Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Gippokrat
IX  BOB.  PSIXO GIG IY EN A,  PSIXOPROFILAKTIKA  VA 
DEONTOLOGIYA ASOSLARI
9.1.  Psixogigiyena
Psixogigiyena — bu inson salomatligini saqlashga va mustahkam- 
lashga  qaratilgan  fan  bo‘lib,  psixoprofilaktika  bilan  cham barchas 
bog‘lanib ketgan.  Psixogigiyena tibbiyotning dolzarb muammolarini 
hal  qiluvchi umumiy gigiyenaning bir bo‘limi sifatida ham o ‘rganiladi. 
Psixogigiyena o ‘zining muammolari bilan nafaqat tibbiyotning, balki 
jamiyatimizning ham  barcha jabhalariga kirib borgan.  Psixogigiyena 
fani nevrologiya va psixiatriya fanlariga yaqin turuvchi, psixonevrologik 
m uam m olarni birgalikda hal  qiluvchi fandir.
Psixogigiyena  oliy  nerv faoliyatini  o'rganuvchi  neyrofiziologiya 
fani bilan ham  uzluksiz bog‘langan.  Chunki har qanday tashqi salbiy 
omillar asab tizim i funksional  holatiga nojo'ya ta ’sir ko‘rsatmasdan 
qolmaydi.
Psixogigiyena  ushbu  salbiy  holatlarning  asab  tizimiga  ta ’sirini 
pasaytirish,  asab  m arkazlarining  «immunitetini»  mustahkamlash 
bilan  ham faol shug‘ullanadi.  Psixogigiyena muammolari psixopro­
filaktika  m uam m olariga  o ‘xshab  ketadi.  Chunki  har qanday  psixo- 
gigiyenik  m uolajalar  ruhiy,  asab  va  boshqa  kasalliklar  kelib  chiqi- 
shining oldini olishda  muhim ahamiyat  kasb etadi.
Masalan,  psixogigiyena talablariga amal qilish nevrozlar,  psixoz­
lar,  miokard  infarkti,  insult  kabi  og‘ir kasalliklarning  oldini  olishga 
yordam  beradi.  Ayniqsa,  xafaqon  kasalligining  rivojlanishida  ruhiy 
omillar aham iyati  ko'pgina ilmiy tadqiqotlar bilan  isbotlab berilgan. 
Akademik A.L.Myasnikov (1965) xafaqon kasalligini «asab markazlari 
nevrozi»  deb atagan edi.  M ashhur terapevt  G .F.Lang (1943)  Lenin­
grad  qam alida  dushm anlar  shaharni  bom bardim on  qilishi  haqidagi 
havo  trevogasi  paytida  hatto  17—18  yashar yigit-qizlarda ham   qon 
bosimi  180/100  gacha  oshganini,  samolyotlar  qaytib  ketganidan 
keyin esa qon bosimi yana m e’yoriy raqamlarga tushganini aniqlab, 
xafaqon kasalligi rivojlanishida ruhiy omillarning ahamiyati naqadar 
katta ekanligini isbotlagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sivilizatsiyaning jadal  rivojlanishi  davrida asab-ruhiy kasalliklar 
va  asab zo‘riqishidan  kelib  chiqadigan  yurak-qon  tom ir  kasalliklari 
soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda.  Bu o ‘z navbatida psixogigiyena 
faniga katta vazifalarni yuklaydi.
Kuchli  hissiy hayajonlanish,  og‘ir musibat,  aqliy zo'riqish  orga- 
nizmning umumiy holatiga nojo'ya ta ’sir ko‘rsatadi.  Buning natijasida 
gomeostazning  norm al  faoliyati  buzilib,  ichki  a ’zolar  kasalliklari 
rivojlanishiga  sharoit  yaratiladi.  D em ak,  ruhiy salomatlikni  saqlash 
butun  bir organizmni  turli  kasalliklardan  asrash  demakdir.  Psixogi­
giyena  asab-ruhiy  kasalliklar,  shaxs  o ‘zgarishlari,  ichkilikka  ruju 
qo‘yish,  giyohvandlik  kabi  illatlarning  oldini  olish  bilan  ham  faol 
shug‘ullanadi.  Psixogigiyena muammolari inson shaxsini e’tiborga olgan 
holda  yechiladi.  Vaholanki,  shaxsning  shakllanishi  organizm ning 
ruhiy-asabiy holatiga katta ta ’sir k o ‘rsatadi.
Har bir vrachning psixogigiyena fanini chuqur egallashi va uning 
qonunlarini  bilishi  kasalliklarni  davolashda  va  oldini  olishda,  shu­
ningdek psixoprofilaktikadan yangi dasturlar tayyorlashga katta yordam 
beradi.  Shunday ekan,  ruhiy zo ‘riqishlar ichki  a ’zolar kasalliklariga 
sababchi boMsa,  o ‘z vaqtida ichki a ’zolar patologiyasi  inson ruhining 
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Doimiy hasad,  vahimaga tushaverish,  har  narsaga arazlayverish 
kabi  holatlar inson  ruhini  ishdan  chiqaradi.  Bunday  odam lar  ruhiy 
salomatligidan ayrilib,  ichkilikka  ruju q o ‘yadigan,  hech  kimga ishon- 
maydigan, o ‘zining sog‘ayib ketishiga ham   katta gumon bilan  qaray- 
diganbo‘lib qolishadi.  Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. Albatta, 
oilada  asabi  buzilgan  yoki  bir  so‘z  bilan  aytganda,  nevroz  yoki 
psixozga chalingan odam  bo‘lsa,  buning yom on ta ’siri oila a ’zolariga 
ham tezda o'tishi,  ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon yetkazishi 
mumkin.  D em ak,  psixogigiyenaning yana bir katta m uam m olaridan 
biri,  bu  oila  psixogigiyenasidir.  Bitta  odam ning  ruhiy  salom atligini 
tiklab  berish,  uni  o ‘rab  turgan  qarindosh-urug'lari,  yoru  birodar- 
larining  ruhiy  salomatligini  ham  tiklash  yoki  buzilishdan  saqlab 
qolish  demakdir.
Psixogigiyena muam m osini va muvaffaqiyatlarini keng m a’noda 
tushunm oq  kerak.  Chunki  psixogigiyena  bevosita jam iyat  m uam - 
molarini ham hal qilishga ulkan hissa qo'shadi,  ruhiy sog‘lom b o ‘lgan 
shaxsgina biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. 
Ruhan  sog‘lom  kishigina  yaxshi vrach,  quruvchi,  haydovchi,  o ‘qi- 
tuvchi  yoki  uchuvchi  bo‘lishi  mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo‘sh,  psixogigiyenaning asosiy vazifalari,  yo‘nalishlari nimalar- 
dan  iborat?  Psixogigiyena  quyidagi  maqsadlarni  o ‘z oldiga q o ‘yadi: 
1) sog‘lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;  2) tibbiy maskanlarda 
gigiyena  talablariga javob  beradigan  sharoit  yaratish;  3)  insonning 
salomatligiga ziyon  keltiruvchi omillarni kamaytirish va tugatish; 4) 
bem orlarni,  yoshu  qarilarni  sportga  qiziqtirish,  uni  keng  ommaga 
yoyish;  5)  har  bir  kishini  o ‘z  salomatligiga  e ’tibor  bilan  qarashga, 
uni saqlashga o'rgatish.
Psixogigiyena shartli ravishda quyidagi turlarga boMinadi:  1) yoshga 
oid  psixogigiyena;  2)  aqliy  va jism oniy  m ehnat  psixogigiyenasi;  3) 
o'rganish va o'rgatish  psixogigiyenasi; 4) oila va jinsiy hayot  psixogi­
giyenasi;  5) turmush psixogigiyenasi;  6) bemor odam psixogigiyenasi.
Yoshga oid psixogigiyena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug‘ilgan 
davrdan boshlanishi kerak.  Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi 
juda erta boshlanadi.  Bolaning yashash faoliyati o ‘yinlarga asoslangan 
b o ‘ladi.  Uning  idroki yoshiga mos bo‘ladi.  Bola o ‘zi qiziqqan  narsa 
bilan  shug‘ullanadi.  Bolaning  yonida  ehtiyot  bo‘lib  gapirish,  uni 
to ‘g‘ri  yo‘lga  boshlash,  kamchiliklarini  o ‘z  vaqtida  tuzatib  borish 
o ‘ta  muhimdir.  Bolani  qattiqqo‘llik  bilan  emas,  faqat  uqtirish  yo‘li 
va  tayinlash  bilan  tarbiyalash  mumkin.  Bolani  ortiqcha  erkalatib 
yuborish,  uning  aytganini  qilaverish,  talablarini  bajaraverish  ham 
yaxshi oqibatlarga  olib  kelmaydi,  u qaysar,  o ‘jar,  ota-onani  hurm at 
qilmaydigan  b o ‘lib  o ‘sadi.  Bolani  uning  yoshiga  mos  turli  o'yinlar 
bilan  mashg‘ul  qilish  kerak.  Bolani  teatrlarga,  sirkka,  hayvonot 
bog'lariga  olib  borish,  uni  tabiat  q o ‘ynida  tarbiyalash,  bolaning 
sinxron  rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar  psixogigiyenasida  kattalar xulq-atvori,  aw alam bor ota- 
onasining  xulq-atvori  o ‘ta  muhim   ahamiyatga  ega.  Doimo  janjal 
b o ‘ladigan,  ichkilik ichiladigan,  kitob  mutolaa qilinmaydigan oilada 
yaxshi farzand voyaga yetishi ancha murakkabdir.  Bola ota-onaning 
yaxshi  fazilatlariga  ham ,  yomon  qilig‘iga  ham  taqlid  qiladi.  Hali 
bolada bosh  miya  yarim  sharlari  p o ‘stlog‘i  funksional jihatdan to ‘la 
shakllanmaganligi sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish  imkoni 
past  bo‘ladi.  Bolani  hayotga o'rgatib  borish,  uning tafakkuriga  mos 
hikoyalar,  ertaklar  aytish,  hayotdan  misollar  keltirib  borish  bolada 
hayotga  qiziqish  uyg‘otadi,  insonlarga  m ehr-m uhabbatli  b o ‘lishga 
undaydi.
Agar ota-ona bolada fanning,  san’atning yoki hunam ing qaysidir 
bir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har tom onlam a yordam berib,
www.ziyouz.com kutubxonasi


barcha  sharoitni  yaratib  berishi  zarur.  Lekin  bolani  ilmli  qilam an 
deb,  unga  keragidan  ortiqcha  talab  q o ‘yib  yuborish,  dars  qilishga 
majbur  qilaverish,  ko'chada  biroz  o ‘ynagani  q o ‘ymaslik  bolada 
depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab boiadi.  Bunga shunday misol 
keltirish  mumkin.  Hali  8  yoshga  to ‘lm agan  G.  ismli  qizchani  bizga 
ko‘rsatishdi.  Qizcha  bosh  og‘rig‘idan  shikoyat  qilar  edi.  O ta-onasi 
vrach  qabulida  boMib,  qizchada  bosh  og‘rig‘i  sabablarini  aniqlay 
olishmaganligini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. 
Q izchani  tekshirish  m obaynida  shu  narsa  m a’lum  b o ‘ladiki,  u 
um um an  kam  gapirar,  bir  nuqtaga  qarab  turaverar,  doktor  bergan 
savollarga zo‘rg‘a javob berar edi.  0 ‘zi haqida gapirib berishni  iltimos 
qilganda,  faqat  boshi  og‘rishini  aytgan.  Qizni  tekshirayotib  unda 
depressiya  alom atlarini  aniqladik.  Qiz  a w a l  hech  qanday  kasal 
bo‘lmagan,  miya jarohatlari  olm agan,  ichki  a ’zolari  ham   sog‘lom 
edi.  Qizchadan  boshing  doim o  og‘riydiini,  og'rim agan  payti  borm i 
desa  u:  «Ha,  doimo  og'riydi,  lekin  noyabr  oyida  og‘rimadi»,  deb 
javob  beradi  (bem or  fevral  oyida  tekshirilayotgan  edi).
Qizdagi  bosh  og‘riqning  sabablari  har  tom onlam a  tekshirilib, 
kasallik anam nezi yaxshilab o ‘rganilgandan  keyin shu  narsa  m a’lum 
bo‘ldiki,  qizni  6  yoshligidan  boshlab  o ‘qitish  kuchaytirilgan  m ak- 
tabga  berishgan.  Bundan  tashqari,  qizcha  maktabdan  qaytganda, 
ingliz  tili  o'qituvchisi  uyda  u  bilan  m ashg'ulot  olib  borgan,  keyin 
esa  ota-onasi  qizchaning  bilimini  tekshirish  bo‘yicha  doim o  savol- 
javoblar  o'tkazgan.  Qizcha  6  yoshga  to ‘lganidan  keyin  ko‘chaga 
tengdoshlari bilan  o ‘ynagani chiqishga qo'yilm agan. Albatta,  bolaga 
qo‘yilgan bu  ortiqcha  talablar  uni  ruhan  charchatib  q o ‘ygan.  O 'q i- 
tuvchilar va  ota-onasi  oldida  doim iy  m as’uliyat  sezgan  qizchaning 
miyasi  doimo  hissiy  zo‘riqishda  bo'lib,  bora-bora  u  kamgap,  faqat 
savollargagina javob beradigan, o ‘z tengdoshlari bilan o'ynamaydigan 
b o ‘lib  qoladi.  So‘ngra  esa  qizchada  doim iy bosh  og'riq  rivojlanadi. 
Noyabr oyida esa qizcha  maktabdan ta ’tilga chiqqan, otasi esa boshqa 
shaharga xizmat safariga  ketgan edi.  Q izcha bu davrda,  tabiiyki  dars 
qilmagan va ko‘p vaqtini  toza havoda o"z tengdoshlari  bilan  o ‘ynab 
o'tkazgan.  Bundan  xulosa  qilib,  qizchaning  ota-onasiga  barcha 
talablarni  kamaytirish,  ularni  qizning  yoshiga  moslash,  ingliz  tilini 
o ‘qitishni vaqtincha to ‘xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish 
zarurligi  tavsiya  qilindi.  Bu  talablar  bajarilgandan  keyin  qizchada 
depressiya  alomatlari  (kamgaplik,  ishtaha  yo‘qligi,  hech  narsaga 
qiziqmaslik  va  bosh  og‘rig‘i)  o ‘tib  ketdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bundan xulosa shuki,  ko‘pchilik asab-ruhiy buzilishlarning sababi 
noto‘g‘ri hayot tarzi,  ortiqcha hissiy zo‘riqish, yoshga mos boMmagan 
talablarning  qo‘yilishidir.  Bu  salbiy omillar bartaraf qilinmas  ekan, 
dori-darm onlarning ta ’siri  ko'zlangan  maqsadni  bermaydi.
Psixogigiyenaning asosiy maqsadi ham salbiy asab-ruhiy omillarni 
bartaraf qilishdir.  Bolalarni  maxsus  kuchaytirilgan  maktabga  bera- 
yotganda psixologga ko‘rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti- 
vaqti bilan  psixolog  nazoratida turishi  kerak.
Shunday ekan,  maktab yoshidagi bolalar psixogigiyenasi  haqida 
alohida  to ‘xtalib  o ‘tish  o ‘rinlidir.  Bu  yerda  o ‘quvchilarga  darsdagi 
ortiqcha yuk, ular orasidagi yoki o ‘quvchi bilan o ‘qituvchi orasidagi 
kelishmovchiliklarni o ‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab 
topisli  zarur.
Psixologiya va umum an tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga 
to ‘la boMgan  davr — bu o‘smir!ik davridir.  0 ‘smirlik davrida nafaqat 
ruhiy  o ‘zgarishlar,  balki  aqliy  va jismoniy  o ‘zgarishlar  ham  keskin 
kechadi.  Bu  davr  —  o ‘tish  davridir.  0 ‘smir  —  hali  kechagi  bola, 
lekin  u hali  katta  kishi  ham  emas.  0 ‘smir o ‘z oldida turgan  muam- 
molarni o ‘zi yechishga  ruhan hali tayyorboMmasligi  mumkin.  Lekin 
uni hali sen yoshsan deb  hadeb tergayverish  unda qaysarlikni yuzaga 
keltirishi  mumkin.  0 ‘smirning  mustaqilligini  tan  olgan holda, uning 
oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug‘dira borish o‘ta muhimdir. 
U  yechishi  kerak  boMgan  muammolardan  q o ‘rqmasligi,  shu  bilan 
birga,  bu muammoga yengiltaklik bilan qaramasligi kerak.  Bu davrda 
o ‘smir  uchun  eng  katta  m uam m olardan  biri  seksual  muammodir. 
Qizlarda  esa  hayzning  kelishi  ham   chuqur  hissiy  hayajonlanishlar, 
qo‘rquvlar bilan  kechishi mumkin.  Bunday paytlarda ota-onasining, 
yaqinlarining maslahati juda zarur.  Bunday holatda vrach-psixologning 
vazifasi  —  o ‘smirda  kechayotgan jarayonlarni  o ‘z  vaqtida  hal  qilib 
borishdan  iborat.  S port  va  badantarbiya  m ashqlarini  bajarish, 
mehnatning  o ‘ziga  yoqqan  turlari  bilan  shug‘ullanish,  organizmni 
chiniqtirib  borish  o ‘sm ir  uchun  g‘oyat  muhimdir.
Katta  yoshdagilar  psixogigiyenasi,  ko‘pincha,  kishining  egal- 
lab  turgan  lavozimiga,  kasbiga  va  ish  faoliyatiga bogMiq.  Bu  davrda 
oila va jinsiy hayot  psixogigiyenasi  alohida e ’tiborni talab qiladi.  Bu 
m uam m oni  o ‘z  vaqtida  Zigm und  Freyd  chuqur  o ‘rgangan  edi. 
Z.Freyd  jinsiy  hayotda  baxtsizlikka  uchragan  oila  psixologiyasini 
o ‘rganib,  jinsiy  hayot  nuqtai  nazaridan  insonlarda  nevroz,  psixoz 
kabi  kasalliklarning  kelib  chiqish  mexanizmlarini  o ‘z  kuzatuvlariga
www.ziyouz.com kutubxonasi


asoslanib  yoritib  berdi.  Jinsiy  zaiflik  b o r  oilada  baxtli  hayot  b o ‘l- 
maydi,  bunda  nafaqat  oilada,  balki jam iyatda  ham  ular  o ‘z  o ‘rnini 
topib keta olmasliklarini isbotlab bergan.  E r-xotin orasidagi  nafaqat 
yaxshi m unosabat va xushmuomalalik,  balki  normal jinsiy m unosa- 
batlar ham   mustahkam  oilaning  asosini  tashkil  qiladi.
Jinsiy  hayot  —  hayot  m azm unini  ifodalab  beruvchi  vositadir, 
chunki busiz avlodni davom ettirib bo'lmaydi. Jinsiy hayotdagi  keskin 
o ‘zgarishlar klimakterik davrda,  involutsion  davrda  salbiy tom onga 
ketishi  kishi  ruhiy  faoliyatiga  ta ’sir  qilm asdan  qolmaydi.  Shuning 
uchun  ham   jinsiy  hayot  psixogigiyenasini  alohida  o'rganish  talab 
qilinadi.  Oila  m ustahkam   boMishi  u ch u n   nikohga  katta  e ’tibor 
qaratilm og‘i  kerak.  Turmush  qurayotgan  ikki  yosh,  albatta,  tibbiy 
ko'rikdan,  genetik  va  psixologik  tekshiruvlardan  o ‘tib,  salomatligi 
haqida  maxsus  tibbiy  m a’lum otnom ani  olgandan  keyin  turm ush 
qurish haqida xulosaga kelish  mum kin.  Aks holda,  bu nikoh baxtsiz 
b o ‘ladi.  Qiz bersang  ham,  olsang  ham ,  yetti  avlodini  surishtirib  ish 
qil,  deb bekorga aytmagan xalqimiz.  Bitta oilaning baxtsizligi,  uning 
qarindoshlarining,  qolaversa,  butun jam iyatning  baxtsizligi  sifatida 
qaralishi kerak.  H aqiqatan ham shunday.
Jinsiy  a ’zolarning  anatomiyasi  va  fiziologiyasi  haqida  turm ush 
qurayotgan yoshlar dastlabki ilmga ega bo‘lishlari kerak. Jinsiy a ’zolar 
haqida oddiy bilimga ham ega boMmagan yoshlarga turm ush qurishga 
faqat ularning sevgi-muhabbatiga asoslanib  ruxsat beriladi.  H am m aga 
m a’lumki,  bu  muhabbat,  ko'pincha,  tashqi  ko‘rinishga  asoslangan 
bo‘lib,  turm ush  qurayotgan  yigit  yoki  qizda  ruhiy  kasallik  borm i- 
yo‘qmi,  nevropatolog  yoki  psixiatrlarning  tibbiy  xulosasi  qanday? 
Bularga  e ’tibor,  ko‘pincha,  turm ush  qurishdan  oldin  em as,  balki 
buzilganidan  keyin beriladi.  Biz turm ush  qurgandan  keyin  turm ush 
o ‘rtog‘ining  ruhiy kasalligi  borligi va  uning  ota-onasi to ‘ydan  oldin 
farzandining  «aybini»  yashirganligidan  katta janjallar chiqib,  butun 
boshli  oilalar  sudlashib  yurganining  guvohi  bo'lganm iz.
Qariyalar  muammosi  har  qanday jam iyatda  ko‘ndalang  turgan 
muammodir.  Chunki ular ishga yaroqsiz b o ‘lib qolganlaridan  keyin, 
ba’zan farzandlari e ’tiboridan ham  chekkada qolib ketishadi. Ayniqsa, 
doim o  faol  hayot  kechirib  kelayotgan  kishi  nafaqaga  chiqib,  ishsiz 
qolganda,  uning ruhiyatiga  katta ziyon yetishi  mum kin.
Shuning uchun qariyalarning salomatligini saqlash,  ularni mahalla 
yoki  o'zining aw algi  mutaxassisligi bilan bog‘liq  ishlarga jalb  qilish,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ularning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklashga va saqlashga yordam 
beradi.
Psixogigiyena  fani  doim o  takomillashib  boradigan  fandir.  Bir 
necha yillardan so‘ng psixogigiyenaning maqsad va vazifalarida yangi 
yo‘nalishlar  paydo  bo‘lishi  tabiiy.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish