Z ibodullayev


  Psixogen  bosh  aylanishi



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

10.2.2.  Psixogen  bosh  aylanishi
Bosh  aylanishi  ham bosh  og‘rig‘i kabi  eng ko‘p  tarqalgan  sim p- 
tom lardan  biridir.  Asabning  zo ‘riqishi  bilan  kechuvchi  kasalliklar, 
M enyer kasalligi,  bosh  miya  qon  to m ir kasalliklari,  vegetativ-tom ir 
distoniyalari,  arterial  g ip ertenziya  yoki  gipotenziya,  surunkali 
anemiyalar,  yurak  kasalliklari  bosh  aylanishining  asosiy  sabablari 
hisoblanadi.  Bularning ichida psixovegetativ buzilishlar bilan kechuv­
chi  niqoblangan  depressiyalarda  kuzatiladigan  bosh  aylanishlar 
alohida o ‘rin tutadi.  Psixonevrologik va psixosomatik sindrom larda 
uchraydigan  bosh  aylanishlarning  m exanizm larini  m arkaziy  asab 
tizimining funksional  faolligining oshishi  yoki  pasayib  ketishi,  ney- 
ronal  sistemalarda  q o ‘zg‘alish  va  torm ozlanish  jarayonlari  orasida 
nomutanosiblikning  yuzaga  kelib,  turg ‘u n   torm ozlanish  yoki  q o ‘z- 
g‘alishning  shakllanishi  bilan  tushuntirish  mumkin.
Bosh aylanishi kam dan-kam  hollarda alohida uchraydi. Aksariyat 
hollarda yurak urib ketishi,  holsizlanish, sovuq terga botish,  quloqda 
shovqin  paydo  b o ‘lishi,  ko‘ngil  aynishi,  oyoqlarning  titrashi  bosh 
aylanishi  bilan  birga  kuzatiladi.  O datda,  bu  belgilar  affektiv  buzi- 
lishlardan  keyin  kuchayadi.  Bu bem orlar balandlikdan  q o ‘rqishadi, 
shuning uchun ham  ular balkondan,  baland ko‘prikdan yoki tom dan 
pastga  qaramaslikka  harakat  qiladilar,  chunki  bunday  paytda  bosh 
aylanishi  kuchayadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Psixogen bosh aylanishlarga xos yana bir belgi uning vaziyatni oz 
bo‘lsa-da o'zgartirganda kuchayishidir.  Masalan, baland qavatli binoda 
yashaydigan  bitta  bem or,  undan  bir  qavat  tepada  yashaydigan 
qo'shnisinikiga  chiqib,  balkondan  pastga  qaraganda  boshi  aylanib, 
gandiraklab  ketgan,  ko‘ngli  aynigan,  koridorga  kirganda esa  kamay- 
gan  va  bir ozdan  keyin  to'xtagan.  Shunisi  e’tiborliki,  psixogen  bosh 
aylanishda  bem orlar  liftdan  ko‘ra  zinapoyadan  ko‘tarilishni  afzal 
ko‘rishadi. Aksariyat psixogen bosh aylanishlar qo‘rquv bilan kechadi. 
Buning  aksi  o ‘laroq,  vertebrobazillyar  sindromlarda  bosh  aylanishi 
qo‘rquvsiz uchraydi yoki qo‘rquv bosh aylangandan  keyin  kuzatiladi.
Bemorlarda  faqat  balandlikdan  qaraganda  emas,  balki  avto- 
m obillar  qatnovi  tez  b o ‘lgan  katta  yo‘lga  qaraganlarida  ham  bosh 
aylanishi  paydo  bo'ladi  yoki  kuchayadi.  U lar bunday  paytlari  katta 
tezlikda o ‘tayotgan avtomobillarga qaramaslikka harakat qilishadi yoki 
oyoqlarining  ostiga  qarab  qadamlarini  nazorat  qilib  yurishadi.  Ana 
shunda ularda bosh aylanishi kamayadi.  Katta zallarda olib boriladigan 
majlislar yoki  uzoq  davom  etuvchi  darslarda  ham  bemorlarda  bosh 
aylanishi  avj  oladi.  Talabalarda  imtihonlarga  berilib  tayyorgarlik 
k o ‘rish,  ilmiy  xodim lar  va  yozuvchilarning  tinm ay  asarlar  yozishi 
yoki har qanday sog‘lom odamda kuzatilishi mumkin bo'lgan ortiqcha 
aqliy  zo ‘riqishlar  ham   bosh  aylanishiga  sababchi  bo‘ladi.  Lekin 
asteniyaga uchragan bemorlarda ruhiy-hissiy zo‘riqish bosh aylanishini 
osongina keltirib chiqarishi  mumkin.
Bosh  aylanishi,  aksariyat  hollarda,  qisqa  vaqtga hushdan  ketish 
(sinkope)  bilan kechadi. Bu,  ayniqsa,  umumiy psixogen gi peresteziya 
bilan kechuvchi psixonevrologik kasalliklar uchun juda xosdir.  Buning 
asosida  vestibulyar  apparatning  kuchli  darajada  qo‘zg‘aluvchanligi 
yotadi.  Tez-tez  hushdan  ketib  turadigan  bem orlarning  bosh  miya 
qon tomirlari tekshirilganda, ularda tom irlartonusining o ‘ta darajada 
pasayganligi  (gipotonus)  yoki o ‘zgaruvchanligi  (distoniya)  aniqla­
nadi. Sinkope  holatlari  psixogen  giperventilatsiyada,  arterial  qon 
bosimi pasayganda va yurak kasalliklarida ham yuz beradi.  Uzoq payt 
yotib  qolgan bem orlar gorizontal  holatdan vertikal  holatga o ‘tishsa, 
bosh  aylanishi  ortostatik  kollaps  bilan  birga  yuz  beradi.  Bu  holat, 
ayniqsa arterial  gipotenziyadayaqqol  ifodalangan  bo'ladi.  Ba’zan 
yuqori  darajada  rivojlangan  nevrasteniyalar yoki  psixoasteniyalarda 
bem or  hushdan  ketib  qolishi  uchun  bitta  qo'rquvning  o‘zi  kifoya. 
Bem or  bir  m arta  hushidan  ketsa  (ayniqsa,  odam lar  orasida),  u 
doim   navbatdagi  xurujni  kutib  bezovta  boMib  yuradi.  Nevrolog
www.ziyouz.com kutubxonasi


olim lardan biri  Oppengeym  (1894)  «har bir kishi  o ‘zida bosh  ayla- 
nishini  yuzaga  keltirishi  m um kin,  agarda  u  m uvozanat  va  bosh 
aylanishi  haqida  o ‘ylayversa»,  degan  edi.
Ba’zan  bosh  aylanishi  yatropatiya  asorati  hisoblanadi.  Shuning 
uchun ham  bemordagi simptomlarni,  agar ular psixogen xususiyatga 
ega bo'lsa, juda xavfli deyaverish kerak emas.  Shaxsiy kuzatuvimizdan 
bir  misol  keltiramiz.  Uzoq  yillardan  buyon  quloq,  burun  va  tom oq 
kasalliklari  poliklinikasida  ham shira  b o ‘lib  ishlaydigan  va  tez-tez 
asabiylashadigan ayolda qattiq hissiy zo‘riqishdan keyin bosh aylanishi 
alomatlari  paydo  boMadi.  U  shu  daraja  kuchli  b o ‘ladiki,  h atto   tik 
turishi  uchun  bir  qo'lidan  bo‘yi  yetgan  qizi,  ikkinchisidan  esa  eri 
ushlab turgan.  Bu  bemorga  o ‘zi  ishlaydigan  poliklinikada  «M enyer 
kasalligi» deb diagnoz qo'yiladi.  Diagnoz bir necha bor o ‘zgartiriladi. 
Bunday kasalligi  bor bemorlarni  bir  necha  m arta  o ‘zi  ham   k o ‘rgan 
va  anketalar  ochgan  hamshirada  bu  kasallikning  yaqqol  belgilari 
namoyon bo‘la boshlaydi.  U boshqa mutaxassislarga (nevropatologga) 
ko‘rinmasdan, uch yil mobaynida LOR vrachlarida davolanib yuradi. 
Bosh aylanishi xurujlari tez-tez kuzatilib turadigan bu bem o r borib- 
borib juda jahldor,  arzimagan  narsaga  yig'layveradigan  va  affektiv 
holatga tez tushadigan bo‘lib qoladi.  B em or miyasiga «M enyer kasal- 
ligini»  shu  darajada singdirib olgandiki,  har bir affektiv buzilishdan 
so‘ng,  unda  xuddi  M enyer  kasalligiga  o'x shash   belgilar  paydo 
bo'lavergan.  Psixoterapevtik  muolajalar yetarlicha o ‘tkazilmaganligi 
uchun davolanish jarayoni juda cho'zilgan.  Bir so‘z bilan aytganda, 
bem orda yatropatiya rivojlangan edi.
Navbatdagi  xurujdan  so‘ng  bem orga  nevropatologga  k o ‘rinish 
tavsiya qilinadi va bizga konsultatsiyaga yuboriladi.  U ning kasallik va 
hayot anam nezi bilan tanishib chiqib, u n d a nevrologik va psixologik 
tekshiruvlar  o ‘tkazdik  va  yana  bir  b or  LO R   vrachlari  bilan  m asla- 
hatlashib,  «M enyer kasalligi» ni  inkor qildik.  Barcha tekshiruvlardan 
so‘ng bem orga  «M enyer sindromi  k o ‘rinishidagi  niqoblangan  dep­
ressiya»  diagnozi  qo'yildi,  ya’ni  haqiqiy  «M enyer  kasalligi»  inkor 
qilindi.  B em orning  hamshiraligi  e ’tiborga  olinib,  unga  bu  a ta m a ­
lar farqi tushuntirildi. Tekshiruvlar natijasi bemorga tushuntirib berildi. 
Bularning ham m asi hamshiraga katta ijobiy ta ’sir ko‘rsatdi va u endi 
davolash muolajalariga katta ishonch bilan  qaray boshladi.  0 ‘tkazil- 
gan  platseboterapiya  va  psixoterapiya  m uolajalaridan  keyin  bem or 
tuzalib ketdi.  Biz bu yerda yatropatiyaning yana bir klinik ko‘rinishini 
tahlil  qildik.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yatropatiyaga astenik bem orlar juda moyil bo‘lishadi, uni keltirib 
ch iq arish  uchu n   tibbiyot  xodim ining  bexosdan  aytib  q o ‘ygan 
gapining o ‘zi yetarli, xolos. N im a uchun yatropatiya belgilari bemorda 
uzoq  vaqt  davom  etadi?  A.A.Uxtomskiy  ta ’biri  bilan  aytganda, 
har  qanday  tashqi  ta ’sir  (ayniqsa,  salbiy)  bosh  miya  katta  yarim 
sharlari p o ‘stlog‘ida «dominant o ‘choq» paydo qiladi va bu sohaning 
neyronlari  boshqa  soha  neyronlari  faolligini  pasaytiradi.  N atijada 
m iyaning  integrativ  faoliyati  buzilib,  funksional  xarakterga  ega 
b o ‘lgan  patologik simptomlar yuzaga keladi.  Ularni yo‘qotish uchun 
miyaning funksional faoliyatini oshirish va po‘stloqda boshqa, ya’ni 
ijobiy xususiyatga ega boMgan «dominant o ‘choq» paydo qilish kerak.
Aksariyat  hollarda bosh  aylanishi  senestopatik  va ipoxondrik 
sim ptom lar bilan nam oyon boMadi.  Bunda tanada sira ketmaydigan 
turli  xil  sezgilar,  uvishishlar,  og'riqlar,  qoM  va  oyoqlarning  karaxt 
boMib qolishi kuzatiladi va yilning turli fasllarida kuchayib yoki pasayib 
turadi.  Kasallikning  bunday  mavsumiy  kechishi  albatta  organik 
kasallikni  izlashga  m ajbur  qiladi.  Bu  yerda  xatoga  yoM  qo‘ymaslik 
uchun klinik tekshiruvlar psixologik tekshiruvlar bilan birgalikda olib 
borilishi  kerak.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish