Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Jismoniy mashqlar. Bemorlarni davolashda oddiy badan tarbiyadan 
tortib,  to  maxsus jismoniy  mashqlargacha  tavsiya  etiladi.  Ularning
www.ziyouz.com kutubxonasi


ijobiy  ta ’siri  juda  kattadir.  B em or  har  kuni  ertalab  15-20  daqiqa 
badan tarbiya qilishi kerak,  haftasiga  2-3  marotaba sogMomlashtirish 
markazlariga qatnashi va turli jism oniy mashqlarda qatnashishi lozim, 
ayniqsa,  suzishning ahamiyati  katta.  Bemorlar uchun ertalabki sekin 
qadamlar  bilan  yugurish,  tushlikdan  keyin  ko‘chaga  sayrga  chiqib 
turish  ham  juda  ahamiyatlidir.  Jismoniy  mashqlar  to ‘qimalarning 
kislorod  bilan  ta ’m inlan ish in i  kuchaytiradi,  yurak  fao liy atin i 
mustahkamlaydi, oiganizmning turli infeksiyalaiga qarshiligini oshiradi. 
Shuning uchun ham barcha to ‘qim alarda moddalar almashinuvining 
buzilishi  bilan  kechuvchi  klimakterik  sindromda  rejali  tarzda  olib 
boriladigan  sportning  yengil  turlari  mutaxassislar  tom onidan  ko‘p 
tavsiya  qilinadi.  Shuningdek,  um um iy  massaj  yoki  b o ‘yin-yelka 
sohalariga  massaj  ham  buyuriladi.  Jismoniy  m ashqlar  bem orning 
ruhiyatiga  ham  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatib  xurujlar  sonini  kamaytirishga 
yoki yengil o ‘tishiga yordam beradi.
Ratsional  ovqatlanish.  K lim akterik  sindrom da  anoreksiya  va 
bulemiya  holatlarining  ko‘p  kuzatilishi  ovqatlanish  tartibini  buzib 
yuboradi.  S huning  u c h u n   h am   ratsional  o v q atlan ish   q o n u n - 
qoidalarini  ishlab  chiqish va h ar bir bem or uchun  individual tarzda 
qo‘llash o ‘ta muhimdir.  Ovqat sifatli, vitaminlarga boy, yengil hazm  
bo‘ladigan  va  osh  tuzini  kam   ishlatib  tayyorlangan  b o ‘lishi  lozim. 
Ovqat,  asosan,  o'sim lik  yog'iga  tayyorlangan  b o ‘lishi,  m eva  va 
sabzavotlar  k o ‘p,  uglevodlar  esa  kam   iste’mol  qilinishi  lozim . 
Polivitaminlar  ham  buyuriladi.
Sihatgohlarda davolanish.  Organizm ni tabiiy chiniqtirish uchun 
sihatgohlarda  dam  olish,  ayniqsa,  shanba,  yakshanba  kunlari  dam  
olish maskanlariga chiqib turish, uy sharoitlarida esa turli giyohlardan 
iborat  vannalar  qabul  qilish,  sovuqroq  suvlarda  dush  qabul  qilish 
ham buyuriladi.  Kislorodli,  radonli va yodbromli vannalar buyurish, 
igna  bilan  davolash  ham  yaxshi  yordam   ko'rsatadi.  Shuningdek, 
suv  osti  massajlari,  balchiq  bilan  davolash,  ko‘rsatm alarga  qarab 
dorilarni  elektroforez  orqali  yuborish  ham  mumkin.  C hunki  faol 
ta ’sir ko‘rsatuvchi fizioterapevtik m uolajalar arterial qon bosim ning 
tez-tez ko‘tarilib turishida,  bachadon miomasida,  m astopatiyalarda 
mumkin  emas.  Sihatgohlarda  bunday muolajalar bilan  davolanish, 
asosan, klimakterik sindromning yengil turlarida, ba’zan o ‘rta darajada 
kechuvchi turlarida buyuriladi.  Klimakterik sindromning og‘ir turida 
esa fizioterapevtik m uolajalar m um kin emas.
Gormonoterapiya.  G o rm o n lar  klimakterik  sindrom ning  yengil 
turida buyurilmaydi.  Gormonoterapiyaning maqsadi klimakterik sind-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rom da kuzatiladigan gormonlar yetishmovchiligining o'rnini qoplash- 
dir.  Bu maqsadda estrogenlar, gestogenlar,  androgenlar qoMlanilishi 
m um kin.  G orm onlar  bilan  davolashni  va  qanday  gorm on  tavsiya 
qilishni ginekolog yoki shu sohada faoliyat ko'rsatuvchi endokrinolog 
hal  qiladi.  G orm on  bilan  davolashga  m one’lik  qiluvchi  holatlar: 
bachadon, tuxumdon va sut bezi o ‘smalari, bachadon va boshqa ich­
ki  a ’zolardan qon ketishi,  o ‘tkir tromboflebit,  buyrak va jigar yetish- 
movchiliklari,  xafaqon  kasalligining  og‘ir  turlari,  qandli  diabet.
Klimakterik sindromda davolash muolajalarini erta boshlash o ‘ta 
m uhim dir,  1-2 yildan oshiqroq maxsus davolash muolajalarini qabul 
qilmay  yurgan  bem orlarda  davolash  biroz  qiyin  kechadi.  Odatda, 
davolash  m uolajalari  to ‘g‘ri  boshlansa,  6  oy  ichida  klimakterik 
sindromning klinik ko‘rinishlarini va xurujlar sonini ancha pasaytirish 
mumkin.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish