18.3. Onkologik bemorlarda ruhiy-hissiy buzilishlaming klinik
manzarasi
Onkologik kasalliklarda reaktiv holatlar, birinchi navbatda, xavo-
tirli-depressivsindrom rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Shuning-
dek, ipoxondriya, isteriya, insomniyavaagressiv holatlar yuzaga
kelishi yoki aksincha, bem orda o ‘z kasalligiga nisbatan butunlay
befarqlik paydo bo‘lib, vrachlarning xulosalarini butunlay inkor
qilish darajasigacha yetishi mumkin. Agar bemorga o'tkazilgan operat-
siyalar muvaffaqiyatli chiqsa, reaktiv nevroz va psixoz belgilari
o ‘z-o ‘zidan kamaya boshlashi ham mumkin.
Kasallik avj olib, bem orning ahvoli og'irlashaversa, ruhiy buzi-
lishlar kuchayib, tu rli xil gallutsinatsiyalar, konfabulatsiyalar,
psevdoreminissensiya, derealizatsiya, depersonalizatsiya va deliriylar
rivojlanishi mumkin. Bu sindrom lar haqida aw algi boblarda m a’lu-
m otlar berganmiz. U lar kaxeksiya rivojlangan bem orlarda ko‘p
kuzatiladi va o ‘tkir ko‘rinishda namoyon bo‘lishi ham da remissiyalar
bilan kechishi mumkin. Kasallik o ‘ta kuchaygan paytlarda stupor
holatlari ham kuzatilib turadi.
Deylik, bemor o ‘zida rak kasalligi borligini bilib oldi va uni vrachga
aytdi. Vrach ushbu vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak? Ta’kidlash
lozimki, ba’zi davlatlarda rak kasalligi aniqlangandan keyin, masalan,
leykoz, bemordan kasallik yashirilmaydi, unga davolanish va uning
natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha m a’lumotlar beriladi. Chunki
bu kasallik bilan bog‘liq b o ‘lgan nafaqat tibbiy muammolar, balki
oila a ’zolari va ish joyi bilan bog‘liq bo'lgan bir qator yuridik
muammolarni (masalan, vorislik masalalari) ham hal qilishga to‘g‘ri
keladi. Shuning uchun ham xavfli kasalliklar aniqlangan bemorlarga
kasallik haqida m a’lum ot berishni individual tarzda hal qilish lozim.
Bunda bemorning yoshi, oila va jamiyatda tutgan o ‘m i hisobga olinishi
lozim. Albatta, bem orga uning kasalligi turi haqidagi m a’lumot
berilishidan oldin, uning yaqin oila a’zolari bilan maslahatlashish
lozim. Agar oila a ’zolari bunga qarshi tursa, simi ochmagan m a’qul.
M abodo, xabarni eshitgan bem or “M enda undoq kasallik yo‘q,
men ishonm aym an” deb, m a’lum otni inkor qilsa, vrach uning
fikrini m a’qullashi zarur. F aqat xavfli o'sm a barcha tekshiruvlar
natijasida aniqlangan taqdirdagina, uni bemorning yaqinlariga aytish
lozim. Chunki, onkologik kasalliklar diagnostikasida yo‘lga qo'yilgan
xatolik og‘ir asoratlarga va janjallarga sababchi bo‘lishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Afsuski, “Xavfli o ‘sma” diagnozining keyingi tekshiruvlarda xavfsiz
b o ‘lib chiqqani tibbiy am aliyotda uchrab turadi. Ba’zan gistologik
tekshirishlarda ham xatoga yo‘l q o ‘yiladi. D em ak, tekshiruvlar o ‘ta
aniqlik bilan o ‘tkazilishi zamr.
Bemorga kasallik haqida m a’lumot bermaslikning salbiy tomonlari
ham bor. Masalan, yaqin orada to ‘yi rejalashtirilgan yigit yoki qizning
ota-onasiga farzandining kasalligi haqida deontologiya va etikaning
barcha prinsiplariga amal qilgan holda m a’lum qilish zarur. Yoki
kasalligi jiddiy ekanligidan bexabar bem or k o ‘rsatilgan vaqtda
davolanish muolajalariga kelmasligi va zarur dori-darm onlarni vaqtida
qabul qilmasligi mumkin, jiddiy kasalligidan bexabar bem or uzoq
safarlarga ketishi, zararli fizioterapevtik m uolajalar olishi mumkin.
Shuningdek, ushbu kasallik bilan ishlashga m o n e‘lik qiluvchi kasb
egalarida, ya’ni uchuvchi, poyezd m ashinisti, haydovchi va shu
kabi o ‘zi va boshqa birovlar xayoti uchun havfli vaziyatlar yuzaga
kelishi mumkin. Bunday vaziyatlar juda ko‘p va ular vrach tomonidan
e’tiborga olinishi zarur.
Bemorga kasallik haqida xabar berilgandan keyin uni davolashning
afzalliklari haqida batafsil m a’lum ot berish lozim. V rach ju d a ustalik
bilan, har bir jum lani to ‘g ‘ri tanlagan holda, bem or bilan suhbat
o ‘tkazishi zarur. Ushbu kasallik bilan davolangan va yaxshi natijalar
kuzatilgan bemorlarni misol keltirishi ham foyda beradi.
O b ro ‘- e ’tiborga ega vrach ish o n ch li psixologik usullardan
foydalangan holda, o ‘ta og‘ir onkologik bem orlar bilan ham til
topisha oladi va ularga o ‘z fikrini singdira oladi. Bem om ing fikri-zikri
esa vrach tavsiyalarini bajarishga qaratilgan b o ‘ladi, h atto um rining
so‘nggi kunlarigacha, ahvoli og‘irlashgan paytda ham vrachning
tavsiyalaridan voz kechmaydigan va hayotga um id bilan yashovchi
bemorlar bo‘ladi. Bemorlar bilan bunday ham nafas b o ‘lishga erishish
uchun onkolog o ‘ta mahoratli psixolog bo'lishi kerak.
Onkologik shifoxonalarda psixologik yordam faqat psixologik
suhbatdan iborat bo‘libgina qolm asdan, bem or fikrini chalg‘ituvchi
barcha imkoniyatlardan foydalanish zarur. Turli xil tadbirlar o'tkazib
turish ham psixologik taranglikni kamaytiradi. Bir qancha bemorlarni
yiqqan holda psixologik suhbatlar o ‘tkazish, m ashhur vrachlar bilan
uchrashuvlar tashkil qilish ham foydali. Y uqorida aytib o'tilganidek,
nafaqat bem orning o ‘ziga, balki uning yaqin oila a ’zolariga ham
psixologik yordam berishga to ‘g‘ri keladi. Agar u lar bilan psixologlar
va onkologlar shug‘ullanm asa, b em o rla r va u larn in g yaqinlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
“rakdan butunlay xalos qilishni” va’da qilayotgan tabiblarga va
psevdovrachlarga murojaat qilib, to ‘g‘ri davolanish uchun o ‘ta zarur
bo‘lgan qimmatli vaqtni boshqa muolajalarga yo‘qotib yurishadi.
Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo‘lsa kerak.
Tibbiyot institutini tugatgan va o ‘sma kasalligining dastlabki
bosqichlaridayoq, maxsus tibbiy yordamlardan voz kechib, tabibning
tavsiyasi bilan “rak kasalligini kuydirib yo'qotish uchun” kerosinni
burniga tomizib, shuningdek, oz-ozdan ichib yurgan va keyinchalik
toksik ensefalopatiya, kuchli darajada ifodalangan gallutsinator-
illuzor buzilishlar, deliriylar rivojlangan bem orni uyiga ko‘rgani
borganimda, uning ahvoli o ‘ta og‘ir edi. U yotgan joyida alahsirab
yotardi, ro'parasida turgan osma ukol osib qo‘yi!gan kiyim osgichga
qarab, “yo'qotinglar uni, yo‘qotinglar un i” deb, baqirardi. Men
“Kirn u ?” deb so'raganimda, “U tabib, tabib, u meni zaharladi,
yo‘qotinglar uni, yo‘qotinglar” deb, alahsirab baqirardi. Xotini
“Adasi, hozir sizga osm a ukol qo'yishadi, u tabib emas, kiyim
osadigan veshalka” desa h am , hadeb h o zir aytgan gaplarini
takrorlayverardi. Xotinini goh tanirdi, goh uning yonida yig‘lab
o ‘tirgan singlisi bilan adashtirardi. Xotiniga baqirib, “Xotinimni
chaqirib kel” derdi, xotini yig‘lab, “Adasi bu m enm an” desa, unga
tikilib qarab turib, m a’nosiz uzuq-yuluq gaplarni takrorlayverardi.
Ovqatga qarab turib, uni itarib to'kib yubordi. Tomirdan qilinadigan
dorilarni bemorni uxlatib, yuborishga to ‘g‘ri keldi va davolanishni
shu tarzda davom ettirish tavsiya etildi. Eng achinarlisi, endi 28 yoshga
kirgan bu yigitda oshqozon saratoni aniqlangan edi, uni operatsiya
qilib davolasa bo‘lardi, u boshqa a ’zolarga metastaz bermagan edi.
Bitta o ‘g‘il va qizli bu doktor bemorning xotini ham tibbiyot institutini
tugatgan edi (ular birga o ‘qishgan). Meni konsultatsiyaga olib kelgan
akasi ham vrach edi. A ynan akasi tabibda emas, onkologlarda
davolanishni, operatsiya qildirishni qayta-qayta ukasiga uqtirgan. Biroq
u vrachlarga va akasining so‘zlariga qo‘loq solmay, tabibda davolana
boshlagan va 6 oy ichida shu ahvolga tushgan. U ni tekshirgan boshqa
vrachlar ham zaharlanish sababli gepatit, nefrit, jigar va buyrak
yetishmovchiligi, retinopatiya, arterial gipertoniyakasalliklarini
aniqlashdi. 6 oy ichida bir qancha kasallik paydo bo‘lgan. Yana bir
oydan keyin bem or vafot etdi. Faqat, rakdan emas, zaharlanish
asoratlaridan! U yana necha yil yashashi mumkin edi.
Shuni unutm aslik kerakki, hanuzgacha rakdan butunlay xalos
qiluvchi giyoh yoki dori ishlab chiqilgan emas. Biroq zamonaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
davolash usullarini qo‘llab, bem orni xavfli o ‘sm alarning dastlabki
bosqichidayoq, butunlay xolos qilish mumkin. Bu haqida bemorlarga
va ularning yaqinlariga samarali tushuntirish ishlarini olib borish
lozim. Shifoxonalarda bu haqida ilm iy-om m abop devoriy gazetalar
osib qo'yish, kichik-kichik broshuralar tayyorlash ham o ‘ta muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |