Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Isterik   algiyalar  (y a’ni  o g ‘riq la r)  —  eng  k o ‘p  ta rq a lg a n  
buzilishlardan  boMib,  deyarli  b arch a  isterik  sin d ro m lard a  turli
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko‘rinishlarda  kuzatiladi.  Bem orlar tananing  turli joylarida — orqa, 
qorin,  yurak,  bosh  sohalarida  doim   og‘riq  turishidan  shikoyat 
qiladilar.  Og‘riq,  shuningdek,  b o ‘g ‘imlarda,  qo‘l yoki oyoqda, tilda, 
xullas  tananing  barcha joyida  paydo  bo'ladi.  Ayni  paytda,  bunday 
og‘riqdan shikoyat qiluvchi bem orlar hamma vaqt turli  ixtisoslikdagi 
doktorlarga  m urojaat  qilib  yurishadi.  Ba’zan  bem orlar  jarrohlik 
operatsiyasini  o ‘tkazishni  qattiq  talab  qilishadi.
Isteriyada yuqorida aytib o ‘tganimizdek, turli xil sezgi buzilishlari 
ham  kuzatiladi.  Organik  va  funksional  sezgi  buzilishlari  orasidagi 
farqni  faqat  maxsus  nevrologik  tekshiruvlardan  so‘ng  aniqlab  olish 
mumkin.  H ar bir nerv tanadagi  muayyan sohaning sezgisi va harakati 
uchun javob  beradi.  Isterik  anesteziyalarda  bu  qoida  saqlanmaydi. 
Ayni  paytda,  pay  reflekslarida  ham   o ‘zgarishlar  kuzatilmaydi,  eng 
jiddiy nevrologik tekshiruvlar ham  sezgi buzilishini izohlab beradigan 
hech qanday organik kasallikni  aniqlab bera olmaydi.
Tarixiy adabiyotlarda tug‘maydigan ayollarda isterik homiladorlik 
haqida ham yozib qoldirilgan.  Bu holatni ba’zi mutaxassislar ichaklarga 
ortiqcha  gaz  to ‘planishi  bilan  izohlashsa,  boshqa  birlari  qorin 
m ushaklarining  vaqtincha  b o ‘shashib  kattalashishi  hisobiga  deb 
tushuntirishadi.  Isterik homiladorlikda qorin juda kattalashmaydi.
S huningdek,  «sehrli  shifolar»  haqida  klassik  adabiyotlarda 
uchratish  mumkin:  bem or sehrli tum orgacha emaklab borib,  ularga 
qo‘l  tekkizgan  zahoti  birdan  shifo  topganlar,  o ‘rnidan  turib,  yurib 
ketganlar.  Isteriyada «soxta o ‘lim» haqida ham m a’lumotlami uchratish 
mumkin.  Bunday bemorlarga tabib «sehrli» qo‘lini tekkizganda yoki 
og‘ziga  sehrli  giyoh  eritmasini  tomizganda,  ular  «tirilgan».
So‘nggi davrda isterik buzilishlarning klinik alom atlari o ‘zgardi, 
bu —  kishilar hayot tarzining o ‘zgarganiga ham bog‘liq.  Bu vaziyatni 
axborot hajmi va tibbiyotga oid  adabiyotlar ko‘payganligi,  odamlar- 
ning internetdan salomatlikka oid m a’lumotlardan foydalana boshla- 
ganliklari bilan ham tushuntirish  mumkin.  Bu adabiyotlar odamlar- 
ning tibbiy sohaga oid bilimlarini  bir oz kengaytirdi.  Bu  m a’lumot- 
larning  ijobiy tom onlaridan  tashqari,  salbiy tom onlari  ham  ko'pdir.
Aksariyat hollarda,  isterik nevroz simptomlari birm uncha xilma- 
xil b o ‘lib,  uning kechishi k o ‘p tarqalgan kasalliklarni eslatadi:  insult, 
m eningit,  ensefalit,  tarqoq  skleroz,  o ‘sma  kasalliklari  va  hokazo. 
Ba’zi  hollarda,  isterik  bem ordagi  kasallik  belgilari  uning  boshqa 
kishilarda kuzatgan yoki tibbiy adabiyotlarda o ‘qib olgan kasalliklariga 
o ‘xshab  ketadi.  Shu  bois,  diagnozni  to ‘g‘ri  q o ‘yish  uchun  turli
www.ziyouz.com kutubxonasi


ixtisosdagi  vrachlar  nafaqat  isterik  nevrozning  klassik  alom atlarini, 
balki  «zamonaviy»  isterik  simptomlarning  klinik  belgilarini  ham 
o'zlashtirib borishlari  kerak.
K o‘rsatib o ‘tilgan xususiyatlar turli ixtisoslikdagi vrachlarga isterik 
buzilishlarni chin kasalliklardan ajratishda yordam beradi.  Shuningdek, 
isterik nevrozning barcha alomatlari  soxtadir.  B em or atrofdagilarga 
shunday  deb  yuboradi:  «M enga  e ’tibor  berm aganingizdan  ana  shu 
ahvolga  tushib  qoldim-ku!  M en  falaj  bo'lib  qoldim   (yoki  ovozim 
bo‘g ‘ildi,  eshitmay qoldim,  ko‘rmay qoldim va shu  kabilar), sizning 
aybingiz  bilan  a ’zoi  badanim   qaqshab  og‘riyapti  va  dardim   bedavo 
bo‘lib  qolgan».
Isterik belgilarni davolashni o ‘ta qisqa m uddat ichida olib borish 
kerak.  Davolash  muolajalari  qancha  ko‘p  c h o ‘zilsa,  ijobiy  natijaga 
erishish  shuncha  qiyin  b o ‘ladi.  Bemorlar  to ‘la  tuzalgandan  keyin 
ham  oilaviy  va  boshqa  m ojarolar  oqibatida  yana  d o k to r  qabuliga 
kelib qolishlari mumkin.  Isterik bem orlar vrachlar va tabiblarga eng 
ko‘p  qatnaydigan  bem orlar  sirasiga  kiradi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish