Z ibodullayev


(E.Y.Qosimovning  bo'lajak  shifokorlarga  atab  aytgan



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

(E.Y.Qosimovning  bo'lajak  shifokorlarga  atab  aytgan 
nutqidan).
Albatta,  hozirgi  kunda tibbiyotga pullik xizmatning kirib kelishi, 
deontologiyaning  b a ’zi  yo‘nalishlarini  boshqacha  tahlil  qilishga 
undaydi.  Sobiq  Sho‘ro davrida pullik xizm at deyarli yo‘q edi.  H ozir 
davlat  tom onidan  maxsus  ruxsatnom a  olib  vrachlar,  poliklinikalar 
va shifoxonalar pullik tibbiy xizmat ham  ko‘rsatishmoqda.  Bu albatta, 
endi  deontologiyaning  keragi  yo‘q  yoki  aham iyati  pasaydi,  degani 
emas.  «Axir pul toMagandan  keyin baribir yaxshi qaraydi-da»,  degan 
fikr  yanglish  fikrdir.  Vaholanki,  bem orning  tuzalib  ketishi  uning 
vrachga to ‘lagan pulining miqdori bilan belgilanmaydi,  uning bilimi, 
tajribasi  va  muom alasi  bilan  belgilanadi.  Qolaversa,  deontologiya 
degani,  faqat  bem orga  shirin  so‘z  gapirib,  unga  kulib  qarab  turish 
degani emas,  deontologiyaning ustuvor y o ‘nalishlaridan biri,  ta ’kid- 
lab  o ‘tganimizdek,  ishonchdir.  B a’zan  hadeb  vahima  qilaveradigan 
bemorni  qattiqroq  «koyib»  qo'yishga h am  to ‘g‘ri  keladi.  Ana shun-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dagina  u vrachga  ishonadi.  «Agar kasalim  haqiqatan  ham  tuzalmas 
bo‘lganida,  doktor  m eni  urishib  bermasdi»,  deb  o'ylaydi.
Ba’zan bemorga berilayotgan davo usuli uni qoniqtirmaydi.  K o‘p 
dori-darmon yozilsa,  «shuncha dori shartmikan, yoki kasalim og‘irmi, 
yoki  vrach  tajribasizmi?»  degan  fikrlar  paydo  bo‘ladi.  «Falonchi 
doktor  falonchi  bem orni  ikkita  dori  berib  tuzatib  yuboribdi»  degan 
so‘zlarni  ba’zan  eshitib  turish  mumkin.  X o‘sh,  bunday  paytlarda 
qanday  yo‘l  tutish  kerak?  Ayniqsa,  ba’zi  kasalliklarni  birm uncha 
uzoq  davolashga  to ‘g‘ri  keladi.  Berilayotgan  davo  choralari  darrov 
natija beravermaydi.  Bunday paytlarda kasallikning mohiyatini bemor 
tushunadigan  tilda  bayon  qilish  kerak.  Kerak  b o ‘lsa,  bem orni 
tinchlantirish  uchun  tashxisni  yanada  aniqroq  qilish  maqsadida, 
vrach  o ‘zidan  tajribaliroq  hamkasblaridan  maslahat  so‘rashi  zarur. 
Vrach bemorning oldida aslo o ‘ziniyo‘qotib qo‘ymasligi  kerak.  Shuni 
unutm aslik  kerakki,  vrach  bem orni  tekshiradi,  bem or  esa  vrachni 
kuzatadi.
K o ‘p  hollarda  shunday  hodisalarga  duch  kelish  mumkin.  Pro­
fessor  qabuliga  kelgan  bem or  qabulda  yarim  soatdan  ortiq  qolib 
ketsa,  bezovtalana  boshlaydi,  professor  yoki  doktorlar  haqida  har 
xil  gaplar  gapiradi.  Q izig‘i  shundaki,  xuddi  shu  bem or  (ya’ni 
professorni  yarim  soat  ham   kutgisi  kelmagan  bemor)  tabibni  bir 
necha soatlab,  hattoki bir necha kunlab kutadi.  Qancha ko‘p kutgan 
sayin  tabibga  hurm ati  shuncha  oshib  boradi.  Tabibni  xuddi  o ‘ziga 
o'xshab  kutayotganlarga maqtaydi:  «Zo‘rtabib bo‘lsa kerak,  eshigida 
shuncha  odam,  bitta bem orni bir soatlab  ko‘rarkan».  0 ‘sha tabibga 
kirish  uchun  ba’zi  bir  bem orlar  eshigining  oldida  ko‘rpa-to‘shak 
qilib  yotib  oladi.
X o‘sh,  buning  siri  nim ada?  Tabiblarning  «zo'rligidami?»  Yoki 
bem oriarning  tibbiyotdan  va  doktorlardan  bezganidam i?  Yoki 
vrachlarning bem or dardini to ‘la eshitishga «vaqtlari» yo'qligidami? 
Bu  savollarni  quyidagicha yoritish  mumkin.
Birinchidan,  afsuski, ko‘p kasalliklar surunkali turga o‘tib ketgan 
b o ‘lib,  bir  m arta  emas,  bir  necha  bor  davolashni  talab  qiladi.
Ikkinchidan,  bem orlarni davolashdagi  izchillikning buzilishida, 
ya’ni  bem or  kasalxonadan  chiqib  poliklinikada,  u  yerda  davolanib 
bo‘lganidan keyin, ko‘rsatilgan muddatlarda sanatoriylarda davolanishi 
zarur b o ‘ladi.  H am m a bem orlar ham bunga am al qila olmaydi.
U chinchidan,  inson paydo bo‘libdiki,  antiqa narsalarga,  m o‘’ji- 
zalarga  intiladi.  K o‘rm agan  narsasini  ko‘rgisi,  yemagan  narsasini
www.ziyouz.com kutubxonasi


yegisi,  bormagan  mamlakatga  borgisi  keladi.  Bular  h ar  bir  inson 
uchun xos fazilatlardir.  M ana shu fazilatlar bor ekan  inson  m o‘’jiza 
izlayveradi  (kim dan,  nimadan  va  qayerdan  izlashning  farqi  yo‘q, 
eng asosiysi «mo"jiza» topsa bo‘ldi).  Odamlaming tabiblarga intilishini 
ham   shunday  izohlash  m um kin.  H am m a  joyda  poliklinikalar, 
kasalxonalar  ishlab  turibdi,  vrachlar  ham   yetarlidir.  Deyarli  har 
bir  m ahallada,  har  bir  ko‘p  qavatli  uyda  doktor  b o r  (vrachlar 
yetishmaydigan  ba’zi  qishloqlarni  e ’tiborga  olmaganda).  Bem orlar 
uchun vrachlarga  murojaat qilish  oddiy bir hoi boMib qolgan:  «unisi 
bo‘lmasa bunisi,  vrach topiladi».  D oktorga  ishi  tushm agan  odam ni 
uchratish  am rim ahol,  albatta.  Bu  m ulohazani  tabiblarga  nisbatan 
ishlatib bo'lm aydi.  Negaki,  ularning  soni  oz.  U lar uchun  «tabibxo- 
nalar» yo‘q.  Ularni tayyorlaydigan  institutlar ham yo‘q.  U lar ishlay- 
digan  kasalxonalar  ham  yo‘q.  Agar  b o ‘lganida,  bem orlar  tabiblar­
ga  ham  ko'nikib  qolib,  ulardan  m o‘’jiza  izlamagan  bo ‘lur  edi.
Falon  qishloqda  bitta  tabib  chiqibdi,  eshigi  to ‘la  odam   emish 
deyishsa,  odam lar o ‘sha  tom onga  qarab  intiladi.  U   tabib  m aktabni 
tugatganmi yo‘qm i,  nega  u  ham   asab,  ham   ruhiy,  ham  ichki kasal- 
liklarni,  ham   bepushtlikni  davolayveradi?  Bular  bilan  bem orlar 
qiziqishmaydi.  Eng asosiysi, eshigining oldida odam ko‘p. Agar bem or 
biror vrachdan tuzalmasa yoki  kasalxonadan  to ‘la tuzalib chiqm asa, 
o ‘sha vrachni va kasalxonani yomonlaydi. Agar u tabibdan tuzalmasa, 
«ha,  demak,  kasalim tuzalmas ekan-da,  tabib  ham davolay olmadi» 
deb  fikr  yuritadi.  Bu,  ajablanarli  hoi  albatta.  K asalxonalarda, 
poliklinikalarda  tuzalgan,  nogiron  b o ‘lgan  va  o ‘lgan  bem orlarning 
hisobi olib boriladi.  Buning uchun  Sog‘liqni saqlash vazirligida katta 
statistika bo'lim i  ishlab turibdi.  Olingan  m a’lum otlar har chorak va 
har yili tahlil  qilib  boriladi.  Tabiblar qo'Iidan  tuzalgan  va  tuzalm a- 
ganlarning hisobi olib borilmaydi.  U larda statistika ham  yo‘q.  Og‘ir 
bemorlarni  esa  ular  davolamaydi.  Shunday  qilib,  biz  ularning  ish 
faoliyatini  nazorat  qiladigan  sharoitdan  yiroqmiz.
Bu o'rinda,  tabiblarni yom onlab,  vrachlarni ulug'lash  niyatim iz 
ham yo‘q.  Biz yuqorida keltirgan  m ulohazalar vrachlarni  o ‘ylantirib 
qo‘ymog‘i  kerak.  H aqiqatan  ham ,  ko‘p  hollarda,  vrach  bem orning 
so‘zini  oxirigacha tinglamaydi.  Bunga  sabab  qilib,  tashqarida  kutib 
turgan  bem orlarni  va  vaqti  ziqligini  ro ‘kach  qiladi.  Lekin  shuni 
unutmaslik kerakki,  hozir yoningizga kirgan bem or tashqarida  kutib 
o'tirgan  bem orlarning  yoki  sizning  vaqtingiz  ozligining  qurboni 
bo‘lmasligi kerak.  Bu bem or Sizni  deb kelganligini ham  unutm aslik
www.ziyouz.com kutubxonasi


kerak.  Qolaversa, vrach obro‘-e’tibori yo‘qoladigan ishlarni qilmasligi 
kerak.  Bemorning dardini oxirigacha eshitish  zarur.  T o‘g‘ri,  ba’zan 
bem or bir oz gapirganidan  keyin  uning  kasali  doktorga  ayon  bo‘lib 
qolishi  mumkin.  Biroq,  bem or  hali  so‘zini  tugatgani  yo‘q.  U  o ‘zini 
bezovta  qilayotgan  barcha shikoyatlarini  doktorga aytmoqchi.  G ap 
shundaki,  bemor dardini qancha to ‘kib solsa, shuncha yengillashadi. 
Bemorning uzundan-uzoq so‘zlari doktorga diagnoz qo‘yish uchun- 
gina  emas,  balki  uning  dardini  yengillashtirish  uchun  ham  kerak. 
Dem ak, vrach bemorni eshitayotib  nafaqat  uning kasalini aniqlaydi, 
balki  davolaydi  ham!  T o‘g‘ri,  bem or  kasaliga  taalluqli  bo'lm agan 
gaplarni ko‘p gapirishi,  doktorning vaqtini behuda o ‘g‘irlashi m um ­
kin.  Bunday paytlarda,  bemorga kasalligiga doir qo‘shimcha savollar 
berib,  uni  to ‘g‘ri  yo‘lga  solib  olish  kerak.
Ayniqsa,  nevrozga  chalingan  bem orlar  ko‘p  so‘zlashni,  shiko­
yatlarini  rang-barang  qilib  gapirishni  yaxshi  ko‘rishadi.  Yana  ular 
zam onaviy  apparatlarda  bir  qancha  tekshirishlardan  o'tishni  xoh- 
lashadi,  bular  bemorga  shart  b o ‘lmasa-da.  Imkoniyatlarga  qarab, 
bu iltimoslarni bajarish kerak yoki bemor bir-ikkita tekshirishlardan 
o ‘tgandan  keyin  «bularning  xulosasi  yaxshi  chiqdi,  qolgan  tekshi- 
rishlar  endi  shart  emas»,  deb  tinchlantirish  lozim.
Vrach  xatosi to ‘g‘risida nima deyish mumkin. Agar vrach xatoga 
yo‘l  q o ‘ysa,  u  albatta jazoga  tortilishi  kerakmi?  Xatoning  sabablari 
nim adan  iborat?  «Bemor  doim o  haq»  degan  naql  to ‘g‘rimi?  Bu 
savollar  o ‘ta  qiyin  bo‘lib,  ularga  batafsil  javob  topish  amrimahol. 
V rachning  har  bir  xatosi  orqasida  bem orning  hayoti  yotadi.  Bu 
xato  tufayli  kim dir  otasidan,  kimdir  onaizoridan,  kimdir  suyukli 
yoridan,  farzandidan judo  bo‘ladi.  Vrach  xatosining  sabablarini  2 
guruhga  b o ‘lish  mumkin. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish