan so‘ng kim ning nafas olishi qiyinlashganini
so‘rasa, talabalarning yarmi q o ‘lini ko‘targan. Talabalar nisbatan
sog‘lom guruhga kiradi, demak, bem orlarda bundan ham ko‘p
ko‘rsatkich kuzatilishi tabiiy hoi, albatta. Chunonchi, nevrozga
chalingan bem oriarning ko‘pchiligi o ‘zida kechayotgan holatlam i
doimo nazorat qilib borishadi. Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, asab
tizimining funksional kasalliklarida bemoriarning 76 foizigacha nafas
yetishmovchiligidan shikoyat qiladi.
Ipoxondriyaga chalingan bemoriarning deyarli barchasi doimiy
yoki vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan nafas yetishmovchiligidan shikoyat
qiladi. Shuning uchun ham N .H ighm ore (1651) nafas yetishmov-
chiligini ipoxondriyaning asosiy belgisi deb hisoblagan. «Bo‘g ‘ilib
qolish, nafas yoMlariga biror narsa tiqilib qolgandek bo'lishi, nafas
olish juda og‘ir ekanligi»dan shikoyat qilish, ayniqsa, yosh bem orlar
orasida ko‘p kuzatiladi. M abodo bu belgilar xurujsimon bo‘lib kelsa,
b a ’zi hollarda bemorlarga «bronxial astma» tashxisi qo‘yiladi.
Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bizga 20 yashar
yigitni ko‘rsatishdi. U allergologiya bo‘limida «bronxial astma» tashxisi
bilan davolanib kelardi. Bem or juda ozib ketgan, har 30 daqiqada
q o ‘lidagi berotekni og‘ziga sepib nafas olishini osonlashtirardi.
B o‘g‘ilishning h ar 30 daqiqada paydo b o ‘lib turishi bizning e’ti-
borimizni qaratdi va qo'yilgan tashxisga shubha uyg'otdi. Tibbiy
anam nezi bilan birgalikda, bem orning psixologik anam nezi ham
o ‘rganib chiqildi va bo‘g‘ilish xurujlari psixogen xususiyatga ega
ekanligi aniqlandi.
Bemor bolalik davridan nimjon bo‘lib o'sgan, tez-tez kasallanib
turgan. O ilada bor-yo‘g‘i bitta bola bo‘lganligi uchun ota-onasi
bolasining har bir xarxashasiga ko‘nikib, bajarib kelishgan. Bolaning
yoshligidan asabi buzilsa, nafasi b o ‘g‘ilib qoladigan boigan. Biroq,
bolaning psixonevrologik statusi tekshirilmasdan, unga bolalik davridan
www.ziyouz.com kutubxonasi
buyon «astma» tashxisini qo'yib, davolab kelingan. Borib-borib,
xurujlarni oddiy dorilar bilan to ‘xtatish qiyinlashadi va bemorga
gormonal dorilar (berotek) tavsiya qilinadi. Lekin bu dorini ham
bem or doimo ishlatmagan (ba’zan oylab). Bem or yana bir bor tajribali
allergologga ko'rsatiladi va «bronxial astma» tashxisi inkor qilinadi.
Bemorning psixologik statusini yaxshilab o ‘rganib chiqqandan
keyin psixoterapiyada keng tarqalgan «stress terapiya» usulini
qo‘llashni ma’qul topdik. Bemorga «berotekka o ‘rganib qolsa, erkaklik
funksiyasi susayishi (bem or yaqinda uylanishi kerak edi) va uylangan
taqdirda ham bola bo'lmasligi mumkinligini, shuning uchun ham bu
dorini qanday bo'lm asin boshqa doriga o ‘zgartirish zarurligini»
uqtirdik. G ap shundaki, bem orga berotekni yozgan doktor «mana
shu dori sening asosiy doring, bu astm aning har qanday turida
og‘izga sepgan zahoti b o ‘g ‘ilishni to'xtatadi» deb aytgan. Bu yerda
shu narsani alohida ta ’kidlash lozimki, bo‘g‘ilishni berotekning kuchi
emas, balki doktor aytgan so‘zlar («sizga faqat shu dori yordam
beradi») to ‘xtatgan.
Bemor bilan um um iy til topishgandan so‘ng berotekni boshqa
doriga o ‘zgartirishga uni ko'ndirdik va maxsus dorini og‘izga sepsa
bo'ladigan idish topib, idishning ichiga hech qanday ta ’sirga ega
bo'lm agan eritma quydik. Bem orda h ar yarim soatda xuruj b o ‘lib
turishini e ’tiborga olib, yonim izda ikki soatga olib qoldik (tekshirish
poiiklinikada o ‘tkazilayotgandi). Bemorda ikki soat ichida to ‘rt marta
«astma» xuruji kuzatildi va biz tavsiya etgan «dori» bilan to ‘xtatildi.
Shu yo‘sinda astm aning psixogen xususiyatga ega ekanligi yana bir
bor tasdiqlandi.
Endigi muammo bu dorini ham qo‘llamaydigan qilish va bem or
ning fikridan «astma» so‘zini um um an olib tashlash edi. Bir-ikki
kundan keyin bem orni qabulga chaqirib hol-ahvolini so‘radik. U
o ‘zini juda yaxshi his qilayotganligini va bu dorining nom ini so‘radi.
Biz bu «tadqiqotimiz»ni uzoq davom ettirib boMmasligini, bem or
ham m a sirdan voqif bo‘lib qolsa, uning sog‘lig‘iga tuzatib bo'lm as
putur yetkazib qo‘yishimiz mumkinligini angladik. Bemorga bu dorini
yana bir hafta ishlatishini, undan keyin biz unga xuruj paytida tilning
tagiga tashlab so‘riladigan tabletka berishimizni aytdik. Shuningdek,
bu dorining afzalliklari k o ‘pligini, ya’ni yarim soat emas, dastlabki
kuni bir soat, keyingi kuni ikki soat, qolgan kunlari esa faqat
kuniga uch mahal ishlatsa ham b o ‘lishini tushuntirdik. Bemor bizning
h ar bir gapimizni yaxshilab tinglab, tavsiyalarimizga, albatta, am al
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilishini aytdi. Natija o'ylaganimizdek bo'lib chiqdi. Keyinchalik bemor
butunlay «astma» kasalligidan xolos b o id i.
Ba’zan shunday hodisalar bo'ladiki, bemorda bo‘g‘ilish aniq
bir sharoitlarda yuzaga keladi. Bunday paytlarda sharoitni o ‘zgartirish
bo‘g‘ilishni kamaytiradi yoki butunlay yo‘qotadi. Xorazm viloyatidan
bizga bir yosh kelinni maslahatga olib kelishadi. Bemor turm ushga
chiqqanidan keyin uyida turmush o ‘rtog‘i bilan kelishmay doim o
janjal chiqib turadi. Janjal avjiga chiqqanda yosh er-xotinlar bir-
birini bo‘g‘ishgacha borishgan. Borib-borib, yosh kelinda eri ishdan
qay tg an id an keyin b o ‘g ‘ilish x u ru jlari paydo b o ‘lad ig an va
tinchlantiradigan dori ichm aguncha (faqat seduksen, uning analogi
bo ‘lgan sibazon, diazepam bersa, foyda bermaydi) yoki eri uydan
chiqib ketm aguncha bo‘g‘ilish o ‘tib ketmaydigan bo‘ladi. Bem or
barcha davolash usullaridan foydalangan (shu jum ladan, platse-
boterapiya, psixoterapiya) va har qanday yangi taklif etilgan usuldan
bosh tortar edi. Bem or yoz oylarida tekshirilayotgan edi. Bemorga
onasi bilan bir oyga daryo bo‘yiga borish, dorilarni esa uyga tashlab
ketish zamrligi aytildi. Bu taklifimiz bemorga m a’qul tushdi. O na va
qiz ikkalasi daryo bo'yidagi uylardan birida ijarada yashashdi.
O radan bir hafta o ‘tgach, «bemorning» holidan xabar olgani
daryo bo‘yiga uning eri bilan bordik. Bemorda bo‘g‘ilish xurujlari
daryo bo'yiga kelgan kuniyoq to'xtag an edi. Bem orning eriga
rafiqasidan xabar olgani daryo b o ‘yiga borib turishni tayinladik.
Shunisi e ’tiborliki, bo‘g ‘ilish xurujlari erini daryo bo‘yida ko‘rganda
kuzatilmadi. Er-xotinga toza havoda ko‘proq bo‘lishni, boshqa joylarga
sayr qilib turishning ruhiy salomatlik uchun foydasi kattaligini uqtirdik.
Bu voqeada biz uchun e ’tiborni qaratadigan narsa platseboterapiya
va psixofarmakoterapiyaning yordam bermaganligidir. Haqiqatan ham
ilmiy adabiyotlarda, ipoxondriksindromlardasedativ dorilar ham ma
vaqt ham yordam beravermasligi haqida yozilgan. Ipoxondriyaga olib
kelgan asosiy omil yo‘qotilmas ekan, uni davolash o ‘ta mushkul.
Psixogen b o ‘g ‘ilishlarning yana bir xususiyati shundan iboratki,
bem orlarda doim o chayqalish hissi bo‘ladi: ular xuddi o ‘zlarini
transportda, liftda, samolyotda ketayotgandek sezishadi. Bunday
bemorlar metroning eskalatoridan tusha olmaydilar. Bizning nazoratda
turgan bem or tunda uxlab yotganida, tez-tez xuddi zilzila b o ‘lgan-
dek, seskanib uyg‘onib ketishini aytgan edi.
Ba’zan psixogen bo‘g‘ilishlar xuruji to'satdan, qattiq qo‘rquvdan
keyin boshlanadi va gallutsinatsiyalar bilan birga kechadi. Bizning
www.ziyouz.com kutubxonasi
institutda o ‘qiydigan talabalarimizdan biri kechqurun derazaga qarab
yotib, qorong'ida nimaningdir aksini ko‘radi va qo‘rqib ketadi. U
ko‘zini yumsa, ko‘ziga har xil narsalar ko‘rina boshlaydi: qora kalxatlar
uchib yuradi, hammayoq qorong'i, atrofni faqat q o ‘rqinchli narsalar
o ‘rab olgan bo'ladi. Buning natijasida nafas ololm ay qiynaladi,
bo‘g ‘iladi. Biz bemorni bu simptomlar boshlangandan ikki kundan
so‘ng kuzatdik (kechasi soat o ‘nda). Bemor chuqur depressiya holatida
bo ‘lib, bir xil ohangda gapirardi, qattiq qo'rqqani ko‘zidan bilinib
turardi. U bo‘lgan voqea xuddi tushida bo‘lgandek, mabodo uxlab
qolsa, yana shunaqa yomon tushlar ko‘rishdan qo‘rqishini aytdi. Bemor
trans holatiga tushirildi va quyidagi so‘zlar aytildi: «Hozir sen shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |