Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

10.3.3.  Psevdorevmatizm
Oyoq va qo'llarda, turli bo‘g‘imlarda har xil og'riqlardan shikoyat 
qiluvchi  bem orlar  son-sanoqsizdir.  Bo‘g‘im lar  sohasidagi  og‘riqqa 
shikoyat  qilib  «bod»  (revm atizm )  tashxisi  qo'yilgan  bem orlarni 
keyinchalik yana chuqur klinik va laborator tekshiruvlardan o ‘tkaz-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ganda,  ularning deyarli yarmisida bu og‘riqlar nevrogen xususiyatga 
eg a b o ‘lib chiqqan.Hozirgi gipodinam iyaasridaartralgiyalar  dolzarb 
m uam m o  boMib,  niqoblangan  depressiyaning  yaqqol,  ham m a  vaqt 
ham  aniqlash qiyin bo‘lgan belgilaridan biri b o ‘lib qolm oqda.  Suyak 
va  b o ‘g ‘im larda  kuzatiladigan  va  hadeb  o ‘tib  ketaverm aydigan 
artralgiyalar,  odatda, boshqa psixonevrologik sim ptom lar bilan birga 
kechadi. Aksariyat atoqli  nevrologlar «serebral  revmovaskulit»  diag- 
nozini  q o ‘yish  ko‘pchilik  shifoxonalarda,  ayniqsa,  poliklinikalarda 
odat  tusiga aylanib  ketganligini,  bu  diagnozni  q o ‘yish  uchun  bosh- 
dagi,  yurak  sohasidagi  va  b o ‘g‘imlardagi  og'riqlarning  o ‘zi  yetarli 
emasligini, bu belgilar nevrotik xususiyatga ega boMishi mumkinligini 
ta ’kidlab  o'tishgan.  Ba’zi  m a’lumotlarga  k o ‘ra,  poliklinikalar  va 
statsionarlarda  «revmovaskulit»  va  «revmokardit»  diagnozlari  50— 
60  foiz  hollarda  noto‘g‘ri  boMib  chiqqan.  H ozirgi  davrda  ham   bu 
m uam m o dolzarb bo'lib qolmoqda.  Ba’zan anam nezida bod kasalligi 
mavjudligini asos qilib ham da psixogen xususiyatga ega boMgan bosh 
og‘riqlar,  psevdonevrologik,  psevdokardiologik belgilar ham da E E G , 
R E G   dagi funksional o ‘zgarishlarga qarab,  aniq ifodalangan  nevro­
logik  belgilarni  topm asdan,  eksperim ental  va  gistom orfologik  tek­
shiruvlar o ‘tkazmasdan, jiddiy xulosalar qilib,  klinik diagnoz qo‘yish 
holatlari kuzatilib turadi. XX asrning 70-yillarida aksariayt  nevrologlar 
serebral revmovaskulitda bosh miya qon tomirlarida va uning atrofidagi 
nerv  to ‘qimalarida  chuqur  organik  o ‘zgarishlar  kuzatilishi  va  aniq 
ifodalangan  nevrologik  belgilar  aniqlanishini  k o ‘rsatib  o ‘tishgan. 
Hozirgi kunda nevrologlar «serebral  revmovaskulit» atam asi mavhum 
tushuncha ekanligini aytishmoqda,  chunki u bosh  miya  qon to m ir­
larida  kechadigan  organik  o ‘zgarishlarni  va  shu  sababli  kelib 
chiqadigan klinik sindromlarni aniq ta ’riflab bera olm aydi.
Psixogen og‘riqlar faqat b o ‘gMmlarda kuzatilm asdan,  suyaklarga, 
mushaklarga  tarqab,  bem orning  harakat  qilishiga  butunlay  xalaqit 
berishi  mumkin.  Uzoq vaqt bir xil holatda turib qolish, stanok yonida 
bir necha soat tik turib ishlash bem orda oyoqdagi og'riqlarni kuchay­
tiradi.  Ikkala oyogMmga xuddi  tosh  osib  qo‘ygandek,  yurayotganda 
oyoqlarim ni  qimirlata  olm aym an,  qadam   tashlagan  sayin  yurishim 
qiyinlashib  boraveradi,  deb  shikoyat  qiladi  b em o rlar.  Bunday 
bem orlar,  ko‘pincha,  «oyoqda  venoz  qon  aylanishining  buzilishi» 
xulosasi bilan angioxirurglarga yuboriladi.  U lar bu yerda davolanadi 
yoki yana qaytadan «nevroz» diagnozi bilan nevropatologga yuboriladi. 
Psixogen  artralgiyalar  va  mialgiyalar  uchun  og‘riqlarning  ko‘chib
www.ziyouz.com kutubxonasi


/
yurishi ju d a  xosdir.  Bu  ko'chib  yurish  aniq  bir  nerv  tolasi  bo‘ylab 
emas, balki betartib yo‘nalishda namoyon bo'ladi: og‘riq b o ‘g‘imdan 
tepaga yoki pastga qarab, ba’zan boshqa sohalardan bo‘g‘im tomonga 
qarab  yo ‘naladi.  Bemor  o ‘z  og'riqlariga  ta ’rif berayotganda  hech 
joyi og‘rim ay turadi yoki og‘riqlarni sezmaydi.  Bemor shikoyatlarini 
aytib bo‘lgandan keyin doktor tekshirishga kirishsa,  og‘riq yana pay­
do  bo ‘ladi.  Bunga  psixogen  og‘riqlar bilan  organik  xususiyatga  ega 
bo'lgan  og‘riqlarni  qiyoslash  paytida,  albatta,  e ’tibor berish  kerak.
Psixogen  artralgiyalarda  bo‘g‘imlarda  shish  paydo  b o iib ,  hattoki 
bo‘g‘im atrofiga suyuqlik to'planishi mumkin. Bu manzara og‘riq kuchli 
bo‘lgan  paytlarda  yuz  beradi.  Shunisi  e’tiborliki,  bu  «o‘tkir  bo‘g‘im 
sindromi»  affektiv  buzilishlarda  aniq  bir  vaqtda  ro‘y  beradi,  ya’ni 
bemorlar navbatdagi xurujning vaqtini aniq aytib bera olishadi (masalan, 
har  uch  kunda,  har  haftada).  Yallig‘lanishga  qarshi  davo  choralari 
o ‘tk azilm asa-d a,  bu  sindrom   o ‘tib  ketadi.  B a’zan  tashxis  tas- 
diqlanm asdan,  faqat  og‘riqning  kuchini  asos  qilib  olib,  bo‘g‘im 
bo‘shlig‘idan  suyuqlik olinadi va  uning  ichiga garmon  yuboriladi.  Bu 
muolaja ikki-uch marta takrorlangandan keyin o ‘ta toza bo‘lgan bo‘g‘im 
yorig‘iga infeksiya tushib, haqiqiy yallig‘lanish jarayoni boshlanib ketadi.
Ba’zi hollarda artralgiyalaming sababi affektiv buzilishlar ekanligi 
an iq lan m asd an ,  konservativ  usul  yordam   b erm agandan  keyin 
bem orlarga jarrohlik usullari tavsiya  qilinadi.  XIX  asrning  mashhur 
nevrolog olimlaridan biri H.  O ppenheim  (1894)  shunday bir voqea- 
ni  misol  keltiradi.  «Menga  tizza  b o ‘g‘imini  rezeksiya  qilish  tavsiya 
qilingan bitta bem orni  ko‘rsatishadi.  Lekin jarrohlardan bittasining 
tavsiyasi  tufayli  bem or  operatsiyadan  oldin  m enga  m aslahatga 
yuboriladi.  Ikkita  qo‘ltiq  hassada  kirib  kelgan  bem or biroz vaqtdan 
keyin  bu  hassalarni  qo‘lida  ushlab,  mening  xonam dan  o ‘zi  yurib 
chiqib ketadi.  Chunki unda bor-yo‘g‘i «bo‘g‘im nevrozi» edi, xolos».
Xuddi  shunga  o ‘xshash  voqea  bizning  tajribamizda  ham   ro‘y 
bergan  edi.  Viloyatdan  A.  ismli  15  yashar  qizni  travmatologiya- 
ortopediya  bo ‘limiga  davolanishga  yuborishadi.  Bu  yerda  manzara 
b o sh q ac h aro q   edi.  B em orning  hech  joyi  og‘rim asdi,  u  faqat 
oyoqlarini  tizza  bo‘g‘imida  buka  olmas  edi,  xolos.  Kasallikning 
boshlanganiga  uch  oy  b o ‘lib,  qilingan  barcha  choralar  yordam 
bermaganligi sababli, bem orni Toshkentga davolanishga yuborishadi. 
Unga turli tashxislar qo'yilgan edi:  «revmatoid artrit»,  «revmatizm», 
«bo‘g ‘im lar orasiga  suyak  o ‘sib  chiqqan»  va  hokazo.  Lekin  rentge- 
nogram m ada  tizza  bo‘g‘im larida  hech  qanday  patologik  o ‘zgarish
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo‘q edi.  Bunga viloyatdagi d o k torlarham  e’tibor qilishgan,  albatta. 
Lekin  davolash  muolajalari  yordam   bermayotgani  sababli  bem orni 
markazga maslahatga yuborishgan.  Bemor tashqi ko'rinishidan ju d a 
tinch,  o ‘ziga  bino  qo‘ygan,  yoshiga  qaraganda  gavdali  edi.  U ning 
otasidan  (bemor otasi  bilan  kelgan  edi)  qizning  xulq-atvori  haqida 
so'raganim izda,  qiziga  ijobiy  ta ’rif  bergan  edi:  «Uydagi  ham m a 
ishlarni  qiladi,  onasiga  qarashadi,  lekin  sal  erkaro q,  aytganini 
qildiradi».  Qizda  kasallik  boshlanishidan  oldin  ruhiy  siqilishlar 
bo‘lganmi,  deb  so‘raganimizda,  otasi  yo‘q,  deb  javob  berdi.  Biz 
bem orni  xonada  yurgizib,  kursida  o'tqazib  va  karavotda  yotqizib 
tekshirib ko‘rdik. Bu harakatlarni u ikkala oyog‘ini tizzasida bukmasdan 
bajardi.  Bemorning otasidan qizning  kechqurun uxlaganda oyoqlari 
qay  ahvolda  boMishini  bilib  berishini  so‘radik.  Viloyatga,  qizning 
onasiga  telefon  qilib,  bu  savolni  berganim izda,  h aq iq atan   ham  
bem or  kechasi  uxlab  yotganda,  u  yoq-bu  yoqqa  qayrilib  yotarkan, 
ba’zan esa g‘ujanak bo‘lib olarkan.  Bizda kasallik psixogen xususiyatga 
ega  ekanligiga hech qanday shubha qolmadi.  Bem orga shu kunning 
o 'z id a y o q ,  psixologik  su h b a td a n   keyin  d avo lash   m u o lajasin i 
boshladik.  Bu  yerda  ham  platseboterapiya  usulini  q o ‘lladik,  ya’ni 
bem orga  «Germaniyada  ishlab  chiqarilgan,  tizzani  darrov  bukib- 
ochib yuboradigan dorini shpritsga tortib tizza qopqog‘ining atroflariga 
yuborishimizni»  va  bem orning  tizzasi  10  daqiqadan  keyin  qizib 
ketishini,  ana  shunda  uning  o ‘zi  asta-sekin  tizzasini  bukib-ochishi 
kerakligini  uqtirdik.  Xuddi  kutganim izdek,  10  daqiqadan  keyin 
bem or ikkala tizzasining qizib borayotganini aytdi.  Biz unga tizzasini 
endi  bukib-ochishi  zarurligini  qattiq  tayinladik.  B em or  bizning 
talabim izni bajarib,  bemalol  xonada yura boshladi.
Ikki  kundan  keyin  bizga  qizning  onasi  qo‘ng‘iroq  qilib,  m uhim  
bir  m a ’lum otni  berdi.  M a’lum  boMishicha,  qiz  otasidan  dugonasi- 
nikiga o ‘xshash qim m atbaho palto olib berishini so'ragan.  Otasi  rad 
javobini bergan va qizini urishgan.  Onasi ham otasining tarafini olgan. 
Qiz  yig‘lab-yig‘lab uxlab  qoladi  va  ertalab tursa,  ikkala  oyog‘i  ham  
qotib  qolgan  bo‘ladi.  Tabiiyki,  o ta-o na  qizidagi  bu  holatni  kechagi 
janjal  bilan  bog‘lam agan  va  qizim izning  oyoqlari  «shamollab» 
qolibdi,  deb  kasalxonaga  yugurishgan.  Bu  voqea  otasining  esidan 
chiqib  ketgan,  onasi  esa  faqat  biz  «ruhiy  siqilishlar  boMmaganmi», 
deb  so‘raganimizdan  keyingina shu voqeani  esladi.
Bunday  psixogen  buzilishlar  yosh  bolalarda  ham   b o ‘ladi.  U ch 
yoshdan  sal  oshgan  bola  yugurib  o ‘ynab  yurgan  paytida  qattiqroq
www.ziyouz.com kutubxonasi


yiqilib  tushadi  va  chap  oyog‘ining  sonidan  lat  yeydi.  Og'riqdan 
oyog‘ini qimirlata olmay qoladi,  qattiq yig‘laydi.  Bolani o ‘sha zahoti 
kasalxonaga olib borib,  travmatologga ko‘rsatishadi.  Oyog‘i rentgen 
qilinganda,  bolada  suyakning  singan  belgilari  topilmaydi.  Lekin 
bolaning  oyog‘i  ozgina  lat  yegan  edi,  shuning  u c h u n   bolaga 
og‘riqsizlantiruvchi  ukollar  qilib,  lat  yegan  joyni  bog'lab  uyiga 
jo'natiladi.  Bolani  bir hafta  mobaynida  ehtiyot  qilish,  iloji  boricha 
oyoqni avaylash buyuriladi.  Bir hafta doktorning tavsiyalari bajariladi 
va bola iloji boricha qo‘lda ko'tarib yuriladi.  Lat yegan joy butunlay 
bitib ketadi.  Doktor bog'lamlarni olib tashlaydi va bolani yerga qo'yib 
«endi  o ‘zing  yurgin»  deydi.  Bola  bu  iltimosni  rad  qilib,  chinqirib 
yig‘lab onasiga yopishadi.  Onasi bolani ko'tarib olgandan keyin bola 
yig‘lashdan  to'xtaydi.  Bola yiqilganda,  nerv tolalari ezilgati  bo‘lishi 
m um kin,  o g ‘riq  o ‘shandan  b o ‘lsa  kerak,  deb  nevropatologga 
maslahatga borish tavsiya qilinadi.  Bolani bizga olib kelishadi.  Bolaning 
injiqligi  va  buning  ustiga  qattiq  qo'rqqanligi  bilinib  tu rar  edi.  Uni 
kursiga o ‘tqazib tekshirayotganda yig‘lab yuborishi, onasining oldiga 
o ‘tqazib tekshirganda esa jim o ‘tirishi e’tiborimizni tortdi.  Chalg‘itish 
uslubiga o ‘tdik.  Bolaga: «Men tekshirayotganimda sen kursida indamay 
o'tirsang,  m ana  shu  konfetni  olasan»,  deb  uqtirildi  (bola  uyda 
tekshirilayotgan  edi).  Bola  aytganimizni  qildi.  Topshiriq  yanada 
murakkablashtirildi:  «Endi kursidan o ‘zing tushsang, m ana bu o ‘yin- 
choqni  beraman».  0 ‘yinchoq  (tank) juda  chiroyli b o ‘lganidan bola 
«og'riqni»  ham   esidan  chiqarib,  kursidan  sakrab  tushdi.  «Endi  sen 
mana  shu  o ‘yinchoqni  o ‘ynab  tur,  biz  onang  bilan  maslahatlashib 
olamiz»  deb  bolaning harakatlarini  chekkadan  kuzatib  turdik.  Bola 
gilam  ustiga  ch o ‘kkalab  olib,  xonaning  u  yog‘idan  bu  yog‘iga  g‘il- 
dirakli tankni haydab rosa o ‘ynadi.  Ona-bola ketishga shaylanishganda, 
bola  yana  ko‘taring,  deb  onasiga  yopishib  oldi.  Bolaga  «agar  sen 
zinapoyadan  pastga  o ‘zing  yurib  tushsang,  men  senga  balkondan 
m ana shu koptokni tashlayman»  deb va’da berdik.  Bola besh qavatli 
uyning  beshinchi  qavatidan  onasi  bilan  o ‘zi  yurib  pastga  tushdi. 
K optok balkondan pastga tashlanganda,  dumalab ancha joyga ketib 
qoldi.  Bola xursand bo ‘lganidan  koptokning izidan yugurib ketdi.
B o‘g ‘im  sohasidagi og'riqlarga shikoyat  qiladigan  bemorlarning 
psixologik  statusini  yaxshilab  tekshirmasdan,  ularni  kuchli  anti- 
biotiklar,  gorm onlar,  salitsilatlar,  fizioterapevtik  m uolajalar  bilan 
uzoq vaqt  muvaffaqiyatsiz davolashlar poliklinika va statsionarlarda 
uchrab turadi.  Bunday uslubda ishlaydigan vrachlami mix kirib yorilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


ballonning  teshigini,  mixni  olib  tashlam asdan,  h ar  xil  zam onaviy 
b o ‘yoqlar,  yelimlar bilan yopishga uringan  ustalarga  o ‘xshatishgan. 
X o‘sh,  unda qanday qilib bemorda psixogen artralgiya borligini aniq­
lash  m um kin?  G ap  shundaki,  hozirgi  davrda  psixogen  artralgiya, 
k o 'pincha, tasodifan yoki  «revmatizmga»  qarshi  dorilar foyda bera- 
vermaganidan keyingina aniqlanadi.  Bu davrda bem or deyarli barcha 
mutaxassislarda bo‘lib chiqadi va  nihoyat,  unda  psixogen  artralgiya 
borligi aniqlanadi.  Shuning uchun ham ba’zi mutaxassislar artralgiya 
aniqlangan bemorlarni psixiatr yoki  nevropatologga ko‘rsatish zarur- 
ligini  aytib  o ‘tishgan.
Revmokardit  haqida  so‘z  yuritadigan  bo ‘lsak,  bu  yerda  ham 
difFerensial diagnoz muammolari ko‘ndalang turadi. Yurak sohasidagi 
og‘riqlar,  funksional sistolik shovqin va psixogen giperterm iyaqonda 
o ‘tib  ketuvchi  leykotsitoz  (neytrofilezsiz),  E C H R   oshishi  va  tana 
haroratining  37—37,5°  gacha  ko‘tarilishi  revm okardit  diagnozini 
qo‘yishga asos bo‘la olmaydi (V.A.Nasonova,  M .G.Astapenko, 2000).

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish