Z ibodullayev


  Onkologik  kasalliklarda  ruhiy-hissiy  buzilishlarning



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

18.2.  Onkologik  kasalliklarda  ruhiy-hissiy  buzilishlarning 
sabablari
M a’lumki,  xavfli  o ‘smalar onkologik kasalliklar ichida  eng xavf- 
lisidir.  Bu kasallik aniqlangan bemorlar iloji boricha unda xavfli o ‘sma 
borligidan bexabar bo‘lishi  lozim.  Bunday vaziyatlarda vrach qanday 
yo‘l  tutishi  kerak.  Odatda,  “Sizda  haqiqatan  ham   o ‘sma  aniqlandi, 
biroq  u  xavfsiz,  ya’ni  hayotingizga  xavf  solmaydi,  uni  davolash 
mum kin”  deyiladi.  Biroq bemorda o‘smaning xavfli turi borligini vrach 
uning  qarindoshlariga  aytishi  lozim.  Gap  shundaki,  bem or  ertami 
kechmi o ‘z kasalligi haqida qarindoshlaridan bilib oladi yoki bo‘lmasa, 
shifokorlaming xatti-harakatidan, bemor bilan qilgan muloqotlaridan 
bilib  oladi.  Bu  yerda,  ayniqsa,  hamshiralar juda  ehtiyot  bo‘lishlari 
lozim.  Chunki  bemorlar b a’zan  aldov  yo'llari  bilan  hamshiralardan 
haqiqatni bilib olishga intilishadi va buning uddasidan chiqishadi ham. 
Buning  yuridik javobgarligi  borligini  har  bir  tibbiyot  xodimi  unut- 
masligi  kerak.  Yuridik javobgarlik turli  ko‘rinishda bo‘lishi  mumkin: 
ishdan haydalishidan tortib, ozodlikdan mahrum bo‘lishgacha. Chunki 
o ‘zida  xavfli  kasalllik  borligini  bilgan  bemor  o ‘z joniga  qasd  qilishi 
mumkin.  Ba’zan bemor yaqinlariga xat yozib qoldiradi va u yerda simi 
kimdan bilib olganligini ko‘rsatishi ham mumkin.  Ba’zi hollarda bemor 
o‘z kasalligini bemorlardan bilib oladi. Shuning uchun ham shifokorlar 
boshqa  bir  bemorning  kasalligini  ikkinchi  bir  bemorga  aytmasligi
www.ziyouz.com kutubxonasi


kerak.  Sirni  bilgan  bem or  davolanishga  qattiq  qarshilik  ko‘rsatishi, 
davolanishdan  voz  kechib  shifoxonani  tark  etishi  yoki  davolash 
jarayonlarida juda katta qiyinchiliklar tug‘dirishi  mumkin.
O datda,  sirdan  voqif b o ‘lgan  bem orda  dastlab  ruhiy  karaxtlik 
ro‘y beradi,  bu  xabarni  u  o ‘lim  haqida  chiqarilgan  hukm dek  qabul 
qiladi.  N im a  qilishini bilmay  qoladi,  xayolan  h ar xil  rejalar tuzadi, 
aniq  bir  qarorga  kela  olmaydi,  doktorlar  xato  qilm adim ikan  deb 
o'ylaydi,  qayta  tekshirishlarini  iltimos  qiladi.  Boshqa  mutaxassislar 
yoki  boshqa  tibbiy  m ark azlar  b ilan   m a slah atlash ib   k o 'rish n i 
yaqinlaridan  talab  qiladi.
Biz gurkirab  rivojlanib kelayotgan  axborot texnologiyalari asrida 
yashamoqdamiz,  internetdan  foydalanuvchilar  soni  ham   kundan- 
kunga  oshib  borm oqda.  D eyarli  b arch a  ta ’lim   m uasssasalari, 
shifoxonalar,  korxonalar  bilan  b ir  q atorda,  h ar  b ir  xonadonga 
internet kirib kelmoqda.  U yerdan jud a ko‘p  m a’lum otlarni bemalol 
olish  mum kin.  Bemor  ham  bundan  foydalanishi  va  o ‘ziga  kerakli 
m a’lum otni  topib  olishi  mum kin.  Bu  yerda  talabalar  ham   ehtiyot 
bo‘lishi  lozim,  bem or  ulardan  ham   o ‘ziga  kerakli  m a ’lum otlarni 
bilib  olishi  qiyin  emas.  Talabalar  bem orlarni  k o ‘rgani  kirganda, 
palatalarda darslik va  o ‘quv  qo ‘llanm larini  qoldirmasliklari,  ularni 
so‘ragan bemorlarga bermasliklari kerak.
Q o‘llanilayotgan diagnostika va davolash usullaridan ham  bem or 
o ‘z  kasalligi  turini  bilib  olishi  m um kin.  M asalan,  ko ‘pchilik  nur 
bilan  davolash  usuli  xavfli  o ‘sm alarda  ko‘p  q o ‘llanilishini  yoki 
og‘riqlarni qoldirish uchun  narkotik  analgetiklar buyurilishini,  ozib 
ketish rak uchun xos ekanligini bilishadi.
Demak, onkologiyada sir saqlash o ‘ta murakkab masaladir, biroq 
buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bem or simi bilib qolgan- 
dan  keyin  vrach  qanday  yo‘l  tutishni  ham   o ‘ylab  q o ‘yishi  kerak. 
Odatda,  sirdan voqif bo‘lgan bem orlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv 
psixoz  rivojlanadi.  Bu  yerda,  albatta,  psixologning  yordam i  kerak 
bo‘ladi va undan unumli foydalanish kerak. U m um an olganda, onko- 
logiya,  neyroxirurgiya,  ftiziatriya, kardiologiya, xirurgiya va travm a- 
tologiya ilmiy markazlarida,  harbiy gospitallarda psixologlar uchun 
ish joylari ajratilgan bo‘lishi kerak.  Deyarli barcha rivojlangan davlat- 
larda  shunday.  Chunki bu  m arkazlarda  kasallik  turlari  va  bem orlar 
soni ко‘p. 2008-yildan boshlab Respublikamizning barcha shifoxonala- 
rida  psixosomatik  tibbiyot  b o ‘lim lari  ochilishi  rejalashtirilm oqda. 
Ushbu bo'lim  larda tibbiy psixologlar faoliyat  ko‘rsata boshlashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish