8.2. Temperament va uning tiplari
Tem peram ent odamning tevarak-atrofdagi voqealarga m unosa
batini, hissiyotining ayrim xususiyatlarini belgilab beradi. T em pe
ram ent ong, xotira, aql-zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu
bois ham barcha temperament vakillari orasida iqtidorli va iqtidorsiz,
ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish mumkin.
Tem peram entning to ‘rta tip i m a ’lum: sangvinik, flegmatik, xolerik
va melanxolik.
A.Eynshteyn
(1879-1955)
www.ziyouz.com kutubxonasi
I.P.Pavlov eksperim ental tarzda tem peram entning fiziologik
asoslarini o'rgandi. U shuningdek, tem peram entning aniq tasnifiy
belgilarini aniqlab, bu tushunchani ancha kengaytiradi va yangi
m a’no-mazmun berib to'ldiradi. Biroq itlarda aniqlangan asab tizimi
ti plari odamdagiga o'xshab ketsa-da, lekin ularni odamga mexanik
tarzda ko'chirib bo‘lmaydi.
Tem peram entning 4 tipiga ta ’rif beramiz.
Sangviniklar
— chaqqon, tirishqoq, m ehribon, ta ’sirchan kishi-
lardir. U lar tevarak-atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha
kuchli yoki o ‘rtam iyona b o ‘ladi. U lar bilim ni tez va osongina
o ‘zlashtirsalar-da, hamma vaqt ham puxta egallamaydilar. M uomalada
ular ko‘proq shirinsuxan, gapdon odam lardir. Sangviniklar ishga
osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir boMishadi, lekin m un-
tazam ravishda doimiy m ehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan
birga ular tirishqoq va faol bo‘ladilar. Ular ancha dadil bo‘lib, boshqa
kishilar bilan osongina m uloqot qiladilar. Sangvinik tem peram ent
ayniqsa, bolalarda yaqqol nam oyon b o ‘ladi.
Flegmatiklar
— sangviniklarga qaraganda, birm uncha vazm in
kishilardir. U larda shoshmaslik, vazminlik ancha barqaror bo ‘ladi,
murakkab hayotiy vaziyatlarda kam harakatchanlik kuzatilsa-da,
qo ‘yilgan maqsadga erishishda birmuncha barqaror, bir so‘zli va dadil
b o ‘lishadi. Bilimlarni sekinroq o'zlashtirsalar ham, lekin puxta egal-
laydilar. Agar sangvinik alangaga o ‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘na-
di), flegmatikka sekin va uzoq yonadigan alanga xos bo'ladi. Biror
narsaga tez javob qilish kerak boMsa, flegmatiklar, ko‘pincha, vaqtni
boy beradilar. Bunda sangviniklar ulardan ustun keladi. Q at’iylik,
iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda flegmatiklar ustun keladi.
Xoleriklar
— kuchli, chaqqon, vazmin bo ‘lmagan odam lardir.
Ularning o'ziga xos xususiyati — jizzakilik va beqarorlikdir. Xoleriklar
— faol, ishchan va to ‘xtovsiz reaksiyali odamlardir. U lar bir m arom da
ishlay olishmaydi, goh g'ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning
uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidamlilik talab qilinadigan
vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishlari mum kin.
Melanxoliklar
— g'am gin, ju r’atsiz va m a’yus kishilardir. Saiga
charchash, biror ishga yetarlicha ju r’at etmaslik, o ‘z fikrlari va istak-
larini qondira olmaslik ular uchun xosdir. Melanxoliklar, ko‘pincha,
arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi
kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va flegmatiklar esa qiyin-
chiliklarni oson yengishadi, xoleriklar esa ularni hatto yo‘q qilib
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuboradilar. Melanxoliklarda ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘u-
lar ustunlik qiladi. Baxtli voqealarga qaraganda, ularga noxush vo-
qealar ko‘proq ta ’sir qiladi. Shuning uchun ham ular doimo tush-
kunlikda yurishadi. Ular zaif va sust kishilardir. 30-rasmdagi vaziyatlar-
ni tahlil qilib, kim qaysi temperament egasi ekanligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |