Z ibodullayev


  Psixogen  bosh  og‘rig ‘i



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

10.2.1.  Psixogen  bosh  og‘rig ‘i
Bosh  og‘rig‘i  bem orlarning  eng  ko‘p  tarqalgan  shikoyatlaridan 
biri  bo‘lib,  aksariyat  hollarda,  uning  sababini  aniqlash  ju d a  qiyin 
bo‘ladi.  Albatta,  bosh  og‘rig‘ining  sababi  oddiy  ruhiy  va jism oniy 
charchashdan  tortib,  to  bosh  miya  o ‘smasigacha  b o ‘lishi  mumkin. 
Shuning uchun doim o  bu  m uam m oga jiddiy e ’tibor bilan  qaralgan. 
Torontoda 2005-yil «Bosh og‘rig‘i  muammolari» b o ‘yicha o ‘tkazilgan 
xalqaro  konferensiyada  qayd  qilinishicha,  rivojlangan  davlatlarda 
bosh  og‘rig‘i  «sog‘lom»  kishilarning  80  foizida  uchrarkan.  K onfe­
rensiyada ta ’kidlanishicha,  bosh  og‘riqlarni  keltirib chiqaruvchi  ka­
salliklar soni kasalliklar va ularning ichida yetakchi o ‘rinlarni depres­
siya va nevrozlar egallaydi.  Psixogen  bosh  og‘riqlar erkaklarga qara- 
ganda ayollarda  ko‘p uchraydi.
Psixogen  bosh  og 'riqlar  h aqida  so ‘z  ketganda,  aw a la m b o r 
ularning  xususiyatiga  e ’tibor  qaratiladi.  Bosh  og‘rig‘i  kallaning  bir 
yarmida  yoki  ikkala  tom onida  ham   joylashib,  doim iy  yoki  vaqti- 
vaqti  bilan  b o ‘ladigan,  xurujsim on,  siqib  og'riydigan,  ertalab  yoki 
kechgayaqin  kuchayadigan  bo‘lishi  m um kin.  Psixogen  xususiyatga 
ega bo'lgan bosh  og‘riqlar uchun  xoslik,  ularning  ruhiy siqilishdan, 
aqliy zo'riqishdan va jismoniy charchashdan keyin paydo bo‘lishidir. 
Dastlab  bosh  og‘rig‘i  ruhiy  zo ‘riqishlarda  paydo  boMadigan  b o ‘lsa, 
keyinchalik depressiya yoki  nevrozga chalingan b em o r uchun oddiy 
ishga borib kelishning yoki avtobusda yurishning o ‘zi  ham  kifoyadir. 
M a’lum  bo‘lishicha,  psixogen  bosh  og'riqning  80  foizi  ruhiy  zo ‘ri-
www.ziyouz.com kutubxonasi


qishda  paydo  bo‘lib,  shundan  60  foizi  kunduzi  yoki  peshinda,  20 
foizi  ertalab  namoyon  bo‘ladi.
Aytib  o ‘tganimizdek,  depressiv  sindromlarda  bosh  og‘rig‘i  ko‘p 
kuzatiladi.  Niqoblangan  depressiyada  bosh  og‘rig‘i  asosiy  simp- 
tom lardan  biridir.  Bu  bem orlarda  boshda  har xil joylashgan  va  har 
xil kuchga ega bo‘lgan bosh og‘rig‘i oylab, yillab davom etadi. Asab­
ning ozgina bo‘lsa-da buzilishi,  to'yib ovqat yeyish, bolasini emizish, 
do‘konga borib kelish,  yuqori qavatli uyning zinapoyasidan chiqish, 
hattoki  kino va konsertlarga borib  kelish bem orda bosh  og‘rig‘ining 
boshlanib  ketishiga  turtki  b o ‘ladi.  Buning  natijasida  isterik va  ipo- 
xondrik belgilar paydo bo‘ladiki,  ular faqat bem or ahvolini og‘irlash- 
tiradi.  Affektiv  buzilishlar  bilan  kechadigan  bosh  og‘riqlar  doimiy 
va  zo'rayib  boruvchi  tus  olib,  b a’zi  holatlarda  bosh  miyada  hajmli 
jarayon bor-yo‘qligini aniqlashga majbur qiladi.  Negaki,  bu bem or­
larda  bosh  og‘rig‘idan  tashqari,  ko'ngil  aynish,  qayt  qilish,  bosh 
aylanishi,  yurganda  chayqalib  ketish,  ko‘rishning  buzilishlari,  qo‘l 
va oyoqlarning uvishishlari ham tez-tez namoyon bo‘lib turadi. Anal- 
getiklar yordam bermaydi.  Psixogen bosh og‘rig‘i bor bemorlarning 
shikoyatiga e ’tibor bilan qaralsa, bosh  miyaning organik kasalliklarida 
(masalan,  o ‘smalarda) kelib chiqadigan bosh og‘riqdan farq qiluvchi 
tomonlari  ko‘pdir.  Psixogen bosh og‘riqlarda bemorlar bosh og‘rig‘iga 
aniq bir ta ’rif bera olmaydilar:  «Nima desam ekan, ba’zan boshimning 
ichi  go'yoki  suvga  to ‘lgandek  og‘ir bo‘lsa,  goho  b o ‘m -bo ‘sh  bo‘lib 
qoladi,  ba’zi  paytlarda  ikkala  chakkam  xuddi  rezina  bilan  qattiq 
bog‘lab  q o ‘ygandek  siqib  og‘riydi.  G ohida  esa  ensam  shunday 
og‘riydiki,  boshim ni  qim irlata  olm aym an,  chunki  qimirlatsam, 
m iyam  lo'qillab otilib  chiqay deydi».  Bemorni tinglayotganda shuni 
e ’tiborga  olish  kerakki,  ularning  ko‘pchiligi  aynan  bosh  og‘rig‘idan 
emas,  miyaning  ichi  og‘riyotganidan shikoyat qilishadi.  Bosh miya­
ning  organik  kasalliklarida  bosh  og‘riq,  ko‘pincha,  aniq joylashgan 
bo‘lib,  odatda  turg‘un  b o ‘ladi.  Psixogen  bosh  og'riqlarda bemorlar 
yozdan k o ‘ra qishni yoqtirishadi,  negaki ular issiqni ko‘tara olmay­
dilar.  Shuning uchun ham yoz oylarida bosh og‘rishiga shikoyat qilib 
vrachga  murojaat  qiluvchi  nevrastenik bem orlar soni ko'payadi.
D oim iy  psixogen  bosh  og‘riqlar  um um iy  giperesteziyagaham 
sababchi  b o ‘ladi.  Bunday bem orlar yorug‘likni,  shovqinni,  atrofida 
odam lar  ko‘p  bo‘lishini  yoqtirishmaydi.  U larning  terisi  ham  juda 
sezgir  b o ‘ladi.  B a’zan  teriga  toshm alar  toshib,  qichishib  yuradi. 
Yoshi  kattalarda  bosh  og‘riq  diqqat  va  xotiraning  buzilishi  bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi


kechadi, ular parishonxotir b o ‘Iib qoladi.  Parishonxotirlik yoshlarda 
ham  kuzatiladi.  Bu bem orlar fikrini  bir joyga jam lay olm aydilar.
Boshning  faqat uyda yoki  ishxonada,  kunning  an iq  belgilangan 
vaqtida og‘rishi aksariyat psixogen  bosh og‘riqlar uchu n ju d a xosdir. 
Bosh  og‘rig‘ining  doimo  kech  soat  oltida  boshlanishidan  shikoyat 
qilib V.  ismli  ayol  qabulimizda b o ‘ldi.  Yoshi 43  da.  Oilali.  U  psixo­
nevrologik dispanserda psixonevrolog  nazoratida  davolanib  kelgan. 
Poliklinikada  nevropatolog  nazoratida  «miya  ichi  gipertenziyasi» 
bilan  davolanib  yurgan.  Bosh  og‘rig‘i  boshlaganiga  3  yil  b o ‘lgan. 
Bem orning  bosh  og‘rig‘i  b a ’zan  kuchayib  ketib,  faqat  baralgin 
tabletkasini  ichgandan  keyin qolarkan.  Keyinchalik vrach  tavsiyasiga 
muvofiq bem or bosh  og'riganda,  baralginni tom iriga  ola  boshlaydi. 
K echqurun  soat  oltida  bosh  og‘rig‘i  baribir  boshlanishiga  o ‘rganib 
qolgan bem or qo'shni hamshirani chaqirib baralginni shpritsga tortib 
tayyorlab  q o ‘yadigan  bo‘ladi.  Bu  holat,  gohida  uzilishlar  bilan,  bir 
oy davom etadi.  Hamshira bu ukolni hadeb olavermaslik kerakligini, 
buning oqibatida yurakda og‘ir asorat  qolishi mumkinligini aytadi va 
yana  bir  bor  vrach  bilan  maslahatlashish  zarurligini  tavsiya  qiladi.
Bem or qabulimizga kelganida, uning shikoyatlarini eshitib, hayot 
va  kasallik  anam nezini  o'rganib  chiqdik.  Olingan  m a ’lum otlardan 
qisqacha epizodlar keltirib o'tam iz: jud a ishonuvchan va sal  narsaga 
ortiqcha ta’sirlanuvchan ayol.  O lta parishonxotir.  Oilada tez-tez janjalli 
voqealar  b o ‘lib  turgan,  bosh  og‘rig‘i  navbatdagi  kuchli  stressdan 
keyin paydo bo‘lgan.  Ertasi  kuni poliklinikaga nevropatolog qabuliga 
chiqqan.  Vrach uni tekshirib «Bosh  miya ichki  bosimi oshib  ketgan, 
tez davolanmasangiz oqibati  yom on  bo'ladi»  degan.  B em or q o ‘rqib 
ketgan,  chunki  bem orning  o ‘zidan  katta  akasi  6  oy  oldin  kuchli 
stressdan  keyin  qon  bosimi  oshib,  ertasi  kuni  gem orragik  insultdan 
oMgan.  B em or  zarur  d ori-d arm on larni  topib  «miya ichi  g ip er- 
tenziyasidan»  davolana  boshlaydi.  H ar  gal  exoensefaloskopiya 
qildirganida miya ichi bosimi katta deb xulosa beriladi.  Bu xulosaga 
ishongan bemor boshqa joyda tekshirilmaydi va poliklinikada davolanib 
yuradi.  Eslatib  o ‘tganimizdek,  bem orning  bosh  og‘rig‘i  aniq  bir 
vaqtda,  ya’ni  kech soat oltida paydo  bo'ladigan bo‘lib  qoladi.  U  dep­
ressiyaga tushadi,  xulq-atvorida ipoxondrik  belgilar  paydo  b o ‘ladi.
Bem orning  nevrologik  statusi  t o i a   tekshirilganda,  miya  ichi 
gipertenziyasi  belgilari  aniqlanm adi,  buni  paraklinik tekshirishlar 
ham   tasd iq lam adi.  B em orning  an ketasid ag i  n ev ro p ato lo g n in g  
yozuvlarida  h am   m iya  ichi  bo sim in i  k o ‘rsatu v ch i  nev rolo gik
www.ziyouz.com kutubxonasi


sim ptom lar  aniqlanm adi.  Anketadagi  barcha  exoensefaloskopik 
tekshim vlar xulosalarida  III  qorincha  kengligi  7—7,5  mm  deb  qayd 
qilingan.  Bu  esa  normadan  sal  farq  qiluvchi  ko'rsatkichlar  bo‘lib, 
kuchli  ifodalangan bosh og‘riqlarga sababchi bo'la olmaydi.  Demak, 
bem or  yetarli  darajada  tekshirilmagan  yoki  haqiqatan  ham  unda 
m iyaichi  gipertenziyasi  bo'lm agan. Bemor  terapevtlar  ko‘rigidan 
o ‘tkazilganda,  somatik  kasalliklar aniqlanmadi.  Bemorning  arterial 
qon bosimi  120/70  mm.sim.ust.  Shunday qilib,  klinik va paraklinik 
tekshirishlar xulosalari hamda bemorning psixologik anamnezi undagi 
bosh  og‘rig‘ining  psixogen  xususiyatga  ega  ekanligini  ko'rsatdi.  Bu 
xulosaga  yanada  oydinlik  kiritish  uchun  ikkita  kichikroq  tajriba 
o ‘tkazdik.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish