Z ibodullayev


  Psixogen  nevralgiyalar



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

10.2.3.  Psixogen  nevralgiyalar
H ar  qanday  psixogen  giperesteziyalar  tananing  turli joylarida 
nevralgiyaga yoki mialgiyaga o ‘xshash og‘riqlar beradi. Ayniqsa,  yuz 
sohasida kuzatiladigan og‘riqlar bemorlarni juda qiynab qo‘yadi.  Bu 
og‘riqlar  kuchi  turli  darajada,  oddiy  achishishdan  tortib  kuchli 
sanchuvchi og‘riqlargacha rivojlangan boMadi.  Og‘riq ikkala chakka, 
peshona,  iyak sohalarida  kuzatilishi  mumkin.  Agar og‘riqlar tish va 
m ilklar  sohasida  kuzatilsa,  gap  psixogen  stom atolgiyalar,  tilda 
kuzatilsa glossalgiyalar haqida boradi.  Ruhiy zo'riqishlar kuchaygan 
yoki  tezlashgan  sayin  og‘riqlar  ham  kuchayib  boradi.
Yuz sohasidagi psixogen og‘riqlar uchun ularning ovqat yeyotgan 
paytda kamayishi yoki yo‘qolishi xosdir. Uch shoxli nerv nevralgiyasiga 
o ‘xshab  kechuvchi  psixogen  og'riqlarda,  sezgi  buzilishlari  nerv- 
lanadigan sohalarga  mos kelmaydi va har kuni bem or turli sohadagi 
yoki turli darajadagi og'riqdan shikoyat qiladi. Nevrogen og‘riqlardan 
farqli  oMaroq,  psixogen  og‘riqlarda  analgetiklar  yordam  bermaydi. 
T o ‘g ‘ri olib  borilgan  psixofarmakoterapevtik  muolajalar bem or ah- 
volini  yengillashtiradi.  B a’zan  tuzalib  ketgan  bem orlar  og‘riqning
www.ziyouz.com kutubxonasi


kuchayganidan shikoyat qilib, yana vrachga murojaat qilishadi.  Buning 
sababi,  ko'pincha  uydagi  va  ishdagi  mojarolardir.  Bizning  nazo- 
ratimizda glossalgiya bilan  xastalangan  bitta  ayol  kuzatilgan.  Bem or 
davolash kursini olib ketganidan keyin biroz vaqt o'tgach,  og‘riqning 
kuchayganidan murojaat qilib yana kelardi.  Gap shundaki, bemorning 
eri aroqxo‘r va uyida tez-tez janjal boMib turadi.  Bu bemorda kuchli da- 
rajadaifodalangan affektiv  buzilishlar  aniqlandi.Chunki qo‘rquv,  ipo- 
xondriya va depressiya psixogen nevralgiyalarning doimiy ham rohidir.
Psixogen  nevralgiyalar  ichida  qovurg'alararo  og‘riqlar  alohida 
e ’tiborni  talab  qiladi.  Ayniqsa,  yurak  sohasida joylashgan  og'riqlar 
bem orlarni  o ‘ta  bezovta  qiladi.  Yosh  ukasi  avtomobil  halokatidan 
o ig a n   bem orning  yurak  sohasida  sanchuvchi  og‘riq  paydo  bo'ladi. 
Bem or kardiologga  murojaat  qiladi.  U   bem orni yaxshilab  tekshirib, 
kardiogramma  qilib,  yuragi  sog‘lom  ekanligini,  qattiq  siqilganidan 
shu  og‘riq  paydo  bo‘lganini,  tinchlantiruvchi  dorilar  ichish  kerak- 
ligini va nevropatologga murojaat qilishini tavsiya qiladi. Nevropatolog 
ham bem orni  obdan tekshirib,  tinchlantiruvchi dorilar yozib beradi 
va psixoterapevtik muolajalar o'tkazadi.  Shunga qaram asdan, bem or 
ikki oy ichida yurak sohasidagi og‘riqlardan  16  marta E K G   qildirgan 
va  10 m arta «Tez yordam»  mashinasini  chaqirgan.
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra,  ko'krak qafasining o ‘ng tom onida 
psixogen og‘riqlar juda kam  uchraydi.  Buning asl sababi,  yurakning 
chap  tom onda joylashganligidir.  Bu yana bir m arta «qovurg‘alararo 
nevralgiya» va «Stenokardiya» tashxislariga ehtiyotkorlik bilan yonda- 
shish  kerakligini  talab  qiladi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish