О ‘tkir Hoshimov
VIII BOB. SHAXS. TEMPERAMENT. XARAKTER
8.1. Shaxs haqida tushuncha
Shaxs individualligi bilan ta ’riflanadi. Kishi o ‘z jism oniy xususi-
yatlari bo‘yicha boshqalarga o ‘xshamaydi, psixologik nuqtai nazardan
qaraganda ham bir xil odam bo'lmaydi. Vrach bem orni o'rganayotib,
uning shaxsiyatiga ham e ’tibor beradi, shu bilan birga bem or ham
vrachning shaxsiga e ’tibor qiladi va kuzatadi. Shaxsning aniq bir
ta ’rifmi berish mushkul.
Psixologiyada shaxs o'zining y o ‘nalganligi va qobiliyati bilan
xarakterlanadi. Yo‘nalganligi deyilganda, odam ehtiyojlari, qiziqish-
lari, istaklari, moyilligi, e ’tiqodi, orzulari va dunyoqarashi tushuni-
ladi. Zam onaviy, madaniyatli kishilarning qiziqishlari turli-tum an
boMadi. Qiziqishlar yoshga qarab o ‘zgarib boradi. U ch yoshdan besh
yoshgacha bo ‘lgan sog'lom bolalarda ham m a narsani bilishga qiziqish
yaqqol ifodalangan bo'ladi. Bu yoshdagi bolalarning savollari «bu
nima?», «nega?», «nima uchun?» dan iborat b o ‘ladi. M aktabgacha
yoshda o ‘yinchoqlarga, ular bilan o'ynashga va mazmunli o'yinlarga
qiziqish uyg‘onadi. Xuddi shu davrda bolada rasm solishga, jonli
tabiat va hayvonlarga qiziqish paydo bo'ladi. Keyin ertaklarga,
fantastika, kulgi, hazil-mutoyibalarga ham qiziqish uyg'onadi. O'qish-
ga va ayrim fanlarga (m atem atika, geografiya, adabiyot) qiziqish
um um an ancha erta rivojlanadi. Bu qiziqishlar vaqtinchalik va doimiy
bo‘lishi mum kin. Texnika va sportga qiziqish ham birm uncha erta
uyg‘onadi. Badiiy adabiyotlarga qiziqishning o'ziga xos qonuniyatlari
bo'ladi: aw alam bo r ertaklarga, keyin esa sarguzasht, fantastik,
detektiv adabiyotlarga, so'ngra rom antika, jinslar orasidagi m unosa-
batlarga va siyosatga qiziqish paydo boMadi. Lekin b a ’zi qiziqishlar
parallel holda kuzatilishi ham mum kin.
Ilm iy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar kitobxonlar qiziqishining
boshqa bir tomonidir. B em or kishining adabiyotlarga qiziqishini,
alb atta, tahlil qilish va u adab iy o tlarn i, k in o film larn i qanday
o ‘zlashtirayotganini bilish lozim. Bu shaxs xususiyatlarini, uning
tafakkur doirasini tushunish u ch u n o ‘ta zarurdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qiziqishlar odam ning didiga ham bog'liq. Did odam hayotining
turli xil davrlarida, goho erta, goho esa kech paydo b o ‘ladi.
Dunyoqarash va falsafa masalalari va hayot mazmuniga qiziqishlar
ko'pincha, qariyb yigirma yoshda paydo bo'ladi. Xuddi shu yoshda
yoki biroz keyin jam oat ishlariga qiziqish uyg‘onadi.
O lzga jinsga qiziqish (mayl) 12—15 yoshdan boshlab rivojlanadi.
Qiziqishlarning turidan tashqari, ularning ijtimoiy mavqeyi va kengligi
ham ahamiyatlidir. Qiziqishi chegaralangan odamlar faqat o ‘z hunari
bilan cheklanib qoladi. Qolganlarining ham m asi deyarli ularni
qiziqtirmaydi. Qiziqish doirasi keng bo‘lgan odam ko‘proq bilishga
intiladi. U fan-texnikaning turli xil sohalarini egallab, ijtimoiy-
siyosiy masalalar, san’at, sport bilan qiziqadi. Lekin sanab o ‘tilgan
barcha qiziqishlar bir xil qimmatga ega boMmaydi. Ulardan biri asosiy,
qolganlari — ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. C hunonchi,
vrach uchun quyidagi fanlar — anatomiya, terapeya, farmakolo-
giya, psixologiya eng diqqatga sazovor sanalsa, bu esa unga siyosat,
musiqa, sport, she’riyat, ov qilish bilan qiziqishga xalaqit bermaydi.
Qiziqishlarning barqarorligi ham ahamiyatlidir. Ba’zi bir odam
larda ularning asosiy qiziqishlari um rbod ham roh bo'ladi, bosh-
qalarda tez paydo bo‘lib, o ‘tadi-ketadi. Psixopatiyalarda, ko‘pincha,
qiziqishlar beqaror bo‘ladi. N atijada, kishi shunchaki qiziquvchan
bo‘lib qoladi, am alda esa hech bir faol ish qilmaydi yoki chala
bajaradi. Qiziqishlar kuchli va sust bo'lishi mumkin. Kuchli qiziqqan
odam to ‘siqlarni yenga oladi, kerak bo‘lsa, qurbon b o ‘ladi. Odam
shaxsiga batafsil ta ’rif berish uchun uning qiziqishlarini chuqur
o ‘rganish zarur.
Buyuk shaxslar o ‘z aql-zakovati va ilmi bilan, ko'pincha, avliyo
darajasigacha yetgan bo‘ladi. A hm ad Yassaviy, Bahouddin Naqsh-
bandiy, N ajm iddin Kubro, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Im om Buxoriy
kabi allom alarni bunga misol qilib ko‘rsatish m um kin. H ar bir
odam ning dunyoqarashi ko‘proq uning biror maqsadga intilgani,
tarbiyasi, orttirgan bilimlari va hayot tajribasiga bog‘liq. Ijtimoiy-
tarixiy shart-sharoitlar kishining dunyoqarashi shakllanishida muhim
o ‘rin tutadi. Agar kishining dunyoqarashi jam iyatda kechayotgan
salbiy jarayonlarga mos kelmasa va shunday bo‘lsa-da, bu jarayonlar
ijobiy deb ta n olinsa, bu holat shaxsning jamiyatga va atrofdagilarga
bo'lgan munosabatini butunlay o ‘zgartirib yuboradi. Shuning uchun
h a m b u y u k sh a x sla r ( C h o ‘lp o n , F itra t va b o s h q a la r) o ‘z
zam onasining qurboni b o ‘lishgan yoki qatag‘on qilingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
K o‘pchilik olimlarning yutuqlarida, ularning shaxsi m uhim aha-
miyatga molik ekanligi, shaxsning ilm -fan rivojlanishiga katta ta ’sir
ko‘rsatishi aytib o ‘tiladi. H ar qanday odam , u qaysi kasb egasi
boMishidan q at’i nazar, shaxs boMib kam ol topishi kerak.
Shaxsning kamol topishida qobiliyat va iste’dodning ham aha-
miyati katta. Qobiliyat muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun zarur boMgan individual xususiyatdir. O dam qobiliyatli
boMib tug‘ilmaydi, balki yetishadi. Ilk bolalik davridan boshlab,
odam da nim agadir qobiliyat nishonalari boMadi, nim agadir esa
boMmaydi. Buni ota-ona darrov ilg'ab olsa, keyinchalik bola yetuk
shaxs boMib yetishishi mumkin. Alisher Navoiydagi she’riyatga boMgan
qiziqish ilk bolalik yoshidan ilg‘ab olingan va unga h ar tom onlam a
ko‘ mak berilgan. Natijada, Hazrat Navoiy buyuk shaxs boMib yetishdi
va she’riyat sultoni degan nom ni oldi. D em ak, qobiliyatni taraqqiy
ettirish zarur. Bordi-yu qobiliyatning nishonasi boMmasa, uni rivoj-
lantirib boMmaydi. M asalan, skripkachi boMish uchun b ir emas,
bir necha qobiliyatga ega boMish lozim. S kripkachi m arom ni
sezishi, musiqiy va kinestetik xotirasi boMishi, qoM barm oqlari mayin
va aniq harakat qilmogM lozim. Bunga yana musiqiy did, hissiylik va
k o ‘pgina boshqa qobiliyatlar q o ‘shiladi. A na shu xususiyatlar
boMganda, sanab o'tilgan barcha qobiliyatlarni o ‘qish va m ashq
qilish jarayonida rivojlantirish mumkin.
C hunonchi, Ibn Sino, A l-Xorazm iy, Abu R ayhon Beruniy,
Alisher Navoiy, Al-Farg‘oniy, Bobur, K am oliddin Behzod, Foro-
biy, Rudakiy, A.S. Pushkin, M otsart, Shekspir, Paskal, Leonardo
da Vinchi, Mikelandjelo kabi allom alarda qobiliyat va iste’dod juda
erta, ya’ni bolalik davridan hayratlanarli darajada rivojlangan. Lekin
aksariyat olimlarning, ixtirochilaming, davlat arboblarining iste’dodi
yetuk yoshda namoyon boMadi.
K o'pchilik o ‘quvchilaming darslarni o'zlashtirishlari tam om ila
pedagogik jarayon sifatiga bogMiq va ularning barchasi yaxshi o'qishlari
kerak, degan fikr xatodir. Barcha o ‘quvchilar ularning qobiliyatidan
q at’i nazar, yaxshi o ‘qishlari zarur degan fikr, o ‘qitishning soxtala-
shuviga va sifatining pasayishiga, baholami sun’iy ravishda oshirishga,
m aktab vaoliy o ‘quv yurtlarida tegishli d ip lo m ni rasmiyatchilik
asosida berishga olib keladi.
Shaxsga ta ’rif bera turib, biz buyuk allom alarda talant kurtaklari
erta yoshdan boshlab nish urib boshlashi haqida aytib o ‘tdik. Shu
yerda shaxs bilan bogMiq yana bir qiziq muammo haqida so‘z yuritishni
www.ziyouz.com kutubxonasi
lozim deb topdik, ya’ni, buyuk shaxslarning (dohiylarning) ruhiy
nuqsonlari to ‘g‘risida. Psixopatiya alomatlari bo'lgan buyuk shaxslar
haqida ilmiy adabiyotlarda turli m a’lumotlarni uchratish mumkin.
Psixopatiya — bu shaxsning patologik o'zgarishi bo'lib, odatda tug‘ma
b o ‘ladi. Psixopatiyaga doir m a ’lum otlar psixiatriya darsliklarida
mufassal yoritilgan.
Psixiatrlar iqtidor va ruhiy nuqsonlar orasida uzviy bog‘liqlikni
aniqlashga doim harakat qilishgan. Bu bog‘liqlikni o'rganish deyarli
100 yil oldin boshlangan. Olim lar tarixiy shaxslarning hayoti bilan
qiziqib, ularning psixologik anam nezi, oila a ’zolari, qarindosh-
tuqqanlari, ota-onasi va farzandlari haqida m a’lum ot yig‘ishgan.
Buning natijasida antiqa bir xulosaga duch kelishgan: agar geneologik
shajaraning bir shoxchasi bo'ylab ularning ajdodlarida (ota-onasi,
buvasi, buvisi) iqtidorli shaxslar aniqlangan b o is a , boshqa bir
Do'stlaringiz bilan baham: |