Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

(obsessiyalar). Fobiya — bu xayoldan ketmaydigan qo‘rquvdir. Uning 
quyidagi  tu rlari  farq  qilinadi:. 
kanserofobiya
  —  rakka  chalinib 
qolishdan  q o ‘rqish, 
kardiofobiya  —
  tuzatib  boMmaydigan  yurak 
kasalligiga  chalinishdan  q o ‘rqish, 
lisofobiya  —
  ruhiy  xastalikka 
chalinishdan  q o ‘rqish, 
klaustrofobiya  —
  yopiq  joydan  q o ‘rqish 
(masalan,  lift kabinasi,  kichik xona), 
agarofobiya —
 aksincha,  ochiq 
joylardan  q o ‘rqish  va  hokazo.  Balandlikdan,  metroda  yurishdan, 
biror  yuqumli  kasallik  yuqib  qolishidan,  iflos  boMishdan,  odam lar 
oldida  so'zga  chiqishdan  qo‘rqish  kabi  simptomlar  ham   fobiyalar 
uchun  xosdir.
Dastlabki  qo‘rquv  muayyan  vaziyatlarda  paydo  boMadi  va  bu 
qo‘rquv  miyaga  o'rnashib  qoladi.  M asalan,  bem or  ham m a  yoqni 
ko‘rish uchun tomga chiqadi va pastga qaragan zahoti qattiq qo‘rqib 
ketadi,  boshi  aylanadi,  u go‘yo  pastga qarab,  qulab tushayotgandek 
xavfsiraydi.  Buning oqibatida bemorda balandlikdan qo'rqish miyaga 
o'rnashib  qoladi  va  keyinchalik  u  boshqa  vaziyatlarda  ham   paydo 
boMaveradi.  Dastlab qo'rquv balandlikka ko‘tarilish  kerak boMganda, 
keyin  esa balandlikka ko‘tarilish ehtimoli  paydo  boMganda,  so'ngra 
ana shu balandlikka ko‘tarilish kerak,  degan xayolga borganda paydo 
boMadi.  Bem orda  balandlikdan  qo‘rqadigan  vaziyatlar  borgan  sari 
ko‘payadi.  Endilikda  u  liftda  yurishdan  va  derazadan  qarashdan 
qo‘rqadi,  u hatto balandlik uncha  katta boMmaganda ham  cho‘chib 
tushadi.
Fobiyalar paydo boMganda vegetativ simptomlar ham   namoyon 
boMadi — bem orning yuzi qizaradi yoki rangi o'chadi,  og‘zi quriydi, 
yuragi  tez-tez  uradi,  arterial  bosim  oshib  ketadi,  ter  bosadi,  ko‘z 
qorachiqlari  kengayadi va hokazo.
B irorta  ogMr  ichki  a ’zolar  kasalligi  paydo  boMishidan  qo‘rqish, 
odatda,  psixosomatik  sim ptom lar bilan  birga  kechadi,  ya’ni bem or 
o ‘z  salom atligiga  haddan  ortiq  katta  e ’tibor  beradi.  M asalan, 
kardiofobiyada  yurak urishini  eshitib  turadi,  tom ir urishini  sanaydi
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki  arterial  qon bosimini  oMchayveradi,  har safar yuragi  noto‘g ‘ri 
ishlayotganidan  gumonsirab,  terapevtdan  EK G   qilishini  va  puxta 
tekshiruv  o ‘tkazishini  iltimos  qiladi.
Kasallik  xuruji  q o ‘zg‘alib  qolishidan  aksariyat  bem orlar  yo‘lda 
od am larborjoydan yuradilar,  tibbiyot  muassasalariga yaqin bo‘lgan 
yo'lni  tanlaydilar,  yo‘l-yo‘lakay dorixonaga  kirib  turadilar,  u  yerda 
yurak  dorilari va tibbiy xodim lar borligini  ko‘rib  tinchlanadilar.
Obsessiyalar  bu  miyadan  ketmaydigan  xayollar,  fikr-m uloha- 
zalar,  xotiralar  va  shubhalanishlardir.  Bu  xayolu  fikrlar  bem orning 
irodasiga va xohishiga bog‘liq bo'lm agan  holda quyilib kelaveradi.  Bu 
xayollar  bemorga  og‘ir  botadi,  aslida  yoqmaydi  va  ulardan  vrach 
yordamisiz qutula olmaydi.
Miyada  o ‘rnashib  qolgan  shubhalarda  bem orlar  uyidan  chiqa 
turib,  eshikni  qulfladim m i,  yo‘qm i,  olovni  o ‘chirdim m i,  suvni 
berkitdimmi kabi fikrlar bezovta qilaveradi.  Uyga qaytib kirib,  qayta 
tekshiradi,  hammasi tinchligiga ishonch hosil qiladi va yana ko‘chaga 
qaytib chiqadi.  Uydan biroz uzoqlashgandan  keyin yana haligi fikrlar 
yog'ilib  kelaveradi va yana uyiga qaytadi.  Siqilib  ketganidan yig‘lab 
yuboradi,  hech  qayoqqa  chiqm ay  qo'yadi.  0 ‘zida  kechayotgan  bu 
alomatlarga,  albatta,  bem or tanqidiy  ko‘z  bilan  qaraydi  va  ulardan 
qutulishni  xohlaydi,  lekin  hech  buning  ilojini  topa  olmaydi.
Ba’zan bem orda m antiq jihatdan  bir-biriga zid boMgan  xayollar 
paydo bo'ladi.  Masalan, yaqinlashib kelayotgan  mashina tagiga o'zini 
tashlash  istagi  paydo  bo‘ladi-yu,  mashina  yaqinlashganda,  birdan 
qo ‘rqib  ketib,  orqaga tisariladi.  B a’zi  bem oriarning  miyasiga  o'ziga 
yoki  boshqa  birovga  pichoq  sanchishdek  fikrlar  keladi  va  shu  ishni 
qilib  qo‘ymay  deb  pichoqqa  yaqin  borishm aydi  yoki  uni  berkitib 
q o ‘yishadi.
Miyadan  ketmaydigan  fikrlar  nevrozi  o ‘z vaqtida davolanganda 
barham   topadi.  Ba’zi  hollarda  esa,  bir  necha  oygacha  va  hatto,  bir 
qancha  yillargacha  c h o ‘zilib  ketishi  m um kin.  Rem issiya  bilan 
kuzatiladigan  xom  xayollar  ham  bo'ladi,  ya’ni  bem or  bir  necha 
oy yaxshi  bo‘lib  yuradi va  keyin  miyadan  ketmaydigan  fikrlar  yana 
paydo  bo‘ladi.
N evrasteniya  va  isterik  nevrozdan  farqli  o ‘laroq,  m iyadan 
ketm aydigan  fikrlar surunkali  kechishga  moyil  b o ‘ladi.  Aksariyat 
bem orlar  tuzalib  ketganidan  keyin  ham   xursand  boMish  o 'rn ig a, 
yana  o ‘sha  kasallik belgilari qach on   paydo b o ‘lishini  kutib yasha­
shadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Butun  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  m a’lumotlariga  ko‘ra, 
yer  sharida  depressiya  bilan  ro ‘yxatga  olinganlar  soni  110.000.000 
dan  oshiq.  Biroq,  aksariyat  mutaxassislar fikricha,  depressiya  bilan 
kasallangan  har  3  bem ordan  1  tasi  vrach  nazoratida  turadi,  xolos. 
Boshqa  bir  mutaxassislar  fikricha,  depressiya  bilan  kasallanganlar 
sonini aniqlash mushkul,  chunki u turli klinik ko‘rinishda namoyon 
bo‘lmoqda va ham ma vaqt ham  diagnoz to‘g‘ri aniqlanayotgani yo‘q. 
Chunki depressiya bilan og'rigan bemorlarning hammasi ham psixiatr 
yoki psixologlarga murojaat qilishmaydi. Yevropa davlatlari mutaxas- 
sislarining  m a’lumotlariga  ko‘ra,  depressiyada  somatik  buzilishlar 
ko‘p  uchraganligi  sababli,  bem orlarning  deyarli  80 
%
  um um iy 
amaliyot  shifokoriga  murojaat  qilishadi.  Biroq,  ular tom ondan  5  % 
holatlardagina  “ Depressiya”  diagnozi  to ‘g‘ri  aniqlanadi.  Boshqa 
bemorlar turli diagnozlar bilan turli mutaxassislarda davolanib yuri­
shadi.  Kasallik avj  olib,  bem or og‘ir depressiya holatiga tushgandan 
keyin ular psixiatrga yoki psixologga yuboriladi.
Depressiyaning takrorlanishi, vaqti-vaqti bilan klinik belgilarining 
kuchayib  turishi  va  surunkali  kechishi  bu  kasallik  bilan  og‘rigan 
bemorlarni doimiy nazoratga olishni taqozo etadi.
Iqtisodiy  tom ondan  olganda  ham   depressiya  “eng  qim m at 
kasalliklardan”  biridir.  Masalan,  AQSh  da  depressiyani  davolash 
bilan bog‘liq bo'lgan sarf-xarajatlar yiliga 48  mlrd.  dollarga tengdir. 
Taqqoslash  uchun:  yurak  qon-tom ir  kasalliklarini  davolashga  43, 
o ‘pka kasalliklarini davolashga  18  mlrd.  dollar sarf qilinadi.
Barcha tibbiy kasalliklar ichida depressiyaning tarqalish darajasi 
22—33  foizga  teng  bo‘lib,  eng  k o ‘p  tarqalgan  kasallik  b o ‘lmish 
arterial gipertenziyadan  oshib  ketadi  (W.Katon,  M.Sulliven,  1990;
S.L.  Dubovsky,  2003).
Depressiyaning  rivojlangan  davlatlarda  ko‘p  uchrashi,  uning 
shakllanishida ijtimoiy omillar ahamiyatiga ham katta urg‘u berishadi. 
XXI  asr  -  stress  asri  deyilmoqda.  Bu  asr deyarli  barcha  davlatlarda 
kuchli  ijtim oiy-inqilobiy  burilishlar  bilan  boshlandi.  Aksariyat 
mutaxassislar  depressiyaning  tarqalish  darajasi  davlatning  egallab 
turgan  iqtisodiy-ijtimoiy maqomiga bog‘liq emas, deb hisoblashadi, 
boshqa  birlari  esa  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvoli  depres­
siyaning  tarqalish  darajasiga  ta ’sir  ko‘rsatadi,  deyishadi.  Biroq,  tan 
olish  lozimki,  hayot  tarzining  keskin  o'zgarib  borishi,  vaqtning
www.ziyouz.com kutubxonasi


doim o tig‘izligi, jam iyatdan  orqada qolmaslik,  individuumga talab- 
larning  kundan-kunga oshib borishi,  turm ushning  poygaga o ‘xshab 
borayotganligi,  m uvaffaqiyatsizliklardan  q o ‘rqib  yashash  kabi 
vaziyatlar ham depressiya shakllanishiga turtki bo'ladi.
Depressiya bilan og‘riganlar soni va ular orasida o ‘z joniga qasd 
qilayotganlarning yildan yilga ko'payib borishi bu kasallikning katta 
tibbiy-ijtimoiy muammoga aylanganligini ko‘rsatadi.  Aksariyat xorij 
davlatlarida  bu  m uam m oning  yechimini  samarali  hal  qilish  uchun 
umumiy amaliyot shifokorlari  depressiya b o ‘yicha  maxsus dasturlar 
orqali o ‘qitilmoqda va bemorlarga yordam ko'rsatish usullari o'rga- 
tilmoqda.  Ya’ni  umum iy  amaliyot  shifokori  depressiyani  aniqlashi 
va  uni  mutaxassisga jo'natishi,  mutaxassis tavsiyalari  bilan  tanishib 
chiqqan holda bemorni  nazoratga olishi kerak va davolash jarayonida 
faol  ishtiroketishi lozim .D iplom ga ega tibbiy psixolog xuddi psixiatr 
kabi depressiyaning og‘ir turlarini o ‘zi mustaqil davolashga haqlidir.
Depressiya  insonning  yashash  tarziga  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatadi, 
bemorning  atrof-m uhitga  moslashuvini  susaytiradi,  odam lar bilan 
munosabatini murakkablashtiradi.  Depressiya - surunkali kechuvchi 
patologik  holat  bo‘lib,  aksariyat  hollarda,  som atik buzilishlar bilan 
namoyon bo‘ladi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish