Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Psixogen  frigidlik.  Psixogen  frigidlik  seksual  ehtiyojlarni  ruhiy 
yoMlar bilan  to'xtatib  yurishda  ro ‘y  beradi.  Buning  sabablari  turli- 
chadir.  Sevmasdan  turmush  qurish,  erining  jinsiy  zaifligi,  oilaviy 
janjallar,  boshqa  birovni  sevib  qolish,  farzand  b o ‘lmasligi,  jinsiy 
aloqalar  paytida  har  bir tom onning  o ‘z  usulini  taklif qilishlari  kabi 
psixologik holatlar psixogen frigidlik rivojlanishiga olib keladi.  Lekin 
bu  buzilishlar doimo  vaqtincha  bo‘lib,  psixologik to'siqlar olib  tash- 
langandan  keyin  o ‘tib  ketadi.
Misol  keltiramiz.  25 yashar qiz fizkultura institutini tugatgandan 
keyin kichik bir shaharga o ‘qituvchi qilib jo ‘natiladi.  O 'sha shaharga 
o ‘zi  bilan  birga  o'qigan  jism oniy  baq uw at  yigit  ham   ishga  keladi. 
Qiz unga turmushga chiqishga rozilik beradi. Nikohning birinchi kechasi 
vino ichib mast boMgan eri aw allari qizlar bilan  nima ishlar qilganini,
www.ziyouz.com kutubxonasi


qizlar uning qobiliyatini doimo yuqori baholaganliklarini  maqtanib, 
oqizmay-tom izm ay  yoriga  gapirib  beradi.  Bu  qizda  qattiq  nafrat 
uyg‘otadi.  Erining jinsiy  qobiliyati  yaxshi  bo‘lsa-da,  unga  nisbatan 
hech  qanday  jinsiy  mayl  sezmagan.  Boshqa  yigit  bilan  (jinsiy 
tom ondan  uncha  kuchli  bo‘lmasa-da) jinsiy  aloqa  paytida  orgazm 
kuzatilgan.  U  eri  bilan ajrashib,  o ‘sha yigitga turmushga chiqqan.  Bu 
voqea psixologik frigidlikka yaqqol  misol bo‘la oladi va jinsiy aloqaning 
nafaqat  fiziologik,  balki  psixologik jarayon  ekanligini  tasdiqlaydi.
Jinsiy tuyg'uni to'xtatadigan  ruhiy omillarga jinsiy aloqa paytida 
kuzatiladigan og‘riqli defloratsiya,  kasallanib qolishdan va boshqalarga 
gap-so‘z  bo‘lishdan  qo‘rqish  kabi  holatlar  ham  kiradi.
Siniptomatik  frigidlik.  Birorta  kasallik  natijasida  rivojlanadigan 
frigidlikka simptomatik frigidlik deb ataladi.  Bosh miya va orqa miyaning 
organik  kasalliklari,  endokrin  buzilishlar,  urologik  va  ginekologik 
kasalliklar,  nasliy  kasalliklar,  giyohvandlik,  aroqxo‘rlik,  turli  etio- 
logiyali  ensefalopatiyalar,  endogen  depressiyalar,  og‘ir  yuqumli 
kasalliklar frigidlikka olib kelishi  mumkin.
Konstitutsional  frigidlik.  Buning  asosida  psixoseksual  funksiya- 
larning tug'ma yetishmovchiligi yotadi.  Masalan, xuddi tug‘ma musiqiy 
karlik bo‘lgani  kabi  tug‘ma frigid  ayollar ham  bo‘ladi.  Bu  ayollarda 
boshqa  ham m a a ’zo va  sistemalar sog'lom, jinsiy a’zolari  anatomik 
jihatdan  yaxshi  rivojlangan,  onalik  funksiyasi  saqlangan  bo'lishi 
mumkin,  lekin  ularda turli  darajada rivojlangan  frigidlik  kuzatiladi. 
U lar uchun frigidlik  kasallik emas,  balki tug‘ma nuqsondir.  Odatda, 
bunday  ayollar  ichida  onanizm   bilan  shug‘ullanganlari  b o ‘lmaydi, 
ular  erkaklar  bilan jinsiy  yaqinlikka  intilmaydi,  odatda,  sevib  tu r­
mushga chiqmaydi, jinsiy aloqa orgazm bilan  tugamaydi, vrachlarga 
borib  davolanishni  xohlashmaydi  ham.  Bu  frigidlikning  sabablari 
hozirgacha fanga nom a’lum.
Frigidlikning bunday tasnifini mukammal deb bo'lmaydi, chunki 
simptomatik va retardatsion frigidlikda psixologik omilni inkor qilish 
qiyin.
11.4.  Disgamiya
Er-xotin orasidagi jinsiy munosabatlar uyg‘unligining buzilishiga 
disgamiya  deb  ataladi.  Disgamiya  ikki  tom ondan  birining  jinsiy 
hirslarining qoniqmasligi tufayli oilaning buzilishiga, o ‘zaro xiyonatga 
yoki turli darajada ifodalangan nevrozlarga sababchi bo‘ladi. Aksariyat
www.ziyouz.com kutubxonasi


hollarda disgamiyaning asosiy sababi, jinsiy aloqaning tez tugashidir 
(sust ereksiya va vaqtli eyakulatsiya sababli).  Chunki, ayol  kishi jinsiy 
aloqaning  orgazm  bilan  tugashini  xohlaydi.  Aytib  o'tganim izdek, 
erkak kishiga qaraganda, ayol kishida orgazm kelishi ancha mushkulroq. 
Jinsiy  aloqaning  vaqtli  tugashi  nafaqat  ayol  kishining,  balki  erkak 
kishining ham  ruhiga katta ziyon yetkazadi va erkak  kishi xotinining 
oldida  erkaklik  burchini  bajara  olm aganidan  o ‘zini  gunohkor  deb 
biladi.  Frigidlikdan farqli o ‘laroq,  disgamiyani  ayol  kishi  m han og‘ir 
kechiradi. Ayol  kishi bir tom ondan,  erini inson sifatida,  bolalarining 
otasi  sifatida  yaxshi  ko‘radi,  lekin  ikkinchi  tom ondan  undan jinsiy 
hirsini qondira olmaydi. Aynan  mana shunday vaziyatga ko‘p oilalar 
duch  keladi  va  buning  oqibatida  tez-tez janjallar  chiqadi.
Erkakda  ham ,  ayolda  ham  jinsiy  aloqa  bir  xil  paytda  orgazm  
bilan tugasa,  ikkala tom on  ham jinsiy yaqinlikdan  katta qoniqish his 
qiladi  va  o ‘zaro  ayblovlarga  o ‘rin  qolmaydi.  Ayol  kishida  orgazm  
uzoqroq davom  etadi.  Erkak kishi jinsiy aloqa tugagandan  keyin tez 
turib  ketishni  xohlasa,  ayol  kishi  esa uni  yana erkalatib  yotishlarini 
xohlaydi. Ayol kishida orgazm bir soatgacha davom etishi ham mumkin. 
Mutaxassislarning fikricha,  orgazmning kelish tezligi va davomiyligi 
ayol kishining mizojiga ham bogMiq.  Ba’zi ruhiy kasalliklarda orgazm 
ju d a cho‘zilib ketishi ham  mumkin.
Ba’zi  ayollar  va  erkaklar  orgazmning  kelishini  olatning  hajmiga 
ham bog‘lashadi. Bu muammo qadimdan ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan 
va  uni  o ‘rganish  uchun  juda  ko‘p  shaxsiy  suhbatlar  va  so‘rovlar 
o ‘tkazilgan.  Bu  sohani  chuqur  o ‘rgangan  olim  Zigmund  Freydning 
fikricha,  orgazmning  kelishi  olatning  hajmiga  bogMiq  emas  va  bu 
yerda ruhiy omil juda katta ahamiyatga ega.  U olati juda kichik boMgan 
erkak  bilan jinsiy  aloqa  qilib,  doimo  kuchli  orgazm  sezgan  bir  ayol 
haqida yozib qoldirgan. Z.Freyd erining jinsiy qobiliyati yaxshi boMsa- 
da,  uning  olati  kichikligini  ro‘kach  qilib  ajralgan  ayollarda  so‘rov 
o ‘tkazgan.  Bu ayollarning  80  foizi bu  masalada  adashganini,  shular- 
dan  40  foizi  esa  aw algi  orgazm  kuzatilm ayotganligini  aytishgan.
Chunki  olatning  kichik  hajm da  boMishi  faqat  ogMr  endokrin 
kasalliklarda(nanizm,  gipopituitrizm)  kuzatiladi vabor-yo‘gM  2  foiz­
ni tashkil qiladi.  H ar xil statistik ma’lumotlarni to ‘plaganda, «erimning 
olati  kichik  deb  shikoyat  qiladigan  ayollar  soni  (jinsiy  aloqadan 
qoniqishsa-da)  esa  o ‘rtacha  30  foizni  tashkil  qilarkan.  Psixolog  va 
seksologlarning  fikricha,  jinsiy  yaqinlikda  boMadigan  ayollarning 
deyarli  90 foizdan ortigM jinsiy aloqada eng asosiysi,  uning qoniqish
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan  tugashi  deb  hisoblasharkan.  Turli  holatda jinsiy  aloqa  qilish, 
erogen  sohalarni  ko‘proq  ta ’sirlantirish,  aloqa  tugagandan  keyin 
ham  shirin  so‘zlar  bilan  ayolni  erkalatib  yotish  ayol  kishining 
qoniqishi  uchun  asosiy omil  hisoblanadi  (Z.Freyd).
Kama Sutrada seksual  munosabatlarga bag‘ishlab,  ko‘p  narsalar 
bitilgan;  unda jinsiy  aloqa  qilishning  30  dan  ortiq  usuli,  ayol  va 
erkak  kishi  jinsiy  aloqa  qilayotgan  paytidagi  o ‘yinlar,  erogen 
sohalarni ta ’sirlantirish  bo'yicha  m aslahatlar, jinsiy qondirishning 
antiqa usullari yoritilgan.  U nda,  shuningdek,  «erning boshqa ayolga 
ketib  qolmasligi  uchun,  xotin  kishi  dunyoda  bor  boMgan  hirsni 
qondiruvchi  barcha  usullardan  foydalanib,  erni  qondirish  yoMini 
izlashi  kerak»  deyilgan.  Xuddi  shu  so 'zlar erkak  kishi  uchun  ham 
taalluqlidir.  Asosiy  maqsad  qoniqish  ekan,  unga  yetishning  turli 
yo‘llarini qo'llash lozim («Ars amatoria»).  Seksologlarning fikricha, 
uylangan  erkak  kishilarning  (ayollarning  ham )  boshqa  ayollar 
(erkaklar) bilan yurib  ketishining aksariyat sabablari  «antiqa sevgi» 
izlashdir.  Bunday odam lar «u bilan  har xil  usulda shug'ullana ola- 
m an,  o'zim niki  bilan  esa  m um kin  emas»  qabilida  ish tutisharkan. 
Jinsiy  yaqinlik  paytida  aksariyat  yosh  erkaklar  erogen  sohalarini 
ta ’sirlantirishni uncha yoqtirishmas ekan,  chunki ular jinsiy hirsning 
yanada  kuchayib  ketib,  eyakulatsiya  boshlanib  ketishidan  qo‘r- 
qisharkan.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish