Farmakologik vositalar bilan davolash
Farmakologik vositalar depressiyaning barcha turlarida va uning
darajasidan q at’i nazar tavsiya etilishi mumkin. Vrach yoki psixo-
logning bem or oldiga q o ‘yadigan eng asosiy shartlaridan biri -
davolanishni reja asosida olib borish va psixolog tavsiyalarini so‘zsiz
bajarishdir.
Bugungi kunda dorivor vositalardan antidepressantlar keng
qo‘llaniladi. Antidepressantlardan fluoksetin (prozak, profluzak),
sertralin (zoloft), sitalopram (sipram il), paroksetin (paksil),
fluvoksamin (fevarin), tianeptin (koaksil), m ianserin (lerivon),
moklobemid (auroriks), milnatsipran (iksel), mirtazapin (remeron)
va h.k. lar ko‘p ishlatiladi.
Antidepressantlar bilan davolash qonun-qoidalari:
1. Depressiya turi, darajasi, klinik manzarasi va bemorning soma-
tik ahvolidan kelib chiqqan holda, aniq bir antidepressant tanlab oli-
nadi. Uning kundalik miqdori belgilanadi va davolash sxemasi tuziladi.
2. Antidepressantlar bilan davolaganda, depressiya belgilari sekin-
asta yo‘qolib borishi (odatda, 1 -2 haftadan keyin) bemorga tushun-
tiriladi. U ni vrachdan bemaslahat to ‘xtatib qo‘yish mumkin emasligi
uqtiriladi. A ntidepressantlarni bir necha oy ichish zarurligi va
depressiya belgilari butunlay yo‘qolgandan keyin vrachning o ‘zi
davolashni to ‘xtatish vaqtini belgilashi aytiladi.
3. Antidepressantlarni kasallik belgilari yo‘qolgandan keyin ham
yana 4-6 kun mobaynida, ba’zan undan ham ko‘p ichish zarurligi
tushuntiriladi. Bu qoida depressiyaning yana qaytalamasligi uchun
qabul qilingan.
Farmakologik dorilar bilan davolash jarayonida rejali tarzda
psixoterapiya muolajalarining o ‘tkazilishi bem orning depressiyadan
chiqish davrini tezlashtiradi. Psixoterapevtik muolajaiar paytida,
bem or bilan m uloqotlar olib boriladi, antidepressantlarni qabul
qilish bilan bog'liq bo'lgan m uam m olar yechiladi (chunki, aksariyat
www.ziyouz.com kutubxonasi
bem orlar 1 oydan keyin dori ichishni to'xtatib qo‘yishadi), bem orda
yaxshi natijalarga ishonch hosil qilinadi.
Bugungi kunda depressiyani davolashda ishlatiladigan antidepres-
santlar soni ko‘pdir. Bunda antidepressantlarni (tim oanaleptiklarni)
to ‘g‘ri tanlay olish o ‘ta muhimdir. Ularni erta to ‘xtatib q o ‘yish yoki
asossiz tarzda kam miqdorda berish - kutilgan ijobiy natijani bermaydi.
Bem or depressiya belgilari tugaguncha doim o vrach nazoratida
bo‘lishi zanir. Dorilarni to ‘satdan to'xtatish depressiyaning yana
qo‘zg‘ashiga sababchi bo‘ladi.
Depressiyani davolashda antidepressantlar bilan birgalikda,
fizioterapiya, igloterapiya, fitoterapiya, davolash gim nastikalarini
q o ‘llash bem orning tuzalishini tezlashtiradi.
0 ‘zbekistonda depressiyani davolashda k o ‘p qo'laniladigan
antidepressantlar haqida qisqacha m a’lum ot berib o ‘tamiz.
Zoloft (sertpalin) depressiyani va obsessiv-kompulsiv buzilishlarni
davolashda keng qo‘llaniladi. Zoloft organizmga xolinolitik, kardiotokcik
va sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi va uni barcha yoshdagi bemorlarga tavsiya
qilish m um kin, shu ju m ladan, o ‘sm ir!arga ham . D o ri yaqqol
ifodalangan timoanaleptik va yengil ifodalangan stimullovchi ta ’sirga
ega. Dorining ta ’siri bir haftalardan so‘ng ko‘zga tashlanib boradi,
biroq, aniq ifodalangan ta’siri 3—4 haftalarda, ba’zan 6—8 haftalarda
bilinadi. Zoloft depressiyaning barcha turlarini davolashda ishlatiladi.
Zoloft kam miqdorda (kundalik dozasi 50-100 mg) profilaktik maq-
sadda rekurrent depressiyalarda qoMlaniladi. Obsesciv—kompulsiv buzi-
lishlarda kuniga 150—200 mg dan 2-4 oy mobaynida buyuriladi. Zoloft
50 mg dan tabletka ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Zoloft alkogol, karbamazepin, galoperidolning ta ’sirini kuchay-
tirmaydi. Yurak qon-tomir kasalliklari zoloftni tavsiya qilishga m o‘nelik
qilmaydi, shuning uchun ham uni infarktdan so‘ng kuzatiladigan
xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda qo‘llash mum kin. Dorini
uzoq vaqt qabul qilish unga bog‘lanib qolishni chaqirmaydi. Dorining
sedativ ta ’sirining yo'qligi bem orning jism oniy va ruhiy faolligiga
salbiy ta ’sir ko‘rsatmaydi.
Fevarin (fluvoksamin) 50 mg, 100 mg li tabletkalarda ishlab
chiqariladi. Depressiya profilaktikasi va davolash uchun ishlatiladi,
ayniqsa obsessiv-kompulsiv buzilishlarni davolashda fevarin ko‘p
ishlatiladi.
Fevarin dastlab 50 mg yoki 100 mg dan kuniga 1 mahal kechqurun
tavsiya qilib boshlanadi. Dorining dozasini sekin-asta oshirish zarur
www.ziyouz.com kutubxonasi
va bemorning doriga bo‘lgan reaksiyasiga qarab oshiriladi. Aksariyat
hollarda kuniga 1 mahal 100 mg ning o ‘zi depressiya belgilarini
yo‘qo.tish uchun yetarlidir. Zaruratga qarab dorining kundalik
miqdorini 300 mg gacha yetkazish mumkin. Fevarinning tavsiya
qilinadigan kundalik dozasi 150 mg dan oshsa uni 2 yoki 3 mahalga
bo‘lib berish tavsiya qilinadi. Masalan, ertalab 50 mg, kechqurun
100 mg yoki 50 mg dan 3 mahal. Butun Jahon sog‘liqni saqlash
tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra antidepressantlar bilan davolashni
depressiya simptomlari to 'la yo‘qolgandan keyin yana kamida 6 oy
tavsiya etish zarur. Depressiya qaytalanishining oldini olish uchun
fevarin kuniga 100 mg dan kechqurun tavsiya etiladi.
Obsessiv-kom pulsiv buzilishlarni davolash uch u n dorining
dastlabki dozasi kuniga 50 mg dan 3-4 kun beriladi. H ar 3-5 kundan
dorining dozasi oshirib boriladi va 100-300 mg gacha yetkazilishi
mumkin. Kattalar uchun dorining kundalik yuqori dozasi 300 mg
dan oshmasligi kerak.
Fevarinni 8 yoshdan keyin tavsiya etish mumkin va uning dastlab
ki kundalik dozasi 25 mg b o ‘lib, asta-sekin oshirib boriladi. Zaruratga
qarab, dorining kundalik terapevtik dozasi o ‘smirlar uchun 50-150
mg ga yetkaziladi. Dorining kundalik dozasi 100 mg dan oshsa, u 2-
3 mahalga bo‘lib beriladi.
Dorining terapevtik dozasi vrach tom onidan individual tarzda
aniqlanadi va uni asossiz yuqori miqdorda berish mumkin emas.
Shuning uchun bem or doim o vrach n azoratida turishi zarur.
Fevarinning ta’siri 7 kunlardan keyin ko‘zga tashlana boshlaydi, agar
10 hafta mobaynida ko'zlangan ijobiy maqsadga erishilmasa, fevarin
qabul qilishni to ‘xtatish zarur. A lbatta, psixofarm akoterapiya
psixoterapiya bilan birgalikda olib borilsa, natijaga erta erishish mumkin.
Fevarin tabletkasi chaynamasdan suv bilan ichiladi.
Nojo‘ya ta ’sirlari: ko‘ngil aynish, b a ’zan qayd qilish (odatda,
davolashning dastlabki haftasida kuzatiladi), qabziyat, anoreksiya,
dispepsiya, diareya, epigastral sohada noxush sezgilar, og‘iz qurishi,
jigar fermentlari faollashuvi. Kam hollarda uyquchanlik, bosh ayla-
nishi, bosh og‘rig‘i, uxlay olmaslik, xavotirga tushish, psixomotor
qo‘zg‘alishlar, vahima kelishi, tremor, taxikardiya, terlash. Biroq,
bu belgilarning aksariyati depressiya uchun xos bo'lganligi uchun
ham ularning mavjudligi fevarinni tavsiya qilishga m o‘nelik qilmaydi.
Fevarinni to ‘satdan to'xtatganda, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi,
ko‘ngil aynish, vahimaga tushish paydo bo‘lishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fevarin qariyalarga tavsiya qilinganda, oz m iqdordan boshlanib,
dozasi sekin-asta oshirib boriladi.
Fevarinni tavsiya qilishga m o'nelik qiluvchi holatlar va alohida
ko‘rsatmalar:
=> MAO ingibitorlarini qabul qilayotganda, tavsiya etilmaydi.
U larni to'xtatgandan 2 hafta o ‘tgach fevarinni boshlash mumkin.
=> 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
=> epilepsiya va tutqanoq xunijlari (zaruratga qarab tavsiya etiladi,
agar tutqanoq xurujlari kuzatilsa, dorini qabul qilish to ‘xtatiladi);
=> jigar va buyrak yetishmovchiligi (zaruratga qarab tavsiya etiladi,
agar jigar fermentlari faolligi oshsa, dorini qabul qilish to ‘xtatiladi);
=> hom ilaga zararli ta ’siri aniqlanm agan b o ‘lsa-d a, fevarin
homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi. Fluvoksamin
ko'krak suti orqali oz miqdorda ajralib chiqishi m um kin, shuning
uchun ham laktatsiya davrida buyurilmaydi;
=> fevarin qabul qilayotganda spirtli ichimliklar ichish man etiladi;
=> yallig'lanishga qarshi nosteroid dorilar va aspirin qabul qilib
yurgan ham da anamnezida qon ketishga moyilligi b or bem orlarga
ham fevarin ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi.
Fevarinni kuniga 150 mg gacha bo‘lgan m iqdorda qabul qilish
bem orning avtomobil haydashida va zavodlarda turli m ashinalar
bilan ishlashida xavfli vaziyat keltirib chiqarmaydi.
Reksetin (paroksetin) 20 mg.li tabletkalarda ishlab chiqariladi.
Reksetin depressiyaning barcha turlarida tavsiya qilinadi, shu
jum ladan, xavotir-depressiv va obsessiv-kompulsiv buzilishlar, fobik
sindrom lar, tu rli jaro h atlard an keyingi stress holatlari va h.k.
Reksetinning dastlabki kundalik dozasi 20 mg. Dorining ta ’siri sekin-
asta nam oyon boMib boshlaydi. D orining dozasi h ar haftada 10 mg
ga oshirib boriladi, tavsiya qilish m um kin bo'lgan eng yuqori doza
kuniga 60 mg.
Depressiya belgilari yo‘qolgandan keyin ham reksetinni kuniga
20 mg dan 4-6 oy mobaynida qabul qilish tavsiya etiladi. D ori qabul
qilishni to'satdan to ‘xtatib qo‘yish m um kin emas, buning uchun
uning dozasini asta-sekin kamaytira borish lozim. Reksetin kuniga 1
mahal, odatda, ertalab ovqat paytida qabul qilinadi va chaynam ay
yutiladi. Ojiz bem orlar va qariyalar uchun dorining dastlabki dozasi
kuniga 10 mg bo ‘lishi kerak. B em orning ahvoliga qarab, dorining
dozasi h ar haftada 10 mg ga oshirib boriladi. M asalan, dorining
kundalik dozasini 40 mg ga yetkazish uchun 4 hafta zarur b o ‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Reksetinning kundalik dozasi asossiz oshirilmasligi kerak va kutilgan
natijaga erishilsa, kam m iqdorda berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |